Telegram Web Link
📌 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — "perevod" haqida eng muhimlari

◼️Hademay OTMlarga kirish imtihonlari bilan birga xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mavsumi ham boshlanadi.

📋 Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

🇺🇿 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

📆 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Top-1000 OTMlar ro'yxati (2022-yil uchun).pdf
3.3 MB
📌 Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati

Bu diplomlarning foydasi qanday?

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar ko‘plab rivojlangan davlatlardagi kabi O‘zbekistonda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

2023-yil uchun avgust oyida tasdiqlanadi

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Toshkentdagi OTMlarda 354 ming talabalar tahsil olmoqda

🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida 1040,4 ming nafar talabalar tahsil olmoqda.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni:

— Toshkent shahri – 354 ming

— Samarqand viloyati – 84,7 ming

— Farg‘ona viloyati – 77,7 ming

— Toshkent viloyati – 60,3 ming

— Andijon viloyati – 58,3 ming

— Qoraqalpog‘iston R. – 57,5 ming

— Qashqadaryo viloyati – 57,4 ming

— Buxoro viloyati – 54,2 ming

— Namangan viloyati – 52,3 ming

— Surxondaryo viloyati – 50,6 ming

— Xorazm viloyati – 44,6 ming

— Jizzax viloyati – 37 ming

— Navoiy viloyati – 30,3 ming

— Sirdaryo viloyati – 21,5 ming

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Хотин-қизларга 2000 та грант учун тавсиянома бериш бошланди

Аризалар 30-майдан 8-июнга қадар xotin-qizlar.uz сайти орқали электрон шаклда қабул қилинади;

10-июнга қадар туман (шаҳар) ишчи гуруҳлари томонидан ўрнатилган тартибда кўриб чиқилади ва тавсиянома бериш ёки тавсиянома беришни рад этиш тўғрисида хулоса қабул қилинади;

Тавсиянома ишчи гуруҳи йиғилишининг якуний баённомаларига кўра, расмийлаштирилган туман (шаҳар) оила ва хотин-қизлар бўлимларининг буйруқлари асосида электрон ҳужжат шаклида қабул қилинади ҳамда Оила ва хотин-қизлар қўмитаси томонидан 14-июнга қадар берилади.

📆 Тавсияномалар 15-июнга қадар ўрнатилган тартибда ўз эгаларига етказилади

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
❗️Айрим талабалар учун контракт тўлаш муддати 10 июнгача узайтирилди

Бу муддат тўлов-контракт жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар (1-курслар), ўқиши кўчирилган (кўчириб тикланган), қайта тикланган талабалар учун тааллуқли.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
​​ ⚡️ Расман: Стадионлар отмен. Тест синовлари ёпиқ биноларда ўтказилади

Давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини мувофиқлаштириш бўйича давлат комиссиясининг баёни билан тест синови ўтказиладиган бинолар рўйхати тасдиқланди.

Унга кўра 2023-2024-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриатига қабул қилиш бўйича тест синовлари катта сиғимли биноларда ўтказилади.

Бунда тест синовларини ўтказиш учун 92 та бино танлаб олинган бўлиб, бир сменада 44 минг нафар абитуриент тест синовида иштирок этиши мумкин бўлади.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Кириш имтиҳонларида энг юқори балл тўплаган 200 талабага Президент гранти берилади.

Имтиҳонларда тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 189 балл. Агар талаба контрактга қабул қилинган бўлса ҳам, Президент грантига лойиқ кўрилса, грант асосида ўқийди.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Қабул бошланишига 17 кун қолди. Квоталардан эса дарак йўқ!

Давлат олий таълим муассасаларининг бакалавриат босқичига қабул 20-июндан бошланади ва 1 ой мобайнида 20-июлга қадар давом этади.

Энг қизиғи, хар йилгидек қабул квоталари хамон тасдиқлангани йўқ.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Sizda ta'limga oid biror savol bormi? Yoki reklama xizmatidan foydalanmoqchimisiz unda bizga admin ga murojaat qiling.
Kanalda yaqin kunlarda yaxshi o'zgarishlar boshlanadi. Yaqinlarga tafsiya qiling.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi
#abituriyent

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o’ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanomalar soniga cheklov yo’q, necha kishi to’g’ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo’lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: ​2023/2024-ўқув йилидан бошлаб сиртқи таълим шакли бўйича қабул амалга оширилмайдиган таълим йўналишлари 

Президентнинг ПҚ-289 сон қарорига мувофиқ улар қуйидагилар:

👉 Математика ва информатика
👉 Физика ва астрономия
👉 Кимё
👉 Биология
👉 География ва иқтисодий билим асослари
👉 Ўзбек тили ва адабиёти
👉 Она тили ва адабиёти
👉 Ўзга тилли гуруҳларда ўзбек тили
👉 Ўзга тилли гуруҳларда рус тили
👉 Хорижий тил ва адабиёти
👉 Чақириққача ҳарбий таълим
👉 Мактаб менежменти
👉 Мактабгача ва бошланғич таълимда хорижий тил
👉 Махсус педагогика (фаолият турлари бўйича)

Йўналишларига сиртқи таълим шакли бўйича қабул амалга оширилмайди.

Қабул бошланишига оз қолмоқда, абитуриентлардан юқоридаги 14 йўналишга эътиборли бўлишларини сўраймиз. Айниқса кундузгига кира олмасам сиртқига кираманда дейдиган абитуриентлар билиб қўйгани маъқул.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Чет тили имтиҳони натижалари эълон қилинди

2023-йил 6-май куни бошланиб, 31-майга қадар давом этган чет тилини билиш даражасини аниқлаш тест синови натижалари эълон қилинди.

Тест натижалари my.gov.uz сайтида эълон қилинган бўлиб, талабгорлар “Mening arizalarim” бўлимидан ўз натижалари билан танишишлари мумкин.

Бунда тест синовидан муваффақиятли ўтган талабгорлар ўз сертификатларини my.gov.uz сайти орқали электрон тарзда юклаб оладилар.

Эслатма: ўз натижасидан норози бўлган талабгорлар тест натижалари эълон қилинган кундан бошлаб 3 кун ичида (8-10 июн) my.gov.uz сайти орқали апеллация шикояти беришлари мумкин.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:

harbiy xizmatni oʻtash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tugʻish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Talabalar uchun yana bir stipendiya ta'sis etiladi.

Kontraktini to'liq to'lagan talabalar uchun har oyda BHMning 3 baravari, davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar uchun har oyda BHMning 6 baravari miqdorida stipendiyalar tayinlanadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
‼️Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi, qishki qabul bo’lmaydi
#abituriyent

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

Shunda 2023-yil magistraturaga faqat bir marta — yozda qabul bo‘ladi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani va yangi tizim bo’lgani uchun istisno tarzda bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi, qishki qabul bo’lmaydi", — dedi Ibrohim Abdurahmonov.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
❗️Қабул бошланишига 11 кун қолди: Квоталар сони 381 минг бўлиши кутилмоқда!

Шундан 60 мингтаси давлат грантларига ажратилади.

Тартибга кўра, ОТМларга ҳужжат топшириш 20-июндан бошланиши керак. 11 кун вақт қолган бўлса, ҳозирча квоталар тасдиқлангани йўқ, лекин бу бўйича ишлар кетмоқда.

Маълумот учун: жорий йилдан бошлаб Президент қарори асосида фақат бюджет квоталари тасдиқланади. Контракт квоталари эса молиявий мустақиллик берилган ОТМларда Кузатув кенгашлари қарори билан, қолганларида эса тегишли бўйсунувдаги вазирлик ва идоралар билан келишилган ҳолда тасдиқланади.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️ Расман: Энди абитуриентларга мандатдан кейин йўналиш танлаш имкони берилади

Аммо бу йилги абитуриентларга алоқаси йўқ!

Кейинги ўқув йилларидан абитуриентларга ҳужжат топшираётганда эмас, имтиҳонга кириб, тест натижалари чиққандан кейин йўналиш танлаш имконияти берилиши мумкин. Олий таълим, фан ва инновациялар вазири мазкур тартиб устида иш бошланганини айтди.

Эшитяпсанми Карл? Тўпланган баллга қараб йўналиш танлаш имконияти берилмоқда. Бунақаси бўлмаган!

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
❗️Бешта йўналишни танлаш

Жорий йилги тест синовларида ҳам бештагача таълим йўналишини танлаш имконияти мавжуд

🔠 5та йўналиш дегани, 5та ОТМ дегани эмас. Яъни абитуриент албатта 5та университет ёки институтни танлаши шарт эмас. Битта ОТМнинг 5та йўналишини танлаш ҳам мумкин;

❗️5та йўналиш танлаётганда энг асосий 1 та шарт бор: мутахассислик блокидаги фанлар кетма-кетлиги мос келиши керак.

фанлар кетма-кетлиги мос бўлсин деганда, 3,1 ва 2,1 балл бериладиган 2 та фан тўғри кетма-кетликда жойлашиши керак.

‼️ Жорий йилдан таълим шакли бир хил бўлиши шарт эмас. Яъни энди бир пайтнинг ўзида ҳам сиртқи, ҳам кундузги, ҳам кечки, ҳам масофавий таълимни танлаш мумкин.

⛔️ Ижодий (касбий) имтиҳон топшириладиган йўналишларда фақат битта йўналиш танлаш мумкин, 5тагача йўналиш танлаб бўлмайди. Бу чеклов ҳам ижодий, ҳам тест топшириладиган йўналишларга ҳам тааллуқли;

Магистратурада ҳам фақат 1 та мутахассислик танлаш мумкин;

🔠 5та йўналишларни танлаётганингизда аҳамиятлироқ бўлинг. Чунки танланган биринчи йўналиш устунликка эга. Яъни сиз жавоблар чиққандан кейин балим етган исталган йўналишни ўзим танлайман, деб хато ўйламанг. Мандатдан кейин қаерда ўқишни танлай олмайсиз, буни ҳужжат топшираётганда яхшилаб ўйланг. Сиз танлаган кетма-кетлик бўйича тизимнинг ўзи қаерга кирганингизни автомат чиқариб беради. Жавоблар чиққач, “мен иккинчи йўналишда эмас, тўртинчисида ўқимоқчиман” дея олмайсиз.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
⚡️Расман: Ўқишни кўчириш учун турдош ва нотурдош йўналишлар рўйхати

Ушбу файлда ўқишни кўчирмоқчи бўлганлар учун турдош ва нотурдош йўналишлар рўйхати бор. Бир гуруҳда бўлса турдош ҳар хил гуруҳларда бўлса нотурдош бўлади.

Нодавлат олийгоҳлардан давлат олий таълим муассасаларига ўқишни икки хил усулда кўчириш мумкин:

1) Имтиҳон асосида – мос ва турдош таълим йўналишларига ўқишни кўчира оласиз;
2) Имтиҳонсиз – нотурдош таълим йўналишларига оширилган контракт асосида ўқишни кўчиришингиз мумкин.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2024/09/28 07:22:08
Back to Top
HTML Embed Code: