Telegram Web Link
Oʻqishni muddatidan oldin tashlab ketgan tadbirkorlar

🤾‍♀️ Infografikada koʻrsatilgan mashhurlar universitetni muddatidan oldin tark etgan boʻlsa-da, muvaffaqiyatga erishgan va dovruq qozongan.

Unutmang, biror yangi ishni boshlashga va muvaffaqiyatga erishishga hech qachon kech emas. Oʻzingizda kuch topsangiz bas!

Ushbu postni doʻstlaringiz bilan ulashing va birgalikda yuksaling 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
​​​​🚀 2020-yilning eng yaxshi yangiligini kutib oling!

Tushuntirishga vaqt yoʻq, maqsadga oʻtamiz:

🏁 Translaton (Translation + Marathon) — Khan Academy Oʻzbek koʻngillilar jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan tarjima marafoni. Translatonning asosiy maqsadi dunyo miqyosidagi top kontentni oʻzbek tiliga tarjima qilish va yoshlar orasida ilm-fan, mutolaaga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat.

⌘ Marafon doirasida 1 hafta ichida 1 000 000 ta soʻz tarjima qilish rejalashtirilgan. Eng faol ishtirokchilar homiylar tomonidan taqdim etilgan sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

🔥 7 kun // 2000 maqola // 500 ishtirokchi // 100% onlayn

🙋‍♂️ Tarjimon va muharrirlar, chellenjga marhamat, hoziroq ariza topshiring »

👨🏻‍💻 Administratorga yozish

Kanalga ulanish: www.tg-me.com/KhanAcademyUzbek

translaton.uz | #kau_translaton
Eʻtiborlimisiz? Unda kitoblar orasidagi qalamni topib koʻring-chi.

Javoblaringizni izohlarda qoldiring va doʻstlaringizga ham ulashing! 🤓

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_sinov
Translaton oʻzi nima?

⌘ Translaton bu — 1 million soʻzdan iborat rus va ingliz tilidagi top kontentni 7 kun ichida oʻzbek tiliga tarjima qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan koʻngillilar tomonidan tashkil etilgan marafon.

🚀 Ushbu marafon haqida kecha eʼlon bergan edik. Hozirgacha 200 ga yaqin ariza va oʻnlab savollarni qabul qildik, jumladan:

- Tarjima qilishda kimlar qatnasha oladi?
- Kontent qaysi tillardan tarjima qilinadi?
- Marafon necha kun davom etadi?
- Qaysi yoʻnalishlar boʻyicha tarjima olib boriladi?
- Gʻoliblar uchun sovgʻalar bormi? (albatta 😉)
- Marafonni qanday qoʻllab-quvvatlashim mumkin?

👉 Shu va shu kabi savollarga quyida javob topasiz deb oʻylaymiz: savollarga javoblar
💬
Sizda yana savollar tugʻilishi tabiiy, iltimos ularni izohlarda qoldiring.

#kau_translaton | translaton.uz | Khan Academy Oʻzbek
🎉 Youtube kanalimizda 5K obunachi!

Ha, bu uncha katta son emas, ammo biz har bir obunachi bilan faxrlanamiz, siz ham obunachilarimiz safidan joy oling 😉

Kanalga obuna boʻlib, bepul taʼlimga hissa qoʻshing!

Kanalga obuna boʻlish
Olam bir hafta ichida#dayjest15

Bizdagi hafta yangiliklari bilan tanishing! Maqola davomida sizni bir-biridan qiziqarli yangiliklar kutmoqda:

• 2020-yilning eng yaxshi yangiligi – Translaton;
• Korrupsiyaning vaznga nima aloqasi bor?
• Yerning uzoq yillik siri oshkor boʻldi;
• Til oʻrganishda qoʻl keluvchi moslama;
• Masofadan ishlaydiganlarga maslahatlar;
• Yana Ilon Mask, yana SpaceX.

Maqolani oʻqish: bit.ly/2PHzewx

Fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. Bizni kuzatishda davom eting. 😊

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bayrutdagi portlash: ammiak selitrasi

4
-avgust kuni Livan poytaxti Bayrut shahrida yuz bergan mudhish portlash haqida eshitgan boʻlsangiz kerak.

🧪 Portlashga 2 750 tonna ammiakli selitra koʻrinishidagi yuk sababchi boʻldi. Xoʻsh, ammiak selitrasi oʻzi nima va portlash ilmiy nuqtai nazardan qanday sodir boʻldi?

Shu va boshqa savollarga ushbu videodarsdan javob topishingiz mumkin.

📎 Telegram | YouTube | Facebook
Moliyaviy hisobot (Iyul, 2020)

😀 Aziz doʻstlar, sizlarga Khan Academy Oʻzbek loyihasining iyul oyi moliyaviy hisobotini taqdim etamiz.

Bu yerda hisobot haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz va jarayonni raqamlarda koʻrishingiz mumkin.

Sifatli va bepul onlayn taʼlimni biz bilan birga rivojlantiring 😊

💵 Xayriya qilish uchun:
Payme orqali: havola

#kauzbek_hisobot
💫 Translatonda nima gaplar?

📊 Hozirgacha Translatonga 550 ta ariza kelib tushdi. Mutaxassislarimiz esa arizalarni tekshirishni boshlab yuborishdi.

🏃‍♂️ Shoshiling, dedlaynga atigi 4 kun qoldi. Xabarni tarjimon va muharrirlarga yetkazib, oʻzbek tilida sifatli kontent yaratilishiga hissa qoʻshing!

👉 Ariza topshirish
📩 Adminstratorga yozish
🔥 Oxirgi kun!

🏃‍♂️ Qizchadan qolib ketmang, shoshiling! Translaton.uz ga arizalar topshirishning oxirgi kuni.

📈 Hozirgacha 800 ga yaqin ariza yigʻishga ulgurdik. Siz ham safimizga qoʻshiling va oʻzbek tilida sifatli, bepul kontent yaratilishiga hissa qoʻshing.

Eslatib oʻtamiz, marafon doirasida 7 kun ichida 1 million soʻzli kontent tarjima qilishni rejalashtirdik.

• Marafon haqida batafsil shu yerda
• Ariza topshirish: bit.ly/translaton_uz

👉 Yangiliklar: www.tg-me.com/KhanAcademyUzbek
🎓 Imtihon oldi ruhiy tayyorgarliklar

📑 Bugungi kungacha boʻlgan karantin bu yilgi abituriyentlarning davlat imtihoniga mustaqil tayyorlanishini taqozo qildi. Ustiga-ustak imtihon sanalari ham maʼlum emas. Ushbu holatda qanday yoʻl tutish kerak? Stressni qanday yengish mumkin? Shu va shu kabi savollarga bugungi maqolamizda javob berishga harakat qilamiz.

Maqolani oʻqish »

Abituriyent sifatida siz nimalarni his etyapsiz? Keling izohlarda biroz gaplashamiz 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
🚀 Marafonga start berildi!

7 kun ichida 800 dan ortiq ariza toʻplashga ulgurdik.

🎯 Keyingi maqsad, 7 kun ichida saralab olingan 200 ishtirokchi bilan 1 million soʻzli kontentni tarjima qilish.

Bu hali hammasi emas! Oldinda bizni dasturlash, biznes, tilshunoslik, frilans tarjima va boshqa dolzarb mavzulardagi foydali vebinarlar kutib turibdi.

Yuqorida marafon dasturi bilan tanishishingiz mumkin.

🔴 Yaqin soatlarda Youtubeʼda jonli efirda koʻrishamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

• Youtube: KhanAcademyUzbek
• Yangiliklar: www.tg-me.com/KhanAcademyUzbek
⚡️ Marafon haqida batafsil

Marafondan maqsad, asosiy sanalar va sovrinlar haqida suhbat yuritdik. Jonli efirga ulgurmaganlar uchun maxsus 😉

• Efirga havola: https://youtu.be/9kBV8ZBiEvU
📎 Marafon dasturi (soddalashtirilgan)

🔍 Translaton — birinchi tarjima marafonining dasturi bilan yuqoridagi rasmda yaqindan tanishishingiz mumkin.

Ilmiy-ommabop mavzularda vebinarlarni ertadan boshlab Youtube kanalimizda jonli efirda koʻrishingiz mumkin.

🔴 Youtubeʼga ulanish: // KhanAcademyUzbek
Yangiliklar: www.tg-me.com/KhanAcademyUzbek
2024/09/30 12:16:39
Back to Top
HTML Embed Code: