Telegram Web Link
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Yillar kesimida abituriyentlar soni (oxirgi 6 yil)

2019-yil
— 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar🧐🧐

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
She said "Yes!"

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazat uchun xalqdan uzr so‘rabdi. Gap shundaki, yaqinda Japarovning bo‘lajak kuyovi "Marry me"ni dabdabali tashkillagan, bu uchun xatto Favqulodda vaziyatlar vazirligining vertolyotini ijaraga olgan.

Bu, albatta, jamoatchilik tarafidan katta e'tirozlar sabab bo'ldi. Chunki Sadir Japarov bot-bot ortiqcha dabdababozlikka chek qo'yish haqida gapirib kelardi.

“Mamlakat rahbariyatining yaqinlari boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Men isrofgarchilikni to‘xtatishga harakat qilaman. Hech bo‘lmaganda bo‘lajak kuyov bu haqda o‘ylab, tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi kerak edi", dedi Prezident.

Xullas:

President said "No!".

@panda_books
Baxtli hayotga erishish haqida o'rgatadigan ajoyib bir kitob topib oldim.

Muqaddima:
"Tavakkal qiling, ammo ehtiyotkorlik bilan!
Reja tuzing va baxtga erishing".

Kitobning ilk satri esa shunday boshlanadi:
"Meni ota-onamning samolyoti bor edi..."

Baxtli hayotga erishish formulasini topgandek bo'ldim: Boy oilada tug'ilish kerak...:)

P.s: Aytgancha, bu kitob o'zbek tilidayam chiqqan, kimdir tanigan bo'lsa ajab emas.


@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yig'lamayman, yig'lamayman ne qilsang, qil, ey olchoq dunyo!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lumos!

J.K. Rouling
ning "Garri Potter" turkumidagi ilk 3 ta kitob alohida "hadya edition"da chiqibdi. Har qanday Pottermanning qalbidan joy oladigan san'at asari bo'pti.

Juda go'zal, men sizga aytsam:)

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jorj Oruellning "1984" va ushbu dunyodagi ayollar hayoti haqida yozilgan yangi "Juliya:1984" kitoblari haqida.

@panda_books
Bu oy bitta kitob tugatibman, xolos.

@panda_books
Hech qachon insonlarning ahmoqligiga past baho bermang.

Ular siz o'ylagandanda ahmoqonaroq ishlar qilishi mumkin.

@panda_books
Aytgancha, bugungi Yoshlar kuni bayrami bilan barcha yoshlar va "ko'ngli yoshlar"ni tabrikliman!

@panda_books
Yoz oylarida men:
(#)

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotning achchiq haqiqatlaridan biri shuki, ashaddiy kitobxon odamlar odatda boy-badavlat yashashmaydi. Afsuski.

Mana bu Gruziyadagi eski, qulab tushay deb turgan uy balkonida kitoblarini sotayotgan insonni ko'rib, ichimdan turli hissiyot o'tdi. Gaplari samimiy, ohangi dardli...

"Arslon terisini yopingan pahlavon" esa haqiqatda klassika!

@panda_books
#haqida

Milliy valyuta

Kim hozir shu kupyuralarni eslaydi? 1lik, 3lik, 5lik, 10 so'mlik ham bo'lardi oldin:)

So'm muomalaga chiqqaniga 30 yil bo'libdi. Lekin afsuski, bu kupyuralardan birortasiyam bugungacha yetib kelmadi.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz iflos vijdon bilan g'olibsiz,
Men sof vijdon bilan mag'lubman. Lekin men kulaman, chunki vijdon rohatda, yurakda ishq!

@panda_books
Shunday narsalar borki, siz ularni faqat yoshingiz ulg'aygan sari tushuna borasiz. 18 yoshda ba'zi mavzularni tushunish qiyin.

Masalan, hayotda mazmunga ega bo'lgan neki narsa bo'lsa, ularning bari uzoq muddatli sarmoyani talab qiladi.

Istalgan sohada biror natijaga erishish uchun qilingan bir yillik doimiy, intizomli mashg'ulot tez va qisqa urinishlardan ko'ra 10 barobar ko'proq natija beradi.

Yoki "Atom odatlar" boshidagi birinchi misolni olaylik. Sekin-sekin, ammo doimiy o'sish - sizdan ko'p vaqt oladi, lekin pirovard maqsadga yetishishni ta'minlaydi.

Tez va arzon dofaminlar (bir martalik uchrashuvlar, porno, fastfud, narkotik, tez boyish yo'llari) - bularning barchasi kambag'allarning ko'ngilxushligi, xolos. Alal-oqibat bu yo'lning oxiri depressiya bilan tugaydi.

Kuchli va mustahkam munosabatlar - albatta, uzoq muddatni talab qiladi, ya'ni oila qurishni. Aksariyat muvaffaqiyatga erishgan insonlar tarjimayi holiga qarasangiz, ularning barchasi oilaparvar bo'lganligiga amin bo'lasiz.

Shuningdek, istalgan barqaror biznes, ijtimoiy loyiha, qurilish, konstitutsion mamlakat yaratish - hammasi uzoq muddatli strategiyaga ega insonlarni o'ziga jalb qiladi.

Xullas, boy va muvaffaqiyatli inson bo'lishni istasangiz, 3 haftadan keyin boyib ketaman degan xomxayollarni unuting. Uzoq muddatli, qon va ter to'kib qilingan mehnatgina ko'zlangan natijaga yetaklaydi.

@panda_books
#tarix

1963-yil. Chopon kiyib olgan Kuba rahbari Fidel Kastro O'zbekiston SSRidagi "Qizil" kolxozida nutq so'zlamoqda.

(Surat oq-qora formatdan rangli formatga o'tkazilgan)

@panda_books
#tavsiya

Elon Mask tarix, siyosat va iqtisodiyot haqida asosiy tushuncha beradigan 11 ta audiokitobni tavsiya qildi.

Saqlab qo'ying:

Uilyam Dyurant - "Sivilizatsiya tarixi";
Gomer - "Iliada";
Fridrix fon Xayek - "Krepostnoylikka yo'l";
Uilyam Manchester - “Amerikalik Sezar”;
Devid Kushner - “Taqdir ustalari”;
Adam Tooze - "Vayronkorlik bahosi";
Ernst Yunger - "Po'lat bo'ronlarida";
Barbara Takman - "Avgust qurollari";
Gay Yuliy Sezar - "Galiya urushi haqida yilnomalar";
Uilyam Bolito - "O'n ikkilik Xudolarga qarshi";
Jek Uezerford - "Chingizxon".

"Ro'yxatdagi birinchisini o'qib tugatish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi, lekin bu shunga arziydi", - deydi Mask.

Tan olish kerak, bu ro'yxat har kuni Rim haqida o'ylaydiganlarga manzur bo'ladi.

@panda_books
2024/09/30 22:25:00
Back to Top
HTML Embed Code: