Telegram Web Link
⚠️ Plastik urushi

Plastikdan foydalanish natijasida kelib chiqqan muammolarga qarshi kurashish holatni yanada yomonlashtirdimi?

Ushbu 🔗 hujjatli filmni (ingliz tilida) tomosha qilish orqali siz plastikka qarshi kurashish, uni qayta ishlash borasidagi ishlarni oʻrganishingiz va nimalarni xavf ostiga qoʻyayotganimizga guvoh boʻlishingiz mumkin.

Siz ham kundalik hayotingizda bir martalik plastik idishlardan foydalanasizmi? Javoblaringizni izohlarda qoldiring.

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
🎉 Bizda quvonarli yangilik!

Oldimizda turgan maqsadlardan biriga erishdik, deb baralla ayta olamiz. Chunki loyihaning tarjima qismini muvaffaqiyatli yakunladik.

📊 2019-yil yanvar holatiga koʻra Khan Academy platformasida jami 4,6 mln soʻz bor edi va buning tarjimasini reja boʻyicha 2020-yil aprel oyida tamomlash koʻzda tutilgandi. Ammo doimiy qoʻshilishlar tufayli bugungi kungacha platforma yana yangi 3 mln soʻzga boyidi.

173 nafar shijoatli tarjimonlar bilan birga 7,6 mln soʻzni 19 oy davomida yakunladik! Tarjima jarayonini fanlar kesimida ushbu havola orqali kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting. Yaqin orada yangi videodarslar eʼtiboringizga havola qilinadi. 😊

#kau_statistika #kau_hisobot
🔥 Tez oʻrganing va katta natijalarga erishing

Biror-bir narsani tez oʻrganishingiz kerak boʻlsa, raketangizni ishga soling. Shunda marraga oʻylaganingizdan ham tezroq yetib olasiz.

🤩 Ushbu infografika orqali oʻrganish turlari va tezligi haqida batafsil maʼlumot berishga harakat qildik.

Siz qaysi safar usulini tanlaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring va bizni kuzatishda davom eting.

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
​​🆕 Khan Academy Oʻzbekʼda chiziqli algebra

Chiziqli algebra fani haqida hech eshitganmisiz? Keling, bu fanni birgalikda oʻrganamiz. Koʻrinishidan biroz qiyin fanga oʻxshasa-da, oʻrganish davomida qiziqib, uning ichiga qanday kirib ketganingizni oʻzingiz ham sezmay qolasiz.

📈 Chiziqli algebra asosan oliy oʻquv yurtlarida oʻrgatiladigan fan boʻlib, unda siz matritsalar, vektorlar, almashtirishlar, vektor fazolar, xos vektorlar va xos qiymatlar yordamida ikki, uch, toʻrt va undan ham yuqori oʻlchovli obyektlarni oʻrganishingiz mumkin.

Ushbu fanni oʻzingizga qulay platformada oʻrganing:
→ Telegramda: @kau_chiziqli_algebra
→ YouTubeʼda: bit.ly/309T20w
→ Saytimizda: bit.ly/3j73K0o

Karantin davrida qiziqarli videodarslarni koʻrib, yangi bilimlarni biz bilan zabt eting. Bizni kuzatishda davom eting, yangidan yangi videodarslar hali oldinda! 😊

👉 Khan Academy Oʻzbek | @kau_chiziqli_algebra
3:44 – bu aksariyat odamlarning kechasi uygʻonadigan vaqti

😴 Britaniyalik 3000 nafar kishining uyqu odatlarini oʻrgangan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ularning koʻpchiligida uyqu bilan bogʻliq muammolar bor va yarim tunda uygʻonib ketishlarning aksariyati soat 3:44 ga toʻgʻri keladi.

🔗 Manba: factourism.com

Siz ham tunda uygʻonib ketasizmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
🧩 Olam bir hafta ichida

⬡ Ijtimoiy masofalanish — zamon talabi;
⬡ Mask, Obama, Geytsʼlarning Twitter sahifalariga nima boʻldi?
⬡ Xitoy Mars missiyasini boshlashga yaqin turibdi;
⬡ LinkedInʼda talab yuqori boʻlgan kasblar roʻyxati;
⬡ Tongda qahva ichishning ish jarayoniga taʼsiri.

Shu kabi yangiliklar haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.

Hafta yangiliklarini oʻqish siz uchun qiziqmi? Javoblaringizni izohlarda qoldiring. 😊

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
🚀 Koʻngillilar hikoyasi davom etadi

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Muhayyo Baxtiyorova Khan Academy Oʻzbek jamoasida tabiiy fanlar va tibbiyot boʻyicha tarjimon.

😊 Muhayyo xalqaro imtihonlardan biriga tayyorlanishda Khan Academyʼning tibbiyotga oid inglizcha videodarslaridan koʻp foydalangan edi. Bir kuni Khan Academy Oʻzbek jamoasiga tabiiy fanlar boʻyicha tarjimon kerakligi haqidagi eʼlonga koʻzi tushdi va oʻz omadini sinab koʻrishga qaror qildi.

💬 “Faoliyatim davomida meni eng quvontirgan narsa tibbiyotga doir soʻnggi maʼlumotlarning tarjima qilinayotgani boʻldi. Hozirda shunday ajoyib jamoa aʼzosiga aylanganimdan hamda foydali platforma yaratilishiga oʻz hissamni qoʻshayotganimdan mamnunman”, deydi Muhayyo Baxtiyorova.

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshilishni istasangiz, bu yerda ariza topshirishingiz mumkin.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #koʻngillilar_hikoyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Roʻmolli xonim” nomli noodatiy qoʻziqorin

🍄 Ushbu turdagi qoʻziqorinlar atigi 1 kun umr koʻradi va daqiqasiga 5 millimetr oʻsadi.

Siz ham shu kabi noodatiy oʻsimliklar haqida bilasizmi?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 😉

Telegram | Facebook | Youtube
Farzandlarimizga hissiyotni boshqarish yoʻllarini ham oʻrgatishning vaqti keldi

😔 Insondagi hal qilinmagan, tan olinmagan hissiyotlar uni xavotir, kelishmovchiliklar va undan ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va nima uchun hissiyotlar shunchalik muhimligi haqida batafsil maʼlumotga ega boʻling.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring va bizni kuzatishda davom eting. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
🎓 OTMʼlarga kirish imtihonlari kechiktiriladimi?

DTM bosh boshqarmasi boshligʻi xabar berishicha OTMʼlarga kirish imtihonlarini keyinga koʻchirish boʻyicha taklif berilgan.

📝Imtihonlar karantin cheklovlari bekor qilingandan keyin oʻtkaziladi. Imtihonlar oʻtkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin maʼlum qilamiz”, – deydi Barno Rajabov.

Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tgan “2020–2021-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari, tahlil va xulosalar” mavzusidagi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

📌 Doʻstlaringiz bilan ulashing va bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Youtube
Qiziqarli biografiya: Muso al-Xorazmiy

📜 Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika tarixida beqiyos oʻringa ega astronom, geograf va fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan biri. Ushbu mutafakkir olim haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz quyidagi maqola aynan siz uchun.

Mashhur kishilar haqida siz bilmagan maʼlumotlar 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_biografiya
Qani, yashil maydonning manzilini toping-chi 😄

Bir-biridan qiziqarli boshqotirmalar 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_sinov
🗺 “Kelajak shahri” Singapur

Uzoqni koʻra biluvchilar va yangilik yaratuvchilar yetakchiligida kelajak shahri Singapur eng soʻnggi texnologiya va innovatsiyalar borasida katta izlanishlar olib bormoqda.

🔗 Ushbu hujjatli filmni (ingliz tilida) tomosha qilib, bunga oʻzingiz guvoh boʻlishingiz mumkin. Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin!

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💊 Turli xil dorilar, tavsiyalar boʻyicha kimga ishonishni ham bilmayapsizmi?

Biz ham! Siz yolgʻiz emassiz, xuddi videodagi oʻzga sayyoralik kabi bizning ham boshimiz aylangan 🤣

Kayfiyatni yaxshi qilib, tavsiyalarni kim, qachon va qaysi holat uchun berilayotganini albatta tekshiring va shifokor maslahatidan foydalaning. Immunitetingizni tabiiy vositalar yordamida mustahkamlang!

📖 Har qanday tushunarsiz vaziyatda ilm-fanga murojaat qiling. Hozircha @kau_biologiya fanidan boshlashingiz mumkin ;)

Tez kunda kimyo va tibbiyot fanlari ham xanakademiyasi.uz da!
Oʻqituvchilarga bitiruvchilarning OTMʼlarga kirish koʻrsatkichiga qarab maosh toʻlanadimi?

📊 Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab oʻqituvchilariga bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichiga qarab maosh toʻlanadi.

Bu qaror hozirgi taʼlim tizimini qay darajada inobatga oladi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Ushbu savolga Komil Jalilovning maqolasi orqali javob topishingiz mumkin.

🔗 Maqola Gazeta.uz bilan oʻzaro hamkorlik asosida Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan tarjima qilindi.

#kauzbek_blog
👆 Yuqoridagi maqolani oʻqishga ulgurdingizmi? Izohlarda fikrlaringizni erkin bayon etishingiz mumkin.
Anonymous Poll
35%
😎 Albatta
43%
🤓 Endi oʻqiyman, choy damlab olay
22%
😈 Bu mavzuda oʻz qarashlarim bor, fikrimni qayerda bildirsam boʻladi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😷 Yuz niqoblari albatta yaxshi, ammo bizning Instagram niqobimizni sinab koʻrishga nima deysiz?

Keling, hozirgi karantindan maksimum foydalanamiz va kunni koʻtarinki ruhda oʻtkazamiz!

Qoʻshimchasiga kelajakdagi kasbingizni bilib olasiz 😉

Niqobni hoziroq sinab koʻring: instagram.com/ar/293712188605620/
🧩 Olam bir hafta ichida

– Koʻrshapalaklarni koʻproq oʻrganish keyingi pandemiyaning oldini olishi mumkin;
– Odamlarga chipni Ilon Mask oʻrnatadimi?;
– Koʻp marta foydalanishga moʻljallangan niqob;
– Yangi okean paydo boʻlishi mumkin;
– Rossiya hududidagi mamont skeleti.

Shu kabi qiziqarli yangilikar haqida bilishni xohlaysizmi? Unda biz bilan hafta yangiliklari olamiga sayohat qilishingiz mumkin! 😊

🔮 Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
🤔 Matematika kimga kerak?

📚 Koʻpchilik bolalar matematika fanini oʻrganishni yoqtirishmaydi. Ota-onalariga: “Matematika nimaga kerak?”, – deb savol berishlari ham tabiiy holat. Shunday paytda ushbu kitob savolga javob topishda yordamga keladi.

• Kitob nomi: “Matematika kimga kerak? Raqamli dunyo qanday tuzilganligining qisqacha taʼrifi”
• Muallif: N. Litvik, A. Raygorodskiy

🔗 Xarid uchun havola: mybook.ru

🎬 Matematika fanini biz bilan xanakademiyasi.uz da oson oʻrganing.

Siz ham shu kabi foydali kitoblar haqida bilasizmi? Doʻstlaringiz bilan ulashing. 😊

#kau_tavsiya
2024/09/30 16:33:09
Back to Top
HTML Embed Code: