Telegram Web Link
Har bir Video darslar siz uchun qancha vaqt oralig'ida bo'lsa qulay bo‘ladi ?
Anonymous Poll
20%
5 minut - 10 minut oralig'ida.
45%
10 minut - 30 minut oralig'ida.
18%
30 minut - 1 soat oralig'ida.
17%
1 soat - 3 soat oralig'ida.
Herosson Group pinned «Ko'p ovoz yig'ilganlar mavzular birinchi navbatda chiqadi»
Video darslar qachon joylanadi ?

Nega youtubega videolar joylamayabsiz vada bergansizlarku degan savollar ko'payib bormoqda. To'g'ri vada berdik lekin oxirgi videolarda likelar soni va comentlar soni 50 taga yetgani yo‘q.

Biz bu 50 tani aynan so‘rovnomada aktiv ishtirok etayotganlar sonini o‘rtachasini olib aytdik.

Sizlarni qo'llab quvvatlashlaringiz bizni videolar chiqarishimiz davom ettirishimizga bog'liq.

Bu videolarni shu bilimlarni o'rganmoqchi bo'lgan tanishlaringizga ulashing. Aslida sizdan so'rayotgan likelar va comentlarning maqsadi ham aynan shu bilimlarni izlab yurganlarga yetishi.
Barcha savollaringizga javob olish imkoniyati.

Dasturlashni o'rganishdagi eng ko'p qilinadigan xatolar ?

Dasturlashni o'rganishdan to ishga kirgunicha nimalar qilish kerak?

Portfolio qanday yasalishi kerak ?

Dasturchi bo'lib ishga kirishning oson yo'llari ?

Yuqoridagi va o'zingiz qiziqgan savollarga 7 yillik tajribaga ega senior veb dasturchi, 50 dan ortiq odamlarni interviu orqali ishga olgan va 4 yildan beri 300 dan ortiq o'quvchilarga dars bergan Jonuzoqov Dostondan telefon orqali javob olishni xohlaysizmi ?


Ushbu @HerossonAdmin accountga ismingiz, yoshingiz, telefon nomeringiz va qaysi vaqtlarda sizga telefon qilishimiz mumkinligini yozib qoldiring.

Aytgancha telefon qilishimiz mumkin bo'lganlar soni cheklangan birinchi yozgan 20 kishiga o'ziga ma'qul vaqtda telefon qilinadi.
Herosson Group pinned «Barcha savollaringizga javob olish imkoniyati. Dasturlashni o'rganishdagi eng ko'p qilinadigan xatolar ? Dasturlashni o'rganishdan to ishga kirgunicha nimalar qilish kerak? Portfolio qanday yasalishi kerak ? Dasturchi bo'lib ishga kirishning oson yo'llari…»
Drag and Drop Api darsi.

Va'da qilganimizdek Html5ning Apilari haqida darslarni joylashni boshladik. Darslar har kuni soat 8:00 da joylanib boriladi. Bugungi joylangan darsimiz Drag and Drop Api haqida nazariy bilim bilan birgalikda amaliyotga asoslangan. Bu darslikni ko'rish davomida o'zingizga kerakli juda ko'p bilimlarga ega bo'lasiz degan umiddamiz.

Ha aytgancha oldin aytilgan iltimosimizni bajarmagan bo'lsangiz ham biz video darsliklarni chiqarishni boshladik, bugungi video darslik yoqgan bo'lsa like bosib qo'yish esdan chiqmasina😉


https://youtu.be/PcLw4NcSJW4
Kechagi video darslik sizlarga maqul bo'ldimi ? Video bo'yicha biron bir taklifingiz bo'lsa yozib qoldirishingiz mumkin.


👇👇👇👇
File, FileReader, FileList API

Ko'p veb-saytlarda foydalanuvchilardan biron bir faylni joylashi mumkin bo'lgan qismlarini ko'p ko'rgansiz. Bu fayllarni esa faqat biron bir turi bo'yicha yoki cheklangan hajmi bo'yicha joylashni talab qiladi, agarda aytilgan talablaridan boshqa fayl joylagan taqdirda ham ularni qabul qilmaydi.

Hozir joylangan video darsda esa File, FileReader, FileList API-lari orqali aynan mana shunday qismni yasashni, cheklovlar qo'yib joylangan fayllarni ko'rsatishni o'rganib olasiz.

Video darsni ko'rish uchun: 👇👇👇👇
https://youtu.be/xwswUiltkw0
JavaScriptning Two.js kutubxonasi haqida eshitganmisiz ? Agar eshitgan bo'lsangiz u haqida nimalarni bilasiz izohlarda yozib qoldiring.

👇👇👇👇
2d animatsiyalar yasaymiz.

Agarda siz veb animatsiyalar va veb o'yinlar yasashni xohlamasangiz bu video siz uchun emas.

Bu videoda veb animatsiyalar va veb o'yinlar yasashni noldan boshlab o'rgatishni boshlaymiz. Hammamiz bilamizki 3d shakllar bilan ishlashdan oldin 2d shakllar bilan ishlashni o'rganishimiz kerak bo'ladi. Shu sababli biz JavaScriptning Two.js kutubxonasini o'rgatishdan boshlaymiz.

Video darsni ko'rish uchun: 👇👇👇👇
https://youtu.be/lX_uWyaPxjo
Ishla yoki och qol

Odamning ishda ishlash darajasini unga qanday tuyg'u ta'sir qilishiga qarab 3 ga ajratish mumkin: qo'rquvga, ma'suliyat (burch)ga va ishtiyoq (muhabbat)ga asoslangan xolda ishlash.

Qo'rquvga misol qilib och qolishdan, ishdan haydalishdan, ishsiz qolishdan, so'kish eshitmaslikdan, yomon ko'rinmaslikdan, oilani ta'minlay olmaslikdan qo'rqish va boshqa noxushliklardan qochishni olish mumkin. Bu tuyg'u asosan xodimning hech bo'lmaganda minimum darajada ishlashga majbur qiladi va bu tuyg'uga asoslanib ishlaydigan xodimni nazorat qilib turish kerak. Bunday odamlarni faqat pul yoki boshqa moddiy manfaat uchun ishlayapti deyish mumkin.

Ma'suliyat esa qo'rquvdan yuqoriroq turadi va u nazorat talab qilmaydi. Asosan odamning ichki prinsiplari va axloq meyorlaridan kelib chiqadi. Bu tuyg'uga asoslanib ishlash orqali xodim karyera pillapoyalari bo'ylab ko'tarilishi mumkin, lekin o'zi ishlayotgan sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishi uchun yetarli emas. Qolaversa ma'suliyatga asoslangan ish sifati qoniqarli darajada bo'ladi, undan ortiq emas. Bu darajada ishlaydiganlar faqat pul topish uchungina emas, balki shu olayotgan pulini oqlash, burch va boshqa insoniy qadriyatlar uchun ishlaydilar.

Va oxirgisi ishtiyoq yoki boshqacha qilib ishga, sohaga bo'lgan muhabbat. Bu darajada ishlash uchun odam o'z yo'lini topib deb hisoblashi mumkin. Agar shunday tuyg'u bilan ishlaydigan odamda shu ishtiyoqiga yarasha qobiliyat ham bo'lsa unda ishini san'at darajasiga olib chiqa oladi. Bundaylar aslida bu ulardan talab qilinmagan bo'lsada, o'zining sohasi bo'yicha o'z ustida tinimsiz ishlaydilar va kerak bo'lsa o'sha sohaga xissa ham qo'shadilar.
Herosson Group
Ishla yoki och qol Odamning ishda ishlash darajasini unga qanday tuyg'u ta'sir qilishiga qarab 3 ga ajratish mumkin: qo'rquvga, ma'suliyat (burch)ga va ishtiyoq (muhabbat)ga asoslangan xolda ishlash. Qo'rquvga misol qilib och qolishdan, ishdan haydalishdan…
Ideal ish

Yuqoridagi postdan kelib chiqib qanday ish odam uchun ideal ish ekanligini aniqlash mumkin. Bunda 3ta omil hisobga olinadi:
- Tanlagan ishiga bo'lgan ishtiyoq yoki muhabbat
- Tanlagan sohasiga qobiliyati bor bo'lishi
- Tanlagan ishi uning moddiy va ma'naviy ehtiyojlariga mos tushishi (masalan o'sha ishda yaxshi daromad topishi).
Agar bu uchchalasi ham sizda bo'lsa demak siz kam sonli baxtli odamlardan birisiz.
Hozirgi kunda dasturchi bo'lib ishlamoqchi bo'lmasangiz maslahatim buni o'qib o'zingizni qiynamang!

Borgan sari axborot texnologiyalari sohasiga yangi qadam qo'yuvchilarga qiyin bo'lib boraveradi deb o'ylayman: o'rganish kerak bo'lgan, ishda talab qilinadigan texnologiyalar soni, turi ko'payib bormoqda. Masalan men bundan 8 yilcha avval veb dasturlashni o'rganishni boshlaganimda, o'sha paytda O'zbekistonda bekend dasturchi sifatida ish topish uchun PHPni va yana Yii2, Codeigniter kabi freymvorklardan birini bilish, Web hostingda FTP orqali sayt fayllarini yuklash,MySQLni bilish, HTML/CSS va Javascript lardan ozroq xabardor bo'lish yetarli edi, eng kamida men birinchi ish topishimda shular kifoya qilgan.

Hozirda yaxshiroq kompaniyaga bekend bo'yicha dasturchi (middl yo senior) bo'lib ishga kirish uchun:
- Python, Javascript, PHP, Java, Go, C# lardan birini mukammal bilish
- shunga qo'shimcha ravishda mashhur veb freymvorklardan bir nechtasini amalda bilish
- OOP, SOLID, KISS, DRY larni bilishi
- Authentication, Authorization, oauth, JWT
- Algoritmlar (sorting, searching) va ma'lumotlar tuzilmalari (data structures)
- Asynchronous, multithreading, multiprocessing kodlar yoza olishi
- Unit test, integration test, load test, E2E testlar bo'yicha tajribaga ega bo'lishi
- Logging, debugging lardan amalda foydalana olish
- RDBM turidagi MySQL yoki PostgreSQL kabi ma'lumotlar bazasidan tajribaga ega bo'lish
- NoSQL bo'yicha ham tajriba yoki bilimga ega bo'lish (masalan MongoDB)
- Linux operatsion tizimida ishlay olish (aynan serverlar uchun Linux tizim), masalan Ubuntu, Debian
- Nginx yoki Apache HTTP serverlarni bilishi
- Docker bo'yicha tajribaga ega bo'lish, dasturlarni konteynerizatsiya usulida ishga tushira olish tajribasi bo'lishi
- CI/CD bo'yicha tajriba
- Agile/Scrum kabi metodoliyalarda tajriba
- HTTP, SSL, DNS, REST, OpenAPi larni tushunishi
- Routing, Load balancer
- Git, SSH, Bashscriptlarni bilishi
- Code review, static code analyzer lar bo'yicha tajriba
talab etiladi.
Quyidagilarni esa bilsa katta plus:
- Kubernetes, Docker swarm, Helm
- AWS, Azure yoki GCP lardan birida amaliy tajriba
- Prometheus, Grafana, Loki, InfluxDBlarni bilishi
- Ansible, Jenkins, Terraform
- RabbitMQ, Apache Kafka
- Elastic search, Kibana, Logstash
- Snowflake, Databricks
- UDP, TCP, Websocket, gRPC
- Redis, Memcached
...
Bular shunchaki o'ylab topib yozilmagan, turli vakansiyalarda ko'rganlarim, ishda ishlatilgan texnologiyalardan kelib chiqib yozdim. Agar biror texnologiya ro'yxatdan tushib qolgan bo'lsa, aytsangiz qo'shib qo'yaman.
Albatta, hozirgi kunda ish topish uchun bularning hammasini bilish shart emas, faqat bu ro'yxatdan qancha ko'pini amalda bilsangiz shunchalik sizning raqobatbardoshligingiz ortib boradi.

Agar ishda bularning ba'zilariga ehtiyoj bo'lmasa ularni shaxsiy loyihalaringizda qo'llashga harakat qiling.

Aslida kelajakda ham dasturchilarning asosiy raqobatchilari AI texnologiyalar emas, shu kabi so'nggi texnologiyalarni bilgan boshqa dasturchilar bo'lib qolaveradi.
Dasturlashni qanday o'rganish kerak ?

Joyi qorongʻulikdan iborat bo'lsinki, natijada yorugʻlikka intilsin. Joyi torlikdan iborat bo'lsinki, natijada kenglikka intilsin. Bu unib chiqishi uchun yerga suqilgan urug' holati.

Odamda ham o'sish, intilish bo'lishi uchun hozirgi muhitida qandaydir cheklovlar, yetishmovchiliklar, noqulayliklar bo'lishi kerak. Bularsiz bo'lmaydi.

- Yaxshiroq dasturchi bo'lish uchun hozir nimalarnidir bilmay qiynalsin. Ko'proq o'rganishga rag'bat bo'lsin shunda.
- Endi ish boshlaganda ishlatadigan noutbuki nisbatan kuchsiz yoki biroz eski bo'lsin. Shunda tezroq yaxshi pul topib yanada yaxshirog'ini, kuchlirog'ini olishni qasd qilsin.
- Boshlagan ishida oyligi kam bo'lsin, shunda tezroq yetarli tajriba to'plab yaxshiroq oylikli ishga o'tib ketishga harakat qilsin.
- Dasturlashni o'rganishni boshlaganida uyida internet rasvo bo'lsin, tok o'chib tursin. Shunda bor internetdan, tokdan ham unumli foydalanib, dasturlashni o'rganib tezroq yaxshi joylarga ko'chib ketishni reja qilsin.
- Dasturlashni o'rganish uchun resurslar cheklangan bo'lsin, toki boridan ham unumli foydalanishni o'rgansin. Resurslar, imkoniyatlar haddan ziyod koʻpligi esa shunchaki miyani falajlantiradi, tanlovni qiyinlashtiradi.

Men umuman sharoit chatoq bo'lsin demoqchi emasman. Urug' ham eson-omon unib chiqishi uchun u ekilgan yerda yetarlicha namlik va quvvat mavjud boʻlishi kerak albatta. Insonda ham shunday, faqat hozirgi sharoitida mavjud cheklovlar, to'siqlar borligi unda tezroq bu noqulayliklardan qutulish yoki o'zgartirish xohishini paydo qiladi, rivojlanishga undaydi.

Yuqorida yozganlarimning aksarini o'z boshimdan o'tkazganman. Kuchsiz noutbuk, rasvo internet, dasturlashni mustaqil o'rganish uchun mavjud resurslarning cheklanganligi...

Shunday ekan, nolimang. Qiynaling. Noqulaylik sherigingiz bo'lsin. O'zingiz xohlagan darajada erishguncha albatta.
Dasturchi sehrgar emas

Dasturchilik soha sifatida shakllanishi jarayonida dasturchilar va ushbu soha haqida miflar (afsonalar) ham koʻpayib boravergan.

Bu postda dasturchilik va dasturchilar haqidagi miflarning qanchalik rost yoki yolgʻonligini yoritib berishni niyat qildim. Shu sababli eng koʻp tarqalgan miflar haqidagi fikrlarimni yozmoqchiman.

Barcha dasturchilar o'ta oʻtkir zehnli bo'lishadi
Buni toʻligʻicha inkor etolmayman, lekin oʻtkir zehn egasi degan gapning maʼnosini hamma har-xil tushunadi. Dasturchilar kodlashni oʻzlashtirgan oddiy odamlardir. Va kod yozish uchun siz daho boʻlishingiz shart emas. Dasturchi boʻlish uchun siz xohishga ega boʻlishingiz, yangi narsalarni oʻrganishingiz va intizomga rioya qilishingiz kerak. Intizomsiz, xohishsiz, yangiliklarga qiziqishsiz ham dasturchi boʻlish mumkin, lekin siz har qanday sohani sohaning egasi boʻlishni maqsad qilgan boʻlsangiz, yuqorida aytib oʻtilgan sifatlarsiz siz boshqa sohalarda ham oqsab qolishingiz aniq. 

Barcha dasturchilar introvert odamlar
Filmlarda turli qahramonlarning obrazlari orqali bizda koʻplab stereotiplar shakllanib qolgan. Dasturchilar odatda kinoda qanday koʻrsatishadi? Ular tartibsiz kompyuter oldida uxlab, gʻijimlangan futbolka kiyib, tez tayyorlanadigan makaron yoki kechagi pitsa yeb oʻtiradigan erkak deb koʻrsatiladi. Aslida, dasturchilar boshqacha ham boʻlishi mumkin-ku. Ehtimol, kinolarda koʻrsatiladigandek dasturchilar ham mavjud. Ammo oddiy odamlar kabi sport bilan shugʻullanadigan, ovqatlanishga katta eʼtibor beradigan, oila davrasida yashaydigan va sayohatlar qiladiganlar dasturchilar ham mavjud. Dunyo boʻylab turli xil dasturchilar jamoalari mavjud. Ushbu kasb vakillari juda xushmuomala va quvnoq odamlardir. Agar ular xushmuomala boʻlishmasa jamoada oʻz hurmatlarini yoʻqotib qoʻyadilar.

Barcha dasturchilar erkaklardir 
Dasturchilar haqida ayolning bu sohada oʻrni yoʻqligi haqida ijtimoiy stereotip mavjud.

Biroq, birinchi dasturchi ayol Ada Lovelace edi. Va dunyoda koʻproq erkak dasturchilar mavjud boʻlsa-da, ayol kishi bu kasbni tanlamasligiga obyektiv sabablar yoʻq.

Dasturchi boʻlish uchun sizga maxsus isteʼdod kerak
Dasturlash endigina yaʼni 20-asrda paydo boʻldi. Shuning uchun dasturchining isteʼdodi shunchaki qilingan harakatlarning natijasidir. Chet tilini oʻrganish yoki maʼlum sport natijalariga erishish uchun siz astoydil mashq qilishingiz lozim. Dasturchi boʻlish uchun ham astoydil kurashish kerak deb oʻylayman.

Dasturchi darhol katta pul topoladi

Dasturchining maoshi uning malakasiga, tajribasiga bogʻliq, endi boshlaganlarda hali tajriba mavjud boʻlmaydi. Va oyiga 1000$ va undan yuqori maosh olish haqiqatan ham mumkin boʻlsa-da, bu bir necha yillik mashaqqatli mehnat va doimiy tayyorgarlikni talab qiladi.

Dasturlash qobiliyatlari faqat dasturchilarga kerak
Dasturlash qobiliyati har qanday soha mutaxassislarining hayotini osonlashtiradi. Bu ishni optimallashtirishga yordam beradi, maʼlumotni qayta ishlashni tezlashtirish va biologlar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, statistika bilan shugʻullanuvchilar va fiziklar uchun qoʻl mehnatini avtomatlashtirishga yordam beradi.

PS: Men hech qanday tug'ma qobiliyatga ega inson emasman.

Agar sizga yana qandaydir miflar xalal berayotgan boʻlsa yoki javobsiz savollar boʻlsa izohlarda qoldiring.
Nega hamma ham dasturchi bo‘la olmaydi ? Hozir shu mavzu bo'yicha post yozmoqchiman. Tanlangan mavzu o'qishga arzigulikmi ?
Anonymous Poll
95%
Ha, albatta o'qigan bo‘lar edim
5%
Yo‘q, boshqa mavzuda yozganingizda maqul
2024/07/01 13:06:44
Back to Top
HTML Embed Code: