Telegram Web Link
Bir joyda uzoq o'tirib qolish va harakat kamligi insonni lanj qilib qo'yadi. Miya faoliyati sekinlashadi va samaradorlik kamayadi. Shuning uchun kun davomida holatingizga qarab tanaffus qilib turing.

Ayniqsa o'qish va ishlardan charchab, ochiq havoda jichcha sayr qilishga nima yetsin!
👍7🔥32
I just wanted to fry 🤯
😁10👍2🔥1
Angliyada o'quvchilar maktablarda AI - sun'iy intellekt bilan ishlash ko'nikmalarini o'rganishlari uchun ta'limga a'lohida investitsiya qilish rejalashtirilmoqda.

2030 yilga kelib Angliyada taxminan 10 million aholi o'z kasbiy talablaridan kelib chiqib sun'iy intellektdan foydalanishi kutilmoqda ekan.

Intellekt o'zi sun'iy bo'lsa ham, u o'zi bilan birga olib kelgan muammolar, xavotirlar, o'ylovlar va rejalar hammasi tabiiy)
👍3
Visit to Oxford!

Headway va English File kitoblarini ota makoniga ziyoratga keldik!
🔥5🤩53👍2
Modeli va yili o'xshash bo'lgan BMW avtomashinalarini Toshkentdagi va Angliyadagi narxlarini solishtirishib ko'rishingiz mumkin.
🤯5😁3🔥1🤣1
Oxford Universiteti nashriyotiga qilgan safarimizda sovg’a qilingan Oxford lug’atining eng oxirgi 10 nashridan Janob Fyodor Dostoevskyning “Jinoyat va Jazo” asarini ingliz tilida o’qiyotib foydalandim.

Jonli lug’atni elektron lug'atdan ayrim ustunlik tomonlarini sezdim.

Jonli lug’atni varaqlab so’zlarni topish jarayonida haqiqiy ilm o’rganish hissiyoti va zavqini tuydim.
Elektron lug'atlarda bitta knopkani bosganimda so’zni ma'nosini shu soniyaning o’zida chiqarib bergani uchunmi, so’zni qadriga yetmasdan, yuzaki qarab o’tib ketar ekanman.

Jonli lug’at bilan esa bilmagan so’zingizni ma’nosini lug’atni varaqlab varaqlab topishingiz kerak. So’zni izlab topishni o’zi a’lohida bitta kichkina tadqiqot. Biroz mehnat sarflab topganingizdan keyin, yuzaki qarab o’tib ketish yo’q, qayta-qayta tikilib, yonidagi boshqa so’zlar va gaplari bilan qo’shib o’rganar ekan odam.

Elektron lug’atga qaraganda, jonli lug’atda so’zlarni topish tezligi sekinroq bo'lsa ham lekin eslab qolish samaradorligi yuqoriroq tuyuldi menga.
🔥131
2025/09/14 03:31:51
Back to Top
HTML Embed Code: