Telegram Web Link
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti (Umida Umarova)
Достоевка услубида зўр коллекциялар топиб келдим 😆 🪓
Нега болта кўтарволдинг дейишса, адабий мода денг.
Гулноз опа учун махсус баҳор-куз мавсумига Адибалар коллекцияси )
О, менинг 9 трамвайим...

Тўрт йил уйдан универга шунда қатнардим. Бир соатлик йўл эди. У пайтда қўлда оддий тел, нет йўқ. Деразадан табиатни кузатиб, хаёл суриб ёки китоб ўқиб... Тармоқлардан фақат агент маил.ру ни ишлатардим, шундаям интернет кафега ора сира кириб қолганимда. Дарсдан кейин асосий машғулот китоб ўқиш ёки пиёда сайр бўларди. Ғафур Ғулом парки ўқишга яқин эди. Қайиққа чиқардик. Ҳа, у пайт парк ҳам бошқача эди, ҳозир Дрейм парк бўп кетти. Сердарахт эди кўчалар. Ҳислар тоза эди. Муносабатлар ёқимли, дўстлар қадрли эди. Миямиз негатив информ кам қабул қилганигами, асаблар тинч эди. Хейт қилиш, троллинг, виртуал буллинг деган нарсалар йўқ эди. Деворий газетага ҳикоялар ёзардим. Китобим чиқишини орзу қилардим.

Шуларни эслаааб, ҳозирги давр ҳечам ёқмай қолди.
ОРҚА ФОН

РАХШОНА АҲМЕДОВА МАКТУБИ

Ona, eslaysizmi, o'shanda menga xonadosh bo'lib kelgan ayolni. Butun tanasi momataloq bo'lib ketgan, sog' joyi qolmagandi. Erining qarindoshlari urganini militsiyaga aytib berayotgan payt, men ilk bor o'shanda ayol bo'lish shu qadar qiyin ekanini tushunganman. Ayol umri turli dovonlardan iborat ekani, har qanday qiyinchilik, har qanday og'irlikka qaramay, olg'a borishi kerak ekan. Chidashi kerak ekan. Menga bu voqea ilk saboq bergan. Va o'ylaganman, har ayol shu kabi dovonlardan o'tadimi? Siz ham shunday qiyinchiliklardan o'tganmisiz, ona? Chidaganmisiz? Uksus ichib qo'yib, qon qusgan yoshgina juvon reanimatsiyada vafot etgani haqida pichir-pichir qilishganida siz ham xotinlarga nimalarnidir kuyib-pishib aytib bergansiz. Demak, chidagansiz! Va shu tariqa olg'a borgansiz.

Ўқиш: https://telegra.ph/Onamga-maktub-03-18
Forwarded from The Stranger
Ahmad Lutfiy Qozonchi, Amina Shenlikoʻgʻli, Mehmet Yildiz, Mehmet Olaqosh, Rauf Jilasun, oʻzimiznikilardan Akrom Malik va yana shu tipdagi boshqa mualliflarning kitoblaridagi manzara oʻta primitiv. Ularda dunyo faqat oq va qoradan iborat. Oq boʻlsa juda oppoq, qora boʻlsa juda qop-qora. Badiiy boʻyoqlar ham, hayotiy saboqlar ham, inson xarakterining murakkab jihatlari tahlili ham yoʻq.

Bundan ham yomoni ular insonning qalbiga nafrat urugʻini ekadi. Oʻquvchi hech qanday sababsiz boshqa bir din yoki millat vakilini yomon koʻrib qoladi. Ularning kitoblarida boshqa din va millat vakillari yovuz, axloqsiz, tuban tasvirlanadi. Musulmonmi, u albatta komil inson. Yahudiy yoki nasroniymi, u albatta tuban kimsa.

Yoʻq, doʻstlar, hayot bu qadar oddiy emas. Dini, millati, ota-onasi bir boʻlgan ikki aka-uka bir-biridan yer bilan osmoncha farq qilib turganida butun boshli millatlar va dinlarga umumiy yorliq yopishtirish bu kamida saviyasizlik, hatto xavfli johillik. Men hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham oʻzga millat yoki din vakillaridan nafratlanadiganlarni koʻp koʻryapman. Holbuki oʻzgalarning unga biror yomonligi tegmagan, umrida biror yahudiy yoki nasroniyni koʻrmagan hatto. Lekin nafratlanadi. Ularni oʻziga dushman deb biladi. Ularga oʻlim tilaydi.

Bir ruhiy kasallik bor, shizofreniyamidi yo boshqamidi hozir nomini aniq eslolmadim. Xullas, shu xastalikka duchor boʻlgan kishi bilan bir xonada oʻtirganingizni tasavvur qiling. Siz shunchaki oʻrningizdan turib javondan kitob olyapsiz. U esa hadik va oʻta ziyraklik bilan sizni kuzatyapti. Ruhiyatidagi xastalik tufayli u hammadan va har bir harakatdan xavfsiraydi. Mudom himoyalanish va hujum qilish payida boʻladi. Holbuki atrofidagilar unga yo faqat yaxshilik tilashadi, yoki umuman befarq, yomonliklari ham tegmaydi.

Yuqoridagi adiblarning qahramonlari mana shunday ruhiy xastalarga oʻxshaydi. Ular qandaydir guruhlar mudom musulmonlarga dushmanlik qilishlariga ishonishadi. Goʻyo kimlardir islom diniga qasd qilgan, goʻyo kimlardir bu dinni zaiflatmoqchi, yoʻqotmoqchi va hokazo va hokazo. Natijada oʻquvchi oʻzi tanimaydigan odamlardan nafratlana boshlaydi. Ularni yomon koʻradi. Xullas, bunday ruhdagi asarlar badiiy jihatdan boʻshligi bois sizni didsizlashtirishidan tashqari gʻoyaviy jihatdan ham xavfli. Hisobga olib qoʻyganingiz maʼqul. Oʻz diningizni, millatingizni yaxshi koʻring, lekin boshqalarni qoralamang, nafratlanmang, oʻzingizni va oʻzingiznikilarni ustun koʻrmang.

Shuningdek, "Jannatga taklifnoma", "Afv et, Allohim", "Duo taqdirni oʻzgartiradi" kabi siyqa kitoblar shu qadar urchib ketdiki, badiiy jihatdan ham, diniy jihatdan ham ulardan hech narsa ololmaysiz. Shunchasi kamlik qilganday, Fotih Duman deganining kitoblari ommatan oʻqilib yotibdi ekan hozir. Oʻqiyman desa yaxshi badiiy, diniy kitoblar shu qadar koʻpki, odamlar vaqtini yuqoridagi kabi kitoblarni oʻqib uvol qilayotganiga achinadi kishi.

@salimov_blogi
Матонатли аёллар халқаро форумида қатнашяпман. Испаниялик мутахассис инглиз тилида маъруза қиляпти. Қизиқ мавзу. Аммо таржимон унинг нутқини рус тилига ўгириб бизга тақдим қиляпти. Нега ўзбекчамас? Йиғилган аудитория ўзбек бўлса, давлат тили ўзбек бўлса. Инглиз-ўзб таржимонлар етарли бўлса. Қачонгача буни табиий қабул қиламиз, билмадим. Яна бошқа миллат вакиллари ҳам чиқиш қилади, қани кўрайликчи охиригача русчага ўгириб берилармикин.

@mittihaqiqatlar
Feministik ruhdagi «Bechora-baxtsizlar» kartinasida ketish va qaytish falsafasi

"Oskar-2024"da oʻnta nominatsiyaga nomzodi qoʻyilgan va ulardan toʻrttasi: "Eng yaxshi aktrisa", "Eng yaxshi badiiy postonovka ishi", "Eng yaxshi grim va turmaklar", "Eng yaxshi kostyumlar" boʻyicha mukofot olgan "Bechora-baxtsizlar" ("Poor Things") filmi shu kunlarda kinomanlar diqqat markazida turibdi.

Art-xaus, komedik, fantastik, dramatik, syurrealistik, falsafiy-psixologik kartina rejissyor Yorgas Lantimos tomonidan suratga olingan. Bosh rolni taniqli aktrisa Emma Stoun ijro etgan. 

Adiba va tarjimon Nodirabegim Ibrohimova mazkur kinokartinaga yozgan batafsil taqrizini taqdim etamiz:
https://www.afisha.uz/uz/cinema/2024/03/19/bechora-baxtsizlar

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb
Forwarded from Sanjar Shams konspekt
- Meni kechir, o'g'lim... O'sha kuni tezlikni oshirganimdan afsusdaman.
Jajji qabrdan sado boʻlmadi.

© Nodirabegim Ibrohimova

📌 @sanjarshamss 📌
Forwarded from Anif
ҳеч кимга қўнғироқ қилмайман
ёзмайман мактуб
ахир алдолмайди дўстларим –
айтолмайди «соғиндим сени
кўришайлик эрта ё индин»
ростликларни яхши кўраман
сукутларни англайман сўзсиз
ва яна жавонга беркинганча жим
санайман ичимдаги чиғаноқларни

қай замонлар дарё дилимдан
қуриб сувлар, қақшаб битганда
фақат қолди чиғаноқ – содиқ
(балиқлар ҳам ўлганда бунда
таралмасин иси деб бадбўй
узоқ йиллар очмадим оғиз)

йиғлашимга йўл бермайди
бўғзимга тиқилади у –
қон рангидаги дур
ютинаман
ютинаман қўшиб ёлғонларимни
сезмасин деб инсон кўзлари
(чиғаноқлар ахир билар барчасин)

почта қутисидан
кўз узмаган полковник каби
мен ҳам кутдим
саҳройимга денгиз келишин
чиғаноқларимни бир бир
оқизиш учун

дўстларим, бунгача менга сим қоқманг

Аниф
2024/10/01 22:32:00
Back to Top
HTML Embed Code: