Telegram Web Link
AQSHga koʻchib ketishga shoshilmang

😎 AQSHdagi Silikon vodiysiga bir marta borishni yoki u yerda qolishni istamaydigan dasturchi kamdan kam boʻlsa kerak. Shundaylardan biri Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovdir.

Durov Kremniy vodiysi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: “Men Silikon vodiysiga ko‘chib o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqdim, lekin oxir-oqibat boshqa fikrlar foydasiga bu fikrimdan voz kechdim”.

Kremniy vodiysiga ko‘chib bormaslikning 7 sababi haqida bu yerda batafsil o‘qishingiz mumkin.

Takliflaringiz yoki oʻzingiz yozgan ilmiy-ommabop maqolalar boʻlsa, bizga yuboring. Mualliflik huquqlari saqlanishini kafolatlaymiz.

#kauzbek_blog
Assalomu alaykum, aziz kanalimiz aʼzolari.

🎗 Barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan Khan Academy Oʻzbek jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

#kau_kun
🧮 Gaus 1825-yilda kompleks sonlarni kashf etgan va ular uchun boʻlish va taqqoslash nazariyalarini ishlab chiqqan. Ular yordamida yuqori koʻrsatkichli sonlarni muvaffaqiyatli taqqoslagan.

Mashhur kishilar haqida siz bilmagan maʼlumotlar 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_biografiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shimoliy qutb yog‘dusi qanday paydo bo‘ladi?

Doʻstlaringiz bilan ulashing! 😉

🎬 #kau_videofakt | Khan Academy Oʻzbek
Ramazon kunlarida bilim olishga qiziqishim yilning boshqa oylariga nisbatan kuchliroq boʻladi.

🎓
#kau_iqtibos

Kanalga ulanish 👉 Khan Academy Oʻzbek
​​🤔 Qiziq, meteoritlar yerdan necha metr balandlikda uchib yuradi? Quyidagi rasm orqali bu haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

P.s: Yoʻlovchi samolyotlari ~9 km balandlikda, harbiy samolyotlar esa ~12 km balandlikda parvoz qiladi.

Astronomiya faniga qiziqadiganlar oramizda koʻp boʻlsa kerak. xanakademiyasi.uz saytida astronomiya darslarini koʻrishni xohlaysizmi?

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_xarita
🌍 Biz himoyaga muhtoj boʻlgan dunyoda yashayapmiz. Shu sababdan umumiy uyimiz – Yerning taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir inson ekologik bilimlarni chetlab o‘ta olmasligiga ishonamiz.

Ekologiyani birgalikda asraymiz! 😊

Ekologiya haqidagi bilimlarni ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin. Arzimas ko‘ringan harakatlar oqibati esa mana bu videoda yoritilgan.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_kun
Koinot – turli davrlar mobaynida rassomlarni hayajonga solib kelgan mavzulardan biri

XXI asrda koinotni oʻrganishga boʻlgan noyob imkoniyatlar yaratilganiga qaramay, avvalgi yuz yillikda koinot mavzusi kattaroq shov-shuvlarga sabab boʻlardi – har holda, sanʼat sohasida.

XX asr boshlarida koinot qanday koʻrinishda boʻlgan?

Takliflaringiz yoki oʻzingiz yozgan ilmiy-ommabop maqolalar boʻlsa bizga yuboring. Mualliflik huquqlari saqlanishini kafolatlaymiz.

#kauzbek_blog
Salom, doʻstlar!

Mana, may oyi ham kirib keldi. Umid qilamizki, sizda hammasi yaxshi.

Yodingizda boʻlsa, bir yil oldin Khan Academy Oʻzbek loyihasi uchun YTTB bilan birgalikda ilk 100 000 yevro xayriya mablagʻini yigʻishga muvaffaq boʻlgandik.

Koʻz ochib yumguncha bir yil oʻtib ketibdi… Bugun siz azizlarga jamoamiz yutuqlari haqida qisqacha yozmoqchimiz.

Koʻpchilikka maʼlum, bizda mahalliylashtirish jarayoni bir nechta murakkab bosqichdan iborat va oʻz navbatida, har bir bosqichda sifatga eʼtibor qaratishga harakat qilamiz. Baʼzida ayrim jarayonlar oʻylaganimizdan sekinroq kechadi, bunga sabab reja qilinmagan qo’shimcha ishlar, kutilmagan vaziyatlar va inson omilidir.

Khan Academy Oʻzbek loyihasini kuzatib borayotgan har bir insonga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Loyihani muvaffaqiyatli yakunlashga biz qattiq bel bogʻlaganmiz va buning uddasidan albatta chiqamiz!

Eʼtiboringiz uchun tashakkur!

Infografika toʻliq formatda bu yerda mavjud.
📊 Bizga maʼlum infografikalarning ilk koʻrinishi birinchi boʻlib 1700-yil oxirlarida paydo boʻlgan. Ular bugʻdoy narxlari va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotni vizual koʻrinishda namoyish etgan.

Statistik jadvallar muallifi Villiyam Playfeyrni bugungi kundagi infografikalar otasi desak boʻladi. U chiziqli, ustunli va aylana diagrammalarning ixtirochisi hisoblanadi.

Sizga qaysi turdagi infografikalar yoqadi? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_soʻz
Burj Xalifaning yuqori qavatlarida uzoqroq roʻza tutishga toʻgʻri keladi.

Astronomlar fikricha, joylashuvi bir xil boʻlishiga qaramasdan, osmonoʻpar binolarning yuqori qavatlarida quyosh vaqtliroq chiqadi va kechroq botadi.

Dubayning Burj Xalifa binosi 163 qavatdan tashkil topgan. Ramazon oyida ushbu binoning qavatlariga qarab iftorlik vaqti farqlanadi. Masalan, binoning 80–150-qavatlarida iftorlik vaqti pastki qavatlarga nisbatan 2 daqiqa keyin, yuqoriroq qavatlarda esa 3 daqiqa keyin.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent vaqti bilan iftorlik (ogʻiz ochish) soat 19:34 da.

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
🍫 Oʻqish davomida shokolad yeyishning foydali tomonlari:

• kayfiyatingizni koʻtaradi;
• miyaga qon yetib borishini tezlashtiradi;
• diqqatni, xotirani va oʻrganishni yaxshilaydi;
• stressdan xalos boʻlishga yordam beradi;
• miyani himoyalashga yordam beradi;
• uzoq vaqt davomida shokolad isteʼmol qilish aqlliroq boʻlishingizni taʼminlaydi.

Shokoladning yuqorida keltirilgan foydalari haqida batafsil.

Siz shokoladning yana qanday foydalari haqida bilasiz? Javobingizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
Texnologiya olamidagi soʻnggi yangiliklar

💡 Qiziq, barcha davlatlar koronavirus bilan kurashayotgan bir paytda, texnologiya olamida nima yangiliklar ekan-a? – deb oʻylayotgandirsiz. Keling, maqolani oʻqib ushbu savolga javob topamiz :)

Sizda hafta davomida texnologiyaga oid qiziqarli yangiliklar boʻlsa, bizga yuboring va fikr mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
Ar-Roziy anatomiya faniga katta eʼtibor qaratgan. Arterial va vena qon quyilishning farqlarini ajratib bergan.

Mashhur kishilar haqida siz bilmagan maʼlumotlar 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_biografiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪐 Boshqa sayyoralarda 1 yil qanchaga teng?

Yerdagi vaqt bilan hisoblaganda Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar Quyoshni qancha muddatda aylanib chiqadi?

• Merkuriy – 88 kun
• Venera – 224,7 kun
• Mars – 687 kun
• Yupiter – 4 332,59 kun yoki 11,86 yil
• Saturn – 29 yil
• Uran – 84 yil
• Neptun – 164,8 yil

🎬 #kau_videofakt | Khan Academy Oʻzbek
Ehtiyot boʻling!

Kundan kunga Khan Academy Oʻzbek nomi bilan kanallar koʻpayib ketayotganini inobatga olib, sizlarni ogohlikka chorlaymiz.

Bizni Telegramda faqatgina quyidagi kanallarda topishingiz mumkin:
🔹 Khan Academy Oʻzbek loyihasi rasmiy kanali: @khanacademyuzbek
🔹 Khan Academy Oʻzbek videodarslari: @kau_kurslar

Bu maʼlumotni doʻstlaringizga ulashing, biz bilan birga boʻling! 😊

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni unutmang:

Facebook | Instagram | YouTube
2024/10/01 05:05:54
Back to Top
HTML Embed Code: