Telegram Web Link
Khan academy oʻzbek’ga eng koʻp beriladigan savollar

📞 Khan academy oʻzbek "call" markaziga har kuni turli savollar bilan murojaat etishadi. Ulardan ba'zilari platforma bilan bogʻliq turli muammolar boʻlsa, ba'zilar mutlaqo boshqa mavzular bilan bogʻliq.

📌 Yuqoridagi rasmlar ketma–ketligida ularning bir nechtasini bilib olishingiz mumkin.

😊 Shuningdek, oʻz savollaringizni berishingizdan oldin markazimiz toʻgʻrisida internet tarmogʻidagi nashrlardan maʻlumot izlab koʻrishni va keyinchalik tushunmagan holatlaringiz boʻyicha oʻz savollaringiz bilan murojaat qilishingizni siz azizlardan iltimos qilib qolamiz.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Arifmetika – aniq fanlar olamining ulkan cho‘qqilaridan biri. Uni o‘rganish jarayoni o‘ta qiziqarli, ammo bir muncha murakkab bo‘lib, ko‘p sabr va quntni talab etadi 📚

Shu tufayli, bolakaylar bilan bu jarayon bir muncha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Zero, o‘yinqaroq va sho‘x bolalarni qiziqtirish oson emas 👦👧

Khan Academy O‘zbekda eng kichik yosh vakillari uchun maxsus arifmetika darslari yo‘lga qo‘yildi. Endilikda mittivoylar fanning bu turini ham Khan Academy O‘zbekning videodarslari orqali sifatli va qiziqarli holda o‘rganishlari mumkin. 🤗👨‍🎓

Shoshiling, jajji do‘stlar. Arifmetika cho‘qqisini Khan Academy O‘zbek bilan birga zabt eting!🌋

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Ishdagi samaradorlik o‘ta muhim. Xo‘sh, o‘z samaradorligingizni oshirmoqchimisiz? Unda Khan Academy bilan ushbu oddiy qoidalarga rioya qiling👇

Vaqtingizni rejalang;

Maxsus daftar tutib, ishlarni bajarilgan yoki bajarilmagan deb, muntazam to‘ldirib boring;

Foydali mahsulotlar bilan oziqlaning;

To‘yib uxlang. Yetarli miqdordagi uyqu kayfiyat va sog'‘liqqa albatta ta’sir etadi.

Ushbu maslahatlar sizga foyda beradi deb umid qilamiz, eng muhimi barcha qilayotgan ishingizni ishtiyoq bilan bajaring!

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Siz qaysi usulda oʻrganishni afzal koʻrasiz?

📚 Barcha ilm oluvchilar oʻz хarakteri va oʻzlashtirish qobiliyatidan kelib chiqib ikki xil, individual va jamoaviy oʻrganishni afzal koʻrishadi.

👤 Individual oʻrganishni afzal koʻruvchilar odatda vazifalarni yakka tartibda bajarishadi.

👥 Jamoaviy ravishda oʻrganuvchilar esa, doimo guruh boʻlib, bitta mavzuda muhokamalar qilgan holda bajarishadi.

Siz-chi?
Siz qaysi usulda oʻrganishni afzal koʻrasiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamoa bilan tanishuv.

Bosh koordinatorimiz Oʻg'iloy bilan kichik suhbat.

👩🏻‍💼 Khan Academy Oʻzbekda ish faoliyatini olib borayotgan bosh koordinatorimiz Oʻgʻiloy bilan kichik suhbat.

👩🏻‍💻 Ushbu suhbat mobaynida Oʻgʻiloy, video sifatini nazorat qilishi, oʻqituvchilarga videodarslar yozish mobaynida paydo boʻladigan muammolarni bartaraf etishga ko'maklashayotgani haqida gapirgan.

📌 Yuqoridagi videoni ko'rib, Khan Academy Oʻzbek bilan yaqindan tanishing.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ”Bilim Onlayn” NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Sayt | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Keling, bilimingizni sinab ko‘ramiz! ⭐️

Kolizey — bu dunyodagi eng katta amfiteatr bo‘lib, eramizdan oldingi 70-yilda imperator Vespasianning buyrug‘i bilan qurilgan.

Bino 50 000 tomoshabinga mo‘ljallangan hamda 80 ta kirish eshigiga ega, undan gladiatorlik janglarida va ommaviy tadbirlarda foydalanilgan.

Xo‘sh, kolizey qaysi davlatdagi qaysi shaharda joylashgan? 🤔

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Heron favvorasi - deyarli abadiy harakatlanuvchi dvigatel

⚙️ Heron, havo va bugʻning bosimini oʻrganib, birinchi bugʻ mashinasini tasvirlab beradi va suv purkaydigan o'yinchoq yasaydi. Ulardan biri Heron favvorasi bo'lib tanilgan.

Bugungi kunda Heron favvorasining turli xil versiyalari fizika darslarida gidravlika va pnevmatika tamoyillarini namoyish qilish sifatida qoʻllaniladi.

Batafsil maqolada 👈🏻

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
​​Assalomu alaykum, doʻstlar!

Xalqaro standartlarga mos onlayn taʼlim sohasidagi innovatsion loyiha Khan Academy Oʻzbek malakali oʻqituvchilarni ishga taklif qiladi!

Loyihamiz haqida batafsil maʼlumot.

Ish haqida:
– Dars jarayonini tashkillashtirish;
– Darsga tayyorgarlik, sifatli videodarslarni yozish, tahlil qilish hamda oʻz ustida ishlash;
– Videodarsning oʻrtacha uzunligi 9 daqiqa. Bir soatda darsga tayyorlanib, ikkinchi soatda dars yozsa boʻladi. Bir oyda esa kamida 30 ta videodars tayyorlash imkoniyati mavjud.

Oylik maosh:
– Yozilgan videodarslarning soniga qarab — bitta videodars uchun 80 000 dan 150 000 soʻmgacha.

Qaysi fanlardan mutaxassis kerak?
– Statistika va ehtimollar nazariyasi;
– Koʻp oʻzgaruvchili hisob;
– Elektrotexnika;
– Makroiqtisodiyot;
– Mikroiqtisodiyot;
– Moliya va kapital bozorlar;
– Tibbiyot.

Talablar:
– Diplom uchun emas, bilim uchun oʻqiganlik;
Sohadagi chuqur bilim va malaka;
Qiziqarli va interaktiv dars oʻta olish va kompyuterda ishlash;
– Shijoat, masʼuliyat va intizom;
Yosh:
24+ (tibbiyot, muhandislik (elektrotexnika), makro va mikroiqtisodiyot fanlari uchun);

Ish sharoiti:
– Moslashuvchan ish jadvali;
– Shahar markazida qulay ofis;
– Zamonaviy jihozlarga ega studiya;
– Ahil jamoa;
– Bepul kofe, choy va shirin pechenyelar.

Namunaviy videolar YouTube kanalimizda.

Ariza topshirish uchun quyidagi formani toʻldirib chiqing: Oʻqituvchi ariza topshirishi uchun forma

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998 97 262-40-30

Bogʻlanish | Instagram | Veb sayt
Siz informatika faniga qiziqasizmi? 🤔

Unda uni Khan Academy bilan o‘rganishingiz mumkin. Barcha izlanuvchan do‘stlarimiz uchun bizning platformamizda informatika fanidan ajoyib videodarslar mavjud 👩‍💻

→ Telegram: @kau_informatika
→ YouTube: bit.ly/3vrkOqy
→ TAS-IX: bit.ly/35w4GsW

Shoshiling, qadrli do‘stlar. Agar sizda qiziqish va xohish bo‘lsa, unda aslo vaqtingizni yo‘qotmang

🔰
Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanamizdagi qon tomirlarining uzunligi 96 000 kilometrdan oshadi.

👩‍🔬 Franklin instituti maʻlumotlariga koʻra, agar bola tanasidagi barcha qon tomirlarini, ya'ni arteriya, vena va kapillyarlar bir-biriga ulab chiqilsa, u 96 000 kilometrdan koʻproqqa choʻzilgan boʻlar edi.

🙄 Voyaga yetganimizda esa, tanamiz taxminan 160 000 kilometrli qon tomirlarining uyiga aylanadi. Bu fanda aniqlangan va aql bovar qilmaydigan faktlardan biridir.

Siz bu haqida nima deb o'ylaysiz?

Firklaringizni izohlarda qoldiring.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga tibbiyot videodarslari nima uchun kerak ?

🩺 Tibbiyot - bilimlar olamida keng ko'lamli va muhim oʻrinlarni egallovchi fan hisoblanadi. Bu fanni nafaqat nazariy, balki vizual tarzda oʻrganish har bir bo'lajak shifokor uchun muhimdir.

👩‍⚕️ Ma'lumki, Khan Academy Oʻzbek platformasida tibbiyotga oid bir qancha videodarslar yozilmoqda. Ular orqali tibbiyot oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar o'z bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

📌 Ushbu videodarslar haqidagi ma'lumotlarni, yuqoridagi video orqali Muhayyo Baxtiyorovadan bilib olishingiz mumkin.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Unutmang! Vaqtni qaytarib yoki almashtirib boʻlmaydi. Uorren Baffet

🤵‍♂️ Uorren Baffet Amerikalik biznes magnat, investor va xayriyachi boʻlib, hozirda "Berkshire Hathaway" kompaniyasi raisi va bosh direktori.

💵 U dunyodagi eng muvaffaqiyatli investorlardan biri hisoblanadi va 2022-yil mart oyi holatiga koʻra 117 milliard dollardan ortiq boylikka egaligi uni dunyodagi oltinchi eng boy odamga aylantirdi.

U 91 yoshga toʻlganida undan jurnalistlar 18 yoshli Uorren'ga nima deb maslahat bergan boʻlar edingiz deb soʻrashganida u: "Unutma! Vaqtni qaytarib yoki almashtirib boʻlmaydi. Har bir daqiqaning qadriga yetgin". Deb javob bergan.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh!

👑 Matematika aniq fan boʻlib, muammoga turli usullar bilan yechim topish bobida unga teng boʻladigan fan boʻlmasa kerak.

🧮 Yuqoridagi videoda Xitoy va Yaponiyalik kichik maktab oʻquvchilari bitta misolni ikki xil usulda yechishmoqda.

🚀 Siz ham matematika fanini chuqur, eng asosiysi mutlaqo bepul oʻrganishni istasangiz, hoziroq Khan Academy Oʻzbek platformasiga tashrif buyuring.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh chaqnashlari 100 megatonna atom bombalari portlashiga teng

☀️ Siz quyosh chaqnashlari haqida eshitganmisiz? Bu quyosh sirtida sodir boʻladigan kimyoviy hodisa boʻlib, har chaqnashda oʻzidan juda katta energiyani ajratadi.

📡 NASA ma’lumotlariga koʻra, har quyosh chaqnashi bir vaqtning oʻzida 100 megatonnalik atom bombasining portlashiga teng boʻlar ekan.

🌎 Yer atmosferasi bizni turli zararli nurlanishlardan himoya qiladi, shu sababli bizga nurlanish ta’sir qilmaydi.

@kau_astronomiya

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moʻtabar onajonlarimiz, mehribon opa-singillarimiz, goʻzallikda tengi yo'q qizlarimiz!

Sizlarni 8-mart, bahorning ilk ayyomi bilan muborakbod etib, sogʻlik-salomatlik, uzoq umr, bahor gullaridek yashnab, goʻzal boʻlib yurishingizni, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan bilimli va tarbiyali yigit-qizlarni voyaga yetkazib berishingizda kuch-quvvat tilaymiz.

Baxtimizga xamisha sogʻ-omon boʻling😊

Hurmat bilan Khan Academy Oʻzbek jamoasi!
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Nega biz sunʼiy intellektni bilishimiz zarur?

🦾 Sunʼiy intellekt texnologiyasi XXI asr boshlarida vujudga kelib, bunday texnologiya insonlarga ham aqliy, ham jismoniy mehnatni yengillashtirishda katta yordam berib kelmoqda.

📲 Hozirgi kunda yirik ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn doʻkonlarda, logistikada, ishlab chiqarishda, qazib olishda, sogʻliqni saqlashda va qishloq xoʻjaligida sunʼiy Intellektdan faol foydalanilmoqda.

🏢 Shuningdek, sun'iy texnologiyaga davlat miqyosida, masalan maʼlumotlarni saqlash, yangilarini kiritish, ularni tartibga solish va hakazo kabi ishlarda optimal yechim sifatida qaralmoqda.

👨‍💻Biz sun'iy texnologiyaga deyarli har kuni, har soatda, har daqiqada duch kelamiz va shuning uchun uning asl oʻzagini bilishimiz, rivojlanishimiz asosi boʻlib xizmat qilishi mumkinligini tushunishimiz zarurdir.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun va tunimiz qanday oʻtadi?

Yuqoridagi
animatsion videoda kun va tunning almashinuvi tasvirlangan boʻlib, u yerda quyosh harakati, yulduzlarning bizga koʻrinish va ko'rinmasligi aks etgan.

Nima uchun kunduz kuni yulduzlar koʻrinmasligi sababini bilib
oldingizmi? 😉

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Shox parda koʻzning qon tomirlari mavjud boʻlmagan qismlaridan biri

👁 Shox parda koʻzning oldingi qismida joylashgan tuzilmalarni qoplovchi qavat boʻlib, unda qon tomirlar mavjud emas.

🩸 Maʼlumki toʻqima va hujayralar oziqlanishi uchun ularga qon tomirlar zarur, ammo shox parda bu vazifani bajaruvchi tomirlar bilan taʼminlanmagan.

♻️ Shox pardaning ozuqa moddalar bilan taʼminlanishi boshqa toʻqimalar hisobiga diffuziya yoʻli bilan amalga oshadi.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
Yorugʻlik tezligi qachon aniqlangan?

🚀 Ilk bor yorugʻlik tezligini 1676-yilda Daniyalik astronom Ole Roemer aniqlashga uringan. Undan keyin yana bir necha tajribalar orqali yorugʻlikning vakuum tezligi 1983-yilda xalqaro shartnomaga koʻra 299 792 458 m/s etib belgilangan.

🤓 Qiziq jihati shundaki, bundan bir necha ming yillar avval Misrda barpo etilgan “Buyuk Gizaʻʻ piramidalarining koordinatalari yorugʻlik tezligi raqamlari bilan deyarli bir xil. Yaʼni 29.9792558 °N.

🤔 Bu oʻxshashlik haqida nima deb oʻylaysiz?

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
———————————
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook | YouTube
2024/09/29 02:20:54
Back to Top
HTML Embed Code: