Telegram Web Link
Chellenjni ahvolini. Uyidayam kostyum, galstukda o'tiradimi? Ko'zbo'yamachilik. Tagida shimi ham bormikan yo shortikdamikan a?
Nega kerak ekan bunaqa narsalar?
@Fwriter
​​Online darslar haqida ozgina gaplashamizmi?

Biz darslarni onlayn o'tayapmiz. Boshida telegramda o'tayotgandik. Qishlag'da internetni ahvolini men aytmasam ham o'ziz yaxshi bilasizlar (Solla yaxshimi, Uztelecom). Lekin amallab past (tezligi, albatta) internetda telegramga kirsa bo'lardi. Vazifalarni baholi qudrat bajarishga kirishganimzda, endi yana bir balo keldi. Moodle (mudl)da dars tayyorlashimiz kerak ekan. Mudlning ham, xuddi, telegramga o'xshagan dasturlari bor. Lekin, bir tiyinga qimmat dasturlar. Play marketda 5 balli tizimda hech biri 3 ham olmagan. Solishtirish uchun telegram 4.5 ball olgan va bu yaxshi natija. Pastdagi rasmda Play marketda "Moodle" deb izlaganda birinchi chiqadiga dasturning bahosi va unga berilgan izoh.

Shavkat Mirziyoyev prezident bo'lganda ilk yilni "Xalq bilan muloqot" yili deb e'lon qilgandi. Bundan maqsad qilib "yuqoridagi" "kattalar"ni xalq orasiga kirib ular bilan muloqot qilishi va bundan keyin har doim shunday bo'lishi ko'zlangan edi. Nima talaba xalq emasmi? Xalq insonlar, odamlardan iborat bo'ladi. Talaba odam ham emasmi shunda? Ulardan bir og'iz ham so'rab o'tirishmaydimi? (Solla yaxshimi, WiFida o'tirib o'sha qarorni hammaga tarqatganlar. Mindee bizni qishlag'larga aylanib keling. Choy poy qilamiz). Axir, hammasi o'sha talabalar to'layotgan kontrakt evaziga kun kechirishayaptiku. "Talabalar bilan muloqot" yili degan alohida yil kerakmi? Nega fikri qiziqmas? O'zi, umuman, universitetdagi darslarning holati bir ahvol edi. Endi-chi? Online darsda qoyillatib qo'yadimi? (Solla yaxshimi?)
Online dars evaziga kontrakt puli kamaymaydi deyapti. Biz dars so'radikmi? O'qituvchilarga oylik to'lashayapti ekan. Unisi mayli. Lekin universitetning boshqa xarajatlari kamayadi-ku. Kammunal to'lovlar, har xil tadbirlar va boshqa narsalarga universitet anchagina pul sarflar edi. Insof bilanda endi.
Ozgina vaziyatni hisobga olib telegramni o'zida dars o'taverishsa bo'lardi. Mudlda vazirlik kuzatarkanmiyey, xullas, ko'zbo'yamachilik. Masalan, telefondan "Tochka dostupani" yoqib, kompyuter orqali mudlda online bo'lib turasiz. Kompyuterga ko'z qirizni ham tashlamasdan telefonda "Pubg" yoki "Pes 2020" o'ynab o'tirsez ham, siz eng faol va eng ko'p darsda qatnashgan talaba bo'lasiz. Necha soat online bo'lib tursez "reyting"iz ko'tarilaveradi. Mudlga o'tadi degandan keyin, juda ko'p talaba norozilik bildirdi. Talabani odam deb bilshmaydi dedimku yuqorida. "Yuqoridan buyruq" dedi qo'ydi. Mindeee pastgayam qarab qo'yinglar. Yuqoriga ko'p qarasa, bo'yin ham og'rib qoladi. Pastda tosh-posh chiqib qoqilib qolmanglar deymanda. Yana o'zinglar bilaslar. Yaxshilab o'ylab ko'ringsizlar-chi, balki talaba ham odamdir a?

P.s Bugun yangiliklar tasmasida O'zbekiston "so'z erkinligi" bo'yicha yana yuqorilaganini ko'rib qoldim. Sinab ko'raylikchi: ta'siri faqat reytingda emas, bizni hududlarda ham amal qilarmikan?.

Izoh: rasmdagi dasturga berilgan kommentning tarjimasi: "Ko'rganlarim ichida eng yomon dastur. Umuman talabga javob bermaydi. Mudl menga 1 haftadan beri "bu saytda tamirlash jarayoni ketayapti" deb davomli xabar jo'natayapti
. Keyingi haftaga meni hujjatlarim bor. Qanday qilsam bo'larkin?"
@Fwriter
​​​​Nega bu rasmlarni tashlayapti ekan deb hayron qolayotgandirsiz. Hayron qolmang hozir tushuntiraman. Vuz24 @vuz_24 degan kanal bor Oliy ta'lim vazirliginiki, shunda qandaydir chelenj ketayotgan ekan. Oliygoh talabalari karantin haqida video snimat qilishi va bu kanalga chiqarishi majburmish. Qanaqa mazxarabozlik va pokozuxaga qilinayotganini ko'rdingiz. Daji stolni ustiga bayroq qo'yib qo'yishgan. Yetar endi, aqllilar bunaqa ahmoqgarchilik qilmaylik.

O'qiydigan odam aytsangiz ham o'qiydi, aytmasangiz ham. Pokozuxaga bunaqa ahmoqona ish qilmaylik. Eng qiziqarlisi bunaqa topshiriq vazirlikdan bo'lgan. Hamma oliygohlar majburiy video jo'natishyapti. Shunga qarab oliygohlarni reyting qilishibdi, vata fu# Hamma joyni chelenj bosib ketdi. Hayrulla Hamidovni bir she'ri bor edi: "Cho'chqa bosib ketdi mening bog'imni",- degan.

Xo'ja ko'rsinga uyushtirilayotgan ishlar bir kun o'zini mevasini beradi. Mana xo'ja ko'rsinga qurilgan med kollejlarning og'ir davr kelganda bir tiyinlik foydasi yo'qligini, koronavirus isbotlab qo'ydi-ku.

Tag'in ham bilmadim, menimcha biz ko'proq video snimat qilsak, koronavirus qo'rqqanidan ham Xitoyiga surib yuborsa kerak.

Ertaga rasmini chizaylik, hali normalniy kino omadik. Hilol Nasimov ssenariysi bo'yicha soqol qo'ygan bitta xitoylik terorist tog'ni oralab kelib virus tarqatsin.
© Bema'naviyat

@Fwriter
Bugun "Yer kuni" ("Earth day") ekan. Shu munosabat bilan google o'z temasini shu kunga moslabdi. Qoyil.
@Fwriter
#soğinish

Yuzni yoshlar yuvdi, quvonch yoshlari,
Erib bitdi dilda asriy qotgan g‘am.
Qiblaga egilib muslim boshlari
Xush kelding Ramazon - mohi mukarram...

Kamol Aziziy

@Fwriter
Vabo paytida Ramazon: Eng yaxshisi uyda qolish

Mana, muslumon dunyosi uchun eng muqaddas hisoblangan Ramazon oyi ham kirib keldi. Afsuski, bu muqaddas oy bizda karantin paytiga to'g'ri keldi. Bizda vaziyat aniq. Barcha uyda qolishi majbur. Lekin dunyoda ahvol qay darajada. Boshqa davlatlar hukumati masjidda namoz o'qishga ruhsat berayapdimi?,,,,
Guardian nashri dunyodagi holat haqida katta maqola chiqaribdi. Sizlar uchun qo'ldan kelgacha tarjima qildim
Maqolani to'liq o'qish uchun👇👇
https://telegra.ph/Vabo-paytida-Ramazon-Eng-yaxshi-narsa-uyda-qolish-04-23
@Fwriter
Telegramdagi gruppalarga "tutgan ro'zangiz qabul bo'lsin" deb yozishdan oldin Bomdod namozini o'qib oldingizmi?
Kirib kelgan ramazon oyi muborak bo'lsin, azizlar. Ro'zadorlarga Alloh chiroyli sabr bersin!
@Fwriter
#logika

Biz yeyayotgan har qanday oziq ovqatlar quyosh nurlari orqali energiya olib o'sib chiqadigan mahsulotlardan qilinadi. Endi tasavvur qiling: qanchalik ko'p ovqat yesangiz, shuncha quyosh nurlari yeyayotgan bo'lasiz. Demakiz semiz bo'lsangiz, shunchaki, siz katta quyosh nurlarisiz
@Fwriter
#foto_time #photography

Mashinani to'xtatib tomosha qilishga arziydigan manzara.
2020-yil 24-aprel. Ramazon oyining ilk kuni. Quyosh botishi
Photograph: Ma'ruf Jon

@Fwriter
Forwarded from BEMA'NAVIYAT
​​O'zbek filmlarida raqib obrazi

Hech kuzatganmisiz o'zbek filmlarida raqib obrazi juda ham kuchsiz qilib tasvirlangan. Ne tolka kinolar balki kitoblarda ham shunday raqib obrazi kuchsiz nimjon qilib tasvirlanadi. Masalan Amir Temur obraziga bog'liq filmlarda ham kitoblarda ham Amir Temurning raqiblari Amir Temurdan kuchsiz qilib tasvirlangan. Bu g'irt noto'g'ri qarash, ne tolka noto'g'ri xato hamdir. Chunki Amir Temur yengilmas, qahri qattiq, jangda tengi yo'q raqiblarni yengani uchun ham Amir Temur hisoblanadi. Masalan Abdulla Oripov Amir Temurning Yildirim Boyazid bilan jangini Amir Temur shatranj o'ynab yengib qo'ygan deb tasvirlaydi.

Bu Amir Temur shaniga xaqorotomuz o'xshatish. Amir Temurni yosh bolalar bilan jang qilgan deganday gap. Aslida, Yildirim Boyazid juda qudratli xalifa, Yevropani zir titratgan shoh bo'lgan. Amir Temur ana shu yengilmas bahodirni yengib, mislsiz qahramonlik ko'rsatadi.

Amir Temurning buyukligi ham shunda, u yengilmaslarni yenganida.

Filmlarga keladigan bo'lsak, o'zbek mafialari shilta, tasvirlangan terrorchilar qo'rqoq, ularga qarshi kurashayotgan o'g'lonlar esa bahodirlar qilib tasvirlangan. Aslida raqib obrazini juda qudratli qilib tasvirlash kerak. Bir ko'rganda ular yengilmasdek tuyilishi kerak. Keyin bosh qahramon kelib, og'ziga nosvoydan tashlab, raqiblarni yengish uchun rejalar tuzib, qiyinchilik bilan raqibni yengishi kerak. Shunda biz bosh qahramonni zo'r jangchi ekan deb tasvvur qilamiz.

Mana "Baron" filmini ko'rsangiz, jinoiy to'dani yengib bo'lmasa kerak deb o'ylaydi odam. Izzat obrazi baronning o'ng qo'li, u yengilmas strateg degan tasavvur uyg'onadi. Film oxirida esa Izzat o'zimizning DXX xodimi bo'lib chiqadi. Bu bilan menda DXX xodimlari yengilmas jangchilarni ham yenga oladigan, mislsiz bahodirlar deganday hayol o'tgan. Bu juda to'g'ri yondashuv bo'lgan.

Netolka kino, balki kliplar ham shunaqa. Masalan, Ozodbek Nazarbekovning "Mendurman o'sha" qo'shig'ining klipida Jaloliddinni yelkalari keng, abjir yigit deb tasvirlashgan, ammo Chingizxon obrazini bo'ylari past, semiz va beso'naqay odam gavdalantirgan. Bu esa menimcha, Jaloliddin oddiy bir chumodan yengildi deganday bo'lib qolgan. Aslida esa Chingizxon yengilmas imperator bo'lgan.

Anashunaqa alqash chulqash gaplar birodarlar. Agar kino, klip oladigan, kitob yozadigan bo'lsangiz, bosh qahramon raqibini qudratli qilib tasvirlang.

@bemanaviyat
Qush inida ko'rganini qiladi deyishadi. Rasmda 2,5 yoshli ukam. Ba'zan o'zi shundoq borib namoz harakatlarini qiladi. Azon aytadi, Alhamdulillah. Men yoki dadam namoz o'qiganimizda atrofimizda yuradi. Tartibini o'rganib olibdi bu tirrancha.
@Fwriter
Yoz O'tdi Kuz O'tdi Qish Yetib Keldi.
Khamraev UZB
Yoshlikdan esdalik. Retro qo'shiq. Yoshligida mashi qo'shiqni eshitganlarga alangali salomlarimiz.
@Fwriter
AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi.
@Fwriter
Yosh bolalar boshini yuqoriga ko'tarib qimirlatsa, "Qalaysan?" - degan ma'noni bildiradi.

Kattalar boshini past tomonga qimirlatsa, "yaxshimisan? Ishlaring yaxshimi? Uydagilar tinchmi? Ahvollar, bola chaqalar, hammasi yaxshimi?...." - degan ma'noni bildiradi.
@Fwriter
Xullas, "no'don" o'qituvchi bo'lishni xohlamaslaring boshqalarni ishini o'g'irlamanglar. Shu "islimosnoma"ni hisobga olib qo'yinglar
@Fwriter
#tezkor

Sirdaryo viloyatida Suv ombori buzilib bir qancha joylarga suv kelibdi. Bu toshqin, adashmasam. Hozircha yangilik saytlari jim. Aholi ko'chada qolgan deyishayapti.
@Fwriter
Uylarni suv bosgan deyishayapti. Vey, nega jim bular e.
@Fwriter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi ma'lumot haqida video. Hozircha kun.uz qisqacha xabar chiqardi, xalos.
@Fwriter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir video. Videolar "Sirdaryo chat" gruppasidan olindi.

@Fwriter
2024/09/27 11:20:54
Back to Top
HTML Embed Code: