Hayitov ELT
Siz rasmda ko'rayotgan mahsulot grechka. Agar shuni inglizchasi tarjimasini lug'atga qaramasdan bilsangiz 1⃣ lug'atga qarab topgan bo'lsangiz 2⃣ raqamini qoldiringchi kommentda.
1 raqamini qoldirganlarga ofarin👏 2 yoki 0 raqamini qoldirganlar xafa bo‘lmang, o‘zim ham yaqinda bildim buni tarjimasini. Bu postdan maqsad siz bilan til o‘rganish davridagi bir kichik jarayon bilan bo‘lishmoqchiman.
Do‘kondan grechka sotib olganimda, mahsulot qadoqlangan paketda buckwheat deb yozilganini ko‘rdim. Qizig‘i, oldin umuman grechkani ingliz tilida qanday aytilishiga ishim tushmagan ekan. Uyga olib kelib, 2 marta ovqat tayyorladim, shu jarayonda paketga ko‘zim tushdi, grechkani inglizchasini ko‘rdim. Lekin oxirgi safar taom tayyorlayotganimda, xorijlik do‘stlarimizdan biri nima tayyorlayotganimni so‘radi. Buni qarangki, shunda grechkani inglizchasi esimga kelmadi. Borib paketga qarab, keyin “It’s buckwheat” dedim. Shundan keyin qandaydir xotiramda yaxshi saqlanib qoldi shu so‘z.
Bu jarayon bilan nima demoqchiman? Men paketdagi buckwheat yozuvini ko‘rganimda, miyani receiptive (qabul qiluvchi) funksiyasi orqali bu so‘zni xotiramga joylagan bo‘lsam kerak. Yana 2-3 marta ko‘zim tushganda, bu xotira mustahkamlangan. Bu degani, agar bu so‘z reading yoki listeningda uchrasa, bu so’zni tushunish imkoniyatlarim yaxshi degani. Lekin mendan nima ekanini so‘rashganida, birdan ayta olmadim va bu so‘zni og‘zaki ifodalashni vaziyat talab qilgani uchun yana bir bor manbaaga (paketga) qarashga majbur bo‘ldim.
Passive lug‘at zahiramiz aktiv lug‘atdan ko‘ra har doim tezroq rivojlanishi va passive so‘z zahirasining kattaroq bo‘lishini ko‘pchiligimiz bilamiz. Mendagi jarayon ham so‘zni shunchaki yodlab xotirada saqlash, undan xohlagan paytingizda foydalana olasiz degani emas, degan bir nazariyani bir kichkina isboti bo’lsa kerak. Buning uchun yana bitta maxsus jarayon yoki vaziyatdan o‘tishingiz kerak. Bu jarayon sizdan shu so‘zni og‘zaki ifodalashni talab qilishi kerak.

Shu sessionga registrasiya qildim. Qiziqqanlar bo'lsa, foydali ma'lumotlarni note qilib share qilaman.
PhD bo'yicha men qatnashgan sessiondagi prezentatsiyani menga univerdan jo'natishdi. Buni siz bilan bo'lishgim kelayabti. Lekin rasmiy tashkilotning, rasmiy materialini norasmiy kanalda tarqatib yuborishim unchalik to'g'ri ish emas deb o'ylayman. Shuning uchun materialni kanalda taqdim eta olmayman. Ammo shu bilan bir qatorda haqiqatan PhD ga qiziqayotgan, yoki hozirda PhD qilayotgan va bu yo'nalish haqida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lmoqchi bo'lgan talabalar va ustozlarga bu prezentatsiyani bo'lishmoqchiman. Shuning uchun agar haqiqattan PhD sizni qiziqtirsa email orqali [email protected] ga yozib yuboring va men prezentatsiyani sizga jo'nataman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Leksiya o'tadigan zallardan biri. Bu xonani bitta yaxshi tomoni bor. Oynalaridan tashqaridagi tabiat oz moz ko'rinib turadi. Darsdan zerikib ketganingizda ozgina tashqariga qarab xayol surib olsangiz bo'ladi.
Xitoy tili ingliz tilidan o‘tib ketadimi?
Yaqinda bir O‘zbekistonlik IELTS instruktoridan: "Yaqin orada biror boshqa til ingliz tilidan o‘tib ketishi mumkinmi?" degan savolga:
"Hozirda Xitoy iqtisodiyoti juda rivojlanayapti va hozirgi geosiyosiy vaziyatni hisobga olsak, Xitoy tili dominant tilga aylanishi mumkin," degan javobni berganini eshitdim.
Bu haqiqattan ancha yiroq bashorat. Xitoyda aholi soni ko‘pligi va iqtisodiyotining ta’siri oshib borayotgani Xitoy tilini dominant tilga aylantiradi deb o‘ylamayman. Xitoyliklarning o‘zlari to’da-to’da bo‘lib Britaniya va AQSh universitetlariga maxsus ingliz tili hamda ingliz tilida o‘tiladigan boshqa sohalardagi kurslarni o‘qishga kelishayapti. Buyuk Britaniyaga kelib o‘qiyotgan Xitoyliklar soni tobora ortib bormoqda.
Xitoyliklar uchun xitoy tilini rivojlantirish qandaydir milliy dastur yoki strategiya sifatida ularning madaniy merosi va o‘zligini saqlash uchun muhim bo‘lishi mumkin. Lekin Xitoy tilini global tilga aylantirishni imkonsiz deb hisoblayman. Eng katta sabablaridan biri bu Xitoy tilining ingliz tiliga nisbatan ancha murakkabligi. Xitoy tilini o‘rganish ingliz tilidan farqli ravishda juda ko‘p vaqt va resurslar talab qiladi.
Ingliz tilini o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha esa global industriya shakllanib bo‘lgan va bu industriya yildan-yilga rivojlanmoqda. Xitoyliklarning o‘zlari ham Xitoy tilini global tilga aylantirish uchun sarflanadigan resurslarni ingliz tilini rivojlantirishga qaratishsa ma’qulroq ish bo‘lishini yaxshi tushunsalar kerak.

Matndagi 85% so'zni tushunish, matnni ma'nosini 85% tushunish degani emas. Qo'shilasizmi shu fikrga?
70-yillarda “International language” (“xalqaro til”) atamasini ilmiy muomalaga kiritgan Smith ismli olim uchta jihatni alohida ta’kidlagan:
1 Xalqaro til (katta ehtimollik bilan ingliz tili nazarda tutilgan) o‘rganuvchilari til egalarining (inglizlarning) madaniyatini qabul qilishlari shart emas.
2 Xalqaro til alohida bitta millatga tegishli bo‘lmaydi
3 Xalqaro tilni o‘rganishning asosiy maqsadi – til o‘rganuvchilar boshqa madaniyat vakillari bilan muloqot qila olishidir.
Shundan kelib chiqsak, til o‘rganishning asosiy maqsadlaridan biri ingliz tilida so‘zlashiladigan davlatlarning madaniyatini o‘rganish emas, balki xalqaro til orqali o‘z madaniyatingizni boshqa davlat vakillariga targ‘ib qilish bo‘lishi kerak, deb hisoblanadi.
Meni o‘ylantirgani shuki, uzoq yillar davomida davlat maktablari, o‘quv markazlari va universitetlardagi darsliklarning mazmuni asosan talabalar orasida g‘arb davlatlari madaniyatiga nisbatan simpatiya uyg‘otib, hatto o‘z madaniyatini undan pastroq qo‘yish darajasiga olib keldi.

Yaqinda Torquayga aylanib kelgandim. Torquay Britaniyadagi dengizga yaqin shaharcha bo'lib, ko'p turistlarni jalb qiladi. Yana bir qiziq ma'lumotni o'qib qoldim, Mashxur yozuvchi Agata Kristi ham Torquayga tug'ilgan ekan.
Kristi xonim shu dengizlarni atrofida yurib, ilhomlanib yoki soatni tagida xayol surib, shunaqa katta asarlarni yozgan bo'lsalar kerak.
Kristi xonim shu dengizlarni atrofida yurib, ilhomlanib yoki soatni tagida xayol surib, shunaqa katta asarlarni yozgan bo'lsalar kerak.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Murabbiy "Twilight zone" degandi, lekin tarjimon...)))
A non-interventionist approach to language learning is based on the idea that explicit instruction is unnecessary for language acquisition. Instead of actively teaching grammar rules, this approach emphasizes natural exposure to the language, where learners acquire grammar and vocabulary implicitly through meaningful communication.
But
But
There may be some disadvantages as well
Language teachers can you comment on the disadvantages?

Forwarded from British Embassy Tashkent🇺🇿🇬🇧 Buyuk Britaniya elchixonasi
📣JOB VACANCY: APPLY NOW! 📣
💼 The British Embassy in Tashkent is looking for a Corporate Services Assistant to support the Corporate Services team with the procurement requests of services and goods. The successful candidate will be responsible for the day-to-day admin work of the Corporate Services team and will work closely with Corporate Services Officer.
💻 Responsibilities:
- Procurement
- Inventory Management
- Other broader duties
Required skills and qualifications:
🗣 Proficiency in English (C1) and Russian (B2);
✍️ Previous relevant background and minimum one (1) year of experience.
🛒 Ability to handle procurement processes.
👩💻 Good IT skills.
🔎 Apply here
🗓 APPLICATION DEADLINE: 23 February 2025, 23:55 local time
- Procurement
- Inventory Management
- Other broader duties
Required skills and qualifications:
🔎 Apply here
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoyil, bu SMS Istanbuldan Angliyaga qaytayotganimda, hali samolyot Londonga qo‘nishidan oldin keldi. UK sizni osmondaligingizda kutib oladi. Istanbuldagi Sabiha Gökçen aeroportidagi xodimlarning turistlarga munosabati esa menda yaxshi taassurot qoldirmadi. Ko‘p xodimlar ingliz tilini bilishmaydi. Mehmonlar bilan do‘stona muloqot ko‘nikmalari shakllanmagan. Diskriminatsiya elementlari bilinib turadi.
Angliyaga kelishingiz bilan pasport nazoratidagi xodimlar, o‘zlari charchab turgan bo‘lsalar ham, sizni albatta tabassum bilan kutib oladi. Mabodo nimadandur shubhalanishsa, strategik savollarni ham terrorchiga muomala qilganday emas, do‘stona ohangda, shaxsiyatingizga tegmasdan so‘rab olishadi.