Telegram Web Link
​​Tarixiy voqeaga jonli efirda guvoh boʻling

🚀 AQSHda 2011-yildan beri ilk marotaba NASA va SpaceX kompaniyalari Crew Dragon kapsulasi ichida ikki nafar fazogirni parvoz qildirish orqali tarixda qolmoqchi.

Robert Benken va Duglas Xyorli milliarder tadbirkor Ilon Maskning kompaniyasi yaratgan fazoviy kemada Xalqaro fazoviy stansiyaga (International Space Station) uchishadi.

🔮 Demo-2 nomli missiya AQShga yana bir marta koinotga odamlarni joʻnatish uchun imkon beradi.

Tarixiy voqeaga 27-maydan 28-mayga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:33 da jonli efir orqali NASA TVʼda guvoh boʻlishingiz mumkin. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang.

👉
Khan Academy Oʻzbek
Sayyoramizdagi eng katta mavjudot nima, bilasizmi?

🐋 Ogʻirligi taxminan 200 tonnaga teng, Volkswagen Beetle avtomobili kattaligidagi yurakka ega boʻlgan va Yerdagi eng katta shovqinli hayvon - bu Kit.

Uning ogʻirligi taxminan 33 ta filning ogʻirligiga teng, oshqozoniga 1 tonna krill (mayda dengiz mollyuskalari) sigʻadi va bir qichqirigʻi 188 dB (detsiBel) gacha yetadi.

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va dunyodagi eng katta mavjudot kit haqida bilmaganlaringizni bilib oling! 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
Rus tiliga tarjima qilish murakkab boʻlgan soʻzlar:

#baraka — umringdan baraka top.
#niyat — yaxshi niyat – yarim davlat.
#havas havas qilsa arziydi.
#nasiba — nasibasi butun boʻlsin.
#farosat — farosatni befarosatdan oʻrgan.

Siz yana shunday soʻzlarni bilasizmi? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_soʻz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eskimo bomba”: oddiygina muzqaymoq tayoqchalaridan yasalgan

💥
5 ta tekis tayoqchalardan yasalgan ushbu konstruksiya stol ustiga urilishi natijasida egilgan yog‘ochlarda yig‘ilgan elastik potensial energiya ozod bo‘ladi. Ular yog‘ochlarning ishqalanish kuchi sababli bir-biriga yopishib yaxlit holda turibdi. Bu konstruksiya potensial energiyaning kinetik energiyaga aylanishini ko‘rsatib berishga yaxshi misol bo‘la oladi.

Siz ham buni sinab koʻrishingiz mumkin. Ushbu holatni videoga tushirib, bizga joʻnatishni unutmang. 😉

👨‍🏫 Fizika fanini biz bilan oʻrganing: @kau_fizika

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Oʻrganish va idrok qilishning siz bilmagan 9 turi

🧠 Ongning 9 turini 1983-yilda Amerikalik psixolog Xovard Garder tavsiflagan.

Lingvistik — soʻz ustuvorligi;
Mantiqiy — raqam/fikrlash ustuvorligi;
Borliq — tasvir ustuvorligi;
Mavjudlik — hayot ustuvorligi;
Oʻzaro munosabat — odamlar ustuvorligi;
Oʻz-oʻzi bilan munosabat — oʻzlik ustuvorligi;
Tabiiylik — tabiat ustuvorligi;
Musiqiy — ovoz va tovushlar ustuvorligi;
Harakat — tana ustuvorligi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
Qiziqarli biografiya: Benjamin Franklin

💸 Benjamin Franklin AQSh prezidenti boʻlmasa-da, $100 qiymatli qogʻoz pulda uning rasmi bor. AQSh va jahon tarixidagi muhim hujjatlar uning imzosi bilan tasdiqlangan.

Maqolani oʻqish: bit.ly/3eyGplo

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
🆕 Yangi #kau_sinov ruknida oʻzingizni sinab koʻring

Bir doʻkon maʼmuriyati xaridorlar bir-biridan 1,5 metr masofa saqlashlariga ishonch hosil qilish uchun kassa oldidagi polni shu tarzda (4 ta ko‘k nuqta bilan) – hatto biroz ortiqchasi bilan (2,2 metr) belgilab qoʻyishdi.

Navbatdagi barcha 4 ta joy band qilingan paytda bir xaridor kelib, shu kvadrat oʻrtasiga turib oldi. Navbatda turgan mijozlar unga ijtimoiy masofa saqlamayotganini aytib, u bilan bahslashishga tushishdi. Ammo u “bechora odam” indamay turaverdi.

Savol: xaridor ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilyaptimi?

🙋‍♀️ Siz bir urinib koʻring, yordam kerak boʻlib qolsa: youtu.be/uNUU2iT1ajA

Boshqotirmaning javobini kechroq eʼlon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting! 😊

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_sinov
Bermud uchburchagi: dengiz tubining siri

🔺 Bermud uchburchagiga kirib, gʻoyib boʻlish holatlari qadimdan — Kolumb ilk bor bu hudud osmonida olovsimon nurlarga duch kelganidan buyon koʻpayib, odamlarda qiziqish uygʻotib kelmoqda.

Hozirgacha minglab kema va samolyotlar dengizga yaqin kelganda hech qanday xabar, ogohlantirish, nom-nishonsiz gʻoyib boʻlib qolyapti. Hatto hozirgi davrda ham AQSh mudofaa xizmati yiliga 120 ta kema yoʻqolayotganini taʼkidlaydi.

🌊 Mingyillikning eng dahshatli sirlaridan biriga javob ummon tubida yashiringan. Olimlar yuqori texnologiyalar yordamida mana shu gʻaroyib va afsonaviy kuchni oʻrganib, uning sirlarini fosh etishga kirishdi.

Quyidagi hujjatli filmda siz sirli hudud haqida bilmaganlaringizni bilib olishingiz mumkin.

📎 Film rus tilida: bit.ly/3dkKvNu
📎 Film ingliz tilida: bit.ly/3cce4zr

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Kosmos va shizofreniya: turkiyalik talabaning ajoyib ishlari

👨‍🎨 Chem Ozkeser fizika fanini oʻrganish bilan birga psixologiya fanini juda yaxshi koʻradi. U sevimli mashgʻulotlarini birlashtirib, ruhiy kasalliklarni tasvirlaydigan ajoyib rasmlar yaratdi.

Barcha rasmlarni 🔗 bu yerda koʻrishingiz mumkun.

Sizda ham shu kabi qiziqarli suratlar boʻlsa, bizga joʻnating. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_tavsiya
Boshqa nima qilishni bilmay yurgandim 👍

👉 @KhanAcademyUzbek
Bayramingiz bilan 🎉

👫 Bolajonlar, barchangizni bayramingiz bilan tabriklaymiz. Sizlarni mustahkam sogʻlik, begʻuborlik va qiziquvchanlik hech qachon tark etmasin.

Bayram munosabati bilan bolalar uchun bir-biridan qiziq audioertaklar taqdim etamiz:

1. Sehrli buyumlar sinoati
2. Laqma ayiq
3. Yetti yurak
4. Hozirjavob tegirmonchi
5. Toʻti qanday qilib erkinlikka erishdi?
6. Yulduz koʻzli choʻpon
7. Sеhrli oshiq
8. Gul oʻstirolmagan bola
9. Mushuk va tulki
10. Gʻamsiz kishi bormi?

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_kun
1977-yilga qadar sayyohlar Stounxendjga ko‘tarilishi mumkin edi

🔺 Buyuk Britaniyadagi Stounxendj yodgorligi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu obyekt sayyohlar uchun ochilgan vaqtida odamlarga toshlar orasida va hattoki ularning ustida yurishlariga ruxsat berilgan.

Biroq 1977-yilga kelib sayyohlar faqat yodgorlik atrofidagina yurishlari mumkinligi to‘g‘risida aniq ko‘rsatma berilgan.

Stounxendj yodgorligini 360° oʻlchovda 🔗 bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Bundan-da qiziqarli faktlar bilan 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_fakt
Statistik maʼlumotlarni berishda davom etamiz

📈
Khan Academy Oʻzbek jamoasining may oyi top tarjimonlari va muharrirlari koʻrsatkichlari bilan tanishing.

📚 Jamoamizning mehnati millionlab yoshlarning yorqin kelajagiga poydevor boʻladi deb umid qilamiz.

Biz yangi videodarslar tayyorlashda davom etamiz, siz yangi bilimlarni oʻrganishdan charchamang! 😉

#kau_statistika #kau_hisobot
🌍 Olam bir hafta ichida

Google kompaniyasi tugʻma nuqsonlari mavjud nogiron foydalanuvchilar haqida qaygʻurmoqda, astronomlar ilk marotaba yosh yulduz atrofida sayyora paydo boʻlishini koʻrgan boʻlishlari mumkin, Ilon Mask Yer-Mars yoʻnalishida “taksi” qoʻyishga tayyor va 44,2 Tbps – rekord darajadagi internet tezligi haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, bu maqola aynan siz uchun.

Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. 😉

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
2024/11/05 18:51:54
Back to Top
HTML Embed Code: