Telegram Web Link
Listening part 3 testiga tavsiyalar

Listening 9.0 ustozdan 🚀

Bugun offline darsimda o'quvchilarimga listening part 3 bo'yicha kerakli tavsiyalarni berdim. Sizlarga ham ulashmoqchiman:

1. Listening Part 3 xarakteristikalari: Bu part testga nima uchun kiritilgan? Real hayotda qayerda kerak bo'ladi? Bu qism sizdagi qaysi qobiliyat va ko'nikmalarni sinaydi? Shularni yaxshilab tushunib olishingiz kerak.

2. Flow-ni ushlashni o'rganish: Listening part 3 davomida, question type-larda (masalan, Flow-chart completion, multiple-choice, va hokazo) relevant (savollarga aloqador) va irrelevant (savollarga aloqasi yo'q) ma'lumotni ajrata olish muhim. Bir savoldan ikkinchi savolga o'tayotganda, va to'g'ri javobga kelganda beriladigan signal so'zlar va intonatsiyani sezish zarur.

3. Speakerni attitude-ni sezish Listening part 3 - fikrlar o'yini bo'lgani uchun, speakerni attitude-sini sezib turishingiz kerak. Attitude positive, negative yoki neutral bo'lishi mumkin. Shuningdek, quyidagi vaziyatlarda ishlatiladigan so'zlar va frazalarni aniqlay olishingiz kerak:
- Proposing / Suggesting
- Approving / Accepting
- Expressing doubt / reservations
- Complaining
- Agreeing
- Disagreeing
- Persuading
- Correcting va hokazo


4. Distractors - chalg'ituvchilarni topish: Ba'zi variantda berilgan so'zlarni ataylab audioda ham aytishadi, lekin bu to'g'ri javob bo'lmaydi. Maqsad kandidatni chalg'itishdir.

5. Multiple choice (A,B,C) dan topish: Ko'pincha multiple choice savollarida true, false, not given variantlarini ajrata olish muhim. Xuddi readingda bo'lgani kabi, listening multiple choice savollarida ham 3 ta javobdan bittasi true, qolgan ikkitasi yoki false yoki not given bo'ladi. Shuni ajrata olishni o'rganishingiz kerak.

6. Skill-based ishlash: Agar listening part 3 ko'nikmalari yaxshi rivojlanmagan bo'lsa, skill-based ishlashingiz kerak. Bu degani siz qayta-qayta javobni topish uchun emas, birinchi marta eshitganingizda savoldan savolga o'tayotganda qanday transition bo'lganini tushunishingiz kerak. Ikkinchi eshitganingizda javobga yaqin kelganda qaysi frazalar ishlatildi va speakerni attitude qanday bo'ldi. Uchinchi eshitganingizda alohida distractorlar qanday tuzilgan, qaysi javob not given, qaysinisi false va nima uchunligini tushunishingiz kerak. Shularni o'zingizga note qilib olishingiz zarur.

P.S. Bu strategiyalar grammatikasi va so'z boyligi yaxshi (kamida upper-intermediate) bo'lgan o'quvchilar uchun listening part 3da, albatta, mehnat bilan tez progress qilishlarida yordam beradi.

Dars oxirida shunday dedim: "Agar shu aytganlarim bo'yicha ishlasangiz, ikki oydan keyin listeningdan sizga ustoz kerak emas."

Siz nima deysiz bu strategiyalarga? Sizga ma'qulmi?

© KhayitovTeacher
Baxt haqida afsonaviy aktyor Yuriy Nikulin shunday degan: "Baxt nima bilmadim, lekin menimcha baxt bu ertalab tezroq borib ishingizni boshlashni xohlashingiz va ishingiz tugashi bilan tezroq uyingizga, oilangizga qaytishni xohlashingizdir." Bu gaplar ko'p insonlar uchun baxt formulasiga aylangan.

Lekin, Nikulin janoblari paytida online (uydan turib ishlash) degan narsa bo'lmagan. Endi savol tug'iladi: bundaylar uchun baxt nima? Menimcha, "men endi ishimni boshlay" deb xonanga kirib ketganingda va uydagilar seni xonasida online ishlayapti deb o'ylab turgan paytda, ko'zingga yostiq chiroyli ko'rinib, "eee bore" deb, mazza qilib uxlavorish baxt bo'lsa kerak.😁

Barchaga hayrli tun.
During my writing task 2 classes including offline and online, I always make my students analyse and understand the given topic well. First of all, we try to find a general topic of the essay and then specify it. Here is the table of common topics and specific ones they may involve.
Bugunam yutqazamizmi? (
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Bugunam yutqazamizmi? (
Bo'lmapti bu olimpiada! Osh yeyish bo'yicha olimpiada o'tkazilganda ko'rardik raqiblarimizni ahvolini!
☄️NEW ONLINE COURSE - IELTS VILLA

Kurs xaqida ko’proq ma’lumot berishimdan oldin quyidagi savollarni o’qing.👇

• Sizda Writing va Speaking ko’nikmalarini oshirishga ehtiyoj bormi?

• Writing va Speaking bo’yicha darslarni tajribali IELTS instruktori bilan 1 oy davomida ishlab, natijangizni ko’tarishni xohlaysizmi?

• Sizda intensiv – har kuni kamida 3-4 soatdan tayyorgarlik ko‘rishga vaqtingiz bormi?

• Va bularni barchasini online darslar orqali qilishga tayyormisiz?


Agar yuqoridagi savollarga javobingiz "Ha" bo‘lsa, unda ‘VILLA’ so‘zini kommentda qoldiring.👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Speaking_tips    #Practice

Writing task 2 da PEEL strukturasi bor.

PEEL – Point, Explain, Example and Link back.

Shu texnika Speaking part 3 da ham yaxshi ish beradi. 

PART 3 Question: Do you think it's better for children to grow up in the countryside or in a city?

Sample Answer with PEEL:

Point: Well, I would say it depends on the parents' priorities and circumstances.

Explain: Different parents have different priorities for their children's upbringing, which influences their preference for either environment.


Example: For instance, some parents prioritize quality education and diverse opportunities. Such parents prefer city life, where schools and extracurricular activities are more accessible. On the other hand, parents who value a healthier lifestyle and a closer connection to nature might choose the countryside, where children can enjoy fresh air and outdoor activities.


Link back: Therefore, the decision largely depends on what the parents value more for their children, whether it's educational opportunities or a healthy, natural environment.

🗣Practice this question with PEEL

'Do you think it's better for children to study online or offline?'

leave your answers in the comments💬
Endi qizlarini Dzyudo sportiga beradigan ota onalar ko'payib qolsa keraga?
Hayitov ELT | IELTS 8.0
☄️NEW ONLINE COURSE - IELTS VILLA Kurs xaqida ko’proq ma’lumot berishimdan oldin quyidagi savollarni o’qing.👇 • Sizda Writing va Speaking ko’nikmalarini oshirishga ehtiyoj bormi? • Writing va Speaking bo’yicha darslarni tajribali IELTS instruktori bilan…
Bu onlayn kursim bo'yicha ba'zi o'quvchilarimiz kurs faqat bir oy davom etadimi deb so'rashmoqda.

Javob HA. Kurs faqat 1 oy, avgust oyining boshidan boshlanib sentabrgacha davom etadi. Sababi, sentabr oyidan Buyuk Britaniyada magistraturamni boshlashim kerak. Yangi joy va yangi muhit qanday bo’ladi? Dars o’tishga vaqt bo’ladimi, yo’qmi? Bularni bilmayman.

O’zimga qolsa, o’sha yerdan turib ham dars o’taverardim, chunki bu o’rgangan ishim. Lekin oldin vaziyatni bilishim kerak.

Avgust oyida esa vaqtim bor va 1 oy intensiv shug’ullanishga tayyor bo’lgan o’quvchilar bilan writing va speaking bo’yicha ishlashga tayyorman. Shuning uchun ham oldin berilgan savollarni o’qing, agar sizga to’g’ri kelsa ‘Villa’ so’zini qoldiring degandim.

Yana ikki kun muhlat bor. Savollarni o’qing va shu sharoitlar sizga to’g’ri kelsa komment qoldiring.

1 avgust kuni siz bilan aloqaga chiqiladi.
Tasavvur qiling yapon tilida film tomosha qilayabsiz. Filmda olimpiadada oltin medalga erishib qaytgan qizini otasi kutib oldi va bag’riga bosib shunday dedi:

Anata o hokori ni omoimasu🇯🇵

🚫Google tarjimaga qaramasdan shu gaplarni tarjimasini kommentda qoldiring.

Keyinroq to’g’ri javobni bo’lishaman
Hayitov ELT | IELTS 8.0
☄️NEW ONLINE COURSE - IELTS VILLA Kurs xaqida ko’proq ma’lumot berishimdan oldin quyidagi savollarni o’qing.👇 • Sizda Writing va Speaking ko’nikmalarini oshirishga ehtiyoj bormi? • Writing va Speaking bo’yicha darslarni tajribali IELTS instruktori bilan…
Villa kursimiz haqida sizni batafsil ertaga, 1-avgust kuni soat 20:30 da kanalda jonli muloqotda tanishtirib o'taman. Kurs qanday olib borilishi va narxlari haqida barcha ma'lumotlarni beraman.

Ushbu kursni tashkil qilishga meni undagan asosiy narsa - Giving back to community. Ichimda bir narsa "IELTS 8.0 baling bor, ozmi-ko'pmi tajribang bor, bilganingni boshqalarga o'rgatmaysanmi?" deb tinch qo'ymayabdi. Menga qolsa, bu kursni MOOC (Massive Open Online Course) formatida o'tkazgan bo'lardim. Lekin, agar tartib va nazorat o'rnatilsa va o'quvchilar o'z ta'limiga ozgina investitsiya kiritsalar, bu ularning mas'uliyatini oshiradi. Shuning uchun kurs narxlaridan ko'p xavotir olmang. "Ot bilan tuya bo'larmidi, to'laymiz-da!" deyishadiku. )

Ertaga soat 20:30 da "Villa" taqdimotida ko'rishamiz.
1] Nowadays, more fathers stay at home and take care of children while mothers go out to work. Why is this the case?
Is this positive or negative?

With ….…. and …………, it has become increasingly commonplace for women to ………….., particularly in …………
While this situation can be attributed to a confluence of ……… and …………, I believe that …………………………….…!

Task 2 introduction challenge

Chat GPT
Google
UKdagi universitetlardan biriga, graduation ceremony paytida bir bitiruvchi qiz "I want a refund" – "Pulimni qaytarib bering" degan katta yozuv bilan kirib boribdi. Uning fikricha, universitet u to'lagan pullarni oqlamagan. U olgan xizmatlar to'langan pullarga arzimaydi deb hisoblamoqda.

Roundtable dasturida shu masalani muhokama qilishibdi. Suhbat jarayoni IELTS Listening part 3 elementlarini - fikrlar almashinuvi, fikrlardagi xilma-xillik va qarama-qarshiliklarni ham o'z ichiga olgan.

Har doim o'quvchilarimga beradigan tavsiyam – ko'proq authentic (real hayotda bo'layotgan) materiallarni ko'rib borish. Boshida ozgina qiynalasiz tushunishga, lekin bora-bora o'rganib ketasiz. Mana shunaqa authentic muhokamalarni qancha yaxshi tushuna olsangiz, IELTS Listening part 3 testini tushunish va formatiga moslashish ham oson bo'ladi.
https://youtu.be/kT9RQAsWEXY?si=xOfcIS2qnnLB68yX
Hindlarning ingliz tilini yaxshi gapirishini bilamiz. Aksentni hisobga olmaganda, ular bu tildan yaxshi foydalanishadi. Lekin, ularning ingliz tilida foydalanish usuli biz o'rganadigan standart qoidalaridan farq qiladi.

Keling, bu farqlarni ko'rib chiqamiz. Men hindlar yo'l qo'yadigan ba'zi umumiy xatolarni keltiraman. Agar bu xatolarni hammasini tushunsangiz va to'g'irlay olaman desangiz, kommentda 6 raqamini qoldiring. Nechta xatoni tushunganingizga qarab shu raqamni qoldirasiz. Masalan, 4 ta xatoni to'g'irlay olsangiz, 4 raqamini, 3 ta bo’lsa 3 raqamini qoldirasiz.

Let’s go;
1.I am here since last week.
2.I am seeing her often
3.We have been there five years ago.
4.He is doing it yesterday.
5.She is having two children.
6.You not like curry?

To'g'ri javoblarni keyinroq ulashaman.

#FunFacts #GrammarPractice #IndianEnglish
Hayitov ELT | IELTS 8.0
☄️NEW ONLINE COURSE - IELTS VILLA Kurs xaqida ko’proq ma’lumot berishimdan oldin quyidagi savollarni o’qing.👇 • Sizda Writing va Speaking ko’nikmalarini oshirishga ehtiyoj bormi? • Writing va Speaking bo’yicha darslarni tajribali IELTS instruktori bilan…
⚡️Online kursimni kontenti bilan sizlarni bugun tanishtiraman.

20:30 da kanalda live session bo'ladi.

Agar shu bir oyni IELTS studiesga bag'ishlamoqchi bo'lsangiz, siz uchun eng zo'r kurs shu bo'ladi.

Barchangizni kutaman!

Kursda albatta qatnashaman🔥

Narxi ma'qul kelsa qatnashaman👍

Nima xaqida gaplashyapmiz 🤔
2024/12/26 07:33:03
Back to Top
HTML Embed Code: