Telegram Web Link
🚀 Koʻngillilar hikoyasi davom etadi.

Osiyo taraqqiyot banki loyihasida xaridlar boʻyicha mutaxassis Abdusattor Norqobilov Khan Academy Oʻzbek loyihasida muharrir sifatida oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.

😊 Talabalik davrilaridan buyon Oʻzbekistondagi taʼlim tizimida ham rivojlangan davlatlardagidek yondashuv boʻlishiga doim umid qilib kelgan.

💬Oʻz ishtirokim, bilim va koʻnikmalarimni ishga solib, kelajak avlodning ziyoli va zamon bilan hamnafas boʻlib yetishishida hissa qoʻshishim mumkinligi meni Khan Academy Oʻzbek loyihasiga olib keldi”, deydi Abdusattor Norqobilov.

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshilishni istasangiz, bu yerda ariza topshiringiz mumkin.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #koʻngillilar_hikoyasi
😉 Sanoq sistemalari turli xil, muhimi adashib ketmaslik

Sanoqni 📎 boshlangʻich matematikadan boshlab 📎 dasturlash bilan davom ettiring.

🆕 Tez orada informatika va algoritmlar mavzulari.

Barcha kurslar TAS-IX tarmogʻida: xanakademiyasi.uz/kurslar
📌 Olam bir hafta ichida

→ Tadqiqotchilar “elektr yoʻl” ustida ishlashmoqda;
→ Oy aslida nimadan tashkil topgan?
→ N95 respiratorini zararsizlantirish usuli aniqlandi;
→ Endi hayvonlarning fikrini oʻqiy olamiz;
→ Neptundagi olmos yomgʻiri haqida bilishni xohlaysizmi?

Unda biz bilan hafta yangiliklari olamiga sayohat qiling! Qani, ketdik! 😀

Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😴 Imtihonga tayyorlanib charchamayapsizmi?

Dengiz yulduzchasining harakatlarini tomosha qilib dam oling.

⭐️ Shu oʻrinda dengiz yulduzchasi haqida qiziqarli faktlar: uning na miyasi va na qoni bor. Dengiz yulduzchasining mitti oyoqchalari bir vaqtning oʻzida harakatlanish, ovqatlanish va nafas olish uchun xizmat qiladi. Ular gidravlik bosim yordamida ishlaydi. Oyoqchalar ovqatni markazdagi ogʻizga yetkazish va yuzalarga yopishib yurishda yordam beradi.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
“Qalbni tarbiyalamay turib, ongga bilim oʻrgatish – ta’lim berish emas.”

Aristotel

🎓 #kau_iqtibos

Kanalga ulanish 👉 Khan Academy Oʻzbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
<b>Dasturlash oʻzi nima?<b>

🐥 Dasturlash faqatgina veb-saytlar yaratish uchun kerakmi? Yoki Marsga uchirilgan robotlar, oʻyinlarda foydalaniladigan 3D animatsiyalar, biz sevib tomosha qiladigan film va multfilmlar ortida ham dasturlash turadimi?

📎 Qiziqarli dasturlashni hoziroq oʻrganing: @kau_dasturlash

// Telegram // Veb-sayt // YouTube
Qiziqarli biografiya: Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, maʼrifatparvar, sarkarda va davlat arbobi, Boburiylar sulolasi asoschisi.

Oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olgan. Shoirning hayoti haqida batafsil shu yerda oʻqishingiz mumkin.

Mashhur kishilar haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
🦠 Koronavirus pandemiyasi

Nima sababdan AQSh koronavirus bilan kasallanish holatlari boʻyicha dunyodagi eng yomon koʻrsatkichli mamlakatga aylanib qoldi?

“Frontline” va ilmiy sohalar faxriy muxbiri Mayls OʼBrayn COVID-19 ga Amerikaning munosabati borasida tadqiqot oʻtkazdi hamda siyosat va ilm-fanning toʻqnashuvi qanday oqibatlarga olib kelishini oʻrgandi. Quyidagi video (ingliz tilida) orqali ushbu dolzarb mavzu haqida koʻproq maʼlumot olish imkoniyatiga egasiz.

Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin! 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
😉 Mantiqiy savollar berishda davom etamiz

Manfiydan: “Sen musbatmisan”, deb soʻraldi.

🤔 Savol: U qanday javob bermagan boʻlardi?

→ Men musbat emasman.
→ Men musbatman.

Xoʻsh, nima deb oʻylaysiz? Doʻstlaringizdan ham soʻrab koʻring-chi, bilisharmikan? 😊

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_sinov
Moliyaviy hisobot (Iyun, 2020)

Aziz doʻstlar, sizlar uchun Khan Academy Oʻzbek loyihasining navbatdagi moliyaviy hisobotini taqdim etmoqchimiz. Hisobot bilan 🔗 bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

🤩 Sizning yordamingiz va xayriyalaringiz sabab, Khan Academy Oʻzbek jamoasi maqsadiga tobora yaqinlashib bormoqda!

Sifatli va bepul onlayn taʼlimni rivojlantirishda biz bilan birga boʻling. 😊

Bizning hisob raqamlar:
Bank orqali: Havola

#kauzbek_hisobot
Bizga maʼlum bo‘lgan eng qadimgi mijoz shikoyati 4000 yil oldin Mesopotamiyada loy taxtachaga yozilgan

📝 Yaqinda tarixchilar xaridorlarning taxminan 4000 yillik shikoyatlarini topishdi. Bu Mesopotamiyaning Ur shahri hududida aniqlangan. Unda qandaydir Ea-Nasir yetkazib beruvchi xizmatidan shikoyat qiladi.

Uning shikoyati quyidagilardan iborat edi:
– sifatsiz mahsulotlar;
– buyurtmalarning kechikishi;
– buyurtma qabul qiluvchi Nanni bilan qo‘pol muomala.

🔗 Manba: factourism.com

Bundan-da qiziqarli faktlar bilan 👉 Khan Academy Oʻzbek.

#kau_fakt
Olam bir hafta ichida

Bizdagi hafta yangiliklari bilan tanishing! Maqola davomida sizni bir-biridan qiziqarli yangiliklar kutmoqda:

• sayyoralar paradini kuzatishga nima deysiz?
• issiq kunlarning avj pallasida Quyosh gʻayrioddiy sokin davrga kirdi;
• Google Mapsʼdan yana bir ajoyib xususiyat;
• itning yoshini hisoblash formulasi ishlab chiqildi;
• Yerning magnit maydonida rekord siljishlar qayd etildi.

Maqolani oʻqish: https://bit.ly/3fqaNir

Fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. 😊

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
😄 Karantin paytida

⬡ Toshkent haydovchilari harakati: 17:00 dan 20:00 gacha.
⬡ Eng koʻp ishlayotgan insonlar bu – abituriyentlar (24/7). Ular kunni kun, tunni tun demay ilm oʻrganishdan toʻxtashmayapti. 🏃‍♂️

Shu fursatdan foydalanib, barcha abituriyentlarga omad tilaymiz. 😊

Hozirda mavjud kurslarni TAS-IX tarmogʻida xanakademiyasi.uz/kurslar da koʻrishingiz mumkin.
Miya — inson tabiatining kompyuterlashgan taʼminot tizimi

🧠 Miyada sodir boʻladigan jarayonlarning inson xatti-harakati, hissiyoti va shaxsiyatiga taʼsiri bor. Shu bilan bir qatorda buning aksi ham kuzatiladi.

Miyamizga qanday taʼsir koʻrsatayotganimiz haqida batafsil ushbu maqolada oʻqing.

Bundan-da qiziqarli bilimlarni biz bilan oʻrganing. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐟 Leptosefal – baʼzi baliqlarning rivojlanish bosqichlaridan biri. Bu davr mobaynida ularning tanasi shaffof boʻladi, qonida esa eritrotsit moddasi boʻlmaydi.

Qarshingizda murena baligʻining leptosefal jarayoni.

Doʻstlaringiz bilan ulashishni unutmang. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 😉

Telegram | Facebook | Youtube
Talabalar uchun zarur boʻladigan 9 ta koʻnikma

🧑‍💻 Yoshlar orasidagi ishsizlikni tobora kamaytirish maqsadida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu dasturlar talabalarga hozir va kelajakda ishlash uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni egallashda yordam beradi.

Ushbu maqolada talabalar oʻz salohiyatlarini toʻla namoyon etishlari uchun kerak boʻlgan koʻnikma va qarashlar roʻyxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Sizning bu borada fikrlaringiz qanday? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
​​🚀 Coursera bilan yangi bilimlarni onlayn oʻrganing!

14-iyuldan boshlab IT Park, IT Markaz, IT Akademiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Coursera onlayn oʻqitish platformasi kurslari uchun arizalarni qabul qilmoqda.

Aksiya qatnashchilari quyidagi sohalarda bepul onlayn-taʼlim olishlari mumkin:
• biznes;
• kompyuter savodxonligi;
• maʼlumotlar ilmi (Data Science);
• xorijiy tillar.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: clck.ru/PeZmh

📌 Aksiya amal qilish muddati 31-dekabrgacha. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Doʻstlaringiz bilan ulashing va bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Youtube
🚀 Qiziqarli biografiya: Yuriy Gagarin

Insoniyat orasida fazoga birinchi parvoz qilgan inson Yuriy Alekseyevich Gagarin sobiq Ittifoq uchuvchisi va fazogiri boʻlgan.

🧑‍🚀 1961-yil 12-aprelda “Vostok” fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqqan. Fazogir haqida batafsil ushbu maqolada oʻqing.

Gagarin haqida nimalarni bilardingiz-u, maqolani oʻqib nimalarni bilib oldingiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_biografiya
2024/09/30 18:34:00
Back to Top
HTML Embed Code: