Telegram Web Link
Forwarded from Nurqul minbari
Kanalim biroz sustlashgani haqida turli murojaatlar kelyapti, to‘g‘ri, kanalga vaqt ajratish qiyin bo‘lyapti, asosan Vikipediyada maqola yozish/tahrirlash va boshqa ishlar bilan vaqtim o‘tmoqda.
Vikipediyada maqolalar yozib turishim haqida avval ham xabar bergandim. Ko‘pdan beri O‘zbek vikipediyasida bir qancha maqolalarni tahrirlab/yozib kelaman, "Abdurauf Fitrat", "Armaniston bayrog‘i", "Sahroi Kabir", "Brexit", “Armaniston bayroqlari ro‘yxati”, “O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘linishi”, “Manjuriya”, “Xitoy yozuvi”, “Iyerogliflarni soddalashtirish”, “Pinyin”, “Nurxatsi”, “Yetti shikoyat” va shu kabu o‘nlab maqola va andozalarni to‘liq tahrir qilganman.

Agar siz ham biror xorijiy tilni bilsangiz va O‘zbek vikipediyasi rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz - @jamshidnurqul telegram manziliga “Men “Vikitarjimonlar klubi”ga a’zo bo‘lmoqchiman”, deb yozib yuboring. Klubimiz a’zolariga tarjima uchun Vikipediyaning boshqa tillaridan matn beriladi va tarjima qilingan matn “Vikitarjimonlar klubi” nomidan (maqolaning “Munozara” sahifasida tarjimon ismi ko‘rsatilgan holda) Vikipediyaga joylashtiriladi. Biz bu ishdan hech qanday moddiy manfaat ko‘zlamaganmiz, shunchaki, o‘zbek tilli avlod kelajagi uchun beg‘araz xizmat qilishni istaymiz. Zotan, o‘zbek tilidagi sifatli ilmiy kontentni tashqaridan birov kelib yaratib bermaydi. Safimizga qo‘shiling, evaziga siz tarjimonlik malakangizni oshirasiz, bu sohada o‘zingizda ishonch hosil qilasiz hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmasiga va o‘zingiz qiziqqan ilmiy sohadagi yangi bilimlarga ham ega bo‘lasiz.

Nurqul Minbari: https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFDLznqiPxTicPfXrw
#logika

TTJ – Talabalar Terma Jamoasi

@Fwriter
Forwarded from Xushnudbek.uz
2020 йилдан Ўзбекистонда пахтага давлат буюртмаси бекор қилинади ва ҳокимлар пахта билан шуғулланмайди. 4 февраль куни Шавкат Мирзиёев ана шундай топшириқ берган.

Бу ҳақда Қишлоқ хўжалиги вазири Жамшид Хўжаев маълум қилди.


👉 @xushnudbek 👈
©
Shu fikrga 100 foiz qo'shilaman. O'qigan kitoblarimning kinosi umuman voqealarni to'liq qamrab ololmagan. Ba'zan kinosini ko'rgim kelmaydi. Lekin solishtirish va qiziqqanim uchun ham kinosini ko'raman.
@Fwriter
Biz Alisher Navoiyni bilishimizni isbotlashimiz uchun uning ismi va "Xamsa" asarida 5 ta doston borligini bilishimiz kifoya. 5 dostonning nomini to'liq bilishimiz ham shartmas. Agar sizdan kimdir so'rab qolsa, o'sha odamni o'ziyam yaxshi bilmaydi. Men aytgan 2 ta narsani bilsez, sizga tan bervoradi.

P.s. Bugun Akmal degan sinfdoshimning tug'ilgan kuni. Alisher Navoiyga havas qilaman shunday sinfdoshim bilan bir kunda tug'ilganiga.
@Fwriter
Propiskang bo'lmasa Toshkentning internetidan ham foydalanishnga ruxsat yo'q ekan. Bitta dona wifi o'rnatishga 3 haftalab sarson bo'layapmiz. Birinchi domashniy telefon ulatdirdik. Vaqtinchalik propiskamizning muddati o'tib ketishgani uchun wifi berishmadi. Agar yangilamasak domashniyni ham o'chirib qo'yarkan. Wifi uchun pulni to'laymiz-ku. Bu ularga foydaku. Bizda monopoliya bor. Uztelecomdan boshqa tanlovimiz yo'q. Sababi bizda optika texnologiyasi yo'q. Domashniy telefonsiz wifi o'rnatolmaymiz. Ular xohlaganicha ustimizdan kulishadi. Kompaniyasida xizmat sifati juda past. Aslida, shuncha tashvishga arzimaydigan narsa bu. Bir kunda hal bo'ladigan narsa. Xorijiy davlatlarda uyizda o'tirib internet orqali hal qila olas bunaqa ishlarni. Yilni nomi raqamli iqtisodiyotmidi? Raqamli iqtisodiyot yilida qog'ozbozlik avjida. Bunaqa tizimdan nafratlanib ketaman. Tanqid qilmaymam deb yurgadim. Baribir majbur qiladi bular. "Pulini beramiz tabiiy gaz beringlar" deb gaz ololmaymiz. Tok ham ko'p joyda shunaqa. Xullas, na**y devorging keladi. Propiska tizimi bilan muammoga duch kelmiman deb o'ylagandim. Xato o'y bu. O'zbekmizmi? Viloyatda tug'ilganmizmi? Unda xotya bir marta shu muammoga duch kelmasak hisobmas. #surish_kerak hashtegi bundan keyingi 10 yilda ham mavjud bo'lsa kerak.

P.s. Shu postni muddati o'tib ketgan propiska bilan yashab turgan ijaradagi uyimda yozdim.
#ahmoqona_tizim
@Fwriter
Ko'pchilik serial ko'rishni yoqtiradi. Shuningdek, men ham. Men turk, hind, o'zbek seriallariga vopshe qiziqmayman. Shunchaki, o'zim qiziqqan seriallarni tavsiya bermoqchiman:

1. Prison break (o'zbek tilida "Panjara ortida", rus tilida "побег" nomi bilan mashxur). Buni ancha yoshligimda o'zbek tilida ko'rganman. Lekin oxirigacha tugamatolmay qolgandim. Qolganining tarjimasi hali chiqmadi degandi. Shu tarzda qolib ketgandi. Endi har bir qismini ingliz tilida olib ko'rayapman. Qiziqqanlar uchun mana bu yerda ingliz tilida barcha qismi bor ekan. Bu serialning o'zbekchasida deyarli qirqilgan joyi yo'q.

2. Game of thrones (Taxtlar o'yini). Bu ham juda zo'r serial. Hozircha 8 ta fasldan iborat. Har bir fasli 10 qismdan iboratligini inobatga olsak, vohima qiladigan darajada ko'p emas. Ingliz tilini tushunadiganlar uchun mana bu yerda barcha qismlari bor. Bu serial 18 yoshdan kattalar uchun mo'ljallangan. O'zbek tilidagisida juda ko'p joyi qirqilgan. Shuning uchun ruscha yo ingliz tilida ko'rganiz ma'qul. Bunaqa qirqishlar kino mazmunini buzib qo'yishadi.

3. Shaytanat. Tepada o'zbek seriallariga qiziqmayman degandim. Faqatgina "Shaytanat" seriali bundan mustasno. Qolgan seriallarga nisbatan anchagina yaxshi. Bu serial 2000-yillar atrofi suratga olingan bo'lsa ham, o'zbek seriallari orasi eng sifatlisi mana shu serial deb o'ylayman. Yangilik sifatida aytishim mumkinki, yaqin orada "Shaytanat" seriali TV kanallar orqali efirga berilishi mumkin. Bu serial ustida bir qancha ishlar ketayapti. Serial formatini bugungi zamonga moslashtirishayapti. Yodgor Sa'diyev dekabr oyidagi intervyuda oz ishlar qolganini aytgandi.

P.s. Bu seriallarning hammasi ko'rishni boshlab qo'yganman lekin hech birini hali to'liq ko'rib tugatmadim. Tugatsam bularga alohida to'xtalib o'taman
@Fwriter
Yuqorida aytgan seriallarimning o'zbekchasini ham topdim.

@PanjaraOrtida kanali orqali o'zbek tilida ushbu serialni to'liq yuklab olishiz mumkin.

@uzkino_serial kanalida "Taxtlar o'yini" seriali berib borilarkan. (Avval ayganimdek o'zbekchasida qirqilgan joylar ko'p bo'lishi mumkin)

@shaytanatseriali1 kanalida Shaytanat serialini to'liq hajmda yuklashiz mumkin.

Bu seriallar har xil sevgi, muhabbat yo o'ldim-kuydim seriallardan ancha yaxshiroq.
@Fwriter
Xitoyliklar 10 kunda 1000 kishilik kasalxona qurdi. Men esa 20 kunda bir xonali kvartiraga Wi-Fi oldim, omale😅
@Fwriter
Sizlar ham ro'yhatdan o'ziznikini izladizmi😅.

@Fwriter
Shavkat Mirziyoyev, 2020 yil 31 yanvar:

Yaqinda ko‘p rektorlar ishdan olinadi. Mening stolimda turgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor bo‘lish u yoqda tursin, hatto qorovul bo‘lishga arzimaydi.
@Fwriter
Internetdagi islomiy mavzudagi savol-javob ruknlaridagi savollar mazmuni ko‘p tanqid qilinadi. Dunyo koinotni zabt etayotganda, musulmonlar hali ham uylanish, libos, tahorat kabi maishiy masalalarga o‘ralashib qolgan deyishadi.
Bu gaplarga qo‘shilmayman.
Birinchidan, o‘sha savollarning berilishi, musulmonlarning faqat o‘sha masalalar bilan o‘ralashib qolganliklarini anglatmaydi.
Ikkinchidan, bu masalalarning zamonaviylik bilan aloqasi yo‘q. Bu turdagi maishiy masalalar doimo insoniyat bilan birga va eskirmaydi.
Uchinchidan, boshqa dinlardan farqli ravishda, islom hayotning faqat bir ma’lum bo‘lagi bo‘lib qolmasdan, har bir harakatni tartibga soladi va har qanday maishiy harakat uchun ham mukofot va’da qiladi.
To‘rtinchidan, savol diniy ta’lim beruvchiga berilmoqda, mazmun ham shu sohada bo‘lishi tabiiy. Agar biror futbol mutaxassisiga savol berilsa, asosan, shu mavzuda bo‘ladi - bu bilan barcha futbol muxlislari faqat shu mavzu bilan o‘ralashib qolgan, deyish xato. Futbol haqida savol beruvchilar ichida fizik olimlar, iqtisodchilar bo‘lishi ham bemalol. Diniy domlaga beriladigan diniy savollar mazmuniga qarab, nega koinot, fizika, medisina, matematika haqida savollar yo‘q, deyish ahmoqlik.
©️Qahramon Aslanov
@Fwriter
Zahiriddin Muhammad Bobur turkiy xalqlar orasidagi ilk bloggerlardan biri hisoblanadi. "Boburnoma" asari uning shaxsiy blogi edi. Uning postlari o'sha paytda sodir bo'lgan voqea hodisalar va o'sha voqea hodisalargan bo'lgan shaxsiy munosabatlari haqida edi. Oradan 500 yil vaqt o'tgan bo'lsa ham, uning postlari o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Haligacha uning postlariga commentlar yoziladi, postlari "foward" yo "share" qilinadi.
@Fwriter
Bu maskalar reklamada birinchi o'ringa chiqib olibdi. Oldinlari telefon turardi.
@Fwriter
Boshqasi.. Yo'q, hech kim dunyoda 
Ololmasdi ko'nglimni mening.
Hukm o'qilgan arshi a'loda,
Falak amri: men - sening, sening.
© "Tatyaning Oneginga xati"dan

@Fwriter
#dialog

Kanal a'zosi: – Nega kanalga kam post joylayapsiz?
Men: – Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang.
(Deputatdan kam emasman😅)
@Fwriter
Ateistmi, boshqa din vakilimi menga hammasi do'st yoki yaqin inson bo'la oladi. Bitta shart bilan: meni dinimni va diniy odatlarimizni yomonlamasa yoki ustidan kulmasa bo'ldi. Muhimi bag'ri keng va yaxshi inson bo'lishi. Shunaqa odamlar bor dinsiz bo'la turib yaxshi odam bo'ladi. Namoz esa biz bilan Allohning o'rtasidagi ish. Namoz o'qibgina yaxshi odam bo'lib qolmaymiz. Biz namoz o'qiganimiz uchun hurmat talab qila olmaymiz. "Men namoz o'qiyman, nega hamma anavi odamlarning velosipedini tekinga tuzatadigan alkashni hurmat qiladi", - deb o'kinmasligimiz kerak. Jamiyatdagi o'lchovlar boshqacharoq
@Fwriter
Forwarded from Xushnudbek.uz
​​​​Ўқинг, фақат йиғламанг

Мутасаддилардан бири Ўзбекистонда интернет тезлиги 10 баробар ошади, дебди. Худди шунақа гапни 2018 йил ноябрь ойида ҳам айтишганди. Лекин аҳвол жуда ҳавас қилгудек яхшилангани йўқ.

Шу хабарлар фонида Канадада яшаётган Фарҳод Файзуллаев қуйидагича пост қолдирибди десангиз:

“Уйимда ҳозир 150 мегабит тезликдаги интернет учун ойига 68 АҚШ доллари (бу ерда ва қуйида АҚШ долларида келтираман, тушунарлироқ бўлиши учун) тўлайман. Бу суммага 1 терабайт трафик ва иккита бепул вай-фай нуқтаси киради.

Кеча «Фейсбук»да провайдерим рекламасини кўриб қолдим. Унда ҳозирги тезлигим учун $53 тўлаш таклиф қилиняпти.

Дарҳол телефон қилдим. Биринчи операторнинг сўзларига кўра, у реклама янги мижозларга қаратилган, мавжуд мижозларга бунақа чегирма йўқ. «Йиғиштир карам шўрвангни» дегандим, «ҳозир, ока» деб Лояллик (қўпол қилиб таржима қилганда «вафо») департаменти билан улаб берди. Бу бўлим норози клиентлар билан муомала қиларкан.

Гўшакни кўтарган Алексга тўғрисини айтдим: «2016 йилдан бери сизлар биланман, келиштириб бер». Алекс минг бор узр сўради-да, янги тариф таклиф қилди.

Таклифга кўра, 150 мегабит интернет учун 68 эмас, $53 тўлайман ва яна қуйидагиларни бепул қўшиб беришади:
+ 1 терабайт лимитни олиб ташлайди ва интернет трафигим чегараланмайди
+ бир юз қанча каналли кабель телевидениеси қўшиб беради
+ «Нетфликс» обунамни компания ўз бўйнига олади. Ҳозир «Нетфликс» учун $13 тўлайман ойига, бундан буён эса бу суммани провайдерим тўлайди
+ ҳисобимга $75 ташлаб беради, келажакдаги ҳаражатларимни қоплаш учун.

Ҳаммаси ойига 53$га. Ҳозирги тарифимдан $28 ютяпман (15 интернетдан, 13 Нетфликсдан) ва яна бир ботмон қўшимча хизматлар беришди.

Фақат битта шарти бор: провайдер билан икки йиллик шартнома тузаман ва шу давр мобайнида бошқа компанияга ўтиб кетмаслигим керак. Ўтиб кетадиган бўлсам, 24 ойдан қолган ҳар бир ой учун $12 жарима тўлайман.

Кўндим зўрға, ўзимни роса торозга солиб 😃 Лекин тушунмадим, шунча чегирмани нимага берди? Нега аввалроқ телефон қилмадим?

Яна бир-икки ойдан кейин телефон қилайчи, балки интернетдан фойдаланганим учун менга пул тўлашни бошлашар... 🤔

​​Суратларда:
Чапда уйдаги интернет (вай-вай), ўнгда мобил интернет.
Узр.

Нархлар:
Уй интернети учун ойига $53 (чегарасиз траффик), мобил телефон учун ҳам $53 (20 Гигабайт траффик)


Пост тугади.

Бу гапларни ўқиб, йиғлагингиз келмадими мабодо?


👉 @xushnudbek 👈
2025/07/10 03:51:33
Back to Top
HTML Embed Code: