Telegram Web Link
10 metrlik yo'lining chekkasidagi holat.

@Fwriter
«Umr bir marta berilsayu, shuni ham sensiz o'tkazsam...»
(с)

@Fwriter
Xotini oshxonada tuxum pishirayotsa eri kirib keladi. U tuxum pishirayotgan xotinini koʻrib, daxshatga tushib, “EHTIYOT BOʻL” deb baqiradi. “Sariyogʻdan sol, uncha koʻp solma, tuxumni chaq, hazir boʻl!”

Erining vahimasidan qoʻrqqan ayol hovliqib tovada sariyogʻni eritib, unga tuxum chaqadi. “Hozir hammasi yopishib ketadi, tez, yana sariyogʻ sol!” Xotin shoshib oʻzini sovutgichga uradi. “Yoʻq, bunchalik koʻp solib yuborma. Ha, endi tuxumlarni oʻgirmaysanmi tezroq? Yoʻ-oʻ-oʻq, bunaqa tez oʻgirma-da”, davom etadi er.

“Buncha vahima qilasan, men tuxum pishirishni bilaman axir” desa xotini, er bamaylixotir, muloyim jilmayib, “ok, men shunchaki mashina haydayotganimda sen oʻzingni qanday tutishingni koʻrsatbermoqchi edim” deydi.

#Amerikancha_latifa
@Fwriter
Jahon tillari universitetida 3 yildan beri o'qiyman. Atigi 3 yil ichida 8 ta tilda jim turishni o'rgandim.
@Fwriter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jahon tillarida o'g'il bollaram o'qiydi🤦‍♂️😂

@Fwriter
Tuproqdan juda ko'p narsa unib chiqadi. Tuproq shuncha o'simliklarga jon beradi. Odamzod ham yaratuvchanlik jihatidan tuproqqa yaqinlashayapti. O'xshashlikni qara. Shunda ham tuproqdan yaratilganingga ishonmaysanmi?!

O'lganingdan keyin tuproqqa aylanasan. Tuproqdan yaralib yana u bilan bitta bo'lasan. Shunda ham tuproqdan yaralganingga ishonmaysanmi?!

Tirikligingda tuproqli imoratda yoki tuproq yetishtirgan daraxtdan yasalgan uyda yashaysan. O'lganingdan keyin ham yotar joying tuproqdan bo'ladi. Tuproq yashash vositang...

Tuproqsiz mevalar bo'lmaydi. Tuproqsiz o'tlar bo'lmaydi. O'tlarsiz o'txo'r hayvonlar bo'lmaydi. O'txo'r hayvonlar yo'q bo'lsa, go'shtxo'r hayvonlar ham yo'q. Mevasiz, o'tsiz, go'shtsiz sen ham yo'qsan. Tuproq yashash vositang. Shunda ham tuproqdan yaralganingga ishonmaysanmi?!
@Fwriter
Va nihoyat, Loki serialining 1-qismi premiyera qilindi.
#Mazaqiling

Yulab olish - https://www.tg-me.com/YesUzbMedia/46
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
The reaction of cap Rogers to the conversation of the Eternals
_____________________________
Kapitan Rojersning Abadiylar suhbatiga munosabati:

Abadiylardan biri: - Kapitan Rojers va Temir odam o'lgan bo'lsa, Qasoskorlarga kim bosh bo'ladi.

Rojers: Nima deding?..

- Men bo'la olaman...

Rojers: - Juda o'zingdan ketyapsan. Yaxshi, yaxshi. Hamma kuldi...
Episode 2 of the Loki series will be premiered tomorrow

_____________________________

Ertaga Loki serialining 2-qismi premiyera qilinadi
OTA-ONAM

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Qarasam, ikkisi ancha xoribdi.
Mahzun ko‘zlaridan sezib qoldim men,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Dardlarim ko‘p edi serob, to‘kinli,
Dardlarki, yurakka qadar boribdi.
O‘rtadan bo‘lishib olgan, shekilli,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Ko‘zda yosh yiltillar nogoh kularkan,
Anordek yuzlarni ajin yoribdi.
Yolg‘iz o‘g‘il dardi og‘ir bo‘larkan,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Qarilik dardini berkitolmas zeb,
Atrofdan serjilo yoshlik aribdi.
Tavba, bir-biridan qolishmayin deb,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Yillarni yamlaydi bittagina g‘am,
Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi.
Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

... Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi.
Nogoh bir qo‘rqinchdan cho‘chib ketdim men -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

© Xayrulla Hamidov
Original version of "Fast and Furious 9" came out to the internet. This film is full of action scene. Main part of the action scenes isn't computer graphics. These scenes are performed live by stuntmen and car crashes are also real. This is the success of the film.
Fast and Furious 9
——————————————-
Forsaj 9 filmining orginal versiyasi internetda tarqaldi. Shu paytgacha kinoteatrlarda qo'lda olingani bor edi. Bu film ekshn sahnalarga juda boy. Ekshn sahnalarning asosiy qismi esa kompyuter grafikasi emas. Bu sahnalarni kaskadiyorlar haqiqatda jonli bajarishgan va mashina to'qnashuvlariyam haqiqiydir.
Fast and Furious 9

@Fwriter
2024/09/26 18:12:23
Back to Top
HTML Embed Code: