Telegram Web Link
🌎 Siz Twitterʼdan foydalanasizmi?
Anonymous Poll
18%
👌 Ha
68%
🙅‍♂️ Yoʻq, Telegram yetadi
14%
🤠 Nima u?
🤩 Faktlarni sogʻinib qolganmidingiz?

Uygʻoq paytimizning taxminan 10% qismida koʻzimiz yumuq boʻladi

👀 Biz ko‘zlarimizni bir daqiqada 15–20 martagacha yumib-ochamiz. Bu esa, ko‘zlar namlanishi uchun haddan ziyod ko‘p. Xo‘sh, nima uchun biz ko‘zlarimizni tez-tez yumamiz?

🧠 Yaponiyaning Osaka universiteti olimlari miyaga haddan tashqari ogʻirlik tushmasligi uchun shunday qilishimizni aniqladilar. Ko‘zlarimizni yumgan vaqtda, miyamiz avtomatik ravishda ishlamay qoladi.

🔗 Manba: factourism.com

Bundan-da qiziqarli faktlar bilan 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_fakt
🌍 Olam bir hafta ichida#dayjest16

⬡ Marafon yakuni 🎉
⬡ Arktikada boʻlayotgan oʻzgarishlar;
⬡ Qorachiqning yurakka aloqasi bormi?
⬡ Qargʻalar ham virusga chalinadimi?
⬡ Yomgʻir “chaqirish” yoʻli oʻylab topildi;
⬡ Tiktok haqida qiziqarli maʼlumotlar.

Shu kabi yangiliklar haqida batafsil quyidagi maqolada oʻqishingiz mumkin.

Dayjestni oʻqib boʻlib 📖 kitobni bosing va izohlarda fikrlaringiz bilan boʻlishing.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
🎓 Koʻngillilar hikoyasi davom etadi

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Hilola Abdugʻaniyeva Khan Academy Oʻzbek jamoasida tabiiy fanlar va tibbiyot boʻyicha tarjimon.

😊 Avvallari Hilola Khan Academy videodarslaridan oʻqish davomida koʻp foydalanardi. Khan Academy Oʻzbek loyihasi haqidagi eʼlonni koʻrib, juda xursand boʻldi. Loyihaga hissa qoʻshishga qaror qilib, jamoaga qoʻshildi.

💬 “Jamoada tarjimon sifatida ishlashni boshlaganimdan soʻng, sohamga oid koʻplab maʼlumotlarni oʻrgandim. Khan Academy Oʻzbek oʻz ustimda koʻproq ishlashga undadi”, deydi Hilola.

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshiling.

Ariza topshirish: bit.ly/37ezbAe

👉 Khan Academy Oʻzbek | #koʻngillilar_hikoyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧩 Simob labirinti

Simob (Hg)
xona haroratida suyuq holda saqlanuvchi metall hisoblanib, juda yuqori tashqi bosimga ega. Bu bosimga uchragan suyuqlik tomchilari oʻziga xos harakatlana boshlashadi.

🤔 1980-yillarda urf boʻlgan ushbu oʻyinchoq esa simobning ana shunday noyob xususiyatlaridan birini namoyish etadi. Biroq hozirgi kunga kelib simobning oʻta zaharli moddalar qatoriga kirishi aniqlangach, koʻpgina davlatlarda ushbu oʻyinchoq taqiqlab qoʻyildi.

Bunday noyob oʻyinnchoqni siz ham oyʻnab koʻrgingiz keldimi? Play tugmasini bosib xayolan oʻynab koʻring. 😄

@khanacademyuzbek

#kau_videofakt #fizika
Nega 100 AQSh dollari kupyurasida aynan Benjamin Franklin surati tasvirlangan?

💵 Benjamin Franklin mamlakat tarixiga qoʻshgan hissasi uchun AQShning eng qiymatli qogʻoz puli hisoblanmish 100 dollarlik banknotadan joy oldi.

Keling, nega AQSh pul birligining eng koʻp muomaladagi banknotasida aynan Franklin tasvirlanganligini bilib olamiz.

🔗 Maqolani oʻqish: bit.ly/2QfdEQh

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring va bizni kuzatishda davom eting. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
Chiroyli naqshga bezalgan qanday oʻsimlik ekan deb oʻylayapsizmi? 🤔

🍀 Bu “sukkulent” o‘simligining shakllari.

U haqida batafsil shu yerda oʻqishingiz mumkin.

📌 Biologiya fanini biz bilan oʻzingizga qulay formatda oʻrganing:
– Telegramda: @kau_biologiya
– YouTubeʼda: bit.ly/34tMuxl
– Saytimizda: bit.ly/32nDiIr
​​🚀 Translaton davom etadi.

♻️ Anglaganingizdek, biz hozir “Sifat nazorati” jarayonidamiz. Hozirda 13 nafar mutaxassis tarjima qilingan 750 000 ta soʻzli kontentni sifat tekshiruvidan oʻtkazishmoqda.

📈 Translaton marafonining tarjima jarayonida biz 132 ishtirokchi bilan 750 000 ta soʻzli 1 000 dan ortiq maqola yoki 10 ta kitob tarjimasini yakunladik.

Shuningdek, marafon davomida ilmiy va ommabop mavzularda vebinarlar oʻtkazdik. Barcha vebinarlarni Youtube kanalimizda koʻrishingiz mumkin.

Batafsil statistikani yaqin kunlarda taqdim qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting

Telegram | Instagram | Facebook
😉 Mana nima uchun matematikani oʻrganish kerak.

Matematikani biz bilan oʻrganing: @kau_kurslar
Sogʻligʻimizga rostdan ham foydalimi?

🍔 “Shokolad stressni yumshatadi, baliq isteʼmoli esa miya faoliyatini kuchaytiradi.” Barcha ishonadigan ushbu gaplar aslida ham haqiqatmi?

Dunyo boʻylab olib borilayotgan tadqiqotlar shuni tasdiqlamoqdaki, isteʼmol qilayotgan mahsulotlarimiz rostdan ham sogʻligʻimiz holatini belgilab berar ekan. Bu haqda batafsil (ingliz tilida) ushbu hujjatli filmda »

Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin! 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
🎓 Qiziqarli biografiya: Galileo Galiley

Planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mexanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur boʻlgan olim Galileo Galiley oʻz davrining ilmiy taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Olim haqida batafsil: bit.ly/3jsT4ZA

Mashhur kishilar haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
🦠 Petri idishi (kichik silindrsimon laboratoriya idishi)dagi bakteriya va zamburug‘lar.

Qiziq, COVID-19 ning petri idishi ichidagi surati qanday boʻlar ekan? 🤔

Bundan-da qiziqarli maʼlumotlar 👉 Khan Academy Oʻzbek
XVIII asrning 30-yillarida ketchup oshqozon buzilishining davosi sifatida sotilgan

🍅 Ketchupning vatani Xitoy hisoblanadi. O‘sha davrlarda dudlangan baliq va chig‘anoqli qaylalar bo‘lgan. 1817-yilga kelib uni pomidordan tayyorlay boshladilar.

Ogayolik vrach Jon Kuk Bennett ketchup hazm qilish muammolariga eng yaxshi davo ekanligini taʼkidladi. Shundan so‘ng ushbu mahsulot dorixonalarda ko‘p miqdorda sotila boshladi.

🔗 Manba: factourism.com

Siz ketchupning shunday xususiyatlari borligi haqida bilarmidingiz? Javoblaringizni izohlarda kutib qolamiz. 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
2024/09/30 20:17:15
Back to Top
HTML Embed Code: