Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Aholi va yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinini ommalashtirish, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida mahallalardagi uyushmagan yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Qizg'in baxs va munozaralarga boy o'tgan tadbirda "G'azira" mahallasi jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 “Chilla – iste’dodlar mavsumi” festivali Jomboyda

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📢Ey do'stim. Qayoqlarda yuribsiz?
Chilla tadbiriga ulgurmadingizmi?
☺️ Hechqisi yo'q. Sizda hali imkoniyat bor.
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!

🎉 Bugun soat 18:00da Jomboy tumani yoshlar istirohat bog'ida "Chilla - iste'dodlar mavsumi" davom etadi.

☀️Kechgi dasturlarimizda:
📍Badiiy film namoyishi;
📍Gulhan atrofida dildan suhbat;
📍She'riyat va bahru bayt kechasi;
📍 Gitara bilan jo'r bo'lib jonli ijro etish;
📍Ko'tarinki kayfiyat, kuy-qo'shiq va raqslar;
📍Yozgi chodirlarda maroqli xordiq sizni kutmoqda.

Shoshiling, sizda hali imkoniyat bor.

Chilla - iste'dodlar mavsumi!

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#ayni_vaqtda

Jomboy tumani Yoshlar istirohat bog'ida "Chilla - iste'dodlar mavsumi" festivali doirasida "Qo'rqma" kinofilmi namoyishi bo'lib o'tmoqda. Ushbu filmda yosh avlod mafkurasining yanada rivojlanishi, yurtimizda ta'limning rivojlanishida har bir yoshning hissasi to'g'risida fikr yuritiladi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Umumxalq xayriya hasharida jomboylik yoshlar tashabbus ko‘rsatdi

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🔥 SAG Express — Jomboyda!

Samarqandda rasmiy SAG Express do'konlarimiz soni yana bittaga ko'payganini mamnuniyat ila e'lon qilamiz. Endi sevimli gilam do'koningiz — Jomboy tumanida ham o'z faoliyatini olib boradi.

Yangi manzilimizda shu munosabat bilan bayram dasturi, ko'ngilochar tadbirlar va turli xil sovg'ali o'yinlar tashkil etiladi.

🤗 Barcha Jomboylik yurtdoshlarimizni ushbu quvonchli kunimizga taklif etamiz. Ochilish marosimi 1-sentyabr — yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Manzil: Jomboy tumani, Katta Qishloq ko'chasi, 33-uy.
Moʻljal: Bog'bon agrokompleksi yonida

📞+998772775544
📞 1365

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalom aleykum barchangizga. Boshlangan kuningiz hayrli bo'lsin. Bugun Jomboy tumani hokimi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sobirov Qayum Xamrayevichning tavallud kuni. Umringiz uzoq va mazmunli bo'lsin. Bugungidek samimiylik sizni aslo tark etmasin. Sizdan o'rganadigan, o'rnak oladigan narsalarimiz juda ko'p. Din bilan dunyoni teng olib boradigan, rahbarlik va insoniylikni bitta shaxsda mujassamligini sizda ko'ramiz. Yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan aslo charchamang. Yaratgan sizni yomonliklardan asrasin. Hamisha sog' bo'ling...

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Онамга олиб бордим тўртта кулча нон..."

Онангизни асраб авайланг


@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ O'lsam janozamni bulbul o'qisin,
🔊 Dilbar Ohunova o'qib berdi

Bibisora Turobova she'ri.
Eslatib o'tamiz Bibisora Turobova bugun vafot etdilar.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Xalqparvar

Ushbu ijtimoiy rolik bir nafas to‘xtab, mulohaza qilishimiz uchun...

Bugun davlat xizmati uchun millionlar ichidan biz tanlandik! Kimdir uchun “davlat xizmati” shunchaki tushuncha. Lekin turli sohalarda sadoqat bilan ishlayotgan kadrlar bu sohaning zalvorini, sharafli yo‘l ekanligini yaxshi anglashadi. Bugun shunday yuzlab, minglab davlat xizmatchilari sabab, turmushimiz farovon!

Baʼzan, hammasi avval ham bo‘lgan yoki bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz. Aslida bularning tagida minglab davlat xizmatchilari mehnati mujassam bo‘ladi.

Hurmatli davlat xizmatchisi, ushbu videorolik sizni yangi maqsadlar, yana-da rivojlanish, xalqimiz bilan hamfikr bo‘lib, shijoat bilan ishlashga undashiga ishonamiz!

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Joriy yilning 20-sentabr kuni Jomboy tumanida Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Rahmat Mamatov va Jomboy tumani hokimi Qayum Sobirov ishtirokida 16 yoshga to'lgan bir guruh yigit qizlarga tantanali ravishda ID kartalari topshirildi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan ushbu yoshlarning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab, ularning qiziqishlari va rejalari to'g'risida suhbatlashildi.

@Nargiza_Gafforova
2024/09/20 22:59:29
Back to Top
HTML Embed Code: