Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga shunday ekan?! O'quvchilar Writing yozganlarida for example ( misol uchun, masalan) phrasedan keyin : yoki ; belgilarini qo'yishni juda yaxshi ko'rishadi. Aslida comma (vergul) belgisini qo'yish kerak. EX: I travel a lot. For example,  I have been to Turkey with my family recently. Ba'zida o'quvchilarni vergulga o'rgatgancha bir necha marta takrorlashga to'g'ri keladi shu narsani🤯
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IELTSdan 8 yo 9 olishni eng katta orzu sifatida ko'rmang. IELTS sertifikati bu o'zingiz xohlagan universitetda o'qish va o'zingiz yaxshi ko'rgan kasbni egasi bo'lishingiz uchun bir vosita.
📣Offline darslar grafigi ! Hozirda ketayotgan kurslarimiz:

🔰Dush / Chor / Juma
9:30 – Pre – IELTS ( IELTS 4.5-5.0)
14:00 – Pre-IELTS (IELTS 4.5-5.0)
16:00 – IELTS (Target (C1) IELTS 7+)
18:00 – Beginner

🔰Ustoz: Bekzod Khayitov IELTS 8.0 / 15 yillik tajriba

📞 Murojaat uchun: 97 7719776 / 97 266-75-11

📍Manzil

Ishonchli va tajribali ustozdan saboq oling!
Forwarded from Grantlar.uz
✈️ Sun'iy intellekt imtihon oladi

👍 25-yanvar kuni Ibrat Academy marafoniga ro'yxatga olish boshlandi. Talabgorlar 31-yanvar kuni soat 23:59 ga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Imtihon 2 bosqichda:
1. “Ibrat Academy” ilovasi orqali til ko’nikmalari 15 kun mobaynida AI (Sun'iy intellekt) tomonidan inson omili aralashuvisiz onlayn tekshirib boriladi.

2. AI saralagan 100 nafar ishtirokchi maxsus oflayn mock IELTS imtihonidan o'tadi (bunda "Ibrat Academy" ilovasidan olingan sertifikatga ham ega bo'lishi zarur).

2-bosqichda yuqori natija ko'rsatgan 7 nafar ishtirokchi Londonga 7 kunlik ta’lim sayohati yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Mock IELTSdan 7 va undan yuqori ball olganlar 1 mln so'm miqdorida mukofot olishadi.

🏆 Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang!

➡️ Havola — IOS
➡️ Havola — Android

P.S. Marafon haqida to’liq ma’lumot.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlandiya maktablarda Media Literacy ( media savodxonligi) darslari o'tilar ekan. Maqsad bugungi tezkor axborot almashinuvi davrida o'quvchini yolg'on ma'lumotlarni ajrata olish ko'nikmalarini rivojlantirish. Darslar shunchaki ananaviy tarzda 'bolalar ehtiyot bo'ling yolg'on xabarlardan, firibgarlar ko'payib ketgan' deb aytish bilan emas, balki ularni xar hil qiziqarli proyektlarga jalb qilish orqali qilinar ekan. Shulardan biri masalan o'quvchilarning o'ziga simulyatsiya sifatida trollar bo'lish vazifasi berilar ekan. Mutaxassislarni aytishiga qaraganda o'quvchilar hozirda dunyoda sodir bo'layotgan ayniqsa Rossiya va Ukraina o'rtasida, va G'azoda bo'layotgan voqealarni tahlil qila olishlari, mediada berilayotgan yolg'on va rost ma'lumotlarni ajrata olishlari juda muhim.
https://youtu.be/Bgmjs6AcFjU?si=2ACwL6zCzFOreLQv
Judayam entertaining teacher emasman, lekin imkon qadar mavzularni osonroq qilib tushuntirib berishga harakat qilaman. Mashg'ulotda qancha qiyin bo'lsa, jangda shuncha oson bo'ladi degani rost. Darsdan oldin dars rejasi ustida qancha ko'proq ishlasam, dars o'zim uchun ham, o'quvchilar uchun ham yengil o'tadi, lekin tan olish kerakki hamma darslarga ham bir xil tayyorgarlik ko'ra olmayman. Menimcha ko'pchilik ustozlarda shunday bo'lsa kerak. Yuqoridagi komment esa Online IELTS kursimizda qatnashgan o'quvchimizdan. Darslarni tugatdik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kanadaga ketmoqchiman! Sizni ham hayolingizdan shu o'tayotgan bo'lsa kerak?! Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Kanadadagi go'zal hayotni maqtab, o'sha davlatga jo'natish bilan shug'ullanishni boshlagan kompaniyalar ancha ko'payib va jonlanib qolgandek. Xaqiqattan Kanadaga viza olish jarayonlari shu kunlarda unchalik qiyin bo'lmayapti deb eshitdim. O'zimdagi balki skeptik xarakter tufaylimi bilmadim nimadir oson hal bo'ladi deyilsa shubha bilan qarayman. Bu bilan Kanadaga ketmang demoqchimanmi? Albatta yo'q. Imkon bo'lsa ketish kerak. Kanada rivojlangan davlat. Lekin ketishdan oldin taroziga qo'yib ko'rish kerakmi deyman. Ayniqsa osongina viza olib berib jo'natishni va'da qilayotganlar bilan faqat Kanadaga ketib olish emas, borgandan keyingi hayot haqida ham yaxshilab ma'lumot olish kerak. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz Quora.com websiteda Kanadaga dunyoning turli joylaridan Xitoy, Hindiston, Evropa, Afrika va boshqa joylaridan kelgan, turli yoshdagi xar hil kasb egalari Kanadadagi hayot haqida fikrlarini yozib borishadi. Shuni o'qib borishni tavsiya qilaman. Yolg'on gapirib nima qildim, ingliz tili mutaxassisi sifatida shu yerda ham ishim yaxshi va kelajakka rejalarim bor. Ammo korrupsiyadan holi va inson qadrini birinchi o'ringa qo'yadigan davlatda ham yashagingiz keladida. Quoradagi fikrlarini o'qib shuni anglayabmanki, hamma ham Kanadaga borib bahtli bo'lib ketmagan. Ayniqsa o'zizni yurtizda ma'lum bir statusga erishganizdan keyin, hammasini noldan boshlashga qanchalik tayyorsiz? Status deganimda boy yoki mashhur bo'lib ketib hammani e'tibori sizda bo'lishini nazarda tutmadim. Kasbiy va ijtimoiy nuqtai nazardan kelib chiqsak, siz o'z davlatingizda yaxshi bir tashkilotda doktor, iqtisodchi, muhandis yoki o'qituvchi bo'lishingiz mumkin. Kanadada esa hammasini 0 dan boshlaysiz va u yerga siz intellektual qatlam emas, asosan ishchi kuchi sifatida keraksiz. https://www.quora.com/Is-it-true-educated-immigrants-in-Canada-have-to-do-bottom-of-the-barrel-jobs-for-years-before-landing-a-job-that-mirrors-their-capabilities
Forwarded from Grantlar.uz
8-11-sinf oʻquvchilari uchun qishki oromgoh!

❄️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki oromgoh”ga qabul boshlandi.

Bu oromgohda qatnashish mutlaqo bepul.

Oromgoh tarkibi:
– startap loyiha yaratirish
bo‘yicha malakali mentor va xorijlik professorlardan 5-kunlik onlayn darslar;
– darslarni puxta o‘zlashtirgan qatnashchilar uchun startaplar tanlovi;
– tanlov g‘oliblari uchun qimmatbaho sovg‘alar, “Yozgi oromgoh”ga yo‘llanma hamda turli kompaniya va korxonalarga bir kunlik sayohat.

Qatnashish uchun ingliz tilini yetarlicha bilish lozim. Oromgoh haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN olishingiz mumkin.

Arizalar 2024-yil 9-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 ROʻYXATDAN OʻTISH

P.S. Roʻyxatdan oʻtish uchun 3 kishilik jamoa tuzish va aʼzolarning har biri registratsiya shaklini alohida toʻldirishi kerak.

@grantlar
Yaratuvchanlik 5 yoshda o'zining cho'qqisiga chiqadi va keyin bolalar maktabga chiqib uni yo'qotishadi. Maktab ta'lim bolalarning ko'proq chap miyasi - aqliy rivojlanish bilan bog'liq jihatiga ko'proq urg'u beradi. Natijada yaratuvchanlik va ijodkorlik bilan bo'g'liq bo'lgan o'ng miya shakllanmay qoladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Offline darslar baribir boshqachada! O'zingizga yaxshi bitta o'rtoq yoki dugona topib olasiz va mazza qilib ingliz tilida gaplashasiz. Beginner o'quvchilarimiz ham ancha ingliz tilida muloqotga kirishib qolishdi.
Yaxshi kitob ekan. Ingliz tilida nimadir o'qigim keldi. Shu kitob qo'limga tushdi. Kitob marketing sohasini tushunmasa ham, ingliz tilini bilgan educated reader uchun tushunarli tilda yozilgan ekan. Kitobni o'qib katta marketingchi bo'lib ketmoqchimasmanku lekin o'zimga yaxshi insightlar olayapman. Aslida marketing hozirda xar hil ko'rinishlarda barcha sohada bor. Imkon topsangiz kitobni albatta o'qishingizni tavsiya qilaman.
2024/09/29 09:22:50
Back to Top
HTML Embed Code: