Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dud intervyusidagi mehmon Armen Zaharyanning odatiy "Kuch nimada?" degan savolga "Kulgida"da deb javob berdi.O'sha joyini kesib olib keldi.

Ayniqsa, monologning oxirgi qismi - Aleksandr Gersen va uning kulgi haqidagi fiklari juda go'zal chiqqan. Ko'p kitob o'qiydigan va rus bukblogeri orasida alohida ajralib turishi bejiz emas. Eshitamiz.

@panda_books
Simone de Bovuar va Jan-Pol Sartr Rimda, 1963-yil

Feminizm g‘oyasining ideologi va mashhur ekzistensializm faylasufi o‘ziga xos munosabatda bo‘lganlar. Sorbonnani tugatishi bilanoq, Sartr Bovuarga "Muhabbat manifesti"ni imzolashni taklif qilgan. Bu manifestga ko‘ra, ular bir-birlariga intellektual sodiqlikni saqlab qolgan holda, boshqa barcha sohalarda erkin va mustaqil bo‘lishga kelishib olganlar.

@panda_books
Biror dono odam yo‘qki, yoshligida aytgan so‘zlari yoki qilgan ishlari haqidagi xotiralari keyinchalik o‘ziga yoqimsiz tuyulmagan va ularni hayotidan o‘chirib tashlashni istamagan bo'lsin.

Ammo u bundan afsuslanishi kerak emas, chunki bularni boshdan kechirmaganida donolikka erishganiga ishonch hosil qila olmasdi. Donishmandlikni tayyor holda qo‘lga kiritib bo‘lmaydi, uni faqat o‘zing kashf etasan - sen uchun hech kim bosib o‘ta olmaydigan, seni hech kim ozod qila olmaydigan yo‘lni bosib o‘tib. Chunki donishmandlik - bu narsalarga o‘zingning nuqtai nazaringdir.

Marsel Prust

@panda_books
#nazm

Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding.
Ko‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan...

...Itoat et! Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli tamom o‘lsam!..


Bugun sehri bilan yosh qalblarga nur bo‘lib kirgan Usmon Nosirning tug'ilgan kuni.

@panda_books
#haqida

Tarix qiziq.

O‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish uskunasi ixtiro qilingach, intellektual qatlamning aksariyati “O-o, ana endi ilmiy revolyutsiya bo‘ladi, Bruno va Kopernik asarlari qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi” deb o‘ylaydi. Qayerda! G‘irt uydirmadan iborat “Jodugarlar bolg‘asi” kitobi davrning bestselleriga aylanadi.

@panda_books
#tavsiya

O‘tgan asrning 70–80-yillarida yarim million (!) adadga ega bo‘lgan “Fan va turmush” jurnali hozir uch oyda bir, atigi 600 (?!) nusxada chiqadi. Jurnal sayti ham bamisoli fillar qabristoniga o‘xshaydi: olis 2020-yilda joylashtirilgan “To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha “Poytaxt” radiosidan maslahatlar” bilan sayt ustiga qora tuproq tortilgan.

(statistik ma’lumotlarni qaradim, 1976-1982-yillarda "Fan va Turmush" mamlakat jurnalxonlar jon boshiga to‘g‘ri kelishi jihatidan sobiq Ittifoqda birinchi o‘rinni egallagan – respublikaning har 19 nafar jurnalxoniga bittadan «Fan va turmush» to‘g‘ri kelgan. O‘sha yillarda O‘rta Osiyodagi qo‘shni respublikalardan tashqari uzoq xorijning 26 mamlakatidagi vatandoshlarimiz ham «Fan va turmush» ni muntazam o‘qib turishgan).


Taqqoslash uchun: Amerika Fanlarni rivojlantirish assosiatsiyasi muassisligidagi Science jurnali saytiga bir kunda 1,1 mln foydalanuvchi tashrif buyuradi, materiallari bir oyda 34 mln martadan ko‘proq ko‘riladi....


Daryo nashrida Mediamakonimiz va ilm-fan targ'iboti haqida yaxshi maqola chiqibdi...Tavsiya qilaman.

@panda_books
Sun’iy intellekt men haqimda bilgan bilimlari orqali shunday tasvirladi. Kitob javonim va ish stolimni toʻgʻri topibdi:)

@panda_books
#haqida

Kulgu

Aleksandr Gersen "O‘tmish va o‘ylar" asarida chor Rossiyasidagi muhitni va o‘sha davr odamlari duch kelgan qiyinchiliklarni batafsil tahlil qiladi. U o‘z xotiralari va falsafiy mulohazalarida jamiyat qanday qilib qayg‘uli va umidsiz muhitga botib, quvonch va kulgi qobiliyatini yo‘qotayotganini tasvirlaydi. Gersen ijtimoiy zulm va siyosiy qatag‘onlar sharoitida kulgi yo‘qolib, kamyob hodisaga aylanib qolishini alohida ta’kidlaydi.

Gertsen kulish qobiliyatining yo‘qligini umidsizlik tuyg‘usi va insonni ezib turuvchi tizim bosimi bilan bog‘laydi. U kulgini qarshilik ko‘rsatish shakli va hayotiy quvvatning ifodasi sifatida ko‘radi, bu esa doimiy qo‘rquv va zulm sharoitida yo‘qolib boradi. Bu fikrlar ijtimoiy va siyosiy sharoitlar odamlarning ruhiy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ularni hayotning oddiy quvonchlaridan mahrum etishining falsafiy tushunchasini ochib beradi.

Gersen insonning to‘laqonli hayoti uchun erkinlik va qadr-qimmatning muhimligini ta’kidlash maqsadida bunday tasvirlardan foydalanadi. Bu uning Rossiyadagi ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar zarurligi haqidagi kengroq mulohazalarining bir qismi hisoblanadi.

@panda_books
Oʻgʻlimga Pandani rasmini koʻrsatib tanitdik. Endi koʻrganda nomini aytyapti. Toʻgʻri hozircha birinchi A’ni choʻzibroq “Pada” deyaptiyu, lekin xursandman😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gabriel Garsiya Markes va uning rafiqasi Mersedes. Kolumbiya, 1967-yil

"Yolg‘izlikning yuz yili" romanini yozishga Markesga 18 oy vaqt ketadi. Biroq asarini yakunlash va ochlikdan o‘lmaslik uchun, yozuvchi muzlatkichini sotishga hamda xotinining soch quritgichi va mikserini garovga qo‘yishga majbur bo‘ladi. Mersedes oʻz eriga oxirigacha ishonadi va buning evaziga Markes dunyoga mashhur yozuvchilardan biriga aylanadi.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa gaplar.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Uolter Ayzekson – “Elon Mask”

Zamonamizning eng zoʻr avtobiografiyanavislari ichra “qirol” hisoblangan Ayzeksondan yana bir ijod namunasi - texnomagnat, milliarder, geniy, playboy Elon Mask haqida…

Men oʻzi Eshli Vens kitobi orqaliyam u haqida koʻp narsa oʻqigandim. Shundanmi Ayzekson ham uning asosan soʻnggi ishlariga koʻproq e’tibor qaratgan. Masalan, Twitterning sotib olinishi tafsilotlari batafsil berilgan boʻlsa, Tesla va SpaceX boshqaruvi toʻgʻrisidayam ancha narsa mavjud. Shuningdek, uning siyosiy va ijtimoiy muammolarga qarashi haqidayam bilib olishimiz mumkin.

Elon Mask - kapitalist, texnomagnat. Har narsadan soqqa koʻzlaydi. Lekin shu bilan birga u ajoyib xayolparast hamdir. Misol, bolaligida “Galaktika boʻylab avtostop” kitobi unga shunchalik yoqqanki, uning koʻnglida Marsga sayohat fikri uygʻongan. Yoki butun dunyoni internet bilan ta’minlash, robottaksilar, inson miyasiga chip qoʻyish orqali uni sogʻaytirish, sun’iy intellekt va hokazo… Mask bir vaqtning shunchalik koʻp kompaniyani boshqaradiki, bu orada qanday 10 ta bolali boʻlisjga ulgurganiga odam hayron:)

Uni men daho deb bilaman. Hurmatim baland. Lekin shu bilan birga uning salbiy jihatlati ham kam emas. Masalan, unda insonlar oʻrtasida boʻladigan ruhiy emotsiyalar yaxshi shakllanmagan, hissiz, ya’ni dardingizga sherik boʻla oladigan odam emasligi aniq. Yana ishda oʻta talabchan, nereal muddatlar qoʻyadigan, suvingizni siqib ishlatishga tayyor zolim rahbar ham. Ustiga-ustak dramalar uyushtirishni sevadigan jizzakiroq inson. Egoist.

Lekin men nima uchun bu shaxsga qiziqamanki, u hozirgi davrda Insoniyatning olis kelajakda oʻzini saqlab qolishi haqida qaygʻurayotgan oʻta kam sonli Donishmandlardan biridir. Yana u 70-yillarda rivojlanib, keyin orqaga ketgan kosmik sanoatni yana oyoqqa turgʻizgan, insonlarda yana koinotga qiziqish uygʻota olgan Ilhomlantiruvchi hamdir.

Mask qilayotgan ishlar koʻlami keng, lekin kitobni nafaqat unga qiziquvchilar, balki yosh rahbarlar ham oʻqishini maslahat beraman. Mask oʻlik jonlarni turgʻizib, yangi bir sohada rahbarlik qobiliyatlarini yaratishga usta kishi. Foydasi tegishiga aminman.

Kitob hozircha oʻzbek tilida mavjud emas.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Yurisprudensiya janrida yaxshi kitoblar

Bugun adolatli sudlov, umuman, sud huquq tizimiga oid badiiy va reallikka asoslangan kitoblarni tavsiya qilaman.

1. Nabijon Boqiy - “Qatlnoma“ Hujjatli qissani yozish jarayonida muallif oʻsha davrdagi Oʻzbek Nozirlar Kengashi huzuridagi Davlat Xavfsizlk qoʻmitasi (KGB)dagi arxiv hujjatlarini hamda uning Matbuot guruhi taqdim etgan bir qancha manbalarni chuqur oʻrganib chiqadi. Ayniqsa, sovet davridagi nohaqliklar va huquqiy tizimning zaifligi, adolatsiz sud jarayonlari haqida so‘z boradi. Qodiriyga va boshqa ziyolilarga nisbatan bo‘lgan qatag‘onlar, ularga tuhmat qilish, soxta ayblovlar qo‘yish orqali ijodiy va erkin fikrlash imkoniyatlaridan mahrum etish holatlari keng yoritiladi.

2. Daniel Kiz "Billi Milliganning sirli tarixi"
AQShda bir nechta o‘g‘irlik va zo‘ravonlikda ayblanган Uilyam Stenli Milligan haqidagi real voqea. Advokatlar uning ruhiy kasalligini isbotlab, oqlashga erishadilar, chunki u dissotsiativ shaxsiyat buzilishidan aziyat chekkan edi. Unda turli jins, ma’lumot darajasi, yosh va millatga mansub naq 24 ta shaxsiyat mavjud edi: ingliz ziyolisi, uch yoshli bola, ortodoksal yahudiy, yugoslaviyalik kommunist va boshqa ko‘plab shaxslar uning ichida yashardi.

3. Shukrullo - “Kafansiz Koʻmilganlar”
Bu avtobiografik asar boʻlib, unda muallif Stalin davrida quloqqa uchragan oʻzbek ziyolilari qatorida sovuq oʻlkalarga badargʻa qilinadi. Unda xalq dushmaniga aylangan insonlarning taqdiri, sudlovdagi nohaqliklar va qamoqdagi qiynoqlar nihoyatda ta’sirli tasvirlanadi.

3. Xarper Li "Mazaxchini o‘ldirish"
Buyuk depressiya. AQSH janubidagi kichik shaharcha. Otasi oq tanli qizga nisbatan zo‘ravonlikda ayblangan qora tanli yigitni himoya qilayotgan sakkiz yoshli qizning hayoti. Bu irqiy kamsitish, jaholat va insoniy shafqatsizlik muammolariga bag‘ishlangan chuqur ijtimoiy drama, shuningdek, odil sudlovga boshqacha qarashga imkon beruvchi qiziqarli sud trilleri hisoblanadi.

4. Maykl Konnelli "Advokat uchun Linkoln"
Los-Anjeleslik jinoiy ishlar bo‘yicha surbet advokat Mikki Xoller haqidagi hikoya qiluvchi bu asar, uning qonunlarni va odamlar psixologiyasini bilishi, savdolashish qobiliyati muvaffaqiyatga erishishni koʻrsatadi. Shu orada yosh rieltor Rule ishi uning qo‘liga tushib qoladi. Uni fohishani zo‘rlashga uringanlikda ayblashadi. Ayblanuvchi esa oʻzini podstava qilishganligiga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo‘qdek tuyuladi, lekin... Kitob ekranlashtirilgan, Mettyu Makkonaxi Mikki Xoller rolini ajoyib tarzda ijro etgan.

@panda_books
2024/11/16 08:01:08
Back to Top
HTML Embed Code: