Telegram Web Link
#haqida

Hozirgi sotuvda Piarning o'rni

Hozirgi kunda har qanday biznesda reklama va piarsiz hech narsa qilib bo'lmasligi fakt. Shubhasiz, bu kitob savdosiga ham taalluqli.

Afsuski, bugun piar bilan hatto kalendarni ham bestseller kitob qilib sotish mumkin.

@panda_books
Panda Books
Milliy Kutubxona obunachilari uchun yomon xabar. O'zi O'zbekistonga ko'plab jamoat kutubxonalari lozim bo'lib turgan va Milliy Kutubxona ularga namuna bo'lishi kerak bir vaqtda bunday ortga qaytish yaxshi emas. Kutubxona haqida kanalimda juda ko'p yozganman.…
⚡️Milliy Kutubxona yana 24/7 rejimida ishlashi mumkin - har holda deputatlar shunday deyapti.

Ayni damda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tyapti. Unda:

"Yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi harajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi", - deyiladi xabarda.

Shunaqa gaplar.

@panda_books
​​Jorj Martinning tan olishicha, “Qish shamollari” (The Winds of Winter) romani ustidagi ish 2023-yilda katta muvaffaqiyatga erishmagan

Yozuvchi romanning chiqish sanasini qariyb o‘n yildan beri keyinga surmoqda.

"Muz va olov qo'shig'i" turkum romanlari muallifi Jorj R. R. Martin ingliz yozuvchisi Bernard Kornvellning podkastida 2023-yilda "Qish shamollari" kitobi bo'yicha ish jarayonida deyarli o'zgarish yo'qligini aytib o'tgan.

Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, uning 1100 ga yaqin sahifalari tayyor, ammo yana yuzlab sahifalar yozilishi kerak. “Har holda, bu juda katta kitob. Ehtimol, dastlab kichikroq kitoblar yozishim kerak edi, lekin bu qiyin bo'lar edi. Axir bu mening asosiy ishim”, — deya qo‘shimcha qilgan Martin.

Amerikalik yozuvchi “Qish shamollari” romanining 1100–1200 sahifasini tayyorligini 2022-yil dekabr oyidagi shoulardan birida ham gapirgan edi. Martin kitobning oxirigacha 400-500ga yaqin sahifa qolganini tan olgandi.

Yozuvchining 2011-yilda “Ajdarlar bilan raqs” turkumining beshinchi qismi chiqqanidan so‘ng boshlangan “Qish shamollari” asari juda uzoq muddatdan beri shu alfozda turibdi. Martin avvalroq roman ustidagi ishlarni 2014-yilda, keyin esa 2015, 2017, 2020 va 2021-yillarda yakunlashga vaʼda bergan edi.

Nima ham derdik, zamonamiz Tolkinining ishlarini tugatishini kutishdan boshqa ilojimiz yo'q.

@panda_books
#offtop

Bugun oyimning tug'ilgan kuni. Ikki o'g'ilning onasi. Hayotda eng katta tayanchlarimdan biri.

Yaqinda o'zim ham ota bo'lgach, ayolimga qarab ona bo'lish qanchalar qiyin ekanligini yana bir bor angladim. Bu safar boshqa rakursdan qarab ko'rdim. Bolani parvarishlash, uni katta qilish, tarbiyalab voyaga yetkazish - ehtimol eng qiyin kasb dunyoda.

Albatta, bu yana ulkan baxt hamdir. Alloh onalarni farzandining quvonchi va qayg'usiga sherik qilib yaratgan, ular hamisha o'z farzandlarini o'ylab yashaydilar.

Hatto shuncha ulg'ayib ham men onamni qattiq sog'inaman, endi poytaxtdan ona shahrimga qaytish uchun eng katta sabab bo'lib qolgan – bu onam.

Bugun yubiley. Onam 50 yoshda. Eng go'zal tabriklarim va barcha ezgu tilaklarim siz uchun! Doimo sog'-omon bo'ling!

Happy birthday, Mama!

@panda_books
​​#review #taqriz

🔰"Jadid Kulliyoti" (2-qism)

Lolaxon Sayfulinaning "Ichkari" nomli sochma she'rlari va qisqa hikoyalari jamlangan kitobini o'qib tugatdim. Hajman kichik, ammo nihoyatda og'riqli asar.

Ayniqsa, Cho'lpon asarni eski o'zbek tiliga o'ta mahorat bilan tarjima qilganini e'tirof etish lozim, hatto ba'zi joylarda u hatto o'zi o'zbek tilida yozilganligiga shubha qilmaysiz.

U 100 yil oldingi ayollarning turmush tarzi, aniqrog'o, ularning erksizligi, huquqsizligi haqida. Bu mavzu hozir ham aktual. qizig'i, undagi ba'zi muammolar oradan yuz yil o'tib ham hech qayerga yo'qolmagani meni o'ylantirdi. Qaynona kelin munosabati, ikkinchi xotin va hokazo.

Menga manzur bo'lgan hikoyalardan biri "Uch taloq" to'g'risida gapirsam, unda Gulnur ismli ayolni qaynonasi eriga yomon ko'rsatishga urinadi. Bizda shunchaki ham yomon ko'raverishadi. Eri uzoq safarga ketib, qaytib kelganda qaynona kelinni zino va xiyonatda ayblaydi, har kuni u bilan ko'rishib yurgan qo'shni ayollar esa Qur'oni Karimni ushlab guvohlik berishga tayyor bo'lishadi. Tasavvur qilayapsizmi, eng muqaddas kitobni o'rtaga qo'yib tuhmat qilishdan qo'rqishmaydi. Natijada, eri bosim ostida xotinini taloq qiladi. Ertasi qilmishidan pushaymon bo'lib, sevikli xotini bilan yarashmoqchi bo'ladi, ammo endi shariat qoidasi bo'yicha, ular qayta nikohlanishi uchun kelin boshqaga nikohlanishi kerak edi. Natijada u yaqin o'rtog'idan xotinini nikohiga olib qaytib taloq qilib berishni so'raydi. Do'sti esa oldin rozi bo'lib, nikohiga shunday go'zal ayolni olgach, fikridan ayniydi. Shu tariqa ikki sevishgan baxti o'rtada nobud bo'ladi.

Ko'rayapsizmi, bundoq olib qaralsa, ayollarning uzoq vaqt huquqsiz yashaganiga, ularning o'rtasida hech qanday birlik yo'qligini ham katta sabab qilib keltirsa bo'ladi. Qaynana o'z keliniga dushman, kundoshning dushmani kundosh, hatto dugonalar o'z kelin dugonasiga zahar ichiradi.. Qanday ta'lim? qanday tarbiya? Ayollar birlashib bu tolesiz taqdirdan erkka ko'tarilib chiqish o'rniga, bir-birini shu baxtiqarolik jarligiga tortishadi. Hamma jabr chekkan o'lkada baxtli bo'lish - jinoyat.

Kitobni albatta o'qib chiqing, darslarda muhokama qiling va bu to'g'risida fikr yuriting, zero har birimiz shu muammolarga ozmi-ko'pmi doxilmiz.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men sizlarning kitob o'qishlaringiz haqida xuddi mana shu balet ustozi o'z shogirdlari performansiga qayg'urgandek qayg'uraman:)

@panda_books
Shu yomg'irli havoda Bon'ning tashqariga qaragan stolida o'tirib, issiq kofe ichgan ko'yi do'stlar bilan Tolkindan suhbat qurib o'tirishni istaydi bu ko'ngil...!

@panda_books
#offtop

Ayollar interneti, Feminizm, Demokratiya

Yangiliklarni ochasan - hammayoqda shunday xabarlar: yana kimnidir tez yordam mashinasida zo'rlashgan, kimdir qizini urgan, pichoqlagan, o'ldirgan... OAV hozir faqat negativ xabarlar ortidan yugurishini tushunish mumkin: chunki yomon xabar yaxshi sheyr bo'ladi, ko'proq layk to'playdi.

Ayniqsa, ayollar global internetda hozir juda aktiv va bu qandaydir nevrozga o'xshaydi. "Hammasi yomon, hammayoqda pedofillar, qotillar, zo'ravonlar. Tizim ishlamayapti, bizni terror qilishyapti". Agar sen ularga bari u darajada emas desang, ular uchun sen "Sotilgan va vijdonsiz" odamsan.

Yaqindagi jadidlarning "Ichkari" qissalarini o'qib chiqqandim, unda 100 yil oldingi ayollarimiz tasvirlangan. Men o'shandagi muammolar hozir ham uchrab turibdi degandim. Lekin xolislik uchun, jarayon hozir ancha yaxshi ekanini ham aytib o'tish kerak. Menimcha, agar hozir Cho'lpon yoki Fitratlar tirik bo'lganda: "Ayollar biz istagan erkin, teng huquqli va ziyoli davrda yashayapti" deya quvongan bo'lardi. Lekin bu yerda yangi oqim ham bor...

Feminizm — bu oddiy so'z bilan aytganda, global miqyosdagi yangi e'tiqod. Feministlar ayollarni muqaddaslashtiradi. Xotya, buni islom dini ham amalga oshiradi, ammo ularga bu kam. Feministlarga hozirgi yashash tarzimiz unchalik yoqmaydi. Ular boshqacha yashashni xohlashadi. Va butun hayotini shu g'oya ustiga quradilar. Ular endi jim o'tiradigan seksual obyekt yoki avlod qoldiradigan inkubator bo'lishni istashmaydi. Ammo "Uyat", "Ma'naviyat" va "Qaynonalar" buni xohlashmaydi. Bu kurash muqarrar. bizda ba'zi bloger ayollar allaqachon o'z bo'yniga feminstik liderlar ma'suliyatini olib bo'lishdi. Ammo bu yangi e'tiqodning juda ko'p kamchiliklari mavjud. Bu apofeoz qanday davom etadi buni siz bilan birgalikda kuzatamiz.

Hozirgi internet shu darajadaki, istalgan erkakni (shu jumladan, men ham) "oilaviy zo'ravon"ga aylantirib qo'yishi mumkin. Va bu uchun hech qanday isbot shart emas. Tarmoqlarda kuchli bosim bo'lsa kifoya. Global miqyosda Jonni Depp keysi, o'zimizda "zamdekan" voqealarini eslang.

Ammo xalqchi? Bu yangi tushunchalarni ular qanday qabul qilayapti?
Fakt shuki, xalq feminizmni, tolerantlikni, xippilarni yoqtirmaydi, Eskicha qadriyatlar bilan yashashni istaydiganlar ko'pchilik. Ammo feminizm ham o'sib borayapti. Bu normalmi? Ha, bu aynan biz istagan o'sha demokratiya. Unga erishish uchun faqat inson huquqlarini ko'tarishgina emas, yana turli fikrlarga toqatlilik, ksenofobiyaga chek qo'yish, shaxsiy hayot daxlsizligi va uni hurmat qilish ham lozim. Shuningdek, mustaqil bozor munosabatlarini yo'lga qo'yish va demokratik institutlarni yaratish ham kerak.

Balki ishni shundan boshlarmiz?

@panda_books
Panda Books
​​Jorj Martinning tan olishicha, “Qish shamollari” (The Winds of Winter) romani ustidagi ish 2023-yilda katta muvaffaqiyatga erishmagan Yozuvchi romanning chiqish sanasini qariyb o‘n yildan beri keyinga surmoqda. "Muz va olov qo'shig'i" turkum romanlari…
#haqida

Zeitgeist


"Taxtlar o'yini" serialini ko'rmaganlar bormi oramizda? Agar yo'q bo'lsa, unda siz bilan gaplashadigan narsamiz yo'q. Chunki siz o'z epoxamizdagi bizni o'zaro birlashtirib turishi mumkin bo'lgan eng katta intellektual modalardan birini tomosha qilmagansiz.

Zeitgeist - bu "Davr ruhi", intellektual moda. Unga daxldor bo'lmaslik qiyin. Bu xuddi Navoiyga zamondosh bo'lib turib uni she'rlarini o'qimagandek yoki 80-yillarda yashab turib Sherali Jo'rayevni tinglamagandek gap.

Ha, "Taxtlar o'yini"dan zo'rroq seriallar, Navoiydan zo'r shoirlar bor. Lekin bu asarlar allaqachon bizning jamiyatimizga chuqur kirib borganki, ularni chetlab o'tish ilojisi yo'q. Undan tashqari, "Taxtlar o'yini"ni ko'rish uchun yetarli sabablar bor.

Avvalo, Jorj Martin - kuchli yozuvchi. Buni mana postni o'qib ham tushunsa bo'ladi. Butun dunyo undan o'z romanini yozib tugatishini kutayapti, unga esa pofig, 10 yildan beri bir satr ham yozgani yo'q. Siklni tugatolmay o'lib ketsa ham ajablanmayman. Tarixda kamdan-kam yozuvchiga shunday shon-shuhrat nasib qilgan.

Ikkinchidan, "Taxtlar o'yinida"gi yagona fentezi - bu ajdarlar, xolos. Qolgan hammasi real hayotdan olingan. Bu yerda jami muhim elementlar birlashgan. Siyosat va seks. Oila va biznes. Ehtiros va tahlil. Immigratsiya va feminizm. Iqlim o'zgarishlari va urushlar. Omma psixologiyasi. Fojealar. johillik. Yaxshilik va yomonlik. Sadoqat va xiyonat.

Undan tashqari, serialdagi siyosiy voqealar sobiq SSSRdagi davlatlar tarixiga juda o'xshab ketadi, uni tomosha qila turib, o'zizga nimadur tanish narsa topolmasligingiz mumkin emas.

Yana bir qiziq jihat, "Taxtlar o'yini" serialini umuman tomosha qilmagan tarjimon uni o'zbek tiliga o'girib bo'ldi.

@panda_books
"O‘nta negr bolasi" ➡️ "Ular o‘nta edi"ga o'zgaribdi.

"Negr" so'zi XX asr boshlaridan beri Qo'shma Shtatlarda allaqachon irqiy tajovuzkor so'z hisoblanadi. Shuning uchun bizda ham o'zgargani yaxshi bo'libdi.

Meni taklifim "Zanji" deb nomlasa ham bo'lardi. Yoki "habash". Yoki "Qoravoy".

Vau, tilimizda "qora tanli" so'zini buncha ko'p sinonimlari borligi sizlargayam g'alati tuyulmayaptimi:)

@panda_books
#haqida

Zamonaviy san'at

Afsuski, bugungi zamonaviy musiqa hech nimaga arzimaydi, san'at va madaniyat qotib qolgan. Buni isbotlarini ko'p keltirish mumkin.

Mana, Muhammadziyo (nouneym bo'lgan man uchun) ismli ashulachi yigitning A-lya Shatunov va 80-90-yillar stilidagi musiqalarga yozilgan ikkita qo'shig'i qisqa vaqtda xitga aylanibdi. Yo'q, bu nostalgiya emas, chunki nostalgiya bo'lishi uchun avvalo o'sha davrda yashash kerak. Hofiz biz bilan zamondosh yosh yigitcha, Zumerlar Yuriy Shatunov "diskoteka ashulalari" davrida yashamagan, ammo o'sha retro musiqalar yoshlar idrokiga hozirgi "fuflo bit"lardan ming karra yaqinroq bo'lib chiqayapti. To'ylarda, bazmlarda Zumerlar Hamdam Sobirov va Muhammadziyo ashulalari ostida berilib o'ynayapti.

Ha, hozirgi san'atkorlar o'n karra kuchliroq, texnikalar yuz karra qudratliroqdir. Lekin kreativlik va san'atkorlik bobida xuu o'sha 80-90-yillardagi Bolalar va Shatunov davriga yetisholmaydi. Samimiylikni texnika emas, faqat qalb bera oladi.

@panda_books
​​#tavsiya

Bir nafasda o'qiladigan Top-4 ta kitob

Mutolaa shunday qudratga egaki, u sizni tasavvurlaringizni yoqib, boshqa olamlarga olib keta oladi. Bu xuddi film ko'rgandagi effektga o'xshaydi, ammo undan ancha kuchliroq.

Dunyoda shunday qiziqarli kitoblar borki, ular hatto kitob o'qimaydigan odamni ham qo'lida tushirmasdan o'qishga majbur qila oladi. Keling, ular bilan tanishamiz.

1️⃣ Mario Pyuzo — "Cho'qintirgan ota"
Nyu-Yorkdagi italyan mafiya oilasi haqida hikoya qiluvchi o'tgan asr gangster roman. Cho'qintirgan ota laqabini olgan Don Korleone va uning oilasi, mafiya imperiyasi haqida hikoya qiluvchi ushbu kitob shunchalik qiziqarliki, qanday tugatgangizni sezmay qolasiz.

2️⃣ Den Braun — "Ibtido"
2020-yilda yozilgan ushbu trillerda bosh qahramon Robert Lengdon din va ilm-fan uyg'unlashib ketgan sirli kodga duch keladi.Haqiqatni qidirarkan, u o'tmish jumboqlari va ilm-fanning qorong'u taraflarini ochib beradi.

3️⃣ Devid Nikolls — "Bir kun"
Sevgi va hayot to'g'risidagi ta'sirli hikoya. Yigirma yil davomida o'sha bir kun. Qahramonlar o'rtasidagi murakkab munosabatlar va kutilmagan burlish liniyalari syujetni yanada qiziqarli qiladi.

4️⃣ Deniel Kiz — ""Eljernonga atalgan gullar"
Aqli past insonning dahoga aylanishi, ammo bu o'zgarishni og'ir to'lovi to'g'risida hikoya qiluvchi chuqur ma'noga ega roman. Imonim komilki, inson taqdiri va uning bilim olishga bo'lgan intilishlari tarixidan so;zlaydigan ushbu asar hech qaysi kitobxonni befarq qoldirmaydi.

Albatta, endi agar siz ushbu romanlarga qiziqishi bildirgan bo'lsangiz, ularni qayerdan xarid qilsa bo'ladi degan savolni berishingiz tabiiy.

Menda bu borada sizga ajoyib yangilik bor. "Asaxiy Books" ushbu kitoblarga ajoyib chegirma eʼlon qilibdi, Yuqoridagi 4 ta kitobni yagona toʻplam orqali atigi 179 000 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.  

• Buyurtmangiz Oʻzbekiston boʻylab bepul yetkaziladi.
• Chegirma “Asaxiy Books”ning Toshkent shahridagi doʻkonlarida ham amal qiladi. 


Hoziroq buyurtma bering: asaxiy.uz/u/655e10ae29e0d

P.s: Aksiya oy oxiriga qadar amal qilishini hisobga olib, undan tezroq foydalalnib qoling!
Imidj

​​Malta. Erta tong. Jannatmakon Valletta shahri. Nonushta qilishga yo'l olaman. Ko'chada inson zoti yo'q. Ko'hna Kordina kafesiga kiraman. Qahvadan xo'plarkanman, ichkaridan xo'mraygan xo'jayin chiqib keladi. Ikki daqiqacha menga savol nazari bilan qaraganidan so'ng asta so'raydi:

- Chinese? (xitoylikmisan?)

- No, Kazakh!
- javob beraman.

- Aaaa, Kazako! - endi uning yuzida tabassum yuguradi. So'ngra inglizchalab gapida davom etadi:
- Men qozoqlarni yaxshi ko'raman! Sizlarning ajoyib didingiz bor. Men ataydan eng eski va eng qimmat vinolarimni aynan qozoqlar uchun asrab qo'yaman. Qanday hashamatli mehmonxonalarda turishadiya, bu qozoqlar! O'ho', bu yerda qanday qimmatbaho ko'chmas mulklar sotib olishadiya! Bellissima! Ular sizga har bir tiyin-tiyinigacha hisoblashadigan qayerdagi ingliz yo nemislar emas, tfuu, xasislar!

Uning lablari bir lahza nafrat bilan qimtinib, nimadur deb g'o'ldiradi. Men esa negadir pensiyalarimiz haqida o‘ylab ketdim. Lekin unga juda saxiylik bilan choychaqa qoldirdim.

Har holda imidj, o'zingiz bilasiz.

— Rashev

@panda_books
O'ylamasdan javob tezda javob bering: "Imperiya" so'zi siz qanday qabul qilasiz?
Anonymous Poll
25%
Ijobiy ma'noda qabul qilaman
31%
Salbiy ma'noda qabul qilaman
38%
Neytral ma'noda qabul qilaman
6%
Bilmadim
O'ylamasdan javob tezda javob bering: "Demokratiya" so'zini qanday qabul qilasiz?
Anonymous Poll
57%
Ijobiy ma'noda qabul qilaman
14%
Salbiy ma'noda qabul qilaman
24%
Neytral ma'noda qabul qilaman
5%
Bilmadim
O'ylamasdan javob tezda javob bering: "Respublika" so'zini qanday qabul qilasiz?
Anonymous Poll
63%
Ijobiy ma'noda
7%
Salbiy ma'noda
25%
Neytral ma'noda
4%
Bilmadim
O'ylamasdan javob tezda javob bering: "Monarxiya" so'zini qanday qabul qilasiz?
Anonymous Poll
11%
Ijobiy ma'noda
65%
Salbiy ma'noda
21%
Neytral ma'noda
4%
Bilmadim
O'ylamasdan javob tezda javob bering: "Feminizm" so'zini (tushuncha deb o'qinglar yuqoridagilarni ham) qanday qabul qilasiz?
Anonymous Poll
22%
Ijobiy ma'noda
42%
Salbiy ma'noda
27%
Neytral ma'noda
9%
Bilmadim
2024/10/01 04:49:17
Back to Top
HTML Embed Code: