Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Расман: Ўқишга хужжат топшириш-2023 видео-қўлланмаси эълон қилинди

Билим ва малакаларини баҳолаш агентлиги Олий таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланмани эълон қилди

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Magistratura mos va turdosh_2022-signed.pdf
12.1 MB
📌 Respublika davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Қабул сайти тайёрланмоқда. Тўлиқ қабул куннинг иккинчи ярмида бошланади

Айни вақтда 2023-2024-ўқув йили учун мақсадли қабул параметрлари ва қабул параметрларининг тиллар кесимидаги тақсимотини my.uzbmb.uz сайтига жойлаштириш ишлари якунланмоқда. Бу ҳақда билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги xaбар бермоқда.

2023-2024-ўқув йили учун абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш my.uzbmb.uz сайти орқали куннинг иккинчи ярмида бошланади.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

📌 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Barchaga ulashing

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

Nodavlat oliygoh yopilib ketsa ham muammo emas – agarda nodavlat oliygohning litsenziyasi to'xtatilsa, hukumat talabalarni davlat yoki boshqa nodavlat oliygohlarga o'qishi ko'chirilishini kafolatlaydi, ya'ni sizda yo'qotish mavjud emas.

Nodavlat oliygohlarning diplomi o'tadimi o‘zi?

Tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi bevosita tan olinadi. Ularning diplomlari davlat oliygohlari diplomi bilan teng darajada qabul qilinadi. Bundan tashqari ta'lim davrida davlat oliygohiga imtihon asosida o‘qishni ko'chirish imkoniyati ham mavjud.

Xususiyda o‘qigan deb ishga olmay, qaytarib yuboradimi?

Davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan beriladigan diplomlar davlat namunasida va bir xil ko‘rinishda bo‘ladi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
❗️Бешта йўналишни танлаш

Жорий йилги тест синовларида ҳам бештагача таълим йўналишини танлаш имконияти мавжуд

🔠 5та йўналиш дегани, 5та ОТМ дегани эмас. Яъни абитуриент албатта 5та университет ёки институтни танлаши шарт эмас. Битта ОТМнинг 5та йўналишини танлаш ҳам мумкин;

❗️5та йўналиш танлаётганда энг асосий 1 та шарт бор: мутахассислик блокидаги фанлар кетма-кетлиги мос келиши керак.

фанлар кетма-кетлиги мос бўлсин деганда, 3,1 ва 2,1 балл бериладиган 2 та фан тўғри кетма-кетликда жойлашиши керак.

‼️ Жорий йилдан таълим шакли бир хил бўлиши шарт эмас. Яъни энди бир пайтнинг ўзида ҳам сиртқи, ҳам кундузги, ҳам кечки, ҳам масофавий таълимни танлаш мумкин.

⛔️ Ижодий (касбий) имтиҳон топшириладиган йўналишларда фақат битта йўналиш танлаш мумкин, 5тагача йўналиш танлаб бўлмайди. Бу чеклов ҳам ижодий, ҳам тест топшириладиган йўналишларга ҳам тааллуқли;

Магистратурада ҳам фақат 1 та мутахассислик танлаш мумкин;

🔠 5та йўналишларни танлаётганингизда аҳамиятлироқ бўлинг. Чунки танланган биринчи йўналиш устунликка эга. Яъни сиз жавоблар чиққандан кейин балим етган исталган йўналишни ўзим танлайман, деб хато ўйламанг. Мандатдан кейин қаерда ўқишни танлай олмайсиз, буни ҳужжат топшираётганда яхшилаб ўйланг. Сиз танлаган кетма-кетлик бўйича тизимнинг ўзи қаерга кирганингизни автомат чиқариб беради. Жавоблар чиққач, “мен иккинчи йўналишда эмас, тўртинчисида ўқимоқчиман” дея олмайсиз.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun qancha to‘lov qilishi kerak?

◼️Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Ayni paytda bir BHM 330 ming so‘m, uning yarmi esa 165 ming so‘mni tashkil qiladi.

To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Расман: Йўналишларни 20 июлга қадар исталганча ўзгартириш мумкин!

🔠 Тўловни амалга оширгандан сўнг таълим йўналишларини ўзгартирса бўладими? деган саволга Билимни баҳолаш агентлиги қуйидагича жавоб берди:

Абитуриентларни рўйхатга олиш чет тилидан ижодий имтиҳон ўтказиладиган таълим йўналишларида 10-июлга қадар, қолган таълим йўналишларида эса 20-июлга қадар давом этади.

Абитуриентлар рўйхатга олиш якунлангунга қадар таълим йўналишларини исталганча ўзгартиришлари мумкин (тест синови учун тўлов амалга оширилган бўлса ҳам).

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📑 Математика фанидан кириш имтиҳонларида бериладиган формулалар жадвали

Нима деб ўйлайсиз, фойдаси борми? Бу формулалар билимли абитуриентларни қўллаб қувватлайди деб атасак кўпроқ тўғри келади.

DTM

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Нега Дипломатия университетига хужжат топшириб бўлмаяпти?

Абитуриентлар қуйидаги ОТМларга ўқишга кириш учун мазкур ОТМлар томонидан ўтказиладиган дастлабки имтиҳондан ўтишлари лозим:

👉 Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети;

👉 Ўзбекистон халқаро ислом академиясининг “Диншунослик” ва “Исломшунослик” таълим йўналишлари.

Дастлабки имтиҳон учун абитуриентларни рўйхатга олиш қуйидаги сайтлар орқали амалга оширилмоқда ва 5-июл куни якунланади:

ЖИДУadmission.uwed.uz

ЎзХИАadmission.iiau.uz

Дастлабки имтиҳондан ўтмаган абитуриентлар my.uzbmb.uz сайти орқали мазкур ОТМларни (тегишли йўналишларни) танлай олмайди.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana yo’nalishni o’zgartirsa bo’ladimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o’z yo’nalishlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.

O’tgan yillarda tugatganlar to’lov qilib bo’lgandan keyin ham yo’nalishlarni o’zgartirsa bo’ladi. Bunda to’lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to’lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo’nalishlarni o’zgartirib bo’lmaydi.

Bundan tashqari, sizlarga do’stona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga yuklama kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag’in oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo’nalishni o’zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o’tirmang.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
#bilasizmi

👩‍🎓Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿
#bilasizmi 👩‍🎓Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy…
Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi? Magistraturaga imtihonlarsiz va til sertifikatisiz o'qishga qabul qilinadigan abtiuriyentlar toifalarini bilib oling.

Xuddi bakalavrdagi kabi ayrim abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar magistraturada ham bor. 
Qator toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o‘qishga kiradi: 

Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;

Ta'lim vazirligi o'tkazadigan fan olimpiadasi g'oliblari (3 ta o'rin)

Kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishini “qizil”ga bitirganlar "o'z yo'nalishiga" imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Faqat bir sharti mukofotlar beradigan imtiyozda undan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgor talaba bo‘lishi yoki oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak. 
Imtiyoz bilan o‘qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya’ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Расман: Имтиҳонда қатнашиш тўловини 20-июлгача исталган вақтда тўлаш мумкин!

Тест синови учун тўловни онлайн рўйхатдан ўтгандан сўнг 24 соат ичида амалга ошириш керак деган талаб мавжуд эмас.

Абитуриентлар тўловни рўйхатга олиш якунланганга қадар электрон тўлов тизимлари ёки банк кассалари орқали амалга оширишлари мумкин.

Изоҳ: рўйхатга олиш чет тилидан ижодий имтиҳон ўтказиладиган йўналишларда 10-июлга қадар, қолган йўналишларда 20-июлга қадар давом этади.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Магистратурага қабул бошланди

2023 йил 1 июлдан республика давлат ОТМлари магистратура мутахассисликларига ҳужжатларни онлайн рўйхатдан ўтказиш бошланади.

2023/2024 ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш жараёни вазирликнинг расмий платформаси орқали 30 июлга қадар (шу куни ҳам) давом этади.

Шу ўринда, магистратура мутахассисликларига танловларда белгиланган талаб даражасидаги миллий ёки халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши мумкин.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — "perevod" haqida eng muhimlari

◼️Hademay OTMlarga kirish imtihonlari bilan birga xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mavsumi ham boshlanadi.

📋 Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

🇺🇿 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

📆 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Ikkinchi mutaxassislik-2023. MASOFAVIY.pdf
113.9 KB
⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent

MASOFAVIY
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga masofaviy taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha TO'LOV-KONTRAKT asosida kvotalar tasdiqlandi.

JAMI: 1 ming 140 ta;
O’zbek tili: 840 ta;
Rus tili: 300 ta.

Hujjatlar my.edu.uz orqali qabul qilinadi.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2024/09/28 05:26:01
Back to Top
HTML Embed Code: