Hammasi maqsadingizga bogʻliq yoki nega hamma ham dasturchi boʻlolmayapti?

IT-kasblarga qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Buning aniq sabablaridan biri yuqori ish haqi. Koʻplab yoshlar dasturlashga kasb sifatida qiziqish emas, balkim tez boyib ketishni maqsadida oʻrganishni boshlashadi. Ushbu yondashuv tufayli ular bir necha oy ichida sohani oʻzlashtirishga harakat qilishadi va natijada hafsalasi pir boʻlib, uni tashlab ketishadi.

Nima uchun bir necha oy ichida dasturlashni oʻrgana olmaysiz?

Dasturlash sohasini shartli ravishda ikki qismga boʻlish mumkin: ixtisoslashtirilgan taʼlim va “oʻz-oʻzini oʻqitish”. Statistikaga koʻra, kod bilan ishlashning barcha nozik tomonlarini mustaqil ravishda oʻrganganlar bir necha baravarga kam. Nima uchun?

Dasturlashni o'rganuvchilar uchun eng yirik platformlatridan biri Coursera ning statistikasiga koʻra, dasturlash kurslarini boshlaganlardan oxirigacha boradiganlari 6% dan oshmaydi. “Oʻz-oʻzini tarbiyalash” yo'lidan ketganlar yanada kamroq muvaffaqiyat erishishadi.

Soha mutaxassislarining taʼkidlashicha, kasbni egallash uchun 2,5 yilni fundamental taʼlim uchun ajratish zarur. Ushbu oʻqish davrida odam faqatgina Junior-dasturchi maqomiga erishishi mumkin (Dasturchilar maqomlari haqida alohida postda yozaman).

Pul maqsadga aylanmasligi kerak boʻlsa, unda qanday qilib toʻgʻri yondashish mumkin?


Har qanday kasbda boʻlgani kabi, istak birinchi navbatda odam uchun gapiradi. Tajribali dasturchilar taʼkidlashlaricha, dastlab ularning motivatori umuman moddiy boylik emas, balki sohada yuqori darajalarga erishish hissi yoki hamma uchun taniqli bo'lgan kompaniyalarga ishga kirish bo'lgan. 

PS: Mening madsadim yaratuvchi bo'lish deb qoʻrqmasdan aytolaman.
Chiqayotgan eshigingizni qattiq yopmang
Yoxud: Faqat siz yaxshi-yu, qolganlar yomon-mi?

Dasturchilar yoki boshqa soha vakillari ham vaqti kelganida ish joyini o’zgartirishlariga to’gri keladi. Chunki bizni hech qachon hozirgi holat qoniqtirmaydi. Har doim ketishga sabab topa olamiz.

Ishga kirish maqsadida kelgan ko’pchilik bilan suhbat jarayonida beriladigan asosiy savollardan biri “Oldin qayerda ishlagansiz yoki hozir qayerda ishlayapsiz?” shu bo’ladi. Bu savolga nomzoddan sobiq yoki hozirdagi ish joyi yani qaysi ekanligiga aniqlik keltirib berishi kutiladi. Nomzod bu savolga shartli ravishda “ABC” deb javob beradi, “bla bla bla” deb “ABC” kompaniyasini ta’riflab beradi.

Keyin esa nomzodga “ABC kompaniyasida sizga qo’yilgan majburiyatlar qanaqa edi?” degan savol beriladi. Nomzodga bu savolni berishdan ko’zlangan maqsad, oldin qanday yo’nalishda (projectda, serviceda) tajribaga ega ekanligini aniqlash va ish beruvchi kompaniyada uning tajribasiga mos keluvchi ish o’rni (komanda) bor yoki yo’qligiga aniqlik kiritish bo’ladi.

Keyingi savol: “ABC kompaniyasidan nega ketmoqchisiz?”
Nomzod bilan suhbatning aynan shu qismi bu postni yozishga turtki bo’ldi.

Aksariyat nomzodlarning beradigan javobining o’zagida “Men bir to’da axmoqlar orasida D'Artanyan edim” degan mano yashringan bo’ladi. Va bir to’da axmoqlarning unga nisbatan qilingan noto’g’ri munosabatlari yoki ish beruvchining unga nisbatan komanda xoxlagandek munosabatda bo’lmaganligi, bla-bla-bla, fizz-bizz, blablabla…

Nomzod bu savoldan ham sobiq ish joyini yoki komandasini yomonlab o’zi qup-quruq chiqdi deylik, navbatdagi savol uni javobsiz qoldirishga majbur qiladi:
"Sobiq ish joyingizda sizga noqulaylik tug’diradigan holatlarni tuzatish uchun qanday yo’l tutdingiz?"

Agar postni shu qismigacha o’qigan bo’lsangiz muammo nimada ekanligini tushunib bo’ldingiz deb o’ylayman.

Nomzod sifatida suhbatga borar ekansiz, yuqoridagi savollar sizning Soft yani (Soft va Hard bilimlar to'g'risida alohida postda yozaman), dasturlash tili yoki texnologiyasiga umuman aloqasi bo’lmagan bilimlaringiz (insonlar bilan qiladigan muomala madaniyatingiz, psixologik og’ir vaziyatlarda o'zingizni qanday tutishingiz) tekshiruvi uchun xizmat qiladi.

Sobiq ish joyini yoki ish beruvchini yomonlab, o’sha joyga qaytib borib ishlashda davom etganlarni ko’rdik.

Nomi ulug’ kompaniyalarda ishlab, tajriba orttirib, O’zbekistondagi kompaniyalarga qaytib kelib ishlaydiganlar ham oramizda ko’pgina.

PS: Bu turdagi savollarga o'zingizni va boshqalarni ham yomon ko'rsatmasdan javob berishga harakat qilganingiz ma'qul deb o'ylayman.
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Siz dasturlashni noto’g’ri o’rganyapsiz

Yaqinda bir nechta bo’lajak dasturchilar bilan gaplashganimda o’rganish rejalari haqida so’radim. Ular tahminan quyidagicha javob berishdi:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Intermediate kitob/kurs tugataman.
3. Advanced kitob/kurs tugataman.
4. Biror loyiha qilaman yoki ishga kiraman.

Muammo shundaki, siz ming advanced kitob o’qiganingiz bilan darajangiz advanced bo’lib qolmaydi. Huddi kachok bratlarni zalda trenirovka qilayotganini tamosha qilish orqali o’zingiz kachok bo’la olmaganingiz kabi.

O’zingiz amaliyot qilmagingizgacha o’zgarish juda juda sekin bo’ladi.

Reja tahminan quyidagicha bo’lishi kerak:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Kichik loyiha qilaman.
3. Intermediate kitob/kurs tugataman.
4. Kattaroq loyiha qilaman.
5. Qiyinroq loyiha qilaman.
6. Yanada qiyinroq loyiha qilaman.
7. Undanda qiyinroq loyiha qilaman.
8. Va hokazo.

Advanced levelga faqat shunday qilib chiqasiz.

@jakhonrakhmonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor veb animatsiya va veb o'yinlar yasashni noldan boshlab o'rgatayotgan edik va bugun aynan shu darsning 2 - qismi youtubega joylandi.

Two.js orqali manashunday ajoyib shakl yasashni xohlasangiz hozir youtubega joylangan video siz uchun.

Video darsni ko'rish uchun: 👇👇👇👇
https://youtu.be/TWWqsiAeKM8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Two.js orqali manashunday ajoyib shakl yasashni xohlasangiz hozir youtubega joylangan video siz uchun.

Video darsni ko'rish uchun: 👇👇👇👇
https://youtu.be/45yyTNG3lSQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi videoda siz yana bir qiziqarli animatsya yasashni o'rganasiz. Shu animatsiyani mishkani harakatiga qarab harakatlanadigan qilishni va sahifani pastga tushurganizda ham shu animatsiya harakatga keltirishni o'rganib olasiz.

Video darsni ko'rish uchun: 👇👇👇👇
https://youtu.be/IWDgySJSZ0w
Youtubega joylanayotgan video darslarni ko‘rayabsizmi ?

Nima sababdan ko‘rayabsiz yoki ko'rmayapmiz izohda yozib qoldiring.

Fikringiz biz uchun muhim😊
Hayit muborak aziz dindoshlar !!!
Networking juda muhim.

Ekstravert emasman (men shunday deb hisoblayman). Tusovkalarda (doʻstlar yoki tanishlar bilan birga oʻtirganimizda) koʻp holatlarda telefonda maqolalar oʻqib oʻtiraman. Chunki u yerda koʻtariladigan mavzular zerikarlidek tuyuladi.

Oxirgi paytlarda shuni tushunib yetdimki, inson har qanday mavzuda boshqalar bilan suhbatlar olib borsa, miyasida javobsiz qolgan savollarga javoblar toparkan. Miya bu savollar haqida oʻylashdan toʻxtab, fikrlashga moʻljallangan resurslar boshqa tomonga sarflanish imkoniyatiga ega bo'larkan.

Hamma asosiy ishdan boshqa doʻstlar bilan yigʻilishlarga, tadbirlarga (sohangizga aloqador boʻlsa ham) vaqt topolmasligini aytib borishdan bosh tortishadi. Men ham shunaqa insonlar tarkibiga kiraman. Chunki hozirda qilayotgan ishim hammasidan muhim boʻlib koʻrinaveradi.

Bir necha hafta oldin Nuruddin Iminokhunov (bloger, startuper, product manager) bilan shunchaki suhbatlashish uchun birga nonushta qilishni kelishib oldik. Ishonsangiz aslida nima haqida gaplashishni oʻzimiz ham yaxshi bilmasdik, lekin gap-gapga ulanib ancha mavzular koʻtarildi. Eng ajoyib joyi yillab meni qiynab kelgan savollar oddiy soʻzlashuv orasida oʻz javobini topdi.

Networking hamma narsadan muhim deyolmayman, lekin har bir soha vakili networking uchun vaqt ajratishi kerak.

Bunday deyishimga arzigulik sabablar:

1. Networking — boshqalarning yoki boshqa bozorlarning iqtisodiyotini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Omma oldida aksariyat insonlar pul haqida gaplashishni afzal koʻrmaydilar, aslida esa bu hamma uchun juda qiziq mavzulardan biri. Har qanday biznesning yoki faoliyat turining iqtisodiyoti har doim sirligicha qoladi, birga-bir oʻtirib gaplashganda esa, bu va bunga oʻxshash mavzularga alohida urgʻu beriladi.

2. Networking bu sizga kelajakdagi yoʻlingiz uchun chipta vazifasini oʻtash ehtimolligi juda katta. Siz network qurayotgan inson yoki insonlar jamoasining ham oʻzlarining networklari bor. Agar ular siz (hayotdagi qarashlaringiz, qoʻlingizdan keladigan ishlar) haqingizda bilishsa, kimgadir siz haqingizda aytishlari imkoniyatini oshiradi.

Shu bilan birga, uchrashuvlar yoki shunga oʻxshash tadbirlarda muvaffaqiyatli network qurishda quyidagilar sizga yordam beradi deb o'ylayman:

1. Suhbatga taklif qilishni o'rganing. Suhbatdoshning fikrlari qiziq bo'lsada, "nega men birinchi bo'lib taklif qilishim kerak" deb hamma qiynaladi. Sizda kim bilan bo'lsada suhbat qurish niyati paydo bo'ldimi, demak tanlangan suhbatdoshning fikrlari siz uchun qiziq. Buni ochiq aytsangiz suhbatdosh bundan bosh tortmaydi.

2. Savollar bering. Qaysidir soha kesimida istalgan kishi sizdan koʻproq narsani bilishi aniq. Suhbatni shundan boshlang. Bu, birinchidan, qiziqarli, ikkinchidan, bunday turdagi suhbat sizga yangi gʻoyalar berishi mumkin.

3. Tinglashni ham biling. Savolingizni suhbatdoshga berib oʻzingiz undan-da aqlli boʻlib koʻrinmoqchi boʻlsangiz, siz bilan hech kimning suhbatlashgisi kelmaydi.

Menimcha har qanday ma'lumotni (to'g'ri yoʻl bilan izlansa) internetdan topish mumkin. Lekin afsuski, oʻqilgan, eshitilgan, koʻrilgan maʼlumotlar biz uchun shunchaki foydali maʼlumotga aylanmaydi. Olingan maʼlumot haqida kim bilandir suhbat olib borsangiz yoki, oʻsha maʼlumotni muhokama mavzusiga aylantirsangiz, oʻshanda miya maʼlumotni toʻg'ri shaklga soladi va maʼlumotning foydalilik darajasi oshadi.

Telegram | Youtube
Dasturchi qancha haq olishi kerak?
Yoxud: Dasturchi o’z mehnatining qiymatini qanday bila-oladi?

Kechagina Yandex bosh direktori Elena Bunina, Alfa-Bankning HR bo'limi boshlig'i Marat Ismagulov va bir-necha shu sohaga aloqador kishilar ishtirokida olib borilgan Деньги пришли podcastini ko’rib chiqdim.

Podcastda hamma uchun og’riqli bo’lgan mavzular ko’tarilgan. Podcast olinganiga ancha bo’lgan bo’lsada, og’riqli mavzular haligacha shundayligicha qolmoqda.

Demak, podcastda menga eng yoqqan va hamma uchun foydali bo’ladi deb o’ylagan savollarim va ularga mutahassislarning javoblarini qisqacha yoritmoqchiman.

Savol: Ishga nomzodlik suhbatida, nomzod birinchi bo’lib pul haqida gap ochgani qanchalik to’g’ri?

Mutahassislar javobi:
Aksariyat xollarda kompaniya nomzoddan birinchi bo’lib narx belgilashini kutadi, agar ishchi aytgan narx aslida unga loyiq ko’rishganidan ko’p bo’lsa ham, rozi bo’lishadi. Maqsad boshlang’ich motivition berish uchun.

Savol: Olayotgan ish haqi ishchini qoniqtirmasa qanaqa yo’l tutish kerak?

Mutahassislar javobi:
Bu haqida kechiktirmasdan bo’lim boshlig’ingizga yoki HRga murojaat qiling. Sizning ichingizda uzoq vaqt norozilik yashasa, keyinchalik kelishuvlar muvoffaqiyatli bo’lishi ehtimolligi kamayadi. Men olayotgan ish haqimdan noroziman deb emas balkim, men o’sishni xoxlayman, buning uchun mendan nima talab etiladi deb.

Savol: Ishchi boshqa kompaniyadan yaxshiroq taklif olsa qanaqa yo’l tutgani maq’ul bo’ladi?

Mutahassislar javobi:
Deylik sizga boshqa kompaniya 1.5, 2 yoki 3 baravar ko’p pul taklif qilayotgan bo’lsa, siz bu haqida bo’lim boshlig’ingizga yoki HRga aytsangiz, bu ochiqchasiga shantaj deb tushiniladi. Shuning uchun bu haqida aytmasdan shunchaki, meni boshqa kompaniyaga ishga taklif qilishdi lekin, men ketmoqchi emasman. Agar qoladigan bo’lsam qanday yo’l tutamiz ma’nosida so’zlashuvni olib borganingiz maq’ul.

Savol: Ishchi o’z mehnatining haqiqiy narxini qayerdan bila-oladi?

Mutahassislar javobi:
Haqiqiy naxr degan tushuncha juda mavhumdir. Hozirgi bozor holatida haqiqiy narx deydigan bo’lsak, bu ham har-xil kompaniyalar kesimlarida turlicha bo’lishi mumkin. Hamma o’z imkoniyatidan kelib chiqib va bozorni o'rganib, ish haqi belgilaydi. Bugungi kunda bozorda siz qila-oladigan ishning haqiyqiy qiymatini faqatgina boshqa kompaniyalarda suhbatdan o’tib aniqlab olishingiz mumkin. Lekin bunga qo’l urayotganingizda ehtiyot bo’ling, sizning boshqa joydan ish qidirib yurganingiz, siz va ish beruvchi o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir o'tkazishi mumkin.

Telegram | Youtube
Individual online darsga qatnashing va ishga joylashing.

7 yillik tajribaga ega senior dasturchi Jonuzoqov Dostonga shogird tushishni xohlasangiz unda bu taklif siz uchun.

Dars faqat bir kishiga o'tiladi faqat tugatganizdan keyin o‘zimizga ishga qolish sharti bilan.

Dars online tarzda bo‘ladi, davomiyligi 5 oy.

Shogirdlikga hamma ham olinmaydi sababi shaxsan Jonuzoqov Doston tanlab oladi.

Agarda shogird tushmoqchi bo'lsangiz @HerossonAdmin ushbu manzilga ismingiz, yoshingiz, telefon nomeringiz va nima uchun aynan sizni shogirdlikga olish kerak ? Degan savolga javob berib yozishingiz kerak. Sizga qaysi vaqtda telefon qilish qulayligini ham yozib qoldiring.
Dasturchi sifatida loyiha bilan ishlash turlari

Men 2016-yildan beri dasturlash bilan shug'ullanayotgan bo'lsam shuncha vaqt ichida turli xil kompaniyalarda, loyihalarda turli ish tartiblarida ishlash imkoniyatiga ega bo'ldim. Shu tajribamdan kelib chiqib dasturchi sifatida turli tartibda ishlash afzalliklari va kamchiliklari haqida aytib o'tmoqchiman.

Dasturchilarning loyiha bilan ishlash turlarini asosan quyidagilarga ajratish mumkin:
- kompaniyada/loyihada doimiy ishlash
- frilanserlik qilish.

Yana ba'zi joylarda 3-tur sifatida tadbirkor-dasturchini ham qo'shishadi, ya'ni o'z startapi uchun dasturiy mahsulot ishlab chiqish. Lekin bu yo'nalishni ko'rib chiqmaymiz.

Kompaniyada/loyihada doimiy oylikka ishlash (maoshbay). Mehnatga haq to'lashning eng keng tarqalgan usuli. Odatda bunday kelishuv uzoq muddatga, doimiy ishga qabul qilinganda qo'llaniladi.

Afzalliklari:
- Moliyaviy tomondan ancha xotirjam bo'lasiz, sababi oy yakunida qancha pul to'lashlari ma'lum, uzoq muddat uchun doimiy daromadga ega bo'lasiz.
- Odatda maoshingiz siz ish beruvchi tufayli bekor qolsangiz ham to'lanaveriladi. Ya'ni sizni yetarli ish hajmi bilan ta'minlash ularning muammosi, sizniki emas.
- Agar ishingiz rasmiy bo'lsa unda bir yil ishlaganingizdan so'ng yoki sog'lig'ingiz tufayli ta'tilga chiqsangiz bu ta'tilingiz uchun ham sizga pul to'lashadi.
- Oylikdan tashqari yaxshi natija ko'rsatganingiz yoki kompaniyadagi o'sishlar tufayli qo'shimcha mukofotlar to'lanishi ham mumkin.

Kamchiliklari:
- Oylik maoshingiz ko'p xollarda ishga kirayotganingizda kelishganingiz miqdorida qoladi. Ya'ni kamroq summaga kelishgan bo'lsangiz shu summa bilan kamida yarim yoki bir yil ishlashingizga to'g'ri keladi.
- Oylik olayotganingiz tufayli kuniga 8 soat vaqtingizni ishga ajratishingiz kerak, bu degani erkinligingiz qisman cheklanadi.
- Doimiy ishda, doimiy oylikka ishlash sizni komfort zonaga solib qo'yadi. Bu degani sizdagi qulay vaziyat agar ishxonangiz shuni talab qilmasa o'z ustingizda ishlashdan, yaxshiroq imkoniyatlar uchun harakat qilib ko'rishdan to'sib qo'yadi. Bu esa kelgusida raqobatbardoshligingizni kamaytiradi, ish joyingizga bog'liqlik esa oshib boradi.
- Agar insofli ish beruvchiga duch kelmagan bo'lsangiz ish hajmi, yuklama yoki javobgarlingizni oshgan taqdirda ham hozirgi oyligingizni o'zgartirmay qoldirishi ham mumkin.

Agar o'z sohangizda uzoq muddatda ishlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz eng afzal yo'l bu biror IT kompaniyada doimiy ishlash.
Frilanserlik - biror joyda doimiy asosda ishlamasdan, mustaqil ravishda mijoz(lar) bilan soatbay yoki loyihabay kelishgan xolda ishlash. Hozirda frilanser sifatida upwork.com, freelancer.com, kwork.ru kabi turli onlayn platformalar orqali yoki tanishlaridan to'g'ridan-to'g'ri loyihalar olish orqali ishlash mumkin.

a) Soatbay ishlash. Bunda siz kim bilan qanday loyiha ustida ishlashingizdan qat'iy nazar 1 soat vaqtingiz uchun narx belgilaysiz.

Afzalliklari:
- Loyihaning hajmi, murakkabligi, ish beruvchining loyiha talablarini o'zgartirishi, kodni zaruratga qarab refaktoring qilish kabilar siz uchun katta muammo bo'lmaydi va har bir sarflagan vaqtingizga pul to'lashadi.
- Biror kichikroq ishni olayotganingizda bu ishni bajarish uchun qancha haq olishingiz to'g'risida bosh qotirishingiz shart emas, o'sha ishni tugatganingizda qancha vaqt sarflasangiz shunga mos pul so'raysiz.
- kuniga qancha soat ishlaganingizga qarab kelgusidagi daromadingizni baholashingiz va nazorat qilishingiz oson bo'ladi.
- xohlagan paytingizda yetarli soat ishlab qo'yib, keyin biror boshqa ish bilan mashg'ul bo'lishingiz ham mumkin, yoki avval o'z ishlaringizni bitirib keyinroq loyihaga vaqt ajratish ham mumkin.

Kamchiliklari:
- Odatda ish beruvchi loyihaga ketkizgan vaqtingizni maxsus dasturlar (masalan Hubstaff) yordamida nazorat qilib boradi. Umuman olganda buning yomon joyi yo'q, lekin u kabi dasturlar sizning loyiha ustida faqat klaviatura va sichqoncha ishlatgan vaqtingiznigina hisobga oladi, bu degani hech narsa yozmay shunchaki bosh qotirsangiz bunga pul to'lanmaydi.
- Aslida soatiga palon pul to'layman deyishi siz uchun juda yaxshi summa bo'lib ko'rinar, lekin yuqorida aytilganimdek dastur yordamida ishlasangiz ish paytidagi "lirik chekinish"lar (masalan, Facebook, Telegramlarga kirish uchun kichik tanaffuslar) payti "schetchik"ni o'chirib qo'yishingizga to'g'ri keladi. Birinchidan, bu turdagi nazorat dasturlari har 5 yoki 10 minutda ekraningizni rasmga olib turadi. Ikkinchidan sizga faqat ishlagan soatingiz uchun pul to'lanadi, dam olganingizga emas.
- Agar boshqa ishlar bilan chalg'ib yoki ishlashga xohish bo'lmay ancha vaqt ishlay olmagan bo'lsangiz ish soatlaringiz kamayib ketadi. Biror kuni bu yo'qotishlarni to'ldirish uchun keragidan ortiqcha yoki kechasi bilan ishlashingizga to'g'ri keladi.
- Odatda soatbay ishlash qisqa va o'rta muddat uchun qulay, agar sizning bunday ishlashingiz yilga cho'zilib ketsa unda hech kim sizga pullik mehnat ta'tili bermaydi, yaxshi ishlaganingiz uchun mukofot puli ham.
- Sizda qiladigan ishingiz uchun tayyor yechim mavjud bo'lsa va u yechimni loyihada ishlatsangiz bunda kam vaqt sarflaganingiz bilan sizga bu uchun alohida pul to'lanmaydi, ya'ni tayyor yechimingiz sizga foyda keltirmaydi.
b) Loyihabay ishlash. Bunda siz ish beruvchi bilan butun bir loyihani yoki uning qismlarini ma'lum bir muddat ichida ma'lum bir summaga tugatib berishga kelishasiz. Keyinchalik kiritiladigan o'zgartirishlar alohida baholanishi mumkin.

Afzalliklari:
- Loyihani qancha tez tugatsangiz shuncha o'zingizga foyda bo'ladi, kamroq muddatga ham o'sha kelishilgan summani olasiz.
- Loyiha ustida kuniga qancha vaqt sarflashingiz o'zingizga bog'liq, muhimi o'z vaqtida topshira olsangiz bo'ldi.
- Agar oldin ham shu kabi loyiha qilgan bo'lsangiz yoki yangi loyihada avvalgi loyihaning ba'zi qismlaridan foydalansangiz ishingiz yanda osonlashadi.

Kamchiliklari:
- Asosiy e'tibor loyihani tugatib tezroq topshirish bo'gani uchun kodni sifatli yozishga, oxirigacha tekshirishga, kelajakda o'zgartirishlar kiritishga qulayroq bo'lishiga e'tibor qaratilmaydi. Bu o'z navbatida loyiha egasiga ham, shoshilib sifatsiz kod yozgan sizga ham uzoq muddatda foydali bo'lmaydi.
- Loyihani baholash, yakuniy natija taxminan qanday ko'rinishda bo'lishini oldindan ko'ra olish, muddat va summani zarar ko'rmaydigan qilib kelisha olish sizdan ko'proq tajriba talab qiladi. Mobodo keragidan kamroq muddat va summaga kelishgan bo'lsangiz yoki mijoz istagini noto'g'ri tushunib olgan bo'lsangiz ayb faqat o'zingizda bo'ladi.

Sizga frilanserlik ma'qul bo'lsa, qayday ishlash tartibini tanlash kerak? Vaziyatga qarab. Agar:
- Sizda yetarli tajriba bo'lsa va loyiha ko'lamini va muddatini to'g'ri baholay olsangiz
- Siz avval shu kabi loyihalar qilgan bo'lsangiz
- Loyiha davomida o'zgarishlar qilinmasligi ehtimoli yuqori bo'lsa
- Qilinadigan ish maxsus bilim talab qilsa (aslida loyiha sizdan kam vaqt talab qilsa, lekin hamma ham buni uddalay olmasa)
unda butun loyiha uchun to'lov va muddatni kelishgan maq'ul. Boshqa xollarda soatbay ishlash eng maqbul variant deb hisoblayman. Albatta soatiga qancha summaga kelishish sizning tajribangiz va sohangizga bog'liq.
Men Python’ni yomon ko’raman!

Assalomu alaykum! Albatta, katta tanaffusni shunday qo’rqinchilik sarlavha bilan boshlash kerak edi. Havotir olmang, men Python’ni sarlavhachalik yomon ko’rmayman, faqatgina uning ko’pchilik yosh dasturchilarning birinchi va oxirgi dasturlash tili bo’lib qolayotganini yomon ko’raman. Keling, bugun shu haqida batavsil to’xtalib o’tsam.

Python web uchun o’ylab topilmagan til.

Ko’pchilik bu tilni web uchun o’rganishini kuzataman, vaholanki tilning haqiqiy o’rni umuman Web yo’nalishida emasdir. 1991-yili Guido van-Rossum tomonidan bu til o’ylab topilayotgan paytda Sun’iy Ong (Artificial Intelligence) ustida katta ishlar olib borilayotgan bo’lgan. Ayni o’sha damlarda Pythondek sodda til kerak bo’lgan. Uning vazifasi — Matematikaga oid bo’lgan Sun’iy Ong yo’nalishida kod yozish jarayonini soddalashtirsh bo’lgan. Agar Siz ham Pythonni Sun’iy Ong yoki Ma’lumotlar Ilmi (Data Science) yo’nalishda ishlatmoqchi bo’lsangiz, uni haqiqiy kuchidan foydalangan bo’lasiz. Web esa Python’da bir kichkinagina bo’limdir.

Python haqiqatda oson til emas.

To’g’ri unga kirishib olish oson, ya’ni birinchi kichik algoritmlarni dasturlash Python’da juda tez kechadi. Lekin vaqt o’tgani sayin aniq bo’ladiki, Python unchalik oson emas ekan. Bunga ayni bir sabab bor — Python’ga yuklatiluvchi vazifalar murakkablashgani sayin, til juda ko’p bajariluvchi amallarni dasturchi ko’zidan berkita boshlaydi (uning tabiati shunday). Bu hislat dasturlashga endigina kirib kelgan odamni qo’rqitib qo’yadi.

Shaxsan mening taklifim — Dasturlashni pastroq qatlamda turuvchi, har bir ishni aniq va shaffof ko’rsatib beruvchi tildan boshlash (C, C++). Shunda dasturchi tilni va kompyuterni haqiqatda his qila boshlaydi.

Python hamma yerda ham tez emas.

Kod yozilish davri Python’da boshqa tillarga nisbatan juda qisqadir. Tilning tuzilishi shunday-ki, u ko’p narsani o’zi bajarishga harakat qiladi, va agar dasturchi ayni shu kuchdan foydalanishni o’rganib olsa, haqiqatda yaxshi Python-dasturchi bo’lib yetishadi. Lekin tajribali Python-dasturchi o’zi ishlaydigan tilning hamma yerda ham kuchli emasligini biladi. Python’ning asosiy ishlatilish joylari quyidagilar:

- Data Science (Ma’lumotlar Ilmi);
- Artificial Intelligence (Sun’iy Ong);
- Neural Networks (Neyrotizimlar);
- Rapid Prototyping (Taqdimot uchun dasturning boshlang’ich prototiplari ham shu tilda yasaladi);
- DevOps (Ko’pchilik DeOps dasturchilar ayni shu tilni DevOps vazifalarini bajarishda ishlatadilar);
- Web (Django, Flask)

E’tibor bergan bo’lsangiz, tilni Webdan boshqa juda ko’p joylarda ishlatish mumkin, va shu ishlatilish joylarida Python o’zini Webdan ko’ra yaxshiroq tutadi.

Shuning uchun Python’ni tanlash niyatingiz bo’lsa, uning kuchli tomonlari ishlatiladigan yo’nalishlarga e’tibor bering. Agar faqat Web yo’nalishida qolmoqchi bo’lsangiz — Web uchun juda yaxshi bo’lgan NodeJS, PHP kabilarni o’rganganingiz ma’qulroq, chunki Python Webdan ko’ra ko’proq ishlarga qodir til, uni uvol qilgandan ko’ra, o’rganmagan ma’qul.
Assalomu alaykum, aziz o'yin ishqibozlari! 👋

Bugun men sizlar bilan Roblox Studio dunyosiga sho'ng'iymiz! Hech o'zingizning o'yiningizni yaratishni orzu qilganmisiz? Balki o'zingizning virtual olamingizni qurishni xohlaysizmi? Unda bu post aynan siz uchun! 😊

Roblox Studio - bu o'yin yaratish uchun ajoyib platforma bo'lib, u sizga o'z tasavvuringizni ro'yobga chiqarish imkonini beradi. Bu yerda siz o'zingizning o'yin qahramonlaringizni yaratib, ularni jonlantirib, hatto o'zingizning virtual dunyolaringizni qurishingiz mumkin. 🤯

Agar siz Roblox Studioda o'yin yaratishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, unda men sizga yordam berishga tayyorman! Mening YouTube kanalimda Roblox Studioda o'yin yaratish bo'yicha bepul darslar to'plamini topishingiz mumkin. Bu darslarda men sizga o'yin yaratishning barcha bosqichlarini batafsil tushuntirib beraman. Siz o'yin mexanikasi, skriptlash, 3D modellashtirish va boshqa ko'plab narsalarni o'rganasiz. 🤓

Men sizga Roblox Studioda o'yin yaratish qanchalik oson va qiziqarli ekanligini ko'rsatmoqchiman. Siz hatto dasturlash tajribasiga ega bo'lmasangiz ham, mening darslarim yordamida o'zingizning birinchi o'yiningizni yaratishingiz mumkin. 😎

Xo'sh, nima kutmoqdasiz? Hoziroq mening YouTube kanalimga o'ting va Roblox Studioda o'yin yaratishni boshlang! O'zingizning virtual olamingizni yarating va boshqalar bilan baham ko'ring! 🚀

P.S. Mening YouTube kanalimdagi darslar to'plamini ko'rishni unutmang! U yerda siz Roblox Studioda o'yin yaratish bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlarni topasiz. 😉
Videolarni ko'rish uchun.
Roblox Studio: O'yin dunyosining sehrli kaliti 🎮

Roblox Studio – bu shunchaki dastur emas, balki o'z orzularingizni ro'yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyat! Agar sizda ijodiy g'oyalar, qiziqarli hikoyalar va o'yinlarga ishtiyoq bo'lsa, Roblox Studio siz uchun eng to'g'ri tanlov.

Nima uchun aynan Roblox Studio? 🤔

Soddaligi: Dasturlashni bilmasangiz ham, Roblox Studio'ni o'rganish juda oson. Xuddi Lego konstruktoridek, tayyor bloklarni birlashtirib, o'zingiz xohlagan o'yinni yaratishingiz mumkin.

Cheksiz imkoniyatlar: Roblox Studio'da o'zingizning noyob dunyolaringizni yaratishingiz, qiziqarli personajlarni jonlantirishingiz va hatto o'zingizning qonunlaringizni o'rnatishingiz mumkin.

Katta hamjamiyat: Roblox'da millionlab o'yinchilar bor. Siz yaratgan o'yinlarni butun dunyoga namoyish qilishingiz va boshqa o'yinchilar bilan hamkorlik qilishingiz mumkin.

Pul ishlash imkoniyati: Roblox Studio'da yaratgan o'yinlaringizdan pul ishlashingiz mumkin. Bu sizning sevimli mashg'ulotingizni haqiqiy daromad manbaiga aylantirish uchun ajoyib imkoniyat.

O'yin orqali tarixni o'rganish: Masalan, siz O'rta Osiyo tarixiga qiziqasiz. Roblox Studio'da o'zingizning qadimgi Samarqand yoki Buxoro shaharlarini qurishingiz, o'sha davrning qahramonlari bilan tanishishingiz va hatto tarixiy janglarda ishtirok etishingiz mumkin.

Ijtimoiy muammolarga e'tibor qaratish: Roblox Studio'da ekologik muammolarga bag'ishlangan o'yin yaratishingiz, o'rmonlarni qutqarish, hayvonlarni himoya qilish yoki chiqindilarni qayta ishlash haqida ma'lumot berishingiz mumkin.

O'z biznesingizni boshlash: Roblox Studio'da o'zingizning virtual kafe yoki do'koningizni ochishingiz, mijozlarga xizmat ko'rsatishingiz va daromad olishingiz mumkin. Bu sizga biznes asoslarini o'rganish va tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Esingizda bo'lsin: Roblox Studio – bu shunchaki o'yin yaratish vositasi emas, balki o'zingizni namoyon qilish, yangi narsalarni o'rganish va hatto kelajakdagi kasbingizni topish uchun ajoyib imkoniyat! 🚀
https://youtu.be/h4r8R4XSLgU
2024/06/29 10:33:39
Back to Top
HTML Embed Code: