Telegram Web Link
Yangi kelgan bir kun kelib hammadan kuchli bo'lishini aytdi. Uning gapidan hamma kuldi.

Faqat eng Kuchlidan tashqari.

@panda_books
Panda Books
​​#review #taqriz πŸ“—Sandra Nyuman – "1984: Juliya" "Tanlov yo'q, ammo go'yo u bordek yashashing kerak". Jorj Oruell daho. U "1984" romani orqali unikal bir dunyo yaratadi, antiutopiya darajasini yana bir pog'onaga ko'tarib ketadi. Keyinchalik unga tamsil…
#review

Ba'zan shoshganimda yoki xayol bilan (ko'pincha erinib) bo'lib, taqrizlarda asardagi muhim joylari to'g'risida yozish esdan chiqadi. "1984: Juliya"da ham kitobning xotimasi haqida yozmoqchi edim.

Aslida hozir ham to'liq yoza olmayman, chunki unda spoyler, ya'ni hikoyani aytib qo'yish bo'lib qoladi va o'qimoqchi odamni qiziqishini o'ldirib qo'yishim mumkin. Lekin aytsa bo'ladigan joylari bor.

Eng muhim joyi shundaki, u nihoyat adolat qaror topishi bilan tugaydi. Va bu meni nazarimda "adolatli yakun" edi. Hozir tushuntiraman.

"1984" romani Uinston Smit va Juliyaning Sevgi Vazirligiga olib kirilishi, u yerda ularning 101-xonada qiynashlari va Smitning Juliyani sotishi sahnasi bilan yakuniy qismga kelinardi.

Ular qo'yib yuborilgach, Smit ko'chada Juliyani uchratadi va uni sotganini aytadi. Kitob quyidagi jumlalar bilan tugardi:

"Uinston Smit endi Katta Og'ani yaxshi ko'rardi.."

Vot "Juliya"da biz shu voqeadan keyin Juliyaning taqdiri qanday kechgani haqida bilib olamiz. Va u bu ibtido shunday boshlanardi: "Endi Juliya Katta Og'adan nafratlanardi..."

Aslida Katta Og'a diktaturasi - bu barcha ma'lumotlarni cheklab, real voqelikni xalqdan yashirish ustiga qurilgan edi. Barcha diktaturalarda bo'lgani kabi, masalan, Stalin davrida ham oddiy odamlar "O'rtoq Stalin bo'layotgan xunrezliklardan bexabar, repressiya va qotilliklarni undan yashirishadi, agar biz uni ogoh etsak, u hammasini o'zgartirib, zulmkorlarni jazolagan bo'lardi" deya o'ylashadi. Va bu juda xato fikr.

Katta Og'a va uning Ichki partiya vakillari xalqning jabr-zulmini yaxshi bilishadi, chunki aynan ular shuni tashkil qilishgan. Ularning jasurligi va adolatparvarligi ham yolg'on, ular oxirida bor-yo'g'i bir to'da qo'rqoq va molparast kimsalar bo'lib chiqishadi. 1984 dunyosidagi Okeaniyaning doimiy urushlari, undagi birin-ketin g'alabalari ham yolg'on edi. Aslida urush deyarli tugab bo'lgan va Katta Og'a uzil-kesil mag'lub bo'lgandi. Ammo buni xalq bilmas, Partiyaning bor e'tiborini yuqori darajadagi amaldorlar hayotini yaxshilash, oddiy xalqni esa turli bema'ni repressiyalar bilan ushlab turish edi.

Odatda diktatura shaxsga bog'liqligi sababli ham shunchalik repressiv bo'lsa, aynan shu sababli shunchalik zaif hamdir. Ya'ni shaxs yo'qolsa, diktarura ham yo'qoladi. Ideyalogiyalar qoladigan, shaxslar kelib-ketaveradigan tuzumlargina kuchlidir.

Jorj Oruell bizga Diktatura uzoq davom etadi deydi. Va u haq.

Sandra Nyuman esa u qanchalik uzoq va qattiq bo'lmasin, insonlar bir kun undan qutula oladi deyildi.

Va u ham bu ma'noda haqdir.

@panda_books
Yashasin Patriarxat!?! bo'lyaptimi shunda..

@panda_books
#haqida

Sport vs Siyosat

Oxirgi Parij Olimpiadasi yaqin vaqtlardan beri yig'ilib kelayotgan ba'zi muammolarni o'zida to'liq aks ettirdi deyish mumkin. Olimpiada yaqin davrlardagi eng siyosiylashgan tadbir degan bo'lardim.

Eng avvalo u "Sport siyosatdan xoli" degan dogma to'liq o'z ahamiyatini yo'qotganini ko'rsatdi. Dunyoning futbol JCh bilan birga eng ko'p tomosha qilinadigan musobaqasi Ochilish marosimida LGBT propaganda va satanizm namoyish qilindi. Rossiya chetlashtirilgan holda, Isroil o'yinlarda bemalol qatnashdi va mana oxirgi "ular ayolmi yoki transgender"mi degan savollar fonida bu mavzu ham tarmoqlarni larzaga keltirdi.

Olimpiada yildan yilga kamroq tomoshabop bo'la boshlayapti. E'tibor kamayyapti. Shu bilan birga sportchilarni doping bilan munosabatlari ham qiyinlashib borayapti. Xullas, tashkilotchilar bu tadbirni atrofidagi muhokamalardan ko'proq foyda olishga qaror qilishgandek taassurot uyg'otyapti.

Eng qizig'i, hali oldimizda Yopilish marosimi ham turibdi. U qanday o'tishiga esa ko'pchilik qarab turibdi.

@panda_books
Kak to tak...

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
POV: Asaxiy Books kitoblari tokchasini teramiz😊

@panda_books
#newbook #yangikitob

Asaxiy Booksdan yangi premyera - Tara Vestoverning "Talaba" ("Educated") kitobi yetib keldi.

Kitob bizda ham dolzarb bo'lgan ta'lim olish va farzandlarning, ayniqsa, qizlarning ta'lim olishi haqida. O'zi, umuman, o'qishning ahamiyati nimada?

Kitobda shu savollarga javob berilgan. Demak, o'qiymiz.

@panda_books
#haqida

Yozuvchi

Yozuvchi - bu aytadigan gapi bor odam. Va u buni qanday tarzda yetkazishni xohlasa, o'shanday aytadi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’₯"Ajdar Xonadoni" seriali 1-mavsum oxirgi qismini tomosha qilganlarga ma'lumki, epizod so'nggida Deymon Targariyen ajdar Vermitor oldiga borib, unga eski valiriya tilida qo'shiq kuylagan sahna aks etgandi.

Biz bugun 2-mavsum finali chiqqani munosabati bilan o'sha qo'shiqni o'zbek tiliga mahorat bilan o'girishga muvaffaq bo'ldikπŸ’ͺ va siz, azizlarga, taqdim etishdan mamnunmiz!

Shu kabi eng qaynoq yangiliklarni πŸ‘‰ Instagram sahifamizda πŸ‘ˆkuzatib boring! Obuna bo'ling!

Videoni "Ajdar Xonadoni" muxlislariga jo'natib qo'ying!😊

@boredpandablog
​​#review #taqriz

πŸ“—Markiz de Sad β€” "Les 120 journΓ©es de Sodome"

Sadizm haqida ilmiy maqolalar o'qib turib, bir necha bor markiz de Sad nomiga duch kelaverdim. Ozgina tushuntirish beradigan bo'lsam, sadizm - bu seksual buzuqlikning bir turi bo'lib, o'z sherigiga azob berish va jismonan ogΚ»riq yetkazishdan rohatlanishga aytiladi.

Xullas, keyin havolalar ortidan qidirib-qidirib, oxiri "sadizm" termini aynan ushbu shaxs, ya'ni Markiz de Sad (1740β€”1814) (asl ismi Donasyen Alfons) nomidan olinganini bildim. Bu men uchun yangilik bo'ldi, chunki negadir men doim bu termin inglizcha "sad" - "qayg'uli" so'zidan kelib chiqqan deb yurarkanman. Xullas, uning asarlari bilan tanishib chiqa boshladim va ushbu "Sodomning 120 kuni" romani orqali o'zim uchun Pandora qutisini ochib yubordim deyish mumkin.
Dahshat!

Markiz de Sad oliynasab oilada tug'ilishiga qaramasdan, jinsiy jihatdan nihoyatda buzuqlik illatlarini o'zida mujassam etadi. U o'z nafsini qondirish yo'lida, na din, na axloq va na qonun qarshilik ko'rsata olmasligini ta'kidlab, shu yo'ldan boradi.

U o'zi zo'rlash va qotillikda ayblanib, Bastiliyaga qamaladi. Qamoqda paytida esa u o'z g'oyalarini o'zida mujassam etgan romanlarni yozib boshlaydi, Ulardan biri mana shu "Sodomning 120 kuni" hisoblanadi. Unda 4 ta axloqi buzuq aristokrat shaxs (Sudya(!), Yepiskop(!), Gersog va bankir) tomonidan yaqinlari, qurbonlari va shuningdek, bir necha zo'ravonlik bilan olib kelingan qiz-yigitlarga nisbatan deyarli barcha zo'ravonlik shakllari, insest, pedofiliya, orgiya va nafsni g'ayritabiiy tarzda qondirish kabi ko'plab jazo va harakatlar eng mayda detallarigacha tasvirlab berilgan. Va buning oxiri qiynoqli o'lim bilan tugashini ham aytib o'tish lozim.

Markiz de Sad Bastiliya qulaganidan keyin, ko'pgina mahbuslar singari kasalxonaga tushadi, uning qo'lyozmalari esa kamerasida qoladi. Ammo qaysidur nozir ularni topib oladi va saqlab qo'yadi, keyinchalik u muzeyga katta narxda sotiladi. Markizning o'zi ularni yo'qolgan deb hisoblagan.

Roman 20-asrgacha nashr etilmagani hayratlanarli emas. Sababi undagi jinsiy zo'ravonlik va o'ta shafqatsizlikning batafsil tavsifi tufayli ba'zi davlatlar tomonidan chop etilishi taqiqlangan. Va men ham bunga qo'shilaman.

Kitobni ozgina varaqlab ko'rdim va aytishim lozimki, hali bu darajada sadistik narsa o'qimaganman. Albatta, men nisbatan qarashi keng insonlikka da'vo qilsamda, bitta narsa aniqki, inson agar unga absolyut hokimiyat va jazodan qochish imkoniyati beriladigan bo'lsa, siz hatto tasavvur qila olmaydigan darajada zo'ravon va eng tuban axloqli kimsaga aylanishi mumkin ekan.

Ushbu kitobda deyarli barcha qizil chegaralar kesib o'tilgan, jamiyatda aynan insonlar axloqi va tarbiyasiga ma'sul shaxslar tomonidan axloqiy jihatdan eng tuban ishlardan tap tortmaydigan bo'lib chiqqan. Roman bir tomondan har kimning seksual didi har xil demoqchi bo'lsada, lekin boshqa tomondan, o'quvchini kelajakdagi dahshatlardan ogohlantiradi, bu yaxshi emas degan fikrga kelishni ta'kidlaydi.

Bu kitob o'zbek tilida yo'q va o'ylaymanki, yaqin davrlarda aslo bo'lmaydi ham. Bir tomondan har kuni internetda sadizm qurboni bo'lgan shaxslar haqida chiqadigan xabarlar ham bizga yetadi. Shu bilan birga yoshlarni orasida sadizmning oldini olishda ularni jinsiy tarbiyasiga alohida e'tibor berish va jinsiy buzuqliklarga qarshi kurash olib borishning ahamiyati katta deb o'ylayman.

Sad reading:(

@panda_books
#haqida

Haqoratga qoyilmaqom javoblar turkumidan

Bir kuni Ledi Nensi Astor Uinston Cherchillga:
β€” Agar siz mening erim bo'lganingizda, sizning choyingizga zahar qo'shib qo'yardim! β€” deydi.

Uinston Cherchill ham sira o'ylanmay quyidagicha javob beradi:
β€” Agar men sizning eringiz bo'lganimda, o'sha choyni jon-jon deb ichardim..!

@panda_books
Agar menga o'xshab o'sha mashhbur "Manhetten loyihasi" va amerikalik fizik-yaderchi olim, "Atom bombasi otasi" bo'lmish Robert Oppengeymer haqida ko'proq bilmoqchi bo'lganlar uchun tavsiya.

@panda_books
Bugun bayram β€” "Xalqaro kitobsevarlar kuni"!

Qadrli kitobsuyarlar, kitob qurtlari va shunchaki mutolaa qiluvchi do'stlar! Hurmatli bookblogerlar, kitoblar haqida yozishni yoqtiradiganlar va aziz do'stlar! Noshirlar, kitob sohasi hodimlari, muharrirlar, tarjimonlar, shoirlar va yozuvchilar! Kitob do'kondorlar, kitob sotuvchilari va bookshoppingchilar! Aziz Panda Books oilasi a'zolari!

Barchangizni bugungi ajoyib bayram - Kitobsevarlar kuni munosabati bilan chin ko'ngildan tabriklayman! Safimiz yanada kengayaversin! Hammaga yoqimli mutolaa, ko'plab kitoblar va uyida ulkan kutubxonasi bo'lishini tilab qolaman😊

@panda_books
Bugungi bayram munosabati bilan @qamarbooks dan hadya kelibdi😊

Qamar har yili shu sana bilan ko'pchilikni tabriklash an'anasini yo'lga qo'ygani biram ajoyib!

Katta rahmat!πŸ‘

@panda_books
​​Hayot olganing qadar nafasdir,
Hayot qolganing qadar qafasdir,
Hayot to'lguning qadar havasdir...

– Rumiy

@panda_books
Ertalab be like:
@panda_books
Tog'daman. Toza havoda do'stlar bilan dam olyapman. Shu munosabat bilan bugun kanalda aqlli post bo'lmaydi.

@panda_books
2024/10/03 06:19:03
Back to Top
HTML Embed Code: