Telegram Web Link
Ingliz Tili Alfabiti.

A - ey
B - bi
C - si
D - di
E - i
F - ef
G - ji
H - eych
I - ay
J - jey
K - key
L - el
M - em
N - en
O - ou
P - pi
Q - kyu
R - a(r) r tovushini sal aytasiz
S - es
T - ti
U - yu
V - vi
W - dabl yu
X - iks
Y - uai
Z - zed

Bularni Diqqat Bilan Yod Oling...

Barchani Foydali Ishlarida Omad Tilab Qolamiz.

Ingliz tilini o'ranamiz

@Jokersmotive
A/an artikli

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil.
A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
            An elephant – three elephants (fil-3ta fillar)
            A dog – dogs (it-itlar)

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:   a ball (koptok), a pen (ruchka), a box (quti)
              an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush)

Yodlash uchun so’zlar: 
snake-ilon
ant-chumoli
frog-qurbaqa
octopus-sakkizoyoq
cow-sigir
insect-hashorot
bird-qush
lion-sher
alligator-timsoh
donkey-eshak
mouse-sichqon
fish-baliq
horse-ot
bee-asalari

Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing.

@ingliztili_0dan
Fonetik qoidalar

Oldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harf turlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib,
1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi.
Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all[o’:l]
2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan:make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple[eppl]
3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:]
4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good[gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:]
5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti]
Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap],coffee [koffi]
6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv]degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit[kvit], question [kvestshn]

New words:
call – chaqirmoq
small – kichkina
make – tayyorlamoq, yasamoq
cake – to’rt
see – ko’rmoq
cook – pishirmoq
good – yaxshi
door – eshik
floor – qavat
cinema – sinema
city – shahar
cat – mushuk
cup – finjon, piyola
coffee – kofe
queen – qirolicha
quit – chiqmoq
question – savol

Eslatma: qavs ichidagi [ ] tallafuzni bildiradigan tovushlar o’zbek tilidagi o’qilishini bildiradi.

A/an artikli

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil.
A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
            An elephant – three elephants (fil-3ta fillar)
            A dog – dogs (it-itlar)

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:   a ball (koptok), a pen (ruchka), a box (quti)
              an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush)

Yodlash uchun so’zlar: 
snake-ilon
ant-chumoli
frog-qurbaqa
octopus-sakkizoyoq
cow-sigir
insect-hashorot
bird-qush
lion-sher
alligator-timsoh
donkey-eshak
mouse-sichqon
fish-baliq
horse-ot
bee-asalari

Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing.

@ingliztili_0dan
Personal pronouns

Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar tushuniladi.
Masalan:
John is my brother.  He is my brother. (John mening akam. U mening akam)
Bu yerda John ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda.
Children are playing in the garden. They are playing in the garden.
(Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti).

Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud.
I-shaxs so’zlovchi,
II-shaxs-tinglovchi,
III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi bo’lmagan odam

Birlikda (Singular)
I-shaxs       I – men
II-shaxs      you – sen, siz
III-shaxs     he, she, it – u

Ko’plikda (Plural)
I-shaxs      we – biz
II-shaxs     you – sizlar
III-shaxs    they – ular

Biz he deb faqat erkak kishi yoki o'g’il bolaga, she deb faqat qiz yoki ayolga, it deb esa narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi.
@ingliztili_0dan
Plurals

Ingliz tilida ko’plik (plural) shakli yasash uchun ko’pgina otlarga -s qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya: books – kitoblar. O’zbek tiliga -s qo’shimchasi
-lar deb tarjima qilinadi.
one flower – two flowers
one zebra – four zebras
one lion – three lions

Lekin hamma otlarga ham -s qo’shimcha qo’shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari bilan tugagan otlarga ko’plik yasash uchun -esqo’shimchasi qo’shiladi.
one bus – two buses

Quyidagi mashqda ko’plik shaklini yasang.
1. watch – _
2. glass – _
3. tomato – ____
4. brush – ____
5. box – _
6. dish – ____

So’z oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -ies qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: one baby – two babies
Lekin,

So’z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -sqo’shimchasini o’zi qo’shiladi. Masalan: toy – toys
Ko’pgina otlarning ko’plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi.

Ammo, ba’zi otlar borki ular bu qoidalarga bo’ysunmaydi. Ularni biz irregular plurals deymiz. Ularning o’zini ko’plik shakli bor bo’lib, -s, -es, yoki -ies emas aynan o’sha shaklini ishlatishimiz kerak bo’ladi. Masalan one man – two men. Ushbu ro’yxatdagi so’zlarga -s qo’shimcha qo’shsak xato bo’ladi. Bu so’zlar ro’yxatini yaxshisi yodlab olganingiz ma’qul. Ular unchalik ham ko’p emas. Ularning ba’zilarini keltirib o’taman:

New words (Yangi so’zlar):

flower – gul
lion – sher
bus – avtobus
watch – qo’l soat
tomato – pomidor
brush – chotka
box – quti
dish – idish
baby – go’dak
@ingliztili_0dan
to "Be" fe'li

Be - ingliz tilida "bo'lmoq", ya'ni kimdir, yoki nimadir bo'lishga aytiladi.
Misol uchun:
Men doktor bo'laman - I am a doctor.

To "Be" fe'lining hozirgi zamondagi ko'rinishi 3 xil. Ular "am, is, are" bo'lib, Birlik va Ko'plik shaxslariga qarab ishlatiladi. Ingliz tilida xuddi o'zbek tilidagi kabi shaxslar Uch turga bo'linadi: Birinchi shaxs, Ikkinchi shaxs va Uchinchi shaxs. Ularning birlik va ko'plik formasi ham mavjud.

Birlik Ko'plik
1. I (men) we (biz)
2. You (siz) you (sizlar)
3.He, she, it (u) they (ular)

To be fe'lining "am" ko'rinishi har doim birinchi shaxs birligi bilan birga keladi. Misol uchun:

I am a teacher - Men o'qituvchiman(ay em e ticher;)

to "be" fe'lining "are" ko'rinishi ko'plik uchun ishlatiladi. Ular "you, we, they" hamda barcha ko'plikda kelgan sonlardir. Misol uchun:

You are a teacher - Siz o'qituvchisiz (yu ar; e ticher;)
Kamola and Durdona are teachers - Kamola va Durdona o'qituvchilar. (Kamola end Durdona ar; ticher;s)

Shuni unutish kerak emaski, ingliz tilida "sen" degan so'z unut bo'lib ketgan. Uning o'rniga "siz" ya'ni "you" so'zi ishlatiladi. Shuning uchun ikkinchi shaxs birlikda kelgan "you" so'zi uchun ham "are" to be fe'li ishlatiladi.

To be fe'lining "is" shakli har doim uchinchi shaxs birlik, ism va narsalar uchun ishlatiladi. Misol uchun:

He is a teacher - U o'qituvchi (o'g'il bolaga nisbatan, rus tilida - он)
It is a school - Bu maktab

To be fe'li o'zbek tiliga ishlatilgan shaxs-soniga qarab tarjima qilinadi: "bo'laman so'zidagi - man qo'shimchasi, bo'lasiz so'zidagi - siz qo'shimchasi, bo'ladi so'zidagi - adi qo'shimchasi, bo'lamiz so'zidagi - miz qo'shimchasi, bo'ladilar so'zidagi - dilar qo'shimchasi. Ana shu qo'shimchalar o'zbek tiliga ot-kesim bo'lib tarjima qilinishi ham mumkin. Tepada keltirgan misolimizda "Men doktor bo'laman" gapida "bo'laman" so'zini tushurib qoldirib, - man qo'shimchasini doktor so'zi bilan aytish mumkin. Misol uchun

I am a doctor - Men doktor bo'laman
I am a doctor - Men doktorman
Bu listening beginnerlarga qiyinlik qiladi. Lekin shunchaki eshitib yurish ham sizga foydadan holi emas.
Have / Have got
Have yoki have got bor bo’lmoq, ega bo’lmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Masalan: I have a book. Yoki I have got a book.
Biz III shaxs birlik uchun (he, she, it) has ishlatamiz, qolgan barcha shaxslarga have ishlatiladi.
Masalan: She has got a pen. He has apples.
@ingliztili_0dan
There is , there are u yerda bor degan ma’noni bildirib, biror joyda biror nima borligini bildiradi.

Masalan: There is an apple in the fridge. Xolodilnikda olma bor.

There is/are ni have/has dan farqi, have/has biror shaxsda yoki predmetda biror nima borligini bildirsa, there is/are esa biror yerda biror nima borligini bildiradi.
@ingliztili_0dan
Ingliz tilida can modal fe’li qila olmoq degan ma’noni bildiradi va egadan keyin qo’yiladi.
Masalan: I can read. (Men o’qiy olaman)
I can swim. (Men suzolaman).

Can barcha shaxslar uchun bir xil ishlatiladi. I can, you can, he can va h.k.
Biz can modal fe’lidan inkor gap yasamoqchi bo’lsak odatga ko’ra can dan keyin not yuklamasi qo’yamiz. Masalan:
I can not swim. (Men suza olmayman)
You can not run. (Siz yugura olmaysiz)

Can dan so’roq gap yasalganda esa can modal fe’li egadan oldinga qo’yiladi. Masalan:
Can you sing? (Qo’shiq ayta olasanmi?)
Can she speak English? (U ingliz tilida gapira oladimi?)
@ingliztili_0dan
PRESENT SIMPLE

Hozirgi oddiy zamon


Ishlatilishi:

• doimiy sodir boladigan va odatga aylangan ish-harakatlarida.

John works as a teacher. (doimiy) Jon o’qituvchi bo’lib ishlaydi.
She always takes the bus to school. (odatiy) U doim maktabga avtobusda boradi.


• Umumiy haqiqatlar va tabiat qonunlarida.
Water freezes at 0 °C. Suv 0 °C da muzlaydi.
The Sun rises from the East. Quyosh sharqdan chiqadi.


• Jadvallarda (samolyot, poyezd,kino va h.k.).
The last train to Paris leaves at 9:00pm. Parijga oxirgi poyezd soat 9da jo’naydi.


• sport sharhlarida,hikoya va so
zlab berishda.

In the end, Gail finds her mother and they all live happily ever after. (hikoya qilish). Oxiri Gail onasini topadi va ular hammalari baxtli hayot kechirishadi.
Rooney… plays it to Van Persie, who spreads the ball out wide to Falcao, who trips over it. (sport sharhi). Runi ...Van Persiga uzatadi, u to’pni Falcaoga yo’llaydi, u esa to’pga qoqiladi.
@ingliztili_0dan
Formulasi:

Darak gap: Subject+verb (3-shaxs, birlikda (he,she,it) verb+s,es)

Soroq gap: Do+subject+verb?
Does+subject+verb?
( he,she,it uchun)

Inkor gap: Subject+don
t+verb.
Subject+doesn`t+verb.
I play tennis.
He plays tennis

Do you play tennis?
Does he play tennis?

I don’t play tennis.
He doesn’t play tennis
@ingliztili_0dan
Present Simple ning kalit so’zlari:

Always-har doim
Usually-odatda
Sometimes-gohida
Occasionally-gohida
Seldom-kamdam-kam
Rarely- kamdan-kam
Hardly ever-deyarli hech qachon
Never-hech qachon

Every-har
Everyday-har kun
Every Mondays-har dushanba
Every month- har oy
Every year-har yil
In the morning-tongda
In the afternoon-tushdan keyin
In the evening-shomda
At night-tunda
At the weekend-dam olish kunlarida

@ingliztili_0dan
2024/10/04 23:23:28
Back to Top
HTML Embed Code: