Telegram Web Link
#haqida

Talabalar kuni

Qadrli student va studentkalar! Sizlar hozir qilishingiz mumkin bo'lgan eng muhim ish - bu o'qish. Imkon qadar ko'proq. Imkon qadar tezroq. Badiiy, ilmiy, ruhiy - imkon qadar barini. Qolgan barchasi bekor.

Ertaga o'qishni tugatgach, o'z ustingda ishlash oson bo'lmaydi. Vaqt seni zararingga ishlay boshlaydi. Ertaga uzoq kutilgan imkoniyat sizlarni kutib turmaydi. Boshidan o'tkazgan tabib deganlaridek gaplarim ayni haqiqat.

Shuni unutmangki, ta'lim olayapsizmi, shuni o'zi katta yutuq. Shunday ekan, hayotda hech nimadan ko'ngilni cho'ktirmang. Avvalo o'qish davridan lazzat ola biling. Vaqtdan unumli foydalaning. Kimdur yo nimadur uchun o'qimang. Unutmang sizlarning barchangiz hali TOP bo'lasizlar!

Xotya hoziram Topsizlar, zero Panda Booksni o'qir ekansizlar:)

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sotsiolog tire sotsiolog" degan joyiga qotdim😂 Bu qizning sodda va tentakligini go'zalligii va samimiyligi uchun kechiramiz:)

Shunaqa talaba do'stlarizga jo'natib qo'ying:) Bayram muborak!

@panda_books
#newbook #yangikitob

Bugungi bayram munosabati bilan Firuz akadan @allaevuzb sovg'alar keldi.

Endiyam o'qimasak bo'lmas...:)

@panda_books
💫 Orzular haqida zo'r post yozdim. O'qib ko'ring.

Panda Booksda yozilmaydigan turli fikrlar, kino va seriallar haqida yangiliklar, ijtimoiy memlarning – hammasini mening shaxsiya Bored Panda blogimdan topasiz.

A'zo bo'ling, share qiling, yaqinlarga ham ulashing!
​​#review #taqriz

🔰"Jadid Kulliyoti" (1-qism)

"Yozilmog'onmi bu tunlar so'nginda tong otmoq..".

"Jadid Kulliyoti" 100-110 yil avval ilk nashridan buyon kitob holida qayta nahr bo'lmagan 8 ta kitobdan iborat bo'lib, "Zabarjad Media" nashriyoti tomonidan katta mehnat sarflab joriy yozuvimizda, yana kitob holida chop etilmoqda. U o'z tili, o'z suratlari, o'z bezaklari va o'z ruhini saqlab qolgan holda.

Bilmadim, ko'nglimni yupatg'ay kimlar:
Tog'larmi, toshlarmi yo oqar suvlar,
Yoki kishanlardan bo'sholg'on qullar,
Yoki sevilmasdan tashlong'on tullar?


Kulliyotni "Sabzazor" to'plami ochib beradi. Bu 1914-yil 22-avgustda bayoz sifatida Toshkentdagi Ilin bosmaxonasida nashrdan chiqqan. Kitob jadidlar ta'sis etgan "Sadoyi Turkiston" gazetasi sahifalarida e'lon qilingan materiallar asosida tuzilgan, unda biz Mirmulla, Avloniy, Laylixon, Tavallo kabi shoirlarning erkinlik va ogohlikka da'vat etuvchi go'zal she'rlarini o'qishimiz mumkin. U an'anaviy tarzda Yaratganga hamd aytishdan boshlanadi.

Keyingi o'qigan ikkita kitobim bu "Uyg'onish" va "Buloqlar"Abdulhamid Cho'lponning she'riy to'plamlari bo'ldi. Ular afsonaviy "Hamsa"dan andaza olgan holda har biir 5 ta qismga bo'lingan. She'rlar oldiniga jamiyatning o'tkir muammolari, erkinlik va hurlikka bag'ishlanadi, keyingi bo'limlarda esa yor ishqi va qalb tug'yonlari haqidagi she'rlar bilan nihoyasiga yetadi.

Shuningdek, hozircha mutolasini tugatgan 4-kitobim "O'zbek yosh shoirlari"dir. Yoshlikda tarix va adabiyot kitoblarda Elbek va Botu degan shoirlar to'g'risida eshitgan bo'lsakda, hech ularning ijodidan to'liq bahramand bo'lmagan ekanmiz. Mana shu kitob bilan sizlarda shunday ajoyib imkon ochiladi. Shuningdek, Fitrat va Cho'lpon she'rlari ham undan o'rin olgan..

Bu kitoblarning bari hozirgacha nodir qo'lyozmalar arxivida saqlab kelingan, turli yillarda turli sabablar bilan omma yuzini ko'rmagan. Mana endi sekin-asta yuz yillik arosatdan keyin qayta o'zbek kitobxoni qo'liga yetib keldi. Buni shaxsan men chin dildan olqishlayman.

Bu she'rlar shunchalik dildan yozilganki, o'qiganingizda qalbingiz tubiga qadar yetib boradi. Meni hayron qoldirgan narsa shuki, she'rlarning aksariyati - ayollar huquqi, turli kamsitilishlar, johillik va erk haqidagi misralarda huddi hozirgi davr tasvirlangandek go'yo. Xuddi Cho'lpon, Tavallo, Fitratlar o'lmagandek, xuddi tirik va biz bilan shu zamonda yashayotgan shoirlardek... Yuz yillik tariximizda o'zgarmaagan qancha muammolarimiz qolib ketgani esa odamni qayg'uga soladi.. Ammo najot bor.

Menga ushbu 4 ta kitob nihoyatda manzur bo'ldi. Asli ular hajman katta ham emas, kichkina kitoblar, lekin mazmunan har bir she'rda ummon kabi ulug' dardlar yashirin.

O'qib chiqishni tavsiya qilaman. Men esa Kulliyotni tugatib qo'yay.

@panda_books
​​#review #taqriz

🔰Joan K. Rouling — "Antik davrdan hozirgi kungacha bo'lgan Kviddich"

Nazarimda, Garri Potter dunyosi muxlislari 3 tipga bo'linadi: 1) Faqat Warner Bros. suratga olgan filmlarni ko'rganlar; 2) Ham filmlarni, ham kitoblarini o'qib chiqqanlar; 3) Asosiy to'plamga qo'shimcha kitoblar sanalmish — "Bidl Bard ertaklari", "Fantastik maxluqotlar va ular qayerda yashaydi" va "Antik davrdan hozirgi kungacha bo'lgan Kviddich"ni o'qib chiqqanlar.

Uchinchi toifa odamlarni chinakam Potterman deyish mumkin. Va men ham shu asnoda o'zimni ashaddiy Potterian hisoblash baxtiga musharrafman. Ancha oldin asosiy to'plamga kirmagan, lekin ushbu sehrli dunyoga oid qiziqarli qissa-kitoblar haqida yozishni boshlab qo'ygandim, keyin afsuski tashlab qo'ydim. Hozircha faqat "Bidl Bard ertaklari" to'g'risida yozgan ekanman.

Kitobchaga to'xtalsak, Garri Potter kitoblarini o'qiganlar, albatta, Kviddich nima ekanligini eslashsa kerak. Bilmaganlar uchun tushuntirib beraman. Kviddich - bu barcha sehrgarlar ishtiyoq bilan o'ynaydigan sehrli o'yin. Murakkab, sehrli, fanatizm darajasi bo'yicha haqiqiy futbol bilan taqqoslasak bo'ladi. O'yin har bir jamoada 7 ta o'yinchidan iborat bo'lgan 2 ta jamoa o'rtasida kechadi. Kviddich 3 ta sehrlangan to'p bilan supurgi ustida o'ynaladi - maqsad stadion uzra uchib koptokni uchta halqadan biriga tushirishdan iborat. Jamoa - halqalarni qo'riqlaydigan bitta darvozabon, katta kvafl to'plarini xalqaga tashlaydigan uchta ovchi-o'yinchilar, blandjer to'plarini urib raqibga jarohat yetkazadigan 2 ta himoyachilar va nihoyat vazifasi mayda tez uchar qanotli sharcha — oltin snitch'ni ushlash bo'lgan Izlovchidan iborat. Kviddichning ashaddiy muxlisi Garri Potter ham Griffindor fakulteti jamoasida Izlovchi bo'lganidan xabaringiz bor.

Barcha yetti qismda Garri muntazam ravishda mana shu bizning "haqiqatimizda" nashr etilgan ushbu kitobchani o'qib yurgandi. Kitobcha Kenniluorti Uisp - mashhur kvidditch mutaxassisi (shuningdek muxlisi) tomonidan yozilgan va u darslik sifatida Hogwartsda saboqlarda o'tiladi. Demakki, siz bu kitobchani o'qib, o'zingizni bemalol sehr-jodu maktabida ta'lim olayotgandek his qilishingiz mumkin. Masalan, o'zimda shunaqa bo'lgan.

Rouling kitoblarida sport musobaqalarini juda batafsil tasvirlagan. Garchi qanchalik sportga qiziqmaydigan odam ham, kitobni o'qib beixtiyor bu sehrli o'yinga maftun bo'lib qoladi. "Garri Potter"ning har bir qismida Kviddich maktab hayotida katta o'rin tutishini sezish qiyinmas. Faqatgina "Ajal tuhfalari" kitobida gavjum stadionni, adrenalinni va keyingi o'yin finalini sabrsizlik bilan sog'inadi odam. Sehrgarlar dunyosi haqida bir oz ko'proq ma'lumot olish imkoniyatini qo'ldan boy bermaslik uchun ham bu kitobni o'qish muhim. Axir, kviddich — ushbu dunyoning ajralmas qismidir.

Roulingning ushbu kitobi menimcha, o'zbek kitobxonlarini befarq qoldirmaydi, zero bizda Pottermanlar ko'pchilikni tashkil etadi. Bu kitobni o'qib, odamning supurgiga minib, kviddich o'ynagisi, oltin snitchni tutib olgilari keladi.

Kitobni kimga tavsiya qilaman?
Yuqorida ta'kidlaganimdek, bu Garri yoki uning do'stlari haqidagi boshqa bir to'liq kitob emas, balki darslik. Unda siz Kviddich o'yini tarixi, undagi jamoalar va Dambldorning sevimli jamoasi qaysi ekanligini bilib olishingiz mumkin. Ammo siz asosiy kitoblarni o'qimagan bo'lsangiz yoki chinakam potterman hisoblanmasangiz - bu kitobcha siz uchun emas.

Bu men kabi hali-hamon Hogwartsdan xat kelishini kutadigan, Hogsmiddagi shirinliklar do'konini ko'rishni istaganlar uchun ajoyib tuhfa bo'lsa, ajab emas.

Sizlar uchun kitobnin rus tili variantini shu havolada qoldirdim. Kitob o'zbek tilida mavjud emas. Qachondir nihoyat yetarlicha bo'sh vaqtim bo'lsa, albatta tarjima qilish niyatidaman. Va umid qilamanki, ungacha ajoyib tarjimonlar buni mendan oldin amalga oshirishadi.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Joan Rouling qalamiga mansub yana bir "Harry Potter World"ga oid Nyut Skamanderning "Fantastik maxluqotlar va ular qayerda yashaydi" kitobi haqida ham yozishimni istaysizmi?

Agar javobingiz "Ha" bo'lsa, ⚡️belgisini bosib qo'ying!

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
"Rossiyaning mag'lubiyati haqidagi Sehrli o'y-hayollarga chek qo'yish vaqti keldi"

2 kun oldin Wall Street Journal'da ushbu sarlavha ostida maqola chiqdi.

@boredpandablog
Panda Books
"Rossiyaning mag'lubiyati haqidagi Sehrli o'y-hayollarga chek qo'yish vaqti keldi" 2 kun oldin Wall Street Journal'da ushbu sarlavha ostida maqola chiqdi. @boredpandablog
O'qish va Ta'lim

Ilgari, negadir, menga dunyodagi barcha muammolar ta'limning yetishmasligi va ma'lumot olishning cheklanganligi tufayli sodir bo'ladigandek tuyulardi. Odamlarga internet berib, savodxonligini oshirsang - bo'ldi hammasi o‘zgaradigandek edi. Afsuski, hozirgi voqelik meni bu ishonchimdan butunlay hafsalamni pir qildi.

30 yoshgacha bo'lgan, qotib qolgan madaniyat, Marvel filmlari va ijtimoiy media algoritmlari asosida o'sgan insonlar - tarix, geosiyosat, din, tanqidiy fikrlash masalalarida - o'zidan oldingi barcha avlodlarga qaraganda eng past rivojlangani bo'lsa ehtimol. Bu shuni anglatadiki, ular manipulyatsiya va illyuziyalarga eng moyil bo'lib, ularni The Wall Street Journal yaqinda "Magical thinking" deb atagandi va men esa "Marvelcha fikrlash" yoki "Doimiy bugun bilan yashash" deb nomlagan bo'lardim. Ukraina yoshlari ushbu "Magical thinking" altari uchun qurbon qilingani esa achinarli.

Bu dunyo kamroq o'qiy boshladi, degani emas. Joan K. Rouling butun bir avlodni "Garri Potter"ni o'qitib katta qildi va Garri, Ron va Germiona kabi bo'lishni orzu qilgan odamlarning butun boshli avlodini tarbiyaladi. Ammo ular negadir o‘sib ulg‘ayib, Persi Uizli, Dolores Ambrij va Rita Skiter kabi qahramonlarga aylanishdi, senzura bilan shug‘ullanishdi, urushga zo'r berishdii va mafkura yo'lida haqiqatni rad etishdi, hattoki Roulingning o‘zini ham canceling qilishdi.

Gap o'qishda emas, o'qishda emas.

- Rashev

@panda_books
#library

Toshkentdagi yana bir bepul kutubxona

Kecha o'zim uchun yana bir kutubxonani tasodifan kashf etdim. Mehr kutubxonasi shaxsiy mablag'lar evaziga bunyod etilgan va kitobxonlarga xizmat ko'rsatuvchi bepul kutubxona ekan.

Uyerdan siz passport nusxasi qoldirgan holda maksimum 1 oy muddatga kitoblarni o'qishga olib turishingiz mumkin. Mutlaqo tekin. Kutubxona fondi asosan qimmatbaho diniy kitoblar borligi esa yanada quvonarli. Ko'pchilik uyda yotgan, o'qilmaydigan eski kitoblarni ham topshirib ketarkan.

Kutubxona hajmi unchalik katta emas, lekin juda foydali. Meni ayniqsa Toshkenti azimda shunday jimgina, ortiqcha PRsiz ishlayotgan bepul xalq kutubxonalari borligi quvontirdi.

Manzili: eski GUM ichida, biroz eski, lekin shinam joyda joylashgan. Xuddi hayotdagidek, oldin qo'rqinchli eski yo'lakdan yurib borasiz va oxir ajoyib manzilga yetasiz:)

👉 Kutubxona haqida batafsil ma'lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Bu reklama emas, shunchaki kecha o'zim guvohi bo'lgan shu ajib kutubxona rivojiga o'z hissamni qo'shishni istadim. Kim boshlagan bo'lsa ham, juda savobli ishga qo'l uribdi.

Bunday kutubxonalar ko'payaversin!

@panda_books
2024/10/01 07:10:30
Back to Top
HTML Embed Code: