Telegram Web Link
Khan Academy Oʻzbek loyihasiga oʻqituvchilarni topishga yordam bering va telefonga ega boʻling

👩‍🏫 Jamoamizga videodars yozish uchun quyidagi fanlardan oʻqituvchilar kerak:
– Oliy matematika;
– Iqtisodiyot;
– Statistika;
– Biologiya;
– Tibbiyot.

Oʻqituvchilar Toshkent shahrida istiqomat qilishlari talab etiladi.

🔥 Siz topgan oʻqituvchi biz bilan ishlay olsa va bizning talablarga javob bersa, sovgʻa tariqasida sizga telefon topshiriladi. Biz bilan ishlashni boshlagan oʻqituvchi ish davomida faol mehnat qilsa, oʻqituvchiga ham sovgʻa tariqasida telefon beriladi.

Batafsil maʼlumot: havola

📞
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:
@khanacademyuzbek_admin
+998 97 246 90 50

Ushbu xabarni doʻstlaringiz bilan ulashing va taʼlim rivojiga oʻz hissangizni qoʻshing.

📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐋 Kit bor-yoʻgʻi tamaddi qilyapti.

Maʼlumot uchun: uning oshqozoniga 1 tonna krill (mayda dengiz mollyuskalari) sigʻadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 😉

Telegram | Facebook | Youtube
Kamgap bolalar bilan qanday shugʻullanish kerak?

☹️ Bugungi maqolamizda yosh introvertlar haqida gaplashamiz. “Introvert – energiyasi ichki olamiga yoʻnaltirilgan, kamgap, odamovi inson.”

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va introvertlarning kelajagi toʻgʻrisida Syuzan Keyn dunyo boʻylab introvertlarni himoya qilish bilan shugʻullanuvchi eksportning fikrlari bilan tanishing. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
🎉 Oʻqituvchi taklif qilgan birinchi gʻolibimizni tabriklaymiz

Jamoaga Mendeleyev olimpiadasining oltin medal sovrindori, kimyo fani oʻqituvchisi va umumiy amaliyot shifokori Javlon Muxsumov qoʻshildi.

🤩 Ushbu oʻqituvchining qoʻshilishiga sababchi boʻlgan gʻolibimiz, xalqaro olimpiada sovrindori, hozirda ham koʻplab yoshlarga kimyo fanidan bilim berib kelayotgan oʻqituvchimiz Bexzod Boltayev telefon bilan taqdirlandi.

Siz ham bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Shoshiling, sovgʻalar soni chegaralangan. Taʼlim rivojiga oʻz xissangizni qoʻshing.

Khan Academy Oʻzbek – bepul onlayn taʼlim hamma uchun, har yerda va hamisha!
Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

🌙 Xursanchilik va mehr-muruvvat bayrami boʻlmish Qurbon hayiti ham kirib keldi. Khan Academy Oʻzbek jamoasi nomidan bayram bilan muborakbod etamiz.

Barchangizga mustahkam sogʻlik, baxt, oʻqishlaringizda omad va ulkan zafarlar tilaymiz. Ilm olishdan hech qachon charchamang.

xanakademiyasi.uz
🚀 Oraliqli takrorlash

Karantin munosabati bilan imtihon topshirish kunlari choʻzilayotgani abituriyentlarga yil boʻyi olgan bilimlarini yana bir oʻrganib chiqishga imkoniyat yaratib berdi. Imtihonlarga maʼlumotlarni takrorlash orqali tayyorgarlik koʻrib borish ancha unumliroq boʻladi.

📚 Yuqoridagi infografikaga koʻra, siz maʼlumotni bir qancha oraliqlar davomida bir necha marta takrorlash natijasida uzoq muddatga yodda saqlab qolishingiz mumkin.

Karantin davrida shashtingizni tushirmay olgʻa odimlang. Muvaffaqiyatga osonlik bilan erishib boʻlmaydi, harakatdan toʻxtamang!

Khan Academy Oʻzbek doim siz bilan. 😊
Albatta, bu hazil 😉

☝️ Ammo, haqiqatan ham, bundan 246 yil oldin, 1-avgust sanasida britaniyalik Jozef Pristli simob oksidini qizdirish orqali qilgan tajribalaridan soʻng mohiyatan kislorodni kashf qilgan edi.

Kislorod haqida batafsil: dy.uz/3tVia

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_kun
Amazon kompaniyasi

🔥 Bir kunda 4 milliondan ortiq buyurtma va 350 million turdagi buyumlar! Bularning barchasi dunyodagi eng katta savdo maydoni boʻlmish Amazonʼda.

Amazon ijrochi-direktori Jeff Bezosning qanday qilib dunyodagi eng yirik va taʼsir doirasi keng kompaniyalardan birini tashkil etgani hamda ushbu kompaniyani bunday yuqori darajada ushlab turishining sirlari haqida 🔗 ushbu hujjatli filmda (ingliz tilida) koʻrishingiz mumkin.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
🏃‍♂️ Olimlar Pompey qoldiqlarida restoranlarning yetkazib berish xizmati bo‘lganini aniqlashdi

Bunday muassasalar “termopoliy” deb nomlangan. Birgina Pompeyda 80 ga yaqin shunday restoran bor edi. U yerda ichimliklar va issiq taomlar tarqatilgan.

🔗 Manba: factourism.com

Siz ham yetkazib berish xizmatidan foydalanib turibsizmi? Izohlarda fikrlaringizni kutib qolamiz. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
📌 Olam bir hafta ichida

→ SpaceX raqobatchisi endi Amazonʼmi?
→ Pandemiyaning ob-havo bashoratiga taʼsiri;
→ COVID-19ʼning simptomlari bittaga koʻpaydi;
SpaceXʼning “Crew Dragon” kemasi haqida bilishni xohlaysizmi?

Unda biz bilan hafta yangiliklari olamiga sayohat qiling! Qani, ketdik! 😀

Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
🎓 Abituriyentlarga qaynoq tavsiyalar

Abituriyentlar, yil boʻyi olgan bilimingizni sarhisob qilish vaqti yaqinlashgani sari imtihonda boʻladigan hayajon va qoʻrquvlardan xavotirlanayotgandirsiz?! Bunda sizga bugungi podkastimiz yordam beradi.

🎬 Mavzu: Imtihonda stressni qanday yengish mumkin?
Mehmon: Sportchilar psixolog treneri, psixosematik kasalliklar boʻyicha mutaxassis, oliy toifali psixolog Sayyora Azlarova.

Video davomida jamoamiz aʼzosi Elbek Bahromovdan ham foydali tavsiyalar olishingiz mumkin.

📌 Albatta tomosha qiling va abituriyent doʻstlaringizga joʻnating! Keyingi podkastlarimiz qanday mavzularda va kimlar bilan boʻlishini xohlaysiz? 😉

xanakademiyasi.uz
😉 Khan Academy Oʻzbek vertolyotlaridan tushayotgan bepul bilimlarni ushlab qolishga shoshiling.

Fanlarni oʻzingizga qulay platformada oʻrganing:
• Telegramda: @kau_kurslar
• YouTubeʼda: bit.ly/39QCsqI
• Saytimizda: bit.ly/3kdK1ge

📌 Bizni kuzatishda davom eting, tez orada yangi fanlarni taqdim etamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✂️ Oddiy qogʻozga katta tezlik berilsa, u koʻp narsalarni kesishi mumkin. Sababi qogʻoz tez aylanishi natijasida katta kinetik energiyaga ega boʻladi.

🔑 Har qanday tushunarsiz vaziyatda ilm-fanga murojaat qiling.

Fizika fanini biz bilan oʻrganing:
• Telegramda: @kau_fizika
• YouTubeʼda: bit.ly/30rECdo
• Saytimizda: bit.ly/2EMrebq
Pandemiya davrida maktablar taqdiri nima boʻladi?

📚 Butun dunyo boʻylab pandemiya deyarli barcha sohalarga oʻz taʼsirini oʻtkazdi, shuningdek, taʼlim sohasida katta oʻzgarishlarga olib keldi. Yangi oʻquv yilida oʻquvchilar qaysi tartibda taʼlim oladi?

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va yangi oʻquv yili uchun 15 ta ehtimoliy ssenariy bilan tanishib chiqing.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring va bizni kuzatishda davom eting. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
Raqamlar oʻzgarishdan toʻxtamaydi!

🏆 Iyul oyida Khan Academy Oʻzbekʼdagi jarayonlar va ular haqidagi statistik maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashamiz.

🎉 Eslatib oʻtamiz, tarjima jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi.

Jamoamiz mehnati millionlab yoshlarning yorqin kelajagiga poydevor boʻladi deb umid qilamiz.

👋 Bizni ijtimoiy taqmoqlarda kuzatib boring!

Instagram | Facebook | YouTube

#khanacademyuzbek #kau_statistika #kau_hisobot
Qiziqarli biografiya: Maykl Faradey

👨‍🏫 Maykl Faradey – ingliz fizigi, kimyogari, elektromagnetizm haqidagi taʼlimotlar asoschisi. U umri davomida qilgan bir dunyo ixtiro va kashfiyotlar bilan yana boshqa oʻnlab olimlar oʻz nomini fan tarixiga muhrlashi mumkin edi.

Faradey haqida batafsil 🔗 ushbu maqolada tanishishingiz mumkin. Mashhur kishilar haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
2024/09/30 10:22:12
Back to Top
HTML Embed Code: