Telegram Web Link
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Paris 2024: Opening Ceremony

Fransiya o'zining boy madaniy merosiga va qadim tarixga ega mamlakat. Fransuz klassik adabiyoti esa butun dunyoda sevib o'qiladi. Moda, san'at va shu kabi sohalardagi eng kreativ va ijodkor qatlamning aksariyati ham aynan Fransiyada yashaydi.

Va ularga o'z national identify va madaniyatini butun dunyoga ko'rsatish imkoni berildi. Olimpiya o'yinlarini qabul qilish va Ochilish marosimining tub maqsadi ham aynan shu - siz kim ekanlingiz va tarixda kim bo'lganligingizni ko'rsatish. Yana ular shu bilan o'zlarining tarixiy raqiblari bo'lmish inglizlarning London-2012dagi ajoyib performansidanda yaxshiroq narsa qila olishlari mumkin edi. Masalan, Napoleon, Dyuma, Bastiliya... ammo bulardan faqatgina Senani ko'ra oldik, xolos.

Ular shuncha narsa qolib, satanizm va Transgenderlar targ'ibotini tanlashdi. Ha, ayol qiyofasidagi bahaybat soqolli erkak juda bir Fransiyaga mosmasda. Ya'ni eng alam qiladigani, hatto shu g'oyayam o'zlariniki emas, balki bu hammasi AQSh propagandasi va wokeism siyosatini to'g'ridan-to'g'ri yoyish shunchaki.

Xullas, Fransiyadek davlat o'z milliy an'analari va madaniyatiga xos elementlarni yo'qotgani achinarli. Juda achinarli.

@boredpandablog
Mazza qilib kitob o'qiyman deganingda, bugun O'zbekiston termasining o'yini borligini bilib qolganingda:

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz Rim Imperiyasi haqida qanchalik tez-tez o'ylaysiz?

Kitob nomi Meri Bird - "S.P.Q.R." Rim Imperiyasi tarixi haqida eng ajoyib kitoblardan biri.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Sandra Nyuman – "1984: Juliya"

"Tanlov yo'q, ammo go'yo u bordek yashashing kerak".

Jorj Oruell daho. U "1984" romani orqali unikal bir dunyo yaratadi, antiutopiya darajasini yana bir pog'onaga ko'tarib ketadi. Keyinchalik unga tamsil etganlar ko'p bo'ldi. Bugun shundaylardan biri, aniqrog'i yozuvchi Sandra Nyuman qalamiga mansub "1984" romanining feministik varianti – "Juliya"ni tugatdim.

Sandra Nyuman o'z ishiga mualliflik huquqini Oruellning o'g'lidan oladi. Uning fikricha, Oruell o'z asarida Katta Og'a olamidagi ayollar obraziga, umuman, ularning hayotiga yetarlicha e'tibor qaratmagan. Juliya obrazi ham to'liq ochilmagan deb hisoblaydi. Shu sabab Sandra o'z kitobida "1984" olamidagi feministik hayot to'g'risida ma'lumot berishga qaror qiladi.

Aytish lozimki, Nyuman asarining deyarli seks mavzusida aylangan. Bilamiz, Katta og'a va partiya xalqqa jinsiy hayot erkinligini cheklab qo'ygan edi. Bu uchun hatto "Aksiljinsiy Ittifoq" nomli tashkilot ham tuzilgan, shuningdek, Muhabbat Vazirligi ham bu borada sergak edi. Natijada, ayollar pana-pastqamlarda bu ish bilan shug'ullanishga majbur bo'lishadi. Oila institutini o'ziga dushman deb bilgan partiya farzand ko'rishni ham cheklaydi, xohlovchilar faqat sun'iy urug'lantirish orqali homilador bo'lishi mumkin edi, xolos. Juliya ham Uinston Smit bilan shunday pinhona ko'rishishlardan birida tanishib qoladi. Voqeaning so'nggi ko'pchilikka ma'lum albatta.

Kitob allaqachon bizga tanish bo'lgan dunyoni yanada kengaytirgan, biz uchun ochiq qolgan joylarni to'ldirishga uringan bo'lsa-da, ammo baribir unga Oruell darajasida yondashilgan deya olmayman. Albatta, hammayam o'z sevimli kitobi davom etishini istaydi, lekin voqealar qayta hikoya qilinganidan unchalik katta ma'noyam yo'q.

Shunday bo'lsa ham, ayol-qizlar uchun bu kitob qiziq bo'lishiga aminman, totalitar tuzum ayollarga qanday zarar yetkazishi mumkinligini biroz bo'lsa ham tushunib olish imkoni mavjud.

Yillar o'tib, ko'plab yaxshi filmlar remake qilingani kabi, yaxshi asarlarga o'xshatib kitoblar yozish mumkin. Sandra Nyuman shunga jur'at qilibdi. Yomonmas. Lekin endilikda unga ham o'z shaxsiy "1984" dunyosini yaratishni tilab qolamiz.

Make Orwell Great Again!

@panda_books
Sevimli fransuz yozuvchi(lar)ingiz qaysi?

@panda_books
"Эксмо" nashriyotidan g-go'zallik! Ular Murakami asarlarini naq 2 ta versiyada Seriyali qilib chiqarishgan ekan. Havas....!

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jadidlar: Turkistonga maktublar" ko'rgazmasidan taassurotlar.

@panda_books
Sizni sevimli ajdaringiz (dragon) qaysi, masalan?

@panda_books
#news
Hamas rahbari Ismoil Haniye Tehronda Isroil hujumi oqibatida o'ldirilibdi. U Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasiga mehmon bo'lib kelgan edi.

Isroil urush boshlangandan beri HAMAS va Hizbulloh rahbariyatiga qarshi hujumlarni ko'paytirdi.

Masalan, bir kun oldin Beyrutda Hizbulloh qo'mondonlaridan biri ham o'ldirilgan edi.

@panda_books
Kecha kechqurun men qayg'u va xafagarchilikka qarshi o'zimning eski uch hissalik retseptimni tuzdim:

1) 10-20 yildan keyin bu narsalar qanchalik ahamiyatsiz bo'lishini o'ylang. Xuddi 10-20 yil oldin sizni qiynagan narsa endi ahamiyatsiz bo'lib qolgani kabi.

2) O'zingiz nima qilganingizni eslang, sizni xafa qilgan narsalardan yaxshiroq bo'lmagan narsalarni eslang.

3) Hammasi bundan yuz barobar yomonroq bo'lishi mumkinligi haqida o'ylang.

Lev Tolstoy kundaliklaridan, 1897-yil 20-noyabr

@panda_books
#muqova

A Very Short Introduction: Oxford Press

Bir qarashda kitobxonni o'ziga tortuvchi muqovalar sotuv uchun muhim. Agar kitoblar to'plami shunday o'ziga xos bo'lsa, bu yanada ajoyib.

"Qisqa tanishtiruv" deb nomlangan ushbu asarlar turkumi dizayni menga juda yoqadi. Shuningdek, u turli qiziqarli sohalarni qamrab olgan, hozirgacha naq 900+daan ortiq mavzudagi kitoblari chiqishga ulgurdi.

Quvonarlisi (va bu reklama emas), 1000Kitob loyihasi ilk bosqichida chop etiluvchi kitoblarning asosiy qismini aynan shu – “A Very Short Introduction“ (“Qisqa tanishtiruv”) turkumidagi asarlar tashkil etarkan.

Nega? Chunki bu turkum ayni akademik ilm hamda ommabop adabiyotlar o‘rtasida turadi. anning muayyan sohasiga chuqurroq kirishni istagan, biroq uni nimadan boshlashni yoki o‘rganishni bilmayotganlar uchun mo'ljallangan.

Bizda ko'p sohalarda ona tilimizda aynan bazaviy qo'llanmalar yetishmaydi. Diplomatiyani Xalqaro Munosabatlar fakultetida o'qigan paytlarim ham biz majbur rus va ingliz qo'llanmalaridan foydalanardik. Darsliklar kabi zerikarli uslubda yozilmagan, ularda o‘quvchini fanga qiziqtirishga ham alohida urg‘u berilgan bu turkum sohani o‘rganishiga ishtiyoq uyg‘otishi aniq.

Hozircha 24 ta kitob o'zbek tilida, yaxshi tarjima va sifatda chiqishini va'da qilishmoqda. Bu quvonarli. Bu kitoblar tarjima sohasida aynan o'z yo'nalishidagi bo'shliqni munosib to'ldirishiga aminman.

@panda_books
#haqida

Shaharlar va ambitsiyalar

Hech kimga sir emaski, katta shaharlar doimo iste'dodli va shijoatli odamlarni o'ziga jalb qiladi.

Mazza qilib dam olishni istaydiganlar Barselona, Ibitsa yoki Mayamiga jo'nashadi. Dengiz sohillarini sevuvchilar Bali, Maldiv va Gavayidan qo'nim topadilar.

Eng boy odamlar, investitsion bankirlar va venchur kapitalistlar Nyu-York va Gonkongga oqib kelishadi. Bu shaharlar faqat bitta so'zni biladi: money!

Eng aqllilar Boston, Kembrij, Garvard, MIT va shunaqa universitetlar joylashgan hududlarga boradi. Dunyoning hech bir joyida u yerdagidek aqlli suhbatlarni eshitmaysiz.

Dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lgan odamlar esa Silikon vodiysi va San-Fransiskoni tanlashadi. U yerda pul dunyoga ta'sir darajasi qilish vositalari (Google, Facebook, Apple) kabi muhimmas.

Shon-shuhrat qidirganlar Los-Anjeles yoki Parijga yo'l olishadi. Aristokratlar va dunyo elitasining bolalari esa Londonda ta'lim olishadi. Startaplar Sharqda ham bor: masalan, Dubay, Singapur va Tel-Avivda. Moskva rus tilida so'zlashuvchi segment uchun eng asosiy shahardan biri.

Bizda Xelford Makinder aytib ketgan "Heartland"ning eng markazida joylashgan Toshkent va boshqa shaharlarimizda ham shunday challenge va ambitsiyalar bormikin? Sizningcha, shaharlarimiz qanday tavsiflanadi?

Hatto O'zbekiston ichida ham turizm markazi bo'lmagan Toshkentda turistik salohiyat oshirishning asosiy fundamental asoslarini bilishni istardim.

@panda_books
Panda Books
#news Hamas rahbari Ismoil Haniye Tehronda Isroil hujumi oqibatida o'ldirilibdi. U Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasiga mehmon bo'lib kelgan edi. Isroil urush boshlangandan beri HAMAS va Hizbulloh rahbariyatiga qarshi hujumlarni ko'paytirdi. Masalan…
Turkiyada Instagram ijtimoiy tarmog'i bloklanibdi. Qalampirda e'lon qilingan materialda bunga kuni kecha Instagram Xoniya o‘limi munosabati bilan hamdardlik posti joylagan akkauntlarni umumiy bloklay boshlagan degan sabablar bildirilgan.

Xullas, infomatsion urush davom etayapti.

@panda_books
#tavsiya

Avgust oyida mutolaa qilish uchun 8 ta kitob

1️⃣"Norveg o'rmoni" - Xaruki Murakami
Yaponiya universiteti atmosferasiga kirish uchun ajoyib imkon. Ushbu chuqur hissiy romanda qahramonlar o'rtasidagi sevgi, ayriliq va o'ziga xoslik kabi murakkab munosabatlarni o'rganasiz. Murakami dahosi shundaki, u lirika va falsafani mahorat bilan uyg‘unlashtirib, unutilmas adabiy taassurotlar yaratadi. Mutolaadan bir olam zavq tuyasiz. (o'zim ham shu kitobni boshladim)

2️⃣"Kitob o'g'risi" - Markus Zusak
Ikkinchi Jahon urushi davrida faqat kitoblardan tasalli topadigan qiz haqidagi ta'sirchan roman. U insonni murakkab mavzular haqida o'ylashga undaydi. Shuningdek, o'ziga xos personaj - O'limning noan'anaviy hikoyalari ham sizni hayratda qoldirishi aniq.

3️⃣“Kulayotgan odam”Viktor Gyugo
Taqdir va ijtimoiy adolatsizlik to'g'risidagi mumtoz roman. Unda o‘z dardini qayg'uli niqob misol ko‘targan qahramonning dardi va matonati hikoya qilinadi. Gyugo o'z asarida go'zal va unutilmas obrazlarni yarata olgan.

4️⃣"Yolg'izlik bekati" - Jon Steynbek
Avgust oyini Steynbekning eng ajoyib kitoblaridan biri bilan o'tkazing, Qahramonlar bilan birgalikda Amerikadagi qishloq hayoti misolida murakkab insoniy munosabatlar va ijtimoiy muammolarni bilib olasiz. Kitob mutolaasi davomida o'zingiz uchun chuqur ma'noga ega hikmatlar va ko'plab qiziqarli hikoyalar topishingiz aminman.

5️⃣“Garri Potter va Azkaban mahbusi” - J.K. Rouling
Agar siz hali ham ushbu mashhur sehr-jodu olami bilan tanish bo'lmasangiz yoki eski qadrdon do'stlaringizni eslamoqchi bo'lsangiz, Garri Potter seriyasining uchinchi kitobi - avgust oyi mutolaasi uchun eng to'g'ri tanlovdir. Garri Potterning Hogwarts maktabidagi 3-o'quv yili haqida hikoya qiladiga ushbu roman turli sarguzashtlar, dahshatli sirlar va go'zal afsunglarga to'la. Xullas, zerikmaysiz.

6️⃣"Jasur yangi dunyo" - Oldos Xaksli
Tabiiyki, men tavsiya ro'yxatini unga birorta antiutopiya qo'shmasdan tuza olmasdim. Bu safar istisno bo'lmadi. Xaksli kabi klassik antiutopik roman sizni insoniyatning qiziq kelajagi va barcha ko'ngilxushliklar taqdim etilganida, biz bu uchun nimalarni qurbon qilishimiz kerakligi to'g'risida hikoya qiladi. Aytishim lozimki, birinchi 50-60 varaqdan keyin voqealar qanday tugashi sizni qiziqtirib qo'yishi aniq. Xaksli bugungi kunda ham dolzarb bo'lgan muammolarni ochib beradi. Xaksli jamiyat kelajagining dohiyona va shu bilan birga dahshatli portretini chizgan deyish mumkin. Bu kitob sizni antiutopiyaga oshno qilishiga aminman.

7️⃣"Oqim" - Mixay Chiksentmixayi
Agar siz psixologiya va o'z-o'zini rivojlantirishga qiziqsangiz, ushbu kitob siz uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Chiksentmixayi o'zining "oqim konseptsiyasi"ni o'rganar ekan, u orqali jarayonga to'liq sho'ng'ib ketish va istalgan faoliyatdan qoniqishga erishish uchun amaliy maslahatlar beradi. Ko'pchilik tavsiyasini o'zingizda sinab ko'rish uchun ayni muddao kitob.

8️⃣"Qanday qilib yozuvchi bo'lish mumkin" - Stiven King
Yozuvchilik faoliyatini orzu qilganlar yoki shunchaki adabiy asarlar yaratilish jarayoniga qiziquvchilar uchun yaxshi tanlov. King o‘z kitobida boy tajribasiga tayangan holda, foydali maslahatlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu nafaqat manfaatli qo'llanma, balki yozuvchilik kasbining sahna ortidagi holati qandayligini ko'rish mumkin bo'lgan qiziqarli manba hamdir.

@panda_books
2024/10/03 09:19:11
Back to Top
HTML Embed Code: