Hayitov ELT | IELTS 8.0
Photo
Orzu qilish tekin va buning aybi yo'q. O'zbekistonda to'g'risi avtomobilga qiziqmaganman. Negadir zerikarli tuyulgan O'zbekistonni mashinalari. Lekin UK da zavq bilan "inomarkalarni" tomosha qilayabman. Yaxshi niyat yarim mol, siz ham havas bilan birortasini mo'ljallab qo'ying.
Good afternoon guys
Speakingdan chat qilsam qo'shiladiganlar bormi ?
ustozni shogirdlariman speakingim 7.5😊
Speakingdan chat qilsam qo'shiladiganlar bormi ?
ustozni shogirdlariman speakingim 7.5😊
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Good afternoon guys Speakingdan chat qilsam qo'shiladiganlar bormi ? ustozni shogirdlariman speakingim 7.5😊
Guys, I think today's a great day to start a speaking challenge!
we will meet at 22:30 pm
is it goood ?
we will meet at 22:30 pm
is it goood ?
"Ovqatni yaxshi ko'raman, lekin isrofni yomon ko'raman."
Bu maxsus non sotiladigan paketdagi yozuv. Bu nonni tayyorlash uchun bug'doyning 10 oy davomida o'stirilishini ham eslatishgan.
IELTS testida Consumerism (istemolchilik) mavzusi uchun yaxshi authentic ( real hayotdan olingan) material ekan. Ayniqsa isrofgarchilikning oldini olish uchun kompaniyalar shunday kichik (educational yoki moral) postlardan foydalanishi mumkinligini isrofgarchilik muammosiga yechim sifatida ko'rsatsa bo'ladi. Keyingi argument esa shunday kichik ko'lamdagi targ'ibotlarning ta'sir doirasi haqida bo'lishi mumkin. Masalan odamlar o'zi qanchalik shunday paketlardagi yozuvlarni o'qishadi, bu ularga qanchalik ta'sir qiladi va hokazo.
Ingliz tili yoki IELTS ustozi bo'lsangiz, bu materialdan consumerism yoki advertising kabi topiclarda foydalanishingiz mumkin.

Assalomu alaykum guys
yana voice chat qilamizmi ?
vaqtini aytib yuboringlar😊
yana voice chat qilamizmi ?
vaqtini aytib yuboringlar😊
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oldinroq “In My Mosque” kitobini kanalda tanishtirgan edim. Hozirgi qisqa videoni Exeterdagi Islamic Centre (masjid)da oldim. Bu joy menga xuddi o‘sha “In My Mosque” kitobidagi holatni eslatdi. Bu yerda yoshlar va qariyalar, ayollar va bolalar, boshqa din vakillari va musulmonlarni birga ko‘rishingiz mumkin. Mahalliy xalq bu yerga suhbat uchun yig‘ilgan. Mehmon – Ilan Pappe, Exeter universiteti professori. U Isroil va Falastin mavzusida ko‘plab maqolalar va kitoblar muallifi bo‘lib, Isroilning Falastinga uyushtirayotgan genotsidlariga qarshi yetakchi faollardan biri hisoblanadi.
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Oldinroq “In My Mosque” kitobini kanalda tanishtirgan edim. Hozirgi qisqa videoni Exeterdagi Islamic Centre (masjid)da oldim. Bu joy menga xuddi o‘sha “In My Mosque” kitobidagi holatni eslatdi. Bu yerda yoshlar va qariyalar, ayollar va bolalar, boshqa din…
Janob Ilan Pappe bilan suhbat jarayonida meni ba'zi narsalar hayron qoldirdi. Avvalambor, ko'proq ta'limiy va siyosiy ahamiyatga ega uchrashuvning diniy maskanda tashkil qilingani. Suhbat davomida o'zimdan boshqa biror kishining videoga yoki rasmga olayotganini ko'rmadim. Tadbir ohirida yig'ilganlar kelib professor bilan rasmga tusharmikan, deb o'yladim, ammo hech kim bunday qilmadi. Sababi, yig'ilganlar Isroil va Falastin muammosiga haqiqatan befarq bo'lmagan, professor kitoblarini o'qib chiqqan oddiy insonlar, shu bilan birga intellektual qatlam vakillari ekanligi ko'rindi. Yig'ilganlarning haqiqatan professorning fikrlari va o'z savollariga oladigan javoblari ijtimoiy tarmoqlarga rasm va video joylashdan ko'ra ko'proq qiziqtirishi sezildi.
Forwarded from Scholarship Region
2025 Hornby Trust Scholarship at University of Exeter UK | Fully Funded
https://www.scholarshipregion.com/hornby-trust-scholarship/
Host Country: United Kingdom 🇬🇧
Scholarship For:
* Postgraduate
* Masters
Eligible Country: Low-and-Middle-Income Countries
Benefits:
- Full Scholarship with £15,500 stipends
- Covers Travel costs and Accommodation
Deadline: February 26, 2025
⚡Share this update with your friends
🎙️SOURCE: Scholarship Region

Scholarship Region
2025 Hornby Trust Scholarship at University of Exeter UK | Fully Funded | Scholarship Region
Hornby Trust Scholarship includes full tuition fees, a generous stipend of at least £15,500 for accommodation and living expenses, and return international travel costs.
Ozgina kech qolibmiz. University of Exeter, HASS - the Faculty of Arts, Humanities and Social Sciences, 2023-2024 o'quv yili, talabalarining graduation ceremony ( bitiruv marosimi) bo'lib o'tdi. Yetib kelganimda deyarli tugab bo'lgan ekan. Asosiysi mana bu do'mboq yigit do'stim Leonardoni tabriklab estalikka suratga tushdim. O'zi niyat ham shu edi.Leo Braziliyalik, ochiq ko'ngilligi va bag'rikengligi do'mboqqina qomatini bezab turadigan yaxshi inson.) Barcha Magistraturada o'qiyotgan talabalarga, shu qatorda o'zimga ham ;) universitetlarni muvaffaqiyatli tugatib, xursandchilik bilan mana shunday estalik suratlarga tushishlarini tilab qolaman.
Muammoni Muammolashtiring va O'z Hikoyangizni Yarating!
Men shu paytgacha kuzatganlarim va hozirda Britaniyada akademia faoliyatni kuzatib turib, ilm-fan sohasidagi insonlar ya yaxshigina hikoyanavis (storyteller) bo'lishlari kerak deb hisoblayman. Masalan, bizning soha — ingliz tili o'qitish — juda ko'p yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Ulardan hammasidan oz-moz xabardor bo'lish muhim. Ammo eng muhimi, bir yoki ikki yo'nalishni mahkam ushlab, o'sha maydonda yetuk mutaxassis bo'la olish.
O'zingiz qiziqqan va ustida ishlayotgan yo'nalishni esa "sota" olishingiz kerak. Bu yerda sotish deganda, men Instagram yoki Telegramda mahsulot yoki kurs reklama qilishni emas, balki xalqaro konferensiyalar yoki grantlar uchun loyihalarda g'oyangizni sotishni nazarda tutyapman. Suhbatlar, muhokamalar va intervyularda g'oyangizning muhimligini hamda unga e'tibor berilishi kerakligini asoslab, tushuntira olish juda muhimdir. Buni chuqur bilim va o'zingiz egallagan puxta bilimni ingliz tilida aniq va ta'sirli tarzda ifoda etish ko'nikmalarisiz amalga oshirishning iloji yo'q.
Inglizlarda bir idioma bor: “Jumping on the bandwagon” — bu iborani “oqimga qarab suzish” yoki “trendga ergashish” deb tushunish mumkin. Masalan, IELTS testiga tayyorlanish yoki tayyorlash bizda ayni "bandwagon". Ko'pchilik aynan shu bilan mashg'ul.
Ko'pincha mana shu "bandwagon" ichidagi ko'pchilik e'tibor bermayotgan, lekin salbiy ta'sirlari sezilayotgan muammolarni ko'tarib chiqish mumkin. Masalan, IELTS testiga tayyorlanish jarayonida o'qituvchilar o'quvchilarining critical thinking, critical reading, va critical writing ko'nikmalarini oshirishga qanchalik e'tibor berishyapti? IELTSdan yuqori ball olish, yuqorida aytilgan uchta ko'nikmaning puxta egallanganini bildiradimi? Yoki, ingliz tili o'qituvchilarining obro'si va darajasi ham aynan ushbu test natijalariga bog'liq bo'lib qolayotgani qanchalik to'g'ri?
Vaholanki, o'qituvchilar uchun birinchi o'rinda emotional intelligence, communication, interpersonal, visionary, yoki leadership ko'nikmalarining yuqori bo'lishi til ko'nikmalaridan ham muhimroq emasmi? Lekin bu jihatlar inobatga olinmay, faqatgina til sertifikatlari asosida baho berilishi va o'qituvchilar asosan shu mezonga qarab ishga olinishi qanchalik to'g'ri?
Mana shunga o'xshash yoki boshqa muammolarni ko'rganingizdan so'ng, bu mavzuda ko'proq o'qib-o'rganishingiz va o'z hikoyangizni yaratishingiz kerak. Bu jiddiy muammo ekanligi, bunga e'tibor qaratish va zarurat tug'ilganda o'zgarishlar qilish kerakligiga boshqalarni ishontirish aynan sizning hikoyangizga bog'liq. Nufuzli grantlar va loyihalar uchun mablag'lar asosan shu tarzda qo'lga kiritiladi.
P.S. Muammoni shunchaki ko'rsatib qo'ymang. Muammoni muammolashtiring!
©Bekzod Khayitov