Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Tadbir davomida sport musobaqalari ham tashkil etildi. Jumladan, boks, gimnastika, karate, kurash, shaxmat, stol tennisi bo'yicha yosh sportchilarimiz o'z kuch va salohiyatlarini namoyish etishdi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Shuningdek, hunarmandchilik ko'rgazmasi ham mehmonlarga yanada ko'tarinki kayfiyat baxsh etishdi. Kashtachilik, to'quvchilik singari hunarmandchilik namoyishlari barchaga manzur bo'ldi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Milliy urf-odatlarimiz, milliy liboslarimiz zinhor unutilmaydi. Jamiki o'zbek ayollariga atlas, adras birdek yarashadi va ularni yanada go'zallashtiradi. Munis opa-singillarimiz tomonidan milliy liboslar va milliy urf-odatlar namoyishi esa bayram tadbirini haqiqiy to'y-u tantanaga aylantirib yubordi. O'lanlar, laparlar, yor-yor sadolari ostida kelin salom tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Aholi o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan kitob ko'rgazmasi, jajji bolakaylar uchun o'yingoh, "Yurtimni madh etaman" shiori ostida rasmlar tanlovi esa tadbirni qizg'in ruhda o'tishi uchun o'z hissasini qo'shdi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Bayram tadbirimiz tuman Madaniyat bo'limi tomonidan tayyorlangan badiiy qism bilan davom etar ekan, xushovoz xonandalarning go'zal kuy-qo'shiqlarni dillarni shod etdi. Yosh iste'dodlarning san'at namunalari, go'zal qo'shiqlari, iste'dodli qizlarimizning raqslari barchani xushnud etdi.

@Nargiza_Gafforova
2024/09/21 01:19:00
Back to Top
HTML Embed Code: