Telegram Web Link
Forwarded from KUNDALIK
Бугунги куннинг ибратли воқеаси

Андижондан Хадичаи Кубро мадрасасида ўқийдиган қизимни кўргани бордим. Кеча дам олиш куни бирга Тошкентни айландик. Бир дўконга кирганимизда талаба қизим ўша ердан ўзига керакли нарсаларни олди. Пулини тўлаш учун дўкончига юзландим. Дўкончи мендан, “Қизингиз мадрасада ўқийдими?”, дея сўради. Ҳа, деб жавоб бердим. Дўкончи: “Бир инсон дўконимизга келиб, “Агар мадрасада ўқийдиган толиби илм қизлар келиб савдо қилса, пул олманг. Ўзим тўлайман”, деб кетганлар”, дея пул олмади.

Гап пулда эмас, тўлагани маблағим етарли эди. Тошкентлик инсоннинг илм аҳлига бўлган меҳри, эътибори дийдамни тўлдирди...

Kun.uz кундалиги
#Mantiq taxminan quyidagicha:

Seminar va leksiyalarda faqatgina alifbo o'rgatishadi. Yakuniy imtihonda esa qo'shma gap tuzib berishimizni so'rashadi.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Sessiyadan keyin men:

Bizam oldin talaba bo'lganmiz. Lekin bunaqa qattiq o'qish kerakligini bilmagan ekanmiz😂.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Forwarded from Neft va Gaz Ishi (Humoyun)
ЎЗБЕК ҚАЧОН ГАЗ ЁҚАДИ?

Ўзбекистонда 2019-йилда Нефть ва Газ қазиб олиш камайди. Ўзбекистонда нефть қазиб олиш 2019 йили 2018 йилга нисбатан 6,3 фоизга, табиий газ қазиб олиш эса 1,6 фоизга камайган. Ўзбекистонда ўтган йили 698,6 минг тонна нефть, 59,46 миллиард метр куб табиий газ қазиб олинган.
Шу ўринда кўплаб саволлар туғилади?
Соҳада ўзгаришлар қилинди, ҳорижий компаниялар жалб этилди, бошқарув тизими ўзгарди лекин нега натижага келганда эса пасайиш, демак ўзгаришлар ўзини оқламадими? Охирги бир йилда қайсидир сайтларда "Ўзбекистонда у қудуқни дебити ошди, бу қудуқдан саноат миқёсида газ оқими олиниши бошланди, яна қайсидир қудуқлар янги ишга туширилиб, қувурлар ётқизилаётганлиги" ҳақида хабарлар ҳар ҳафта чиқмоқда. Бу хабарларни ўқиб, ўтган йилларда Ўзбекистонда қанча табиий қазиб олинганлигини билган ҳолда статистик маълумотлар чиқишдан олдин, 2019-йилда ўсиш бўлиб қазиб олинган табиий газ камида 70 миллиард метр кубга етган бўлса керак деган яхши бир тахминда эдим. Афсуски адашибман.
Энди бир нарсага эътиборингизни қаратмоқчиман. Нега бирор бир партиянинг ёки тайинланаётган вазирларнинг, амалдорларнинг, ҳокимларнинг "Ўзбекистон аҳолисини табиий газ билан таъминлаш, туман ва қишлоқларни газлаштириш" тўғрисида бирор гап гапирганлиги ёки лоақал бирор фикр билдирганлиги ҳақида ҳеч эшитмаймиз. Бунга сабаб нима? Ёки бу иш имконсизми? Ҳа айтганча, ўтган йили "Ўзбекнефтгаз" АЖ собиқ дректори Баҳодир Сиддиқов "шу йил қишда барча хонадонларга газ боради, ҳар бир хонадон газ билан исийди" - деб айтган эди минг афсуски гаплар сувга айтилган тушдек бўлди. Халқимизни алдагани уялмайсизми ёки сизга имкон беришмадими Жаноб Сиддиқов?
Яқинда Бош Вазир Абдулла Арипов 2025-йилга келиб Ўзбекистон табиий газ експортини тўхтатиши мумкин - деб айтиб ўтди бу яхши албатта агарда газ қазиб олишни камайтирмасдан експорт қилинаётган табиий газ ички еҳтиёж учун ишлатилса.
Бутун Ўзбек халқини, айниқса қишлоқларда уйини иситиш учун таппи ёқиб тутунида ўтирганларни, бир кечада кўмир заҳридан оиласи ва яқинларини йўқотганларни ва Халқини оз бўлсада фаровон яшашини хоҳлаётганларни қийнаётган савол:
Сайловдан эсон-омон ўтиб олган ҳурматли партия раислари ва вакиллари сайлов олди шижоати сайловдан кейин ҳам топиладими ёки фақат "бўй қиз тўй бўлгунча" қабилидамиди? Қани ўзларизни кўрсатиш вақти етиб келди, туманларни ва қишлоқларни табиий газ билан таъминлаш бўйича аниқ ишларни бошлайсизларми ёки беш йил бу мавзуда мум тишлаб ўтасизларми?
Ҳурматли "Ўзбекнефтгаз" АЖ Дректори Меҳриддин Абдуллаев сиз-чи, сиз бу борада ўз иш фаолиятингиз давомида аниқ чора-тадбирлар олиб борасизми?
Ҳурматли Жаноби Ҳокимлар сизлар ўз вилоят, туман, қишлоғингиз халқига табиий газни етказишда ваколатингиз доирасида аниқ ишлар олиб борасизларми?
Ҳа айтганча ҳурматли Жаноблар бу ерда гап ҳеч қандай газ баллонларида тарқатиладиган суюлтирилган газ ҳақида кетмаяпти, гап қувурларда борадиган табиий метан гази ҳақида. англашилмовчилик бўлмасин дейман.
Бу саволларга жавоб бериш имконсизми? Йўқ асло ундай эмас, бу ишларни бажариш ҳам имконсиз эмас. Шунчаки Халқимизни янада фаровон яшашини хоҳласангиз ва шунга яраша ҳаракат бўлса бас. Саволлар борки, доимо ечим ва жавоб излайди. Албатта қачондир мусаффо осмон остидаги туман ва қишлоқлардаги Ўзбек Халқига ҳам табиий газ боради.
Фақат бир нарса ноаён, ҚАЧОН ?

Ҳумоюн Худаёров,
талаба

Neft va Gaz Ishi @ngi_uz
""""""""""""""""""""""""""""""""""""""""""
Prezident murojaati davomida paxta va g'allaga davlat buyurtmasi bosqichma bosqich bekor qilinishini aytdi. Bu degani fermerlar "plan to'ldirish" degan bosh og'rig'idan qutiladi. Qishloqda katta bo'lganman. Aynan shu "plan"ni to'ldirish uchun maktab davrimda 5-sinfdan 9-sinfgacha paxtaga terimiga majburan chiqqanman. Paxta yoki g'alla bizni milliy boyligimiz emas. Bu termin bosqichma bosqich o'z ahamiyatini yo'qotadi.
@Fwriter
Forwarded from Bloknotim📝
#vohma

Avvalam bor shu fake xabari tarqatayotgan lo'xlarga Xudo farosat bersin

Odamla shunchali bo'p ketilami nahot bitta oddiy rasmni miyela uje tahlil qilomasa? Bu fake xabarligini oddiy bilib olsa bo'ladiyu.

1-dan: Virusni nomi n7n9 emas.
Virus nomi: 2019- nCoV

2-dan: Xabarda shunchalik xato ko'pki bu xabarni kamida 14 yoshli boladan kichkina bola tarqatgan

3-dan: Bu xech qanday rasmiy sayt yoki vazirlikni matbuot xizmati emas. Shunchaki Google translate!!!

Karl eshityabsami odamlar shunchaki Google translatedagi yozuvni tarqatishyabdi!

Iii eng dumalab tushgan joyib qop ketibdyu🤣 Banaaaaan😂😂😂😂🤣🤣🤣 Banan🤣🤣🤣🤣 qanaqa banan odamla😂 Yana kodli banan! Umrim davomida kodli banani eshitmaganakaman😂 Vay bl....🤣

Iltimos xech bo'lmasa Homo sapiensga loyiq bo'linglar)

Mayln hammaga farosat bershini tilab qolamiz.

Etganchi shu xabarni tarqatsela sal tori ish qigan bo'lasila odamlani vohimadan qaytarib)


@bloknotim'dan
Kechagi mag'lubiyatdan keyin men qo'ylarimni faqat stadionda boqadigan bo'ldim
@Fwriter
Har doim "futbol atmen" deyaveramiz. Lekin baribir umid qilaveramiz. Chunki O'zbekistonda tug'ilib boshqa davlat terma jamoasiga muxlislik qilolmaymiz. Ba'zan qaysidir terma jamoa o'yinlariga qiziqamiz. Lekin ular jahon chempionatiga yoki olimpiadaga chiqsa, Vatanimiz termasi Jahon chaqanida bo'lgani kabi xursand bo'lmaymiz. Bir tanishim bor edi. O'zbekiston JCh (jahon chempionati)ga chiqsa, shunaqangi xursand bo'lamanki, xotinim o'g'il ko'rsayam unaqa xursand bo'lmasam kerak degandi. U payti uylanmagan edi. Yaqinda o'g'illi bo'ldi. Alloh bir emas egizak o'g'il berdi. Lekin O'zbekiston haliyam JCh ga yoki Olimpiadaga chiqa olmadi. O'zim ham 2011 yilgi OK dan beri termamiz o'yinlarini qiziqib kuzataman. Deyarli 10 yil o'tibdi. Yoshligim o'tdi. Lekin baribir umid qilaveraman. Chunki mening boshqa joyda tug'ilish imkonim yo'q. Shu yerda tug'ildim. Shu Vatan termasiga muxlislik qilaveraman.
@Fwriter
Alloh yo'liga kirganimdan umuman afsuslanmayman. Ba'zilar aytadi, dinga chuqur kirib ketmayapsanmi deb. Hamma narsaning meyori belgilangan. Ba'zilar aytadi: "Shu 5 vaqt namozingni o'qisang bo'ldi-da", - deb. Dinimizga to'liq amal qilmasak, chala amal qilgan bo'lamiz. Meyor buziladi. Agar haddan oshib ketsak ham meyor buziladi. Haddan oshish esa biz o'ylagan narsa emas. Masalan, xristianlar Iso (alayhisalom)ni xudoning o'g'li deyishdi. Uni xudo darajasiga olib chiqib qo'ydi. Bu haddan oshish. Aslida esa, Iso (alayhi salom) Allohning bir elchisi. Alloh yagona. Unga sherik yo'qdir. Haddan oshish mana shu. Hamma narsani meyorida qilaylik. Kamroq ham emas, ko'proq ham emas.
@fwriter
Dunyodagi eng birinchi qotillik Odam (alayhissalom)ning o'g'li Qobil tomonidan amalga oshirilgan. U o'z ukasi Hobilga bo'lgan hasadi tufayli uni o'ldiradi.
©Payg'ambarlar tarixi

@Fwriter
Inson biron xato qilib qo‘ygach, nadomat, pushaymon qilishi undan o‘sha gunohni ketkazmaydi, chunki bu har bir odamga xos bo‘lgan xislatdir, har kim bir qabih ishni qilib qo‘ygach, so‘ngra afsuslanishi tabiiy. Lekin kimki biron gunoh sodir qilib, keyin Allohni eslasa, Unga chin dildan - nasuh tavba qilsa va o‘sha gunohlardan qaytsa, Alloh u bandani kechiradi. Buning uchun, yana takrorlab o‘tamiz, chin qalbdan istig‘for va tavba aytish lozim.
© Payg'ambarlar tarixi

@Fwriter
Xitoyda tarqalgan virusga nisbatan berilayotgan diniy kontekst ham avj olyapti. Xitoy hukumatining so‘nggi yillarda musulmonlarga nisbatan zulmi tufayli Alloh ularga mana shu baloni yuborayotgani haqida aytayotganlar ham, unga javoban, bu kasallikdan aybsizlar, tabiiyki, ba’zi musulmonlar ham jabr chekayotgani aytayotganlar ham bor.

Ha, Alloh o‘z kitobida ham, xaddidan oshgan qavmlarga mana shunday balolar yuborilishi mumkinligidan ogohlantiradi, Nuh, Lut, Muso va boshqa payg‘ambarlarning qavmlari haqida hikoya qiladi. Ammo menimcha, bir insonning hozir bo‘lib turgan har qanday xodisaga nisbatan “Alloh mana shu ish uchun mana bunday jazoladi” deb xulosa qilishi juda noto‘g‘ridir.

Nafaqat xitoyliklar yoki shunga o‘xshash tabiiy ofatlar, balki biror bir insonga nisbatan ham shunday fikrlash avj olgan. Masalan, bir odam og‘ir dardga chalinsa, “ana, Alloh falon gunohining jazosini ko‘rsatdi” deb, aytaylik, bir odamga ofat yetsa, “Allohdan qaytdi, mana bu ishlari uchun” deb keskin baholab yuborish holatlari ko‘p. Aslida, biz buning asl hikmatini bilmaymiz, faqat Alloh bildirgan doiradagina bilamiz va fikr bildirishimiz mumkin xolos.

Albatta, insonlarga zulm qilish gunoh, Xitoy hukumati jirkanch ishlari uchun javobgar, Alloh har narsaga qodir, lekin aynan mana bu voqealarning hikmatiga inson o‘z aqli, mantig‘i, xulosalaridan kelib chiqib baho berishi yaxshi emas. Biz faqat Allohning o‘zi ma’lum qilgan hikmat, sabablar haqida komil ishonch bilan aytishimiz mumkin xolos.

Aslida Allohning hisob-kitobi va jazosi qiyomat kunida muqarrar ekani aytilgan. Ammo bu hayotdagi musibatlar yoki mukofotlarning hikmati faqat Uning o‘ziga ayondir.

Oddiy misol, payg‘ambarlarning hayotiga qarang, ularning ichida, juda og‘ir xastalikka chalingan Ayyub ham, zindonga tashlangan Yusuf ham, kambag‘al Iyso ham, badavlat Dovud ham, uzoq vaqt farzand ko‘rmaganlari ham, serfarzandlari ham bor. Ya’ni balkim, bu bilan Alloh, bu dunyodagi bu farqlarning o‘sha insonning Alloh oldidagi qiymatiga zarracha aloqasi yo‘qligini aytmoqchidir, bu dunyodagi musibatlarning kafforat yoki jazo ekanining hikmatini O‘ziga qoldirish kerakligi haqida ishoradir.

O‘z vaqtida payg‘ambarlarga yetgan bunday musibatlar haqida mushriklar “falon butga isyon keltirgani uchun xudolar jazoladi”, “falon dindan chiqqani uchun unga musibat yetdi” deyishgandi. Ularga o‘xshab qolmaylik.
Bemorlarga esa, Alloh shifo bersin.
©Qahramon Aslonov

@Fwriter
Malayziyada 5 kishi internetda Koronavirus haqida noto'g'ri ma'lumot tarqatgani uchun qamoqqa olinibdi. Bizda ham ko'pchilik yolg'on xabarlar tarqatib yurishibdi. So'z erkinligi degani jamiyatga qattiq ta'sir qiladigan yolg'on ma'lumotlarni ham tarqatish mumkin degani emas. Avval aytganimdek hamma narsada meyor bo'ladi. Meyordan sal oshsa ham yomon, yoki ozgina kamaysa ham yomon.

@Fwriter
Forwarded from Freedom writers
Bir narsa aniq. Biz yoshlarni dindan qo'rqitib qo'yganmiz. Vaqtida yoshlarga namoz o'qish ta'qiqlab qo'yilgandi. Shaxsan o'zim ham yaqingacha diniy biron nima eshitsam, yomon oqimlarga qo'shilib ketishdan qo'rqib o'zimni chetga olardim. Yoshlar ongida diniy e'tiqod kuchayib ketsa, terrorchilik yoki yomon oqimlarga qo'shilib ketishga moyillik ortadi degan narsa bor. Shuning uchun ham juda ko'pchilik yoshlar hozir ham o'zini dindan uzoqroq tutishadi, namoz o'qishmaydi. Shaxsiy fikrimcha, musulmon yoshlari orasida namoz o'qishni yoki, umuman, islom farzlarini targ'ib qilishni yo'lga qo'yish kerakdir, balki, Bu majburlab namoz o'qitish yoki majburlab dindor qilish emas, shunchaki namoz o'qisa yoki islom farzlarini bajarsa, qanchalik o'ziga yaxshi bo'lishini tushintirish orqaligina targ'ib qilishni nazarda tutayapman. Qachon yoshlar din tufayli yomon oqimlarga qo'shilib ketmasligi mumkin? Qachonki yoshlarda diniy bilim bo'lsagina. Baribir yoshlarda diniy bilim olishga ehtiyoj va bo'shliq bo'ladi. Shu bo'shliqni to'ldirish uchun turli manbalardan ma'lumotlar izlaydi. Shunday paytda ularga to'g'ri manbani ko'rsatib bera olishimiz kerak. Din deganda terorchilik oqimlarini tushinmasdan to'g'ri yo'ldan adashmaydigan yoshlar kerak bizga,

@ijtimoiynigoh
#dialog

– Ustoz, kirishga mumkinmi?
– Bu oxirgisi bo'lsin a?
– Yo'g'-e, ustoz, bu hali birinchisi.

@Fwriter
Sessiyada ustozlar:
Mayli, telefondan foydalaninglar. Lekin biz ko'rmaylik.

O'sha payti biz:
Ustoz, qaramay turing
.
@Fwriter
Men uchun quyidagi 2 narsa doimo g'alati:

1. O'g'il bolaning chiroyli bo'lishi. U chiroyli bo'lishga majburmas. Ular tabiatan baquvvatroq, aqlliroq bo'lishining o'zi yetarli, menimcha. Bo'yanib yuradigan yigitlarni esa umuman gapirmayman

2. Qizlarning baquvvat bo'lishi. Ular nozik didli jins vakilasi hisoblanishadi. Ularga boks, kurash, tosh ko'tarish kabi sport turlarida qatnashish unchalik ham yarashavermaydi. Ularga ko'proq go'zallik yarashadi.

P.s. Men, aslida, bularga qarshimasman. Xohlaganicha yurishsin. Erkinlik, demokratiya. Lekin men uchun baribir yuqoridagi holatlar g'alatiligicha qolib ketaveradi.
@Fwriter
Bir tomondan, Diyor Imomxo'jayevning fikri ham to'g'ri. Futboldan boshqa qaysi sohada Koreya bilan tengma teng kurasholamiz? Qaysi sohada Osiyoda 4-o'rinni ololamiz. To'g'ri boks deb kimdir aytishi mumkin. Lekin u individual sport turi. Futbol sohasida ham individual jihatdan Ravshan Ermatov amaldagi Jahon rekordini o'rnatgan hakam hisoblanadi. Bu bilan futbolchilarimizni yonini olish niyatim yo'q. Mantiqan qarasak, davlat ta'limga ham, futbolga ham juda katta pul sarflaydi. Effektniyrog'i futbol bo'layaptimi shunda. Ta'lim sohasi bo'yicha Osiyoda nechanchi o'rindaligimizni bilib olishimiz uchun bitta misol keltiraman: Bironta oliygohimiz butun dunyoda 1000 talikka kirmagan. Endi boshqa jihatda: bironta o'zbek olimi nobel olmagan. Individualniy ham boshqa jihatdan ham ta'lim sifati ancha past. Futbol undan oldinroqda turadigan soha hisoblanadimi shunda?!

P.s. Men bu gaplarim bilan olimpiyachilarimizni oqlamoqchimasman. Men 2011-yilgi Osiyo kubogi o'yinlaridan boshlab o'zbek futboliga qiziqib kelaman. Orada 2 ta olimpiada (2012, 2016) va 2 ta Jahon chempionati (2014, 2018) o'tdi. Men esa faqat umid bilan yashadim, kutdim. Natija esa nolga teng. Lekin qachondir futbol termamiz Jahon Chempionatiga yoki Olimpiadaga chiqishini umid qilaveraman.
@Fwriter
Har kuni "MCHS"dan Chimyonda nimadir opasna deb sms kelayapti. Bugun borib nima bo'layotganini ko'rib kelmoqchimiz. Kursdoshlar bilan birga. Qisqa qilib aytganda, salom Chimyon. Xush kelibsan Chimyonga, Ma'rufjon!
@Fwriter
Allohning biz uchun bergan har bir kuni muqaddas va mo'jizalidir. Shuningdek 02.02.2020 sanasi ham shu kunlarning biri, xalos. Hech bir ortiqcha joyi yo'q. Shuning uchun ham bir birimizni har bir kun ila tabriklashimiz mumkin. Sizlarga 02.02.2020 sanasi emas, muqaddas kunlarning biri bo'lgan bugun muborak bo'lsin, azizlar
@Fwriter
2025/07/12 07:23:40
Back to Top
HTML Embed Code: