Telegram Web Link
Ilk kompyuterning ogʻirligi qanday boʻlgan?

Birinchi mexanik kompyuter “The Babbage Difference Engine”, 1822 yilda Charlz Bebbij tomonidan ishlab chiqilgan.

ABC bugungi kunda barchamiz foydalanadigan, zamonaviy kompyuter uchun asos boʻlgan. Ushbu kompyuterning ogʻirligi 2500 kilogrammni tashkil etgan.

Bu texnologik kashfiyot kompyuterlar olami uchun inqilob vazifasini bajarib bergan.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
​​Assalomu alaykum, doʻstlar!

Xalqaro standartlarga mos onlayn taʼlim sohasidagi innovatsion loyiha Khan Academy Oʻzbek malakali oʻqituvchilarni ishga taklif qiladi!

Loyihamiz haqida batafsil maʼlumot.

Ish haqida:
– Dars jarayonini tashkillashtirish;
– Darsga tayyorgarlik, sifatli videodarslarni yozish, tahlil qilish hamda oʻz ustida ishlash;
– Videodarsning oʻrtacha uzunligi 9 daqiqa. Bir soatda darsga tayyorlanib, ikkinchi soatda dars yozsa boʻladi. Bir oyda esa kamida 30 ta videodars tayyorlash imkoniyati mavjud.

Oylik maosh:
– Yozilgan videodarslarning soniga qarab — bitta videodars uchun 80 000 dan 150 000 soʻmgacha.

Qaysi fanlardan mutaxassis kerak?
– Statistika va ehtimollar nazariyasi;
– Koʻp oʻzgaruvchili hisob;
– Elektrotexnika;
– Makroiqtisodiyot;
– Mikroiqtisodiyot;
– Moliya va kapital bozorlar;
– Tibbiyot.

Talablar:
– Diplom uchun emas, bilim uchun oʻqiganlik;
Sohadagi chuqur bilim va malaka;
Qiziqarli va interaktiv dars oʻta olish va kompyuterda ishlash;
– Shijoat, masʼuliyat va intizom;
Yosh:
24+ (tibbiyot, muhandislik (elektrotexnika), makro va mikroiqtisodiyot fanlari uchun);

Ish sharoiti:
– Moslashuvchan ish jadvali;
– Shahar markazida qulay ofis;
– Zamonaviy jihozlarga ega studiya;
– Ahil jamoa;
– Bepul kofe, choy va shirin pechenyelar.

Namunaviy videolar YouTube kanalimizda.

Ariza topshirish uchun quyidagi formani toʻldirib chiqing: Oʻqituvchi ariza topshirishi uchun forma

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998 97 262-40-30

Bogʻlanish | Instagram | Veb sayt
Masaladagi savol belgisini tegishli raqam bilan almashtiring

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Onlayn taʼlim bizga nima beradi?

Bilim olish va koʻproq oʻqib-oʻrganishni istagan insonlarning aksariyati quyidagi muammolarga duch kelishadi:

-Har doim ham vaqt topilavermasligi
-Yaxshi oʻqituvchi va manbаlar uchun mablagʻning cheklanganligi
-Yosh bilan bogʻliq masalalar va xakazo...

Bu kabi muammolarning yagona yechimi – onlayn taʼlim.

Khan Academy Oʻzbek platformasida siz oʻqib oʻrganishingiz uchun:

-Oʻzingizga qulay vaqt va joyni belgilay olasiz;
-Malakali oʻqituvchilardan sifatli va cheklanmagan tarzda taʼlim olasiz;
-Turli jamoalar bilan muloqot qilib bilimingizni yanada oshirasiz;
-Eng muhimi, onlayn taʼlimda yoshingiz chegaralanmaydi, xohishning o'zi kifoya.

Sizga qaysi turdagi onlayn kurs yoki platformalardan foydalanish qulay?

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Jumboqlarga yechim topishni xush koʻruvchi oʻquvchilarimiz uchun navbatdagi “Labirintʼʼ jumbogʻi.

🧩 Labirintda 3 ta yoʻl koʻrsatilgan: A, B va C. Ushbu yoʻllardan faqat bittasigina markazga olib bormaydi, yaʼni uni yoʻli berkilgan.

Vazifa: Qaysi yoʻl markazga olib boradi?
Qani boshladik, kim birinchi topar ekan 😉

Javobingizni izohlarda qoldiring.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Nima uchun oʻt oʻchiruvchilarning chelaklari konus shaklida?

Buning bir qancha sabablari bor.

💦 Birinchidan, konus shaklidagi chelaklarda ochiq suv omboridan suv olish qulay, muzni sindirish oson va unda suv kamroq chayqaladi.

👨🏻‍🚒 Ikkinchidan, konus shaklidagi chelaklardan kundalik hayotda foydalanib boʻlmaydi va ularni yongʻin jihozlari orasidan oʻgʻirlashdan naf yoʻq.

Konus shaklidagi chelaklarning yana qanday afzalliklari bor?

Javobingizni izohlarda qoldiring.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
💐 Navroʻz bayramingiz bilan 💐

🤗 Bugungi bayram bilan barchangizni muborakbod etamiz. Salomatlik, baxt, omad tinchlik, hotirjamlik va baraka sizni doimiy hamrohingiz boʻlsin. Ushbu yil barchamizga hayrli boʻlsin.

Hurmat bilan Khan Academy Oʻzbek jamoasi

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Tenglamalar sistemasini ishlashni bilasizmi? Urinib koʻring!

📝 Ushbu tenglamalar sistemasi maktabning 7-8-sinf darsligiga tegishli boʻlib bunda ikkita nomaʼlum qiymatni topish talab etiladi.

Kim birinchi boʻlib toʻgʻri javobni yozar ekan? Qani boshladik!

@kau_algebra1
@kau_algebra2

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Fizika bu – tabiatni oʻrganuvchi umumiy fan boʻlib materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining oʻrganadi.

Fizika katta fan boʻlganligi uchun uni bir nechta qismlarga boʻlib oʻrganishadi. Quyida hozirgi kunda maktab va litsey darsliklarida oʻqitiladigan boʻlimlar koʻrsatilgan.

Klassik Mexanika;
Molekulyar fizika;
Elektrodinamika;
Optika;
Kvant fizika;
Atom fizika.

Agar siz ham Fizikaga qiziqsangiz ushbu boʻlimlarni Khan Academy Oʻzbek platformasi orqali bepul oʻrganishingiz mumkin.

You Tube orqali ko‘rish
Telegram orqali ko‘rish

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Kompyuterlar nega ikkilik sanoq sistemasida ishlaydi?

💻 Ikkilik sanoq sistemasi bu kompyuterlarning tili boʻlib 0 va 1 dan iborat raqamlar tizimidir. Bunda siz kompyuterga kiritadigan maʼlumotlar shu ikki son orqali shifrlanadi.

⌨️ Masalan: “Salom” soʻzi kompyuterga “01010011 01100001 01101100 01101111 01101101” boʻlib shifrlanadi va buni faqat kompyuter tushunadi.

📺 Kompyuterlar inqilobi 1854-yilda boshlangan boʻlib, ilk kompyuter ikkilik sanoq sistemasida ishlar edi. Shu vaqtdan buyon bugungi kungacha bu sanoat rivojlanib kelmoqda.

🧩 Qiziq jihati shundaki yaqinda chiqarilgan eng kuchli shaxsiy kompyuterlarning soʻngi avlodi deya tan olingan M1 Ultra chipi ham ikkilik sanoq sistemasida ishlar ekan.

🤔 Nima deb oʻylaysiz, Nega chiplar hanuzgacha ikkilik sanoq sistesiga moslab ishlab chiqariladi?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.

Toʻgʻri javob ertaga eʼlon qilinadi.

@kau_dasturlash
@kau_informatika

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega shaxsiy kompyuterlarning mikroprotsessori faqat ikkilik sanoq sistemasida ishlaydi?

Ushbu savolning javobini yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin.

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

🌅 Barchangizni kirib kelgan Muborak Ramazon oyi bilan tabriklaymiz. Ishlaringizga rivoj, oʻqishlaringizga omad va oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Hurmat bilan Khan Academy Oʻzbek jamoasi.
Miya odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi boʻlib, organizmning eng murakkab hayotiy funksiyasini va muhitga nisbatan oʻzaro munosabatlarni boshqarilishini taʼminlaydi.

Quyida miyaga oid faktlar ketma-ketligini bilib olishingiz mumkin.

1️⃣ Inson miyasining 60 foizi yogʻdan iborat.
Yogʻ kislotalari miyamizning ishlashi uchun muhimdir, shu sababli miya tanamizning eng yogʻli organlaridan biri hisoblanadi.

2️⃣ Miyamiz 25 yoshga qadar toʻliq shakllanib boʻladi.
Miya rivojlanishi uning orqa qismidan boshlanadi va uning old tomoniga qarab boradi.

3️⃣ Miyamizning saqlash hajmi deyarli cheksizdir.
Tadqiqotlarga koʻra, inson miyasi taxminan 86 milliard neyrondan iborat. Har bir neyron boshqa neyronlar bilan bogʻlanish hosil qiladi, bu esa 1 kvadrillion (1000 trillion) gacha ulanishi mumkin.

4️⃣ Oʻrtacha 4 yoshda orqa miya oʻsishni toʻxtatadi.
Orqa miya tana va miya oʻrtasidagi aloqaning asosiy manbai hisoblanadi.

5️⃣ Siz miyangizning atigi 10 foizidan foydalanasiz, degan soʻz aslida afsonadir.
Siz aslida miyangizni 100% hammasidan foydalanasiz. Nevrologlar hatto uxlayotganingizda ham miyangiz doimo faol ekanligini tasdiqlaydi.

Sizga qaysi fakt yoqdi?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring 💬

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Fikrat
#bugun | soat 15:00 da "Tahlil" ko‘rsatuvi

«Investisiya forumidan nima kutish mumkin?»

Mavzu yuzasidan sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, izohda qoldiring.

Mehmonlarimiz: Gʻayratxo‘ja Saydaliyev, O‘zbekiston iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov, Astrum IT akademiyasi va Paynet asoschisi, Khan Academy Uzbek rahbari Botir Arifdjanov.

YouTube kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!👇🏻
https://youtu.be/KlZ4UfnnqGU

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nyuton beshigi

⚙️ Ushbu qurilma XVII asrda yashab o‘tgan ingliz olimi Isaak Nyuton sharafiga qo‘yilgan. "Nyutonning beshigi" namoyish qiladigan qurilma impulsning saqlanishi va energiya bir qator tebranuvchi sharlardan foydalangan holda ohiridagi bitta shar ko‘tarilib statsionarga uriladi. Oxirgi sharni yuqoriga itaruvchi harakatsiz sharlar orqali kuch uzatadi. Oxirgi shar orqaga qaytadi va deyarli harakatsiz sharlarga urilib, teskari yo‘nalishda ta'sirini takrorlaydi.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Dunyodagi top 10 bepul onlayn veb saytlar

📌 Onlayn ta'lim uchun saytlar sizga kurslarni bepul o'rganishingizda yordam beradi. Ushbu veb-saytlarning kurslari dunyodagi eng yaxshi universitetlar tomonidan taklif etilgan.

Siz mavjud saytlar orqali ma'lum bir mavzuni to'liq va pul sarflamay o'rganishingiz mumkin. Ushbu veb-saytlar sizning bilimingizni oshirish uchun ko'plab elektron kitoblar, audio, video va maqolalarni taklif etadi.
Platformalar sizga eng yaxshi onlayn kurslarni bepul o'rganish imkonini beradi. Ular quyidagilar:

1. Coursera
2. Udemy
3. Udacity
4. Edx
5. Linkedin learning
6. Skillshare
7. Alison
8. Khan Academy
9. Open culture
10. MIT OpenCourseWare

Siz yana qanday bepul onlayn platformalarni bilasiz?

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Astronomiya parda ortidami?

🔻 Zamonaviy gadjetlar hayotimizga kelgani sayin turli kerakli va keraksiz sohalarga bizning e'tiborimizni tortmoqda.

Bu esa o'z o'rnida astronomiyaga nisbatan qiziqishi bo'lgan auditoriya miqdoriga ham ta'sir etdi va hattoki o'rta maktablarda bu fanga nisbatan qiziqishni kamligi, dars sifati pastligi, soha mutaxassislari kamligi ham achinarli holat.

To'g'ri, sizdan hechkim Nikolay Kopernik yoki Galileo Galiley kabi bo'ling demaydi, ammo bu fanni o'rganish orqali siz:
- ko'pchilikda yo'q bilimlarga ega bo'lasiz;
- insoniyat hayotida katta o'zgarishlar qila olasiz yoki kelayotgan xavf (koinot bilan bog'liq) ni aniqlay olishingiz mumkin;
- vaqtni mazmunli o'tkazib, yangiliklar yarata olasiz.

🙂 Aynan Khan Academy sizga Astronomiyani mukammal o'rgatish uchun mavjud yagona platftoma hisoblanadi!

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma | TikTok | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bepul platforma!

🔹 Chotki TV'ning navbatdagi mehmoni "Khan Academy O‘zbek" ning asoschilaridan biri Umidjon Ishmuhammedov bo'ldil!

🙂 Mazkur suhbat siz uchun manfaatli bo'ladi deb o'ylaymiz!

👉 Videoni to‘liq ko'rish: https://youtu.be/O8TwGTL7vkY

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
YouTube'da 40K bo'ldik!

🥳 Khan Academy O'zbek YouTube kanali 40.000 ta obunachiga ega bo'ldi.

🙂 Bizni kuzatib, qo'llab quvvatlab kelayotgan barchaga tashakkur bildiramiz! Oldinda yangidan yangi, siz uchun manfaatli loyihalarimiz mavjud.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori

🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook
2024/09/29 00:16:00
Back to Top
HTML Embed Code: