Telegram Web Link
Talabalik guvohnomam topildi. Topib berganlarga va e'lon bergan barcha kanal adminlariga rahmat.
Forwarded from .
Katta akalar o'z mahallasini maqtab chiqdi lekin bizning kichkina "krug" uncha munchasizga chiqish eshigini ko'rsatib qo'yadi. To'g'ri hammasining tematikasi xar hil lekin odamga doim aytganimdek nimadir bera olishadi.
Hozir sizlarga ularni itvachcha qilib ta'riflab beraman demak:

@sarimsoqvoy_uz - Endi tariflay desam asli bir ta'riflash uchun so'z ham yo'q asli bu kanalni qattandir suqilib olgan "krugimiz" ga. Adminiga gap bo'lishi mumkin emas "shkalat" yigit. O'zi aytganidek "Ganskiy".

@shunchaki_haqiqat - Postlari hayotiylikdan xabar beradi bir so'z bilan aytganda "itvachcha" kanal. Adminini esa rosti uncha yoqtirmayman majburmiz u kishini ham eslab qo'yishga)

@sarcasm_uzb - Tarif topish uchun notiqlar ham cho'kkalab qoladi bu kanal uchun. O'zim kuzatmayman lekin yaxshi deyishadi😂. Admini haqida gapirmay o'tib ketamiz.

@nurqulminbari - Alimoff kanalidan keyingi o'rinda turadi men uchun. Super kanal, admini bilan ko'p muloqot qilmasam da zato to'yga aytgan boraman bezdek😂.

@ijtimoiynigoh - Ex bir vaqtlar "sindirishmagan" da edi bu yigitni hozir 10 k bo'lardi obunachilari mening do'stim 😊. Kanadaga viza olsa fisht.. Keyin men fisht 😂.

@nomsiz_nomalar - Bizning mahallaga qayerdan kirib qolgan bilmayman, lekin qalbdan chiqib qalbga boradi gaplari. Admini "Tillo" bola, negadir meni yoqtirmaydi 😕😒.

@devona_gaplar - O'zi kamdan kam siqilaman lekin kayfiyatim yo'q vaqtda shu kanalga mo'ralab maza qilaman. Admini "qarzdor" mendan(😂).

Shu bizning "sastap!

Shu jumladan menga doim yordam so'raganimda aslo yo'q demagan samimiy inson Bek akaning @KutubxonaaN1 kanalini eslab ketmasam uyat bo'ladi.

Meni ijtimoiy tarmoqda o'z gapimni ayta olishimga va kanal ochishimga sababchi @jkuartive kanali adminiga alohida "ispasiba".

Ha aytgancha @fazo_abdimurodovna Seni unutib qoldirsam bo'lmas)

Kimdir qolib ketgan bo'lsa hafa bolovirsin yodimga kelmadi boshqasi🤦‍♂.

Hammangizga shu kun shu darajaga yetkanim uchun rahmat garchi bir tiyinlik foydangiz tegmagan bo'lsa da(.

The End.
Freedom writers
Katta akalar o'z mahallasini maqtab chiqdi lekin bizning kichkina "krug" uncha munchasizga chiqish eshigini ko'rsatib qo'yadi. To'g'ri hammasining tematikasi xar hil lekin odamga doim aytganimdek nimadir bera olishadi. Hozir sizlarga ularni itvachcha qilib…
Balki 10k bo'larmidi yoki undan ancha kammi, lekin o'shanda kanal yuritmayman degandim. Ammo baribir nimadirlar yozgim kelib qoladi. Bu do'stimga Kanadaga birga ketishga va'da berib qo'ygandim. Inglizchani o'rgan desam o'rganmayapti. Amallarmiz a)
Qadri qishloqlarda qolib ketganlar, bayraminglar muborak bo'lsin (hechdan ko'ra kech).
Assalomu alaykum. Hamma bizda bo'layotgan voqealardan charchab ketgan bo'lsa kerak. Qayoqqa qarasam Johon aka (Toshkent hokimi) haqida yozishayapti. Men ham kuzatib boraman yangiliklarni. Jahon aka kimlarga taxdid qildi, bu haqida partiyalarning munosabati-yu, Yulduz opa (Usmonova) nima degani. Deyarli hammasiga ko'zim tushadi. Lekin bularga munosabat bildirishga majburmasman. Usiz ham hamma tomon qora bo'yoqlarga bo'yalib ketdi. Bu odamni charchatadi. Telegramga kirganda ham odam qandaydir dam olishi kerak-ku!

Sizga aytgandim a: bitta loyiha boshlab qo'ydim deb. Bu loyiha yuqoridagi maqsadga yo'naltirilgan. Ya'ni Yovvoyi olam haqida ma'lumot beruvchi yangi blog ochdim. Bu o'z sohasi bo'yicha o'zbek tilidagi birinchi blog, adashmasam. Siyosat-u qora yangiliklardan chachagan paytingizda bu blogni o'qib dam olishingiz mumkin. Umuman hech qanaqa siyosatga aralashmaydigan yangicha formatdagi kanal. Loyihamiz uzoqqa boradi degan umiddaman.

Quyidagi kanallarga a'zo bo'lib qo'ying👇
@Y_olam (o'zbekcha varianti)
@WOW_net (inglizcha varianti)
Forwarded from Freedom writers
Ko'chada kimdirning: "Xom sut emgan bandamiz", - degan gapini eshitsam, asabim o'ynaydi. Nima, ona senga sutini pishirib bersinmi? Eslab qoling: qilgan xatolarizga ona bergan sutni umuman aloqasi yo'q. Shuncha qiynalib katta qilgan onani yana aybdor qilish g'alatimasmi? Aynan shu gapdan xafa bo'lgan onalarni ham o'z ko'zim bilan ko'rganman. Onalarga og'ir botadi-da. Iltimos, bu gapni umuman aytmang.

@ijtimoiynigoh
_______________________________
Kanalga ulanish⤵️
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Sovuq minusdan pastga tushdi. -5 gacha ko'rsatdi bugun. Nimasi yomonligini bilasmi? Menga unchalik bilinmaydi. Toshkentda gaz bor. O'qish joyim ham issiq. Qishlog'imizda esa gaz yo'q. Faqatgina bizning qishloqda emas, O'zbekiston bo'yicha juda ko'p joyda gaz yo'q. Oddiygina masala hal qilinmaydi bizda. 21-asrda, hamma tomon robotlashgan va raqamli axborotga o'tilgan davrda odamlarimiz o'tin-u tappi yoqishga majbur. Bizda qishni sog'inishmaydi. Men ham qishni sog'inmayman. Qorni ham, yangi yilni ham. Chunki aynan mana shu paytlari sovuq bo'ladi. Aynan shu davrda eski asrdan yangi asrga o'tmaganimiz ochiq oydin bilinadi. Gazi borlar ham xavfsiz emas. Nechtalab odam is gazidan vafot etishadi. Yaqinda 19-noyabr kuni ham Jizzax viloyati Zomin tumanida 7 kishi vafot etgan is gazidan. Eng oddiy muammolarni hal qilmasdan turib "Tashkent city", "Olmozor city", Balo city, Qo'shmazor citylar qurishadi bular. U citylarning bizga bir tiyinlik foydasi yo'q aslida. Shaxsan ko'rmadim-u, u yerga biz tengilar borsa faqatgina rasm tushishadi, xalos. Bizlar shaklga ko'proq e'tibor beramiz. Kimdir kelib "voo zo'rakan" desa bo'ldi. Ular qishloqlarga borib tappi yoqayotgan odamlarni ko'rmaydi. Agar qaysidir qishloqqa xorijliklar keladi desa bir kunda shahar qilib tashlay oladi. Prezident keladi desa 1 kunda qanchalar o'zgarib ketadi, axir....

@ijtimoiynigoh
Forwarded from Alimoff
​​Бир вақтлар чет эл телеканалларини бирида, бир чиройли қиз инглиз тилида об-ҳаво маълумотларини айтаётганди. Совуқроқ ҳаволардан дарак берарди... Энг сўнгида айтган гапи ҳалигача эсимда. “Кўчада қандай об-ҳаво бўлишидан қатъий назар, уйингиз иссиқ ва кўнглингиз хотиржам бўлса бас” деб тугатган эди у ўз гапини.

Менга кунда ўнлаб мурожатлар келади, ака свет йўқ, газ йўқ... Шу мурожатларга жавоб ёза олмайман... Кимман мен бу нарсаларни хал қила оладиган? Ҳаттоки Газни министири ўз ваъдасини устидан чиқа олмай турган шароитда биз нима қила оламиз... Қиш ўзбек учун бу чақирув... Узоқ ва дахшатли кечадиган жанг... Пойтахтдагиларга сезилмайди албатта, лекин пойтахтда яшовчиларни ярмини ота-онаси, ака-укаси, опа-синглиси вилоятларда яшайди. Улар ҳам хис қилишса керак.

Бир рекламада бу мени уйим, спортзал, ишҳонам, бугун қайси ресторанга борамиз ўғлим? Италиянми Бразилия ресторанигами... деган сюжетни кўраман. Ха биз жуда катта тафовутга эга жамиятда яшаймиз. Кимдур қайси ресторанга боришни ўйлайди, кимдур бугун свет неччида ўчаркин деб тезроқ ишларини битириб олишга шошилади... Қиш ўзбек учун мусаффо оппоқ қор рамзи эмас... Қиш ўзбек учун мўжизали янги йил байрами ҳам эмас. Қиш ўзбек учун бу чақирув... Узоқ ва дахшатли кечадиган жанг...

Шу нарсаларни кўриб туриб гапирмаслик, жим туриш қандай қийинлигини биласизми? Наҳот тақдиримизга йўқотилган авлод бўлиб ўлиб кетиш битган бўлса.
Инновация... Техника асри... Сунъий интеллект... Ўзбеккосмос... Кўнглим айнийди. Кўксимга бир нарса қаттиқ бота бошлайди. Бақиргим келади. Қишда болалар кўчаларда ўйнамай ҳам қўйишди хозир. Чунки устлари уйиб кетиб, иссиқ уйга кирмайди... Қишдан безган болалар, ундан қўрқўвчи халқ... Шеърларда эса унинг мусаффо оппоқ қорининг мадҳи давом этади. Қиш ўзбек учун бу чақирув... Узоқ ва дахшатли кечадиган жанг... Қиш яқин...

Каналга уланиш👉@nurbekalimov
Суриш, яъни бошқа мамлакатга яшаш учун кўчиб кетиш истаги, кўпроқ, бирор салбий ҳолатга бўлган муносабат сифатида акс этади. Аслида бу жуда мураккаб жараён ва бундай қарорга жуда кўп омиллар таъсир қилади. Ноқулай томони, бу омиллар турлича қийматликларга эга, бир тарозида аниқ тортиб кўриш умуман имконсиз. Масалан, иш жойини ўзгартириш учун баъзида, шунчаки, маошдаги фарқ таъсир қила олади – аниқ сумма мавжуд, сиз ўша сумма эвазига, айтайлик мавжуд комфортдан воз кечасиз, иш жойингизни ўзгартирасиз, тамом.

Бошқа мамлакатга кўчиб кетиб яшаш ҳақида гап кетганда эса, бу осон эмас ва юқорида айтганимдек, қийматликлар ҳар хил. Айтайлик, ота-онангиз билан бир соат гаплашиб ўтириш сиз учун жуда арзон қийматга эга. Америкада яшаётган ўзбек учун эса, худди шу бир соатлик суҳбат янаям қадрлироқ, бунинг учун у бир неча юз доллардан воз кечишга тайёр бўлиб қолади. Ёки Туркияда яшаётган ҳамюртимизнинг деразаси тагида турган денгизда чўмилиш учун биз анча пулдан воз кечишга тайёрмиз.
Оила билан вақт ўтказиш, дўстлар давраси, жамиятдаги эришилган мавқе, атроф билан мулоқотдаги қулайлик ва шунга ўхшаш қийматликлар тарозининг бир тарафида, катта эҳтимол билан анча юқори даромад, қайсидир маънода эркинлик, дам олиш шароити ва бошқа қийматликлар тарозининг нариги томонида туради. Бу қийматликларнинг ҳар бири қанчалик тош босиши инсонларларга қараб, вақтга қараб, фарқ қилади ва буни аниқ ўлчашнинг ҳам иложи йўқ. Шунчаки, маълум бир паллада қарор берилади, тамом. Ҳар бир киши ўзи учун қарор қилади.
Шуниси аниқки, ҳар қандай ҳолатда ҳам, нимадир топасиз ва ниманидир йўқотасиз, бошқа иложи йўқ.
Табиийки, ҳар қандай қарорда ҳам, йўқотилган қийматлар қадрлироқ кўринади – Америкада яшаб юрган ўзбек бу ердагиларга хавас қилади, бу ердагилар уларнинг ҳаётини яшаш учун интилади. Айтмоқчиманки, ҳар қандай қарорда ҳам пушаймонлик ҳисси бўлади, энг муҳими, бу билан ўзини қийнамаслик. Чунки ҳеч қачон бу тарозида аниқ ўлчов бўлмайди, демак, қайси бири яхшироқ эканилигини аниқ билиб бўлмайдиган вазиятда чиқарилган қарор учун пушаймон бўлиш мантиқсиз...
©Қаҳрамон Асланов

@ijtimoiynigoh
Forwarded from Freedom writers
Palagi toza, yaxshi insonlar biron bir yomon ish qilishsa, kasri darrov urarkan. Bolasigami, ishigami. Tezda xatolarini anglashi va tavba qilishi uchun. Bu ham bir mukofot aslida pok odam pokligicha qolishi uchun.

Assalomu alaykum, aziz dindoshim. Juma ayyomingiz muborak bo'lsin.
Bolalar - U Hali Yosh Oyijon
@Armoningmanuu
#playlist #tavsiya

Bolalar guruhi arxividan ajoyib qo'shiq. Sizga ham ilindim

@ijtimoiynigoh
Qishning ilk kunlari muborak bo'lsin. Kimdirlar bu faslni sog'ingani aniq. Aynan shu fasl juda ko'p xotiralar borligi bilan ajralib turadi.
Welcome winter.

@ijtimoiynigoh
Kecha XDP partiya raisi o'qituvchilarning qog'ozbozlik qilishini kasbiy vazifasi deb atabdi. Mana nima uchun bizda o'qishga kirganlar o'qituvchi bo'lishni xohlashmaydi. Qog'ozbozlikni yomon ko'rishimni avval ham aytuvdim. Bu narsalar an'ana sifatida singib ketgan ko'pchilikka. Bu muammoni kecha partiya rahbari aytgani uchungina yoritayotganim yo'q. Avval bir necha post qilganman aynan shu haqida. Hozir esa bittagina gapim bor: kimga ovoz berishni bilmasangiz ham, kimga ovoz bermaslikni bilib oldingiz a.

Izoh: O'qituvchining kasbiy vazifasi o'quvchilarga (sifatli) ta'lim berish. Qolgani 2-darajali (yoki umuman qilish shart ham emas).

@ijtimoiynigoh
Forwarded from .
Кизча Одинахон Бурханова! 2011 йил, Бухоро вилояти Коровулбозор туманида тугма унг кул аномалияси билан тугилган. Хозир Тошкентда протез ишлаб чикаришаётган экан, ишлайдиган, шунга боришса 4000$ булар экан! Оилавий шароит буни кутармайди! Одинахон узи таеквандо WTF га катнашади, жуда харакатчан!.
Freedom writers
Photo
Shunchaki, yordam kerak. Mobodo qo'lizdan kelsa, yordam bering. Usiz ham yo pistaga yo pepsiga ketadi puliz. Iloji yo'q bo'lsa tarqitishga yordam berishizni so'rardim. Yanayam ixtiyoriz. Majburlash yo'q bizda

💳 8600 0329 5699 0709
BURKHANOV ERKIN
Отаси
Menga bir narsa qiziq: aslida qaysi fan biz tilchilar uchun muhim ekanligini bilmay qolaman ba'zan. Hamma o'qituvchilar o'zlarining fanini "eng muhim fan"ga olib chiqib qo'yishadi. Masalan, mening yo'nalishim "ingliz tili va adabiyoti". Ba'zan o'qituvchilarimning gapini eshitib men uchun eng muhimi psixologiya, pedagogika yoki tilshunoslik ekan deb o'ylab qolaman. Ingliz tili darslari 2-darajaga tushib qoladi. Ingliz tilini yuzaki bilsak ham, ularni chuqurroq o'rganish kerakdek tuyilib ketadi. Balki, o'sha fanlarni bilishimiz kerakdir, lekin biz, avvalo, ingliz tilida gapira olishni o'rganishimiz kerak-ku. Ko'pchilik biladi IELTS (Xalqaro ingliz tili test sistemasi) degan tizim bor. U ingliz tili darajangizni belgilab beradi. Ingliz tiliga ixtisoslashgan yo'nalishlarda o'qiyotgan talaba oliy ta'limda 2 yil o'qib kamida 6.5 ball ololsa undan kelajakda yaxshi kadr chiqishiga ishonsa bo'ladi. Chunki bu test tizimi eng haqqoniysi hisoblanadi. U bergan sertifikat Xalqaro darajada tan olingan. Agar hozir 6.5 balli IELTS sertifikat bilan oliy ta'lim tizimiga kelib qolsez, bu tizim sizning darajangizni 2 yil ichida 5.5 yoki 5 ballgacha tushirib bera oladi. Men bunga ishonaman. Tasavvur qiling oliygohlarga ko'pchilik taxminan 5 yoki 5.5 ballik IELTS bilan keladi....

Native speaker(haqiqiy ingliz)larni umuman ko'rmadim. Universitetga olib kelib qaysidir fandan dars o'tadigan qilsa bo'ladi. Bilmadim, negadir qilishmaydi. Boshqa tillarda, xususan, koreys, yapon tillarida haqiqiy nativelarning dars o'tganini ko'rganman. Aslida, butun dunyoda inglizlar ulardan ko'proq. Negadir olib kelishmaydi. Haqiqiy nativelar bilan gaplashib ham ko'rmagan talabalar kelajakda ustoz bo'lishadi. Keyin o'sha ustozning o'quvchilari menga o'xshab nolib yurishsa kerak....

@ijtimoiynigoh
#fakt

Statistikaga qaraganda obetdan keyin o'qiydigan talabalar zavtrak (nonushta) va obet(tushlik)ni bitta qilib yuborishar ekan.

@ijtimoiynigoh
Oh sevaman kozlaringni
Anvar Ganiyev
#playlist #tavsiya

...Tugar umidlarim tugar,
Xayollarim olib ketar,
Xazon yaprog'idek
Sevgim so'nar...

@ijtimoiynigoh
2025/07/08 12:17:13
Back to Top
HTML Embed Code: