Telegram Web Link
🤔 Siz bilmagan 5 ta fakt:

• Sigirlar bir-birlari bilan his-tuygʻularini boʻlisha oladilar.
• Olimlar dinozavrlar qanday yurganini bilish uchun tovuqlarga soxta dumlar qo‘yishdi.
• Vatikanda 1 kv.kmga 2 ta Rim papasi to‘g‘ri keladi.
• Xitoyning baʼzi hududlarida politsiya soqchi itlarni g‘ozlar bilan almashtirdi.
• Kitlar ham quyoshda toblana oladilar.

Yuqoridagi faktlar haqida batafsil »

@khanacademyuzbek | #kau_fakt
​​🚀 Koʻngillilar hikoyasi davom etadi.

Dilora Yusupova Khan Academy Oʻzbek loyihasining yangi tarjimonlaridan biri. Dilora Polshadagi Gdansk universiteti talabasi boʻlishiga qaramay, loyihamizda juda faol.

Bolaligidan tillarga boʻlgan qiziqishi oʻzgacha boʻlgan. Akademik litseyni ham shu yoʻnalishda davom ettirgan. Universitetda boshqa sohani tanlagan boʻlsa-da, bolalikdagi soʻnmagan ishtiyoqi uni Khan Academy Oʻzbek loyihasiga olib keldi.

💬Bir kuni Khan Academyʼning Telegram kanalidagi eʼlonni ko'rib qolgach ham oʻzimga qiziqarli boʻlgan, ham oʻzgalar uchun foyda olib keladigan ishga qoʻl urishga qaror qildim. Kichkinagina faoliyatim davomida tilni bilish boshqa, uni tushunib yetib, boshqalarga ona tilingda yetkazish boshqaligini angladim. Shu yoʻl orqali nafaqat shaxsiy oʻsayotganim, balki boshqalarga ham foydam tegayotganidan juda xursandman” , – deydi Dilora.

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshilishni istasangiz bizga ariza topshiring.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #koʻngillilar_hikoyasi
📚 Imtihonlar bekor qilinibdimi?

Maktablar yopilganiga ham ancha boʻldi, mana endi imtihonlar ham bekor qilinibdi. Oʻquvchilar zerikib qolishmaydimi?

Bu muammoning xarajatsiz yechimi bor 😉

🚀 Xan Akademiyasi bilan hoziroq matematika, fizika, biologiya fanlarini bepul oʻrganing. Toʻliq kurslar roʻyxati: @kau_kurslar

📲 Megabaytlar kammi? Qaygʻurishga hojat yoʻq. Videodarslarni TAS-IX tarmogʻida megabayt xarajatisiz koʻring: xanakademiyasi.uz/kurslar

📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Youtube
​​Texnologiya olamidagi eng qaynoq yangiliklar bilan oʻrtoqlashamiz! 😊

Maqola davomida sizni bir-biridan qiziqarli yangiliklar kutmoqda:
• Tinib tinchimagan olimlar COVID-19 hidini aniqlashi mumkin boʻlgan mobil elektron qurilma yaratish ustida ish olib borishmoqda;
• Quyosh faolligining pasayishi yangi “muzlik davri” ga olib kelishi mumkinmi?
• Yangi OnePlus 8 Pro kamerasi kiyim ortidagi narsalarni koʻrsatish xususiyatiga ega ekanligi maʼlum boʻldi.

Sizda hafta davomida texnologiyaga oid qiziqarli yangiliklar boʻlsa, bizga yuboring va fikr mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
🌙 Savobli amal qilish orqali taʼlimning rivojiga oʻz hissangizni qoʻshing!

Ramazon oyida qilingan har bir yaxshi amal katta ajr-mukofotga ega. Bu oyning sanoqli kunlari qoldi, ushbu kunlarni:
xayr-ehson qilish;
zakot berish;
fitr sadaqasi va fidya berish
kabi savobli amallar qilish bilan toʻldiraylik.

Siz Khan Academy Oʻzbek loyihasiga xayriya qilish orqali Oʻzbekistondagi millionlab yoshlar bilan bir qatorda dunyo boʻylab oʻzbek tilida soʻzlashuvchi barchaning sifatli ta’lim olishiga sababchi boʻlishingiz mumkin. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang.

Xayriya qilish uchun:
Bank orqali: havola
Payme xayriya boʻlimidan Khan Academy Oʻzbekʼni toping!

Sifatli va bepul onlayn taʼlimni rivojlantirishda biz bilan birga boʻling. 😊
🔖 Hozirgi kunda keng tarqalgan zamonaviy soʻzlar.

#dayjest – turli sohalar, mavzular va jarayonlarga tegishli yoki ularda boʻlayotgan o‘zgarishlar, voqealar tadbirlarga oid hujjatlar, maqolalar, yangiliklar toʻgʻrisida qisqacha ma’lumotlar toʻplami.

#trend – oʻzgarish, rivojlanish yoki keskin burilishga sabab boʻladigan umumiy yoʻnalish. Ijtimoiy tarmoqlarda trend boʻlgan holat koʻplab postlarning asosiy mavzusiga aylanadi.

#frilanser – turli xil tashkilotlarning qisqa muddatli ishlarini bajarib beruvchi shaxs.

#startap – endigina yoʻlga qoʻyilgan, bozorga oʻzining innovatsion mahsulotini olib kirishga intilayotgan kichik biznes yoki sanoat loyihasi.

#vebinar – turli hududdagi ishtirokchilar taqdimotni onlayn kuzatishi va muloqot qilishi uchun boʻlib oʻtadigan seminar.

#post – biror blog yoki veb-sahifada chop etilgan matn, rasm, video yoki boshqa kontent.

Siz yana qaysi turdagi soʻzlarni koʻrishni xohlaysiz? 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_soʻz
Mutaxassislarni hayratda qoldirgan Naska chiziqlari

🏔 Naska chiziqlari – katta balandlikdan qaraganda koʻzga tashlanuvchi ulkan naqshlar toʻplami.

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va qiziqarli maʼlumotlardan boxabar boʻling!

Peruda qadimiy oʻyma naqsh namunalari topildi.

Takliflaringiz yoki oʻzingiz yozgan ilmiy-ommabop maqolalar boʻlsa bizga yuboring. Mualliflik huquqlari saqlanishini kafolatlaymiz. 😀

#kauzbek_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😍 Infraqizil issiqlik kamerasi obyektivida kislota va asosning ekzotermik taʼsirlashuvi.

🧬 Natriy ishqori (NaOH) bilan xlorid kislota (HCl) reaksiyaga kirishganida osh tuzi va suv hosil bo‘ladi.

📌 Kimyo faniga qiziquvchi doʻstlaringiz bilan ulashing. Bizni kuzatishda davom eting.

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Yangi doʻstlar orttirishga nima deysiz?

🙌 Jamoamizga yangi qo‘llar kerak! Siz g‘ayratli, o‘ziga ishongan va har qanday to‘siqni yengib o‘ta olishingizga ishonasiz. Sizga jamoa kerak.

Khan Academy O‘zbek jamoasiga nima deysiz? Biz kreativlikni sevamiz, bir-birimizga foydali bo‘lishga harakat qilamiz, zerikarli ish faoliyatini quvnoq jarayonga aylantira olamiz.

Bizdagi boʻsh ish oʻrinlari bilan shu yerda tanishishigiz mumkin.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_vakansiya
🌙 Ramazon hayiti barchamizga qutlugʻ boʻlsin. Xonadoningizdan fayz-u baraka arimasin.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_kun
​​Oʻrganish uchun hech qachon kech emas!

🎓 “Agar o‘rganish mumkin bo‘lgan barcha bilimlar okean bo‘lsa, hozirgacha o‘rganganlaringiz undan bir tomchidir”. – Anna Vital

Quyidagi infografika orqali qanday qilib samarali oʻrganish yoʻllari bilan batafsil tanishing.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
2024/10/01 07:50:08
Back to Top
HTML Embed Code: