Telegram Web Link
Forwarded from Grantlar.uz
FLEX dasturiga qabul boshlandi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida yashash va oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

Arizalar qabul 2023-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
🔥51👍1
Shu kitobdan dars qilgan va dars berganlar bormi? 😁
😁35👍8🔥2
Hayitov ELT
Shu kitobdan dars qilgan va dars berganlar bormi? 😁
Kitobni bekorga eslamadim. Kutilganidek Gen Z ( yangi avlod) bunaqa kitob borligini hatto bilishmaydi. Asosan milenniallarda, 2000 yillar atrofida ingliz tili o'rgangan avlodda, bu kitob bilan bog'liq yaxshigina xotiralar bor deb o'ylayman. 2004-07 yillar litseyda shu kitobdan o'rganganmiz. 2013 yil litseyda endi dars berishni boshlaganimda, 1 kurs o'quvchilariga shu kitobdan foydalanishni boshlaganman. Undan oldin univerni tugatib bir necha yil boshqa sohada yurib, keyin harbiy xizmatni o'tab ta'limdan ozgina uzoqlashgandim. Mullayam o'z bilganini o'qiydi degandek, o'zim o'rgangan kitob deb, litseydagi o'quvchilarga shu kitobdan boshlavorganman. Kutilmaganda, bu kitobdan dars o'tishim guruhdagi bir necha protagonistlarning e'tiroziga sabab bo'lgan. -'Eski kitob', 'Zerikarli kitob' 'mavzularni tushunmayabmiz' deb da'volar qilishgan. Men ham bo'sh kelmaganman. Ayb kitobda emasligini, o'quvchilar o'zlari darsga munosabatini o'zgartirishi kerakligini aytaverdim. Tortishuvlar bo'ldi. Ba'zi ota onalar ham menga e'tiroz bildirdi. Shu paytlarda menga o'xshab ingliz tilidan dars beradigan bir do'stim bilan darslarda foydalanayotgan materiallarimiz haqida gaplashib qoldik. Bonkdan dars o'tayapman deganimda, to'g'risi kulgisi keldiyu o'zini zo'rg'a ushladi. 'Sal zamonaviyroq, yaxshiroq kitobdan o'tsang bo'lmaydimi?' deb gapirib qo'ydi. O'shanda buni nima farqi bor deb qaysarlik qilganman. Xozir eslasam, til o'rganishda darslarni samarali va qiziqarli qiladigan zamonaviy materiallar va trendlarni o'rganmasdan dars boshlab yuborganim xato bo'lgan. Lekin masalani yana bir tomoni, kitobga e'tiroz bildirmay qunt bilan o'rgangan o'quvchilarni ingliz tilisi yaxshilanib progress qilib boravergan. E'tirozchi o'quvchilar litseyda o'tgan 3 yil vaqtda qancha o'qituvchi almashtirmasin natija sezilmadi. Hamma gap mindsetda bo'lgan shekilli. O'qishga, o'rganishga nisbatan to'g'ri munosabatni shakllantira olishingizga ko'p narsa bog'liq.
👍23🔥32
🔰English language tests and marking systems
🔥91👍1
The commission continues to struggle to enhance its _____ management processes.
Anonymous Poll
73%
Internal
27%
Interior
👍101😁1
Hayitov ELT
The commission continues to struggle to enhance its _____ management processes.
Interior and internal can both refer to the inside of a physical object, but only internal is used about processes that happen inside an organization. So the correct answer is internal.
5👍3😁2
#Collocations #Music
🔸Musically gifted – having a natural talent for music
🖍My older brother Alex is very musically gifted
🔸Strum a guitar – play a guitar
🖍He spends all his free time strumming a guitar
🔸Song lyrics – the words to a song
🖍He is a composer and also writes song lyrics
🔸Sizeable following – a lot of fans
🖍They formed a band and attracted a sizeable following
🔸Play gig – giving small, informal performances
🖍They started out playing gigs in bars and clubs
🔸Massive hit – a very popular song
🖍A remixed track from their CD became massive hit
🔸To release an album – make the album available to the public 🖍Their second album will be released at the end of the year
🔸Be tone-deaf – unable to correctly identify musical notes
🖍A career in music isn’t for me – I’m completely tone- deaf

For more collocations join👉 @Insight_English
👍7🔥31
Bugun bir speaking chat qilsak nima deysiz?! Speaking part 3 topics for today: 1 Transportation, leisure facilities 2 Old people, selfishness 3 Goals and rewards 21:00da 📍MY5da, e uzr, @Insight_Englishda😂
👍11😁63🤣3
⚡️Ingliz tili ustozimisiz!? Yangi o’quv yilidan yangicha uslubda, zamon talabiga mos tarzda darslarni o’tmoqchimisiz!?
Unda sizni 1 oylik online 'Flexible Teacher' kursiga taklif etamiz:
🔸Grammatika va IELTS darslarini interaktiv tarzda tashkil qilish uchun materiallar va instruksiyalar.
🔸 Mixed Ability (o’quvchilar darajasi har xil bo’lgan) sinflarda o’quvchilarni darsga jalb qilishda yuqori samara beradigan metodlar.
🔸ELT ( ingliz tili o’qitish) sohasidagi bugungi zamonaviy trendlar va ustozlardan kutilayotgan ko’nikmalar borasida malakali hamkasblarimiz bilan telegram orqali jonli muloqot tashkil qilinadi. Kanalga ulanish:👉 @Insight_English Murojaat uchun:👉@BekzodHayitov
🔥9👍3
Live stream scheduled for
Whatisit🤔. Can you guess what it is?
👍81
🔰Before we kick off the IELTS speaking discussion, let me introduce the rules of the chat.
1 As the amount of time of the discussion is limited, only prepared students are advised to participate.   
2 Each speaker is allocated around 5-6 minutes. 
3 Make sure that you have a stable internet connection and check your voice system e.g. a microphone, speakers. In case I am not able to hear a speaker clearly, I will have to mute them and allow the next candidate to speak.
I hope everything is clear with the requirements. See you in the chat at 9 p.m.! 😊
👍51
Forwarded from Hayitov ELT (Hayitov Bekzod)
Bugun bir speaking chat qilsak nima deysiz?! Speaking part 3 topics for today: 1 Transportation, leisure facilities 2 Old people, selfishness 3 Goals and rewards 21:00da 📍MY5da, e uzr, @Insight_Englishda😂
👍9😁8
We're getting started
👍7
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Ustozlar siz nima deysiz shunga?
👍82
Hayitov ELT
⚡️Ingliz tili ustozimisiz!? Yangi o’quv yilidan yangicha uslubda, zamon talabiga mos tarzda darslarni o’tmoqchimisiz!?…
'Flexible teacher' - Ingliz tili o'qituvchilari uchun tashkil qilayotgan kursim bo'yicha ustozlar murojaat qilishmoqda. Oldingi postda kurs umumiyroq qilib tushuntirilgan. Kurs bo'yicha murojaat qilgan o'qituvchilarga kurs nimalarni o'z ichiga olishini batafsilroq tushuntirib berayapman. Ingliz tili o'qituvchilariga har safar offline seminar yoki workshop o'tkazsam, interaktiv metodlarni juda katta ishtiyoq bilan o'rganishadi. 1-2 soatlik offline workshopda ko'pi bilan 4-5 ta metod o'rganish mumkin, bundan ham faqat menga yaqin hududdagi o'qituvchilar foydalana olishgan. Ba'zi o'qituvchilar biror sabab bilan aynan o'sha kuni kela olmasligi ham mumkin. Bugungi internet taraqqiyotidan foydalanib shuni online tashkil qilsak, ustozlarga yangicha metodlarni o'rganish biroz bo'lsada yangi o'quv yili uchun foydali bo'lardi, ayniqsa, uzoq hududlardagi ustozlarimiz uchun ham qulay, ham manfaatli bo'lardi. Toshkentga kelib pul va vaqt ketkazishlariga hojat qolmaydi. Xususiy sektorda ham, davlat ta'lim muassasida ham faoliyat yuritayotgan ustoz sifatida orttirgan tajribam, metodlar va insightlarimni shu kurs davomida siz bilan bo'lishaman. Kursdan keyin albatta yangi mavsumni o'zingizga ancha ishongan holda boshlashingizga ishonaman. Kurs uchun murojaat: @BekzodHayitov
👍91🔥1
Hayitov ELT
Ustozlar siz nima deysiz shunga?
Xo'sh, agar haqiqattan ham Aptis va Linguaskill javoblari tarqalib ketgani va test bazasi yangilanmaganidan darajasi C1 ga tortmaydigan o'qituvchilar ham bu imtihonlardan C1 darajaga erishgan bo'lsa, ayb kimda? Albatta test o'tkazayotgan tashkilotlarning o'zida. Bazani yangilab turish va test javoblarini confidential saqlash kerak edi. Lekin orada o'zini bilimi bilan bu testlardan C1 darajani olgan o'qituvchilar ham bordir? Ular nima qiladi endi? Agar o'qituvchi o'zi C1 darajaga bilimi tortmay, testdan boshqa yo'llar bilan o'tib ustama olayotgan bo'lsa yaxshi ish emas. Balki norozi bo'layotgan o'qituvchilarga test qaytadan hech qanday to'lovlarsiz tashkil qilib berilsa va ularning haqiqiy bilimi sinalsa adolatdan bo'ladimi. Shunda yana hammasi ma'lum bo'ladi. Bilimi bilan o'tgan o'qituvchi yana o'tadi. Omadi kelib o'tib qolgan o'qituvchilar yana bir omadini sinab ko'radi.
🔥5👌41👏1
2025/07/14 09:44:08
Back to Top
HTML Embed Code: