Telegram Web Link
Angliyada o‘qish uchun men avval universitetni emas, grantni tanlaganman. Xarajatlarimni to‘lab bergan tashkilot universitetni ham o‘zi tanlagan. Menda u yoki bu universitetga borishga tanlov qilishga imkoniyat berilmagan. Lekin hozir o‘zingda imkon bo‘lsa, qaysi universitetni tanlarding deb so‘rashsa, menimcha yana The University of Exeterni tanlar edim. Siz rasmlarda ko‘rayotgan manzaralar turar joyimning shundoq yonida. Bu yerlarda 15 daqiqa sayr qilish miyangiz dam olib, kayfiyatingiz yaxshilanishi uchun yetarli. Xullas, universitet sanatoriya ichida joylashgan desa ham bo‘ladi.)
Angliyaga kelib, yashab turib futbol o'yiniga kirmasam, nafaqat o'zimni o'zim, balki kelajak avlod ham meni kechirmas edi! Shuning uchun futbol tomoshalarini o'zimizni Exeter jamoasi o'yinidan boshladik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xohish, ishonch va majburiyat.

Darslardan ozgina chalg'iman deb dam olish kunlarida ‘The Lincoln Lawyer’ serialini ko'rishni boshlagandim. Qarasam, serial ko'rish men o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqtimni olib qo'ymoqda, o'qishim kerak bo'lgan paytlarga ham o'z ta'sirini o'tkazayapti. Serialda bosh qahramonning quyidagi gapi muvozanatni topishimda yordam berdi;

‘There are three things you need to know in life – what you desire, what you believe, and what you have to do; they do not always line up together.’

Bu gapning mazmunini tushuntirishga harakat qilaman.

‘Desire’ – bu bizning xohishlarimiz, ko'nglimiz tusaydigan ishlar. Masalan mening vaziyatimda film ko'rish bu desire, ya'ni xohish.

‘Belief’ – bu biz ishonadigan narsalar. Masalan, vaqtdan unumli foydalanish, uni behuda sarflamaslik kerakligiga ishonamiz, shuni to’g’ri deb o’ylaymiz. Agar desirega qo'yib bersa, inson nimalarni xohlamaydi deysiz!

‘Have to do’ – bu biz qilishga majbur bo'lgan ishlar. Hayotingizda yaxshi narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, sizda xohish bo'ladimi yoki yo'qmi, harakat qilishga majbursiz. Masalan, o'z sohangizda zo'r mutaxassis bo'lish uchun faqat xohlagan narsalaringizni emas, balki ko'proq narsalarni o'qishga majbursiz.

They do not always line up together – biz yuqorida ta’rif bergan bu 3 ta narsa -‘desire’, ‘belief’ va ‘have to do’ har doim ham yonma-yon bo'la olmaydi.

Biz xohlagan narsalar aslida biz ishongan narsalar bo'lmasligi mumkin. Biz qilishimiz kerak bo'lgan ishlar esa aslida biz xohlagan narsalarimizga nomutanosib bo’lishi ham mumkin.
The path through language acquisition is not necessarily smooth and even. Learners have bursts of progress, then reach a plateau for a while before something stimulates further progress. (Lightbown& Spada, 2021, p. 58)

“Til o‘rganish jarayoni har doim ham tekis va oson kechmaydi. O‘rganuvchilarda dastlab ‘bursts of progress’ - tez o‘sish kuzatiladi, lekin keyinchalik bir muddat ‘plateau’- turg‘unlik davri keladi. Turg’unlik xolati vaqtinchalik, toki qandaydir omil yana o‘sishga turtki bermaguncha.”

Shu o‘sishga turtki beradigan “narsa” yoki “omil” aslida nima ekan?

Mening fikrimcha, biz ko‘pincha beginner (boshlang‘ich) darajadan intermediate (o‘rta) darajagacha bo‘lgan o‘quvchilarda tez o‘sish (bursts of progress) kuzatamiz. Intermediate darajadan boshlab esa “turg‘unlik” (plateau) holati yuzaga keladi. Bu turg‘unlikdan chiqib, yana dinamik o‘sishga erishish, eng avvalo, motivatsiyaga bog‘liq bo‘lsa kerak. Motivatsiya manbalari esa har xil bo‘lishi mumkin: ota-onadan, ustozdan, do‘stlardan va bugungi kunda turli media yoki "influencer"lardan. Motivatsiya o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi deb o‘ylayman. Albatta aytib o‘tilgan manbalardan qaysidir biri tomonidan shakllanadi.

Misol uchun, ingliz tilini katta motivatsiya bilan boshlagan va IELTSdan 8.0 ball olishni maqsad qilgan o‘quvchi turg‘unlik davrida va qiyinchiliklarga duch kelganda, dastlabki motivatsiyasini yo‘qotishi ham mumkin. Yoki boshida aniq maqsad qo‘ymagan o‘rganuvchilar til o‘rganish jarayonida o‘zlarida IELTSdan yuqori ball olish istagini keyinchalik shakllantirishlari ham mumkin.

Xullas, qizig’i ‘something stimulates further progress’ (yana o‘sishga turtki bo‘ladigan narsa) iborasidagi ‘something’ ni o‘rniga yana nimalar qo’ysak bo’lar ekan? Nima stimulate qiladi further progressni?
Shu binoni ichiga kirishga 'Dux' yetmayabdi.
"Serbulut hur o'lkam elga baxt najot."
2024/11/16 08:51:20
Back to Top
HTML Embed Code: