Ron Klark nomli kinoni ko'pchilik ko'rgan bo'lsa kerak. Ko'rmaganlar uchun qisqacha ma'lumot: Ron Klark ismli amerikalik o'qituvchi New York dagi bir maktabdagi asosan negr va ko'pchilik tarbiyasi og'ir deb hisoblaydigan o'quvchilarini 3 yo 4 oyda imtihonga tayyorlaydi va o'sha o'quvchilarning hammasi imtihondan o'tadi.
O'sha kinoni yaqinda o'sh kinoni yana bir marta ko'rdim. O'qituvchiga tan berish kerak. U uslub yaratdi. Ron Klarkning 55 qoidasi butun dunyoda mashxur.
Keyin o'yladim: "bizda ham shunday o'qituvchilar chiqarmikin?" Aniq javob oldindan bor edi: "Yo'q!" Sababi esa oddiy: bizning ta'lim tizimimiz e yo'q uzur ta'lim tizimidagi tizimsizlik aybdor. O'sha Klark bo'lmasa ham lyuboy o'quvchi maktabdagi imtihondan hech bo'lmaganda "3" baho bilan o'tishi oldindan aniq. Shaxsan men ko'rmaganman sinfdan sinfga qolgan o'quvchini. Harf tanimaydigan o'quvchilar barcha imtihonlardan o'tib ketgan. Hozir esa vapshe oson o'sha maktabdagi davlat imtihonidan o'tish. Savollar oldindan beriladi. Javoblar ham oldindan chiqib ketib bozorlarda sotiladi. May oyida konselariya do'konlarida eng ko'p sotiladigan mahsulot aynan o'sha bo'lsa kerak. Mana shu javoblarni yodlab olish unchalik qiyinmas. Biz shunchaki robot yaratib qo'yayapmiz.
Shu o'rinda bu muammoga yechimni ham taxminan o'ylab ko'rdim: imtihon savollari namuna tarzida oldindan tarqatilsin. Imtihondagi asosiy savollar esa o'sha namuna tarzida, qiyinlik darajasi ham o'sha namunadagidek bo'lsin-u lekin boshqa savollar tushsin. Bu savollarni oldindan hech kim, o'qituvchilar ham bilmasligi kerak. Har bir namunalar o'quv yili boshidan chiqsa, hech bo'lmasa o'sha imtihon uchun ham qattiqroq o'qishadi. Savollar esa test yoki yodlab javob beradigan savollar bo'lmasligi kerak. Iloji boricha o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga chaqira oladigan savollar bo'lishi kerak.
Qachonlardir bizning ta'lim tizimimizda ham Ron Klark chiqishi mumkin. Uning uchun, avvalo, tizimni yaxshiroq yo'lga qo'yib olishimiz kerak.
@ijtimoiynigoh

Jannatga birgina odam kiradi desa, o'sha menmikanman, deb umid qilish kerak.
Do'zaxga bir kishi kiradi desa, o'sha menmikanman, deb qo'rqish kerak.
Zero, men falonchidan yaxshiroq odamman demaslik kerak.
Har bir kunimiz ibratdan iborat va muqaddasdir. Muqaddas kunlarning eng oliysi bo'lgan Juma ayyomi muborak bo'lsin, azizlar.

Bir kun...
Bir kun sizga ko'nglim ochaman,
Yulduzlarga yetadi shivir.
So'zlarimni osmonlaridan
Bitta-bitta to'kadi yomg'ir.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Gullar holi bayonim so'zlar.
Ifor bo'lib, atru mushk bo'lib,
Sochiladi atrofga so'zlar.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Oyning dog'i to'kilib tushar.
Tun libosin yechadi silkib,
Vafo to'nin poyimga to'shar.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Berkinadi armon panaga.
Asrlarga cho'zilgan visol
Yuragimga bo'lar enaga.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Muz eriydi toqatlarimda.
Yo'qoladi manguga qadar
"Qayg'u" so'zi lug'atlarimda.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
To'kiladi eng qadimiy she'r.
Bir soniya o'z nuqtasida
Aylanishni to'xtatadi yer.
... Shu birgina so'zginani men
Yuragimda ushlab yuribman,
Tayyor bo'lib oling siz unga,
Faqat sizga qarab turibman!
©Xayrulla Hamidov
Bir kun sizga ko'nglim ochaman,
Yulduzlarga yetadi shivir.
So'zlarimni osmonlaridan
Bitta-bitta to'kadi yomg'ir.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Gullar holi bayonim so'zlar.
Ifor bo'lib, atru mushk bo'lib,
Sochiladi atrofga so'zlar.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Oyning dog'i to'kilib tushar.
Tun libosin yechadi silkib,
Vafo to'nin poyimga to'shar.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Berkinadi armon panaga.
Asrlarga cho'zilgan visol
Yuragimga bo'lar enaga.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
Muz eriydi toqatlarimda.
Yo'qoladi manguga qadar
"Qayg'u" so'zi lug'atlarimda.
Bir kun sizga ochaman ko'ngil,
To'kiladi eng qadimiy she'r.
Bir soniya o'z nuqtasida
Aylanishni to'xtatadi yer.
... Shu birgina so'zginani men
Yuragimda ushlab yuribman,
Tayyor bo'lib oling siz unga,
Faqat sizga qarab turibman!
©Xayrulla Hamidov
Hozir sizlarga bir maslahat beraman. Ko'proq vaqtizni tejaysiz.
Telegram kanallarining ko'pidan chiqib keting. Sizga foydali bo'lgan kanallar qolsin. Masalan, aforizmlar yoki statuslar va shunga o'xshash kanallardan sizga foyda yo'q. Masalan, kimdir "Sen bilan ham, sensiz ham hayot davom etaverarkan" degan statusining rasmga yozilganini ko'rdiz. Nima o'zgardi? "Sevgiga faqat ota-onam loyiq" deganini o'qidiz. Bundan nima foyda olasiz. Bu umumiy gaplar. Bu gaplarsiz ham aslida shunday bo'lib qolaveradi.
Men o'zimni misol qilib aytaman. Yangiliklarga, bloggerlarning tanqidiy postlariga juda qiziqardim. Keyin hamma tomon 5anqid bo'lib, yangiliklar ham boshimni og'ritib yubordi. Juda qiynalib kettim. Hamma tomonni qorong'ulik bosib qolganday bo'ldi. Hammasidan chiqib ketdim. Eng mashxur blogger Xushnudbekning, yangiliklar kanali kun.uz ning ham kanalidan chiqdim. Yangiliklarni o'qimasdan ham yashasa bo'larkan. Endi 10 tacha kanalga a'zoman. Hammasi ingliz tiliga oid. Agar kanalim siz uchun foydali emas bo'lsa, mening ham kanalimdan chiqib keting. Bundan tashqari gruppalarda faol bo'lmasez ham o'sha gruppa turaveradi. Tanish bilishlariz unutmaydi. Unutganlari esa sizga qadrdon emas. Gruppalardan ham chiqib keting iloji boricha. Men ham chat gruppalardan chiqib ketdim. Shundan beri kamdan kam kishi menga yozadigan bo'lib qolgan.
Telgram juda ko'p vaqtni oladi. Virtual olam ham xuddi sigaret yoki shunga o'xshash narsaga o'xshaydi. Hech biridan butunlay kechib yuborolmaysiz (shaxsan ko'rdim. Lekin chekishni kamaytirdi mening qistovim va o'zining xohishi bilan). Telegramdan foydalanish vaqtini ham qisqartirsa bo'ladi. Buning uchun sizdan ozgina iroda kerak bo'ladi.
Endi shuncha vaqtiz ortib qoladi. Keyin nima bilan shug'illanasiz. Avvalo, o'qing izlaning. Yoshlarning kelajagi uchun, o'zi uchun kerak bo'ladi. Kattalar ham o'qisa ziyon qilmaydi. Oilangizga vaqt ajrating. Zero yaqin insonlarimiz g'animat. Kino ko'ring (yotib olib televizorda turk seriallarini ko'ring degani emas bu). Undayam vaqtiz ortsa namoz o'qing (bu hali namoz o'qishni boshlamaganlar uchun). Aslida, buni birinchi o'ringa qo'yishim kerak edi. Tushingan odam qachon nima qilishni o'zi rejalshitirib ololadi.
Bularning hammasi shunchaki #tavsiya.

Xudoga shukur, "Shaytanat" asarini to'liq tugatish nasib etgan ekan, bugun qanchalik charchasam ham (sababi bor) tungi 1:30 gacha kitobni o'qib tugatdim. Qiziqib ketdim. Umuman olganda bu asar juda kuchli yozilgan. Umuman, hozir asar haqida nimadirlar yozmoqchi bo'layapman-u haliyam asar ta'siridan chiqib ketolmayapman. Erta indin nimadir yozaman. Unagacha mana bu postni o'qib turing.
Biz doimo nimaningdir qadriga yetishimiz uchun uning qarama qarshi tomonini ko'ra olishimiz kerak bo'ladi. Masalan, to'qlikning qadriga yetishimiz uchun och qolish nima ekanligini, tinchlikning qadriga yetish uchun urushning oqibatlarini anglab yeta olishimiz kerak. Shaytanat asari ham shu maqsadda yozilgan. Hayotning yaxshi tomonlarining qadriga yetishimiz uchun asarda hayotning qora tomonlari quyuq bo'yoqlarda aks ettiriladi. Yozuvchi Tohir Malikka: "Bu asar yoshlar ongiga yomon tasir qilmaydimi?" degan savoliga "Agar shunday bo'lganida men asarni yozmagan bo'lardim" deya javob bergan edi. Asarni o'qiganingiz sari Shaytanat olami haqida ko'proq ma'lumot olaverasiz va undan jirkana boshlaysiz. Bu asar yoshlarni ogoh etish maqsadida yozilgan. Bu asar nabarot odamlarni iymonga chaqiradi. Aynan shu asar ko'proq ta'sir qildi boshim sajdaga tegishiga. Aynan shu asarni o'qigan sari hayotning qora tomonlaridan qochib qandaydir yorug'lik sari intila boshlaysiz. Asar yomonlikka boshlamasligiga yana bir isbot "Shaytanat"ning har bir kitobi Qur'on oyatlari bilan boshlanadi.
Bu asarda bosh qahramon, shubhasiz, Asadbek. Har beshta kitobda ham barcha voqealar Asadbek atrofida aylanadi. Asadbek bu salbiy qahramon. Asarni o'qishiz davomida Asadbekka rahmingiz keladi. Uning harakteriga besh ketasiz. Uning mardlik jihatlari ham bor. Lekin bunchalik jinoyat qilgan insonni ijobiy qahramon deya olmaymiz. Shu yerda izoh bor. Shaytanat kinosi asarni to'liq ochib bera olmagan. Tahir Malik ham aytgan: "Kinodagi Asadbek bilan asardagi Asadbek farq qiladi" deb. Asarda Asadbek nima uchun bu yovuz yo'lga kirib qolganligi batafsil beriladi. Kinoda esa unday emas. Kinoda Asadbekning yaxshi tomonlariga ko'proq e'tibor qaratilgan
Davomi keyingi postda

...davomi (boshi oldingi postda)
Shaytanatning kinosi, shunchaki, mafiyalar haqidagi kino bo'lib qolgan. Bu asar diniy tomonlama kuchli yozilgan. Boya aytganimdek har bir kitobi Qur'on oyatlari bilan boshlanadi. Lekin buni kinoga chiqarib bera olishmagan. Avvalo kitobini o'qing. Agar kinosini ko'rgan bo'lsez ham kitobini o'qib ko'ring. Avval ham bir necha marotaba aytganman: Hech bir kino asarning o'zidagidek bo'lmaydi.
Bu asarda ko'p narsaning qora tomonlarini ko'rishingiz mumkin. Ko'pgina ayollar ham asosan o'sha tomondan ko'rsatilgan. Kesakpalvon(Haydar)ning xotini va uning qizi, Hosilboyvachchaning xotini, ba'zi rus qizlar-u ora-orada qatnashib qoladigan ayol-u qizlar. Jinoyat olami haqidagi asarda yana qanday ayollar ko'p bo'lishi mumkin?! Bu degani umuman yaxshi ayollar yo'q degani emas. Masalan, Manzura (Asadbekning xotini), Afruza, 3 bolasini yo'qotgan xotin va yana boshqalarni ijobiy jihatdan ko'rishingiz mumkin.
Asadbek va uning atrofidagilarning Shaytanat olamiga kirib kelishiga asosiy sabab bolaliklaridanoq hayotning shafqatsizligini totib ko'rishi va ularning atrofidagilar bunga bepisand bo'lishidir. Bundan to'g'ri xulosa chiqarish kerak. Oddiygina e'tiborsizliklar ham kelajakda katta muammoga aylanadi.
Bu asarni shu yil bahorda boshlagandim. Shu asar bilan birga bir vaqtning o'zida yana bir nechta asarni o'qidim. Bitta serialni ko'rishni boshlaganizda ham boshqa kinolar ko'rasiz-ku shunga o'xshatsa bo'ladi. Bitta kitobini yozgi ta'tilda topolmadim va telefonda elektronniysini o'qidim. Siz ham qunt qilsez o'qib qo'yasiz. Sizga #tavsiya shu asarni o'qib ko'ring

Кимнинг гуноҳи шаҳватдан бўлса, унинг тавбасидан умид бор. Кимнинг гуноҳи кибрдан бўлса, бундан қўрқгулик. Чунки Одам шаҳват ортидан гуноҳ қилдилар, шу сабаб кечирилди. Шайтон эса кибрланган ҳолда осий бўлди, шу сабаб лаънатланди.
Суфён ибн Уяйна роҳимаҳуллоҳ
---
Изоҳ:
Шаҳватдан бўлган гуноҳ - бир нарсага қизиқиш ортидан бўладиган гуноҳ. Аёлларга, мол-дунё йиғиш, фаровон яшашга қизиқиш ва бола-чақага муҳаббат қўйишлар сабабли қилинган гуноҳлар бунга мисол бўлади.
Кибрдан, яъни ўзини катта олишдан бўладиган гуноҳларга эса мутаккаббирлик, ҳасад, ғазаб, кўролмаслик, риё, ужб каби маъсиятлар мисол бўлади.
(с) Мубашшир Аҳмад

Forwarded from Аслановдан иқтибослар +
"Bahroma деган музқаймоқ бор. Бир куни уйга ўшандан олиб бордим. Онам роса егим келарди, лекин қимматлик қилиб ололмасдим дедилар.
Эртаси куни тўрт хилидан олиб келдим. Лекин ҳалигача ўша гапларини эсласам йиғлагим келяпти...
Оналаримиздан нима егингиз келяпти деб сўраб турайлик."
Temur A'zam
@iqtiboslar

Avval kanal ochib. Keyin o'sha kanalni o'chirib yana boshqa kanal ochishni men boshlab beruvdim. Jahon tillari universitetida talabalari orasida bu narsa tobora an'ana tusiga kirib borayapti.
Avval kosmosda degan kanal ochib keyin o'chirib tashlagan adashim (u ham Ma'ruf) yana kanal ochibdi: @psixoanalitik1. Kirib a'zo bo'ling.
@Bloknotim kanali ham yangidan ish boshlabdi.
Hammasini o'zimizni Jahon tillari universiteti talabalari yuritadi.

Forwarded from Hazrati Kursdosh | Ibtido
O'zDJTU talabasi Abdug'aniyev Ma'rufjonga tegishli talabalik guvohnomasi Xalqlar do'stligi saroyi atrofida yo'qotilgan.
Topib olganlar: +998977730018
Telegram: @Greatfuture_N1
TARQATAMIZ!
Topib olganlar: +998977730018
Telegram: @Greatfuture_N1
TARQATAMIZ!
Hazrati Kursdosh | Ibtido
O'zDJTU talabasi Abdug'aniyev Ma'rufjonga tegishli talabalik guvohnomasi Xalqlar do'stligi saroyi atrofida yo'qotilgan. Topib olganlar: +998977730018 Telegram: @Greatfuture_N1 TARQATAMIZ!
👆 shu masalada yordam bervoringsizlar. O'zimni studentskim. Tarqatib yuboring
"O'zDJTU"ning haqiqiy kengaytmasi O'zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya Universiteti bo'lsa kerak
@ijtimoiynigoh
@ijtimoiynigoh
Bir birimizga mehr-oqibatli bo'lish unchalik qiyinmas, aslida. Ko'pincha bitta chin dildan aytilgan shirin so'z yo, shunchaki, tabassum bilan qarashning o'zi kifoya. Kimdir sizga hech bir sababsiz tabassum bilan qarasa, qanchadir vaqt yaxshi kayfiyatda yurasiz. Men esa sizlarga chin dildan bir gap aytaman:
Juma muborak, azizlar.
Juma muborak, azizlar.
Forwarded from Freedom writers
...Kulfat millat tanlamaydi, odamlarni ajratib o'tirmaydi. Ustiga sholcha yoki to'n yopib, yoki suv sepib olovi o'chirilgan murdalar atrofida turk ham, o'zbek ham, tatar ham baravar yig'lardi... (Shaytanat)
_____________________
@ijtimoiynigoh
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw

Kimdirlar menga: "Bitirganingdan keyin shu universitetni ham sog'inasan", - deyishadi. Men shu paytgacha maktabni ham, kollejni ham sog'inmaganman. Sog'inadigan bitta davrim bu - Abituriyentlik davrim. Bu davrda o'qishdan boshqa narsaga judayam kam vaqt ajratganman. Lekin o'sha narsalar esdan chiqmaydi. Sinfdoshlar yoki kursdoshlardek abituriyentdoshlar bilan juda ko'p joylarda aylanmaganman. Faqatgina bir marta Samarqandga aylangani chiqdik. Bu esa butun umrga tatigulik bo'lgan. Har doimgidan ko'p o'qigan davrim ham o'sha davr. Hozirgi eng yaqin do'stimni ham menga uchratgan o'sha davr. Eng muhimi, uni menga uchrashtirgan ham o'sha davr. Yaxshi ustozlarni ham o'sha davrda ko'rganman. Ko'pgina yaxshi do'stlarimni ham o'sha davrda orttirganman. Eng kam uxlagan kunlarim ham o'sha davrda. Menga raqib bo'lishini bilsamda, kelajakda kursdosh bo'lamiz deb sheriklarimga beg'araz yordam bergan davrim ham o'sha. Umuman o'sha payti raqib sifatida o'ylamaganman ham. Niyatimiz xolis ekan hozir rostanam eng yaqin do'stim bilan kursdoshmiz. Boshqasi bilan ma'ruzamiz bitta. Qolganlari o'sha universitetda o'qiydi. Har ko'rganda salomsiz o'tishmaydi. Aslida, har davrning o'ziga xosligi bor. Lekin boshqa davrlarimni sog'inmasligim mumkin. Abituriyentlik davrini har doim sog'inaman (ba'zan o'sha davrdagi qiyinchiliklardan qutilganimga xursand ham bo'laman).
Hammasi uchun rahmat senga, ABITURIYENTLIK DAVRIM.
@ijtimoiynigoh
Hammasi uchun rahmat senga, ABITURIYENTLIK DAVRIM.
@ijtimoiynigoh
Бир кун Али (р.а) бозорга кириб кетаётса, эшик тагида турган юпун, бечора бир одамни кўриб қолибди.
Унга ёрдам бергиси келибди.
Садақа бериб уялтиргиси келмабди ва "Мана бу жабдуғни бозорга кириб чиққунимча ушлаб тур, чиқиб ҳаққингни бераман" дебди.
Ҳаққига беш танга беришни ният қилибди.Лекин, бозордан чиқса, ўша одам йўқ. Афсусланибди ва шеригини бозорга, бошқа олиб келишга жўнатибди.
Бозордан бошқа жабдуғ олиб келишибди. Беш тангага. Не кўз билан кўрсаки, бу ўша ўзи боя, ҳалиги одамга бериб кетганининг айнан ўзи эди.
Хуллас, 5 танга ўша одамнинг белгиланган ризқи эди. Фақат у бу ризқни ҳалол эмас, ҳаром йўл билан топишни ихтиёр этди.
Ҳар доим олдимизда икки йўл туради. Ризқнинг кўпайиши ёки камайиши алдаб қўймасин,билингки, ҳар қайси йўлни танламанг, ризқингиз ўзгармайди.
Танлаётган йўлингиз фақат сизнинг охиратдаги ризқингизга таъсир кўрсатади...
© Қаҳрамон Асланов

Taqdir nima? Men taqdirni bo'lib o'tgan voqea-hodisalar orqali tushinaman. Balki, kelajakni ko'ra olmaganim uchun ham shundaydir. Bo'lib o'tgan hodisalarga tayanib shuni aytishim mumkinki, taqdirimdan norozimasman. Mabodo, bundan boshqacharoq bo'lgan-da norozi bo'lishim mumkin edi. Shunday taqdirni taqozo etgani uchun Yaratganga rahmat.
@ijtimoiynigoh
@ijtimoiynigoh
Bismilloh deb yangi loyiha boshlab qo'ydim. Ozroq kuting. Yangilik bo'ladi, nasib qilsa.
Jim yurganning ishqi bo'lmasmi?
Jim yurganning ishqi zo'rmasmi!..
©Ulug'bek Hamdam
Jim yurganning ishqi zo'rmasmi!..
©Ulug'bek Hamdam