Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana shunga o‘xshagan anglo-sentrik yo‘nalishdagi, britancha yoki amerikancha aksentni targ‘ib qilayotgan kontentlar hozirgi multilingual (ko‘p tilli) va multicultural (ko‘p madaniyatli) jamiyatlar shakllanib borayotgan bir paytda allaqachon o‘z ahamiyatini yo‘qotib bo‘lgan.
Angliyada o‘qish mobaynida dunyoning 25 ga yaqin davlatidan kelgan turli millat vakillari bilan tanishdim va suhbatlashdim. Ishonavering, birorta insonni (agar Angliyada tug‘ilib o‘smagan bo‘lsa) inglizcha aksentda gapirganini yoki qiynalib, shu nativelarga o‘xshab gapirishga harakat qilayotganini ko‘rmadim. Lekin bu insonlar magistratura yoki PhD o‘qiyotgan va Britaniyaga nufuzli grantlarni yutib kelgan insonlar.
Hozir bunday kontentlarni ko‘proq britancha aksentni o‘rgatish uchun emas, balki bu aksentni prikol qilish uchun chiqarish yaxshi “yeb” ketyapti. )))
Believe me, NOBODY CARES about your ACCENT, even British people.

Hayitov ELT
Mana shunga o‘xshagan anglo-sentrik yo‘nalishdagi, britancha yoki amerikancha aksentni targ‘ib qilayotgan kontentlar hozirgi multilingual (ko‘p tilli) va multicultural (ko‘p madaniyatli) jamiyatlar shakllanib borayotgan bir paytda allaqachon o‘z ahamiyatini…
Videoda, agar native darajasida gapirishga ozgina yetmayotgan bo‘lsa, nimalardir qilib ozgina ishlansa, native darajasiga chiqib olasiz degan qandaydir bir mavhum tavsiyalar berilgan.
O‘zi shuncha yil mehnat qilib, tilni o‘rganib, inglizlar bilan bemalol gaplashadigan, kerak bo‘lsa, bahslashadigan darajaga kelganingizda, “Eh, aksentimga yana ozgina yetmayapti-da, native bo‘lishimga” deb hayotdan hafa bo‘lib o‘tirish kerakmi endi?
Bu holatni men xuddi qo‘lingizga bir parcha go‘shtni olib, itga tutib, it endi sakrab go‘shtni olaman deganda, uni it ololmasligi uchun yana ham teparoqqa ko‘tarishga o‘xshatdim.
Muallifning niyati bu yerda albatta yaxshi – til o‘rganuvchilarga tavsiyalar berish. Lekin aslida hamma uzoqlashib borayotgan va eskirgan, til o‘rganishdagi anglo-sentrik yondashuvlar targ‘ib qilinyapti.
To‘g‘ri, bir vaqtlar bu trend bo‘lgan, lekin endi unday emas. Ingliz tili endi faqat inglizlarga tegishli emas, u xalqaro til sifatida “Lingua Franca” maqomini olgan. Masalan, O‘zbekistonlik bir inson Yaponiyalik boshqa bir inson bilan uchrashib, ingliz tilida gaplashsa, bu “Lingua Franca” bo‘ladi. Bu vaziyatda qaysi aksentda gaplashishingizning ahamiyati yo‘q.

#Tavsiya
Reading (o‘qish) ko‘nikmasining xususiyatlarini yaxshiroq tushunishni istagan ingliz tili ustozlari, reading bo‘yicha kurs ishlari qilayotgan talabalar yoki tadqiqotchilar uchun William Grabe va Fredericka Stollerning “Teaching and Researching Reading” kitobini o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.
ESLATMA: Kitob reading ko‘nikmalarini oshirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga mos emas.
Keyin, “Reading” deganda faqat IELTS testidagi readingni tushunmang. Reading — bu bola harf tanishi bilan bog‘cha paytidan boshlanib (avvalambor ona tilimizda), keyin maktabda boshlang‘ich, o‘rta va katta sinflarda, undan keyin universitetda va umuman insonning butun hayoti davomida unga kerak bo‘ladigan ko‘nikmadir.
Kitob barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan, o‘quvchilarida reading ko‘nikmasini yaxshilash ustida ish olib borayotgan ustozlar va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishiga ishonaman.

Angliyada ham oʻqib, ham ishlab pul topib kontraktni o’zingiz toʻlasangiz boʻladimi?
Savolga umumiy qilib "ha" yoki "yoʻq" deb javob berish qiyin, bu sizning qanday vaziyatda ekanligingiz va qanday qaror qabul qilishingizga bogʻliq, deb aytgan boʻlardim.
Bir narsani ochiq aytaman: bir yillik magistratura oʻqish paytida ham yaxshi oʻqib, ham ishlab, kontrakt toʻlab, yana uyga pul joʻnatishni oʻylab Angliyaga kelish notoʻgʻri. Bulardan bittasiga erishish uchun, boshqasidan voz kechishingiz kerak. Agar yaxshi oʻqib, oʻz sohangizda yetuk mutaxassis boʻlishni qatiy niyat qilgan boʻlsangiz, unda ishlash uchun vaqt juda kam boʻladi. Bir yil juda oz muddat, shuning uchun muhim qaror oldida turasiz: 1) bir yil pul topib, uyga faqat pul bilan, sohangiz boʻyicha esa chala mutaxassis boʻlib qaytish yoki 2) vaqtingiz va energiyangizni bilim olishga investitsiya qilib, universitetni malakali va raqobatbardosh kadr sifatida tamomlash.
Bir yillik magistrlik dasturidan farqli oʻlaroq, toʻrt yillik bakalavr oʻqish balki koʻproq imkoniyatlar berishi mumkin. Birinchidan, muddat uzun – toʻrt yil. Ikkinchidan, bakalavriat magistraturaga nisbatan unchalik intensiv emas, yaʼni talabada ham oʻqishi, ham ishlashi uchun vaqt koʻproq boʻladi. Masalan, talaba birinchi yili kelib yashash sharoitlariga koʻnikib, tizimni yaxshi tushunib olgandan keyin, ikkinchi yildan boshlab ishlashni boshlashi mumkin. Ammo bu yerda yana bir narsa bor: u topadigan daromad ham kontraktni toʻlashga, ham uyga katta miqdorda pul yuborishga yetarli boʻlishi qiyin. Agar qandaydir talaba shunday darajada pul topayotgan boʻlsa, demak u katta ehtimollik bilan oʻqishga yetarlicha vaqt ajratmayotgan bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, bizning ijtimoiy aloqalarimiz va shaxsiy vaziyatlarimiz ham muhim rol oʻynaydi. Masalan, kimlarningdir oila aʼzolari yoki qarindoshlari oldindan shu yerda yashayotgan boʻlsa, balki yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, ozgina moliyaviy yordam qilib yoki tanish-bilishlari orqali tezroq ish topishga yordam berib, talabani oyoqqa turishiga koʻmaklashishi mumkin. Bunday holatlar har doim ham boʻladi deb ayta olmaymiz, lekin bunaqa xolatlar bor va kam emas.
Xullas, boshida aytganimdek, xorijga oʻqishga kelganingizda siz muhim qarorlar oldida turasiz. Bilimga zoʻr bersangiz, ozgina vaqt pulni, pulga zoʻr bersangiz, bilimni ikkinchi planga qoʻyishingiz kerak boʻladi. Ikkalasini oʻrtasida muvozanat topish mumkin, lekin bu ham shaxsiy vaziyatingiz va nimani ustuvor masala sifatida belgilaganingizga bogʻliq.

UKda TESOL (Teaching English to the Speakers of Other Languages) kurslarini o‘qitadigan eng zo‘r 3 ta top universitetlar:
1 University of Warwick
2 University of Leeds
3 UCL – University College London
Bu javoblar UKda uzoq yillardan beri TESOL sohasida faoliyat yuritayotgan va ayni paytda “Hornby Trust” granti bo‘yicha talabalar bilan ishlayotgan ikkita tajribali ustozdan bo‘ldi. Ikkalasi ham birdek shu 3 ta variantni qo‘llab-quvvatlashdi.
Agar siz to‘liq TESOL kursini UKda o‘qimoqchi bo‘lsangiz yoki qisqa malaka oshirish kurslarida qatnashmoqchi bo‘lsangiz, avvalo shu universitetlarga urinib ko‘rishingiz mumkin.
Hozir men o‘qiyotgan Exeter universitetidan oldin Hornby grantini yutgan ingliz tili ustozlarini University of Warwick qabul qilgan. Lekin ular kontrakt narxlarini ko‘targandan keyin Hornby mas’ullari boshqa universitetlar bilan muzokaralarga kirishgan. Ham sifat, ham xarajatlar jihatidan University of Exeter Hornby tashkilotiga ma’qul kelgan.

Har qanday fan ustozi egallashi kerak bo‘lgan ko‘nikmalardan bittasi bu "Needs analysis." Needs analysis – o‘quvchilarning ehtiyojlari va kutuvlarini aniqlash jarayoni. Bu jarayon o‘quvchilarning o‘qituvchi yoki darsliklar haqidagi fikrlari, yaratilgan tizim, o‘quv muhiti yoki ularning shaxsiy hayotida samarali o‘qishga xalaqit berayotgan faktorlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Bu jarayon surveys (so‘rovnomalar) yoki intervyular orqali amalga oshirilishi mumkin.
Needs analysis jarayonida yuqorida aytib o‘tilgan faktorlarning hammasini bir vaqtning o‘zida aniqlashingiz shart emas. Masalan, o‘quvchilarning o‘rganayotgan darsliklari bo‘yicha fikrlarini bilish uchun maxsus so‘rovnoma yoki o‘quvchilar bilan intervyu tashkil qilishingiz mumkin. Yoki, o‘quv muhitida ular nimalarni o‘zgarishini xohlashadi – aynan shu jihatni aniqlash uchun ham bu jarayonni tashkil qilishingiz mumkin.
To‘g‘ri, needs analysis orqali o‘quvchilarning ehtiyojlari va kutuvlarini aniqlash degani ularga hamma narsani yaxshilab bera olasiz degani emas. Ammo ustoz sifatida sizning nazoratingizda bo‘lgan qaysidir jihatlarni needs analysis orqali aniqlab, yaxshilay olsangiz ham, o‘quv jarayonini qisman bo‘lsa-da, yaxshi tomonga o‘zgartira olasiz.
Bu haqda ko‘proq ma’lumot olishni istaganlar uchun link qoldiraman:
🔗 https://www.teachingenglish.org.uk/professional-development/teachers/knowing-subject/n-p/needs-analysis
🔗 https://www.englishclub.com/efl/tefl/tips/needs-analysis/
💬 Kommentlarda needs analysis o‘quv jarayonini yaxshilash uchun samarali deb hisoblasangiz, 1️⃣ raqamini qoldiring. Bu haqda qo‘shimcha fikrlaringizni yozsangiz ham xursand bo‘laman.

Ustozlar jamiyatda “o’zgartiruvchi” bo’la oladimi?
Ustozlar faqat dars rejasida belgilangan mavzularni o‘tib, neytral pozitsiyada qolishi kerakmi? Yoki jamiyat rivojlanishi va unda uchrayotgan muammolarga o‘zining munosabatini bildirib, bu muammolarni darslarga integratsiya qilib, o‘quvchilarda ham shu jarayonlarga nisbatan fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishlari kerakmi?
Birinchi yondashuv, faqat o’ziga belgilangan mavzularni zo’r qilib o‘tib berishni o’zi ham, ustozlarni o’z ishlarini zo’r qilib bajarayotganligni bildiradi. Ammo ikkinchi yondashuv – jamiyat muammolarini dars jarayoniga integratsiya qilish – ustozlarga nafaqat o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilimini oshirish, balki jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga ham hissa qo‘shish imkonini beradi.
Masalan poytaxt Toshkentda "bu viloyatlik, bu toshkentlik" kabi ajratishlar, turli viloyatlarning yoki Toshkent shevalarini masxara qilish holatlari tez-tez kuzatiladi. Bu esa jamiyatdagi birlik va hurmat muhitiga salbiy ta’sir qiladi.
Ushbu muammoni hal qilishda ustozlar ham ma’lum darajada ishtirok etsalar bo’ladi. Masalan, ta’lim jarayonida darslar orqali turli shevalarga nisbatan bag‘rikenglik va hurmatni o‘quvchilarga singdirish mumkin.
Ayniqsa, Toshkent maktablarida bu masalaga jiddiy e’tibor qaratish kerak deb o’ylayman. Chunki poytaxtda viloyatlardan kelib o‘qiydigan va ishlaydigan insonlar ko‘p. Ularning farzandlari Toshkent shahridagi mahalliy bolalar bilan birga o‘qiydi.
Viloyatdan kelgan bolalar o‘z shevasi yoki urf-odatlaridan uyalmasdan, toshkentlik o‘quvchilar bilan bemalol muloqot qilishi muhim. Shu bilan birga, Toshkentda tug‘ilgan yoki uzoq yillardan beri yashayotgan o‘quvchilar ham viloyat shevalari va madaniy farqlarga nisbatan ochiqlik va bag’rikenglikni shakllantirishi kerak.
Menimcha asosan ijtimoiy fanlar, ona tili va adabiyoti, tarbiya yoki ingliz tiliga o’xshagan fanlarda yuqorida keltirilgan ijtimoiy muammoni darslarga kiritsa bo’ladi.
Men faqat bitta muammoni misol keltirdim. Bunday ijtimoiy muammolar ko’p va xududlarga qarab bir biridan farq qiladi.
Lekin bu barcha ustozlar amal qilishi kerak bo’lgan majburiy ideologiya emas, bu tanlov. Bu borada qanday qaror qabul qilish, avvalambor ustozlar o’zlarini jamiyatda qanday rolda ko’rishlari bilan bo’g’liq.

Duolingo ingliz tili testini uydan turib topshiriladigan versiyasida kameraga qarab turgan test topshiruvchilar ko'chirmachilik qilmayabtimi, yoki tashqaridan yordam olmayabtimi va shunga o'xshash boshqa shumtakaliklar qilmayotganini aniqlash uchun, maxsus inson ekspert va AI yordamida test topshiruvchini o'zini tutishidagi 75 dan ortiq jihatlarini kuzatar ekan. Duolingo rasmiy ma'lumotlarida shunday qayd etilgan "Expert human proctors, with the help of AI, examine each test session for more than 75 different behaviours in multiple, independent rounds of review"
Lekin nazorat kuchaygani sari, ko’chirmachilikda ham innovatsiyalar ko’payib boraveradi. Uyidan turib Duolingo yo boshqa testlar topshirgan kandidatlarni qanaqa shumliklar qilganini eshitish juda qiziq bo’lardi!

Tabiat qo'ynida, ochiq havoda, quyoshda toblanib ilm oladigan paytlarimiz ham keldi mana.
Toshkentda qor deb eshitdim. Mayli, asosiysi bahor keldi, ozgina chidaysiz endi, tez kunlarda hammamiz iliq va quyoshli kunlarga chiqib olamiz.

Hech sinab ko‘rganmisiz? Muammolarimizni atrofdagilarga dasturxon qilmasdan yoki xayollarimiz va emotsiyalarimizni (ayniqsa, negativ emotsiyalar bo‘lgan paytda) darrov ijtimoiy tarmoqlarda har xil post yoki video qilib boshqalar bilan bo‘lishmasdan, ozgina sabr qilsak, shu ishimizning o‘zidan bizga katta kuch va energiya keladi.
Menga shunday tuyuladi, yana bilmadim.
Menga shunday tuyuladi, yana bilmadim.
Hayitov ELT
Photo
Dear teachers! If you’re public school EFL teacher teaching teenage students, there is one activity that I want you to do with your students, if possible. While I was reviewing the book “Prepare” for the 10th graders for a range of elements including how the course book embraces the activities that involve critical thinking, I came across with the text on page 50 which offers “Tips” to avoid arguments with friends in certain situations. I think it is easy to give these tips to students saying you should do that, or you shouldn’t do this. But, what particularly interesting for me in this case is that why it is difficult to follow these tips ? If I were teaching now, which I’m not, fortunately))), I would be very interested to know the students’ opinion on why these suggestions are easy to prescribe, but difficult to follow? The questions you ask might look like this “Although we know that these are nice tips that can help us avoid conflicts, in most cases, why are we not able to follow them?"
I feel this would make an activity more interesting. Even if you’re not teaching the groups other than the 10th graders, (e.g., 8th,9th or 11th grades) or working in private center, you can still use this activity with your students.
I would be happy to listen to your reflection and experience after you’ve done this activity.

This epic conversation as an authentic material would make a really good and engaging English lesson.
The students can be instructed to analyse the conversation and identify the specific nuances which led to this friction between the leaders.
The lesson can be made in cause and effect style (or any other) and students can share their opinions if there was any possibility to avoid this clash.

O'zbekistonda o'zini buyuk tarixiga ega, afsonaviy 1-avgust ingliz tili testlari haliyam davom etyaptimi? kimni xabari bor?