Telegram Web Link
Live stream scheduled for
‼️‼️‼️‼️
Xayrli kun azizlar.
Bugun soat 19:00 da “Psixokonsultatsiya asoslari” vebinari bo’lib o’tadi.


Barcha soha qiziquvchilar ushbu vebinarni o’tkazib yubormang. Chunki ajoyib, qiziqarli hamda foydali ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

Vebinar havolasi:
🎥https://www.tg-me.com/Elchin_Tolibov?livestream=e4e15f67bb9e248eee
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (1 hour)
Psixokonsultatsiya asoslari
Elchin Tolibov | Klinik psixolog
🎤Psixokonsultatsiya asoslari” vebinarini audio formatda taqdim qilyapmizki, siz uchun manfaatli bo’lsin qadrdonim. 😇

📢Ruhiy salomatlik mutaxasislari va shu sohada tahsil olayotgan talabalar eshitishi zarur ma’lumotlar bor🙃

🌐 @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanlangan gapirmaslik (selective mutism) – bu bola yoki kattalar ma'lum bir vaziyatlarda yoki muhitlarda gapirmaslik holati. Bu holat odatda bolalarda uchraydi va ular odatdagi vaziyatlardan farqli o'laroq, o'zlarini qulay his qilmaydigan joylarda yoki odamlar bilan gaplashmaydi. Masalan, ular maktabda yoki noma'lum odamlar bilan gapirmasligi mumkin, ammo uyda yoki yaqin do'stlari bilan gaplashishadi.

🌐 @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Klinik psixolog | Elchin Tolibov
https://youtu.be/h1NaOFhxBN0?feature
Tanlangan gapirmaslik (selectiv mutizm) haqidagi to’liq videoni you tube sahifadan tomosha qilishingiz mumkin.

▶️ Keyingi foydali videolarni o’tkazib yubormaslik uchun you tube sahifaga obuna bo’lishni unutmang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nazarimda, dunyodagi eng chiroyli muvaffaqiyat — oʻzingni oqlashga hojat qoldirmaydigan darajada seni yaxshi biladigan, xatti-harakatlaringni muhokama qilmasdan, nimani, qay maqsadda qilganingni tushunadigan insonlarga duch kelishingdir.
🕊 "Bizga yaxshi bo‘lishni o‘rgatishdi, lekin yaxshilikning chegaralarini ko‘rsatishmadi. Biz ham yaxshilikni oxirigacha ishlatdik va o‘zimizni yomon qilib qo‘ydik. Ham e’tiborsiz qolgan, ham ruhiy jihatdan suiiste’mol qilingan odamga aylandik. Ammo yo‘q, yomon ham bo‘lmasligimiz, yaxshilikning chegaralarini biladigan va bu chegaralarni saqlay oladigan yaxshi odam bo‘lishimiz lozim.

🔎 Xo‘sh, bu chegaralar qanday qilib o‘rnatiladi? Avvalo, o‘z qadriyatlarimizni va ehtiyojlarimizni bilishdan boshlanadi. Qayerda to‘xtashimiz kerakligini bilish, hech kimga zarar bermasdan, lekin o‘zimizni ham himoya qilishni talab qiladi. Bizga zarar yetkazadigan yoki suiiste’mol qiladigan vaziyatlarni payqash va bu vaziyatlardan uzoqlashish uchun jasoratli bo‘lishimiz kerak.

🧠 Chegara qo‘yish, boshqalarni rad etish emas; aksincha, o‘zimizga hurmat ko‘rsatib munosabatlarimizni yanada sog‘lomlashtirishdir. Bu jarayon, o‘zimizni tanigan sari va nimani biz uchun haqiqatan ham to‘g‘ri ekanligini anglaganimiz sari rivojlanadi. Agar bu jarayonda o‘zingizni tanimoqchi bo‘lsangiz, lekin tanimasangiz, professional yordam olishingiz mumkin.

✍️ Elchin Tolibov

✈️ Telegram | 📷 Instagram
▶️ You tube |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelishi va’da qilingan, kutilayotgan, ammo kelmayotga holatlar ham psixologik travmadir aslida! 😶‍🌫️

✈️@Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Суқрот айтади:
Кичкиналигимда барвақт туришни хоҳламас ва ёқтирмас эдим. Бу эса онамга ёқмас эди. Чунки у киши мени бой савдогар бўлишимни хоҳлар эдилар.
Бир куни онам мени бир муаллимнинг ҳузурига олиб бордилар. Онам олдинроқ муаллимга "Ўғлимга барвақт туришнинг фойдалари ҳақида гапириб ўғлимга насиҳат қиласиз", деб шипшитиб қўйган эканлар.
Биз келганимизда муаллим менга деди:
- Суқрот! Мен сенга бир гўзал ҳикоя айтиб бераман. Сен эса ундан қандай фойда олганингни гапириб берасан, майлими?
Мен:
-Майли, дедим.
Муаллим деди:
- Иккита чумчуқ бор эди. Улардан бири барвақт турар, ҳашаротларни овлар, жўжаларини боқар эди. Иккинчиси эса кўп ухлар барвақт туришни ёқтирмас эди. У шунинг учун оч қолар эди. Хўш нима фойда олдинг ҳикоядан?
Мен дедим:
- Барвақт турган ҳашаротларни чумчуқ ер экан!😄

✈️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bostirilgan psixologik travma cho'kib ketgan kema kabidir.
Qirg'oqdan hech narsa ko'rinmaydi, chuqurlikka tikilib qaraganda ham hech narsani sezmaslik mumkin, lekin suv osti oqimlariga ta'sir qiladi, girdoblar hosil qiladi va tinchgina suzib ketayotgan kemalarni ham o'ziga tortishi mumkin.

✈️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ta yuqori o‘zini baholashning qulash jarayoni og‘riqli bo‘ladi; o‘zingni unchalik buyuk emasligingni o‘rganish qiyin aslida. 😶‍🌫️

Biroq, o‘zini past baholashning qulash jarayoni ham qiyin bo‘lishi mumkin, chunki o‘zing kabi yaxshi menlikdan nimalar qilishni bilmaslik ham mavjud.🥺

🌐 @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qaramlik bu - “baxtning ortidan quvish” holatining, “quvishning ortidan baxt” holatigaga aylanganidir.

✍️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz farishta bo’lsangiz, qanot qoqishingiz ovozini yoqtirmaydigan odamlar topiladi…..😇

🪶@Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Elchin Tolibov maqola.pdf
190.8 KB
✉️ "Golden Brain" jurnalida nashr qilingan navbatdagi maqolam.
Ingliz tilini biladiganlar o'qishi mumkin.

Tez kunda o'zbek tilida ham tarjimasini joylayman.

⬇️Quyidagi havola orqali ham maqolani o'qishinngiz mumkin:
🔖 https://doi.org/10.5281/zenodo.14174584

✈️ Elchin Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠Nevroz degan tashxis mavjud emas!

🔴 Oxirgi vaqtlarda menga nevroz tashxisi qo'yildi, men nevroz ekanman degan jumlalarni juda ham ko'p eshityapman. Hatto ba'zi mutaxassislar nevroz alomatlari shunaqa bo'ladi deya bir qancha simptomlarni sanab o'tishayotgani ham juda ajablanarli holat.

Psixologiya va psixiatrik tomonlama diagnostikada "nevroz" atamasi uzoq vaqt davomida keng qo‘llanilgan bo‘lsa-da, zamonaviy tibbiyot va ruhiy salomatlik me'yorlariga ko‘ra, u hozirda tashxis sifatida ishlatilmaydi. Bu atama bir necha asr davomida turli xil ruhiy buzilishlarni umumlashtiruvchi tushuncha sifatida xizmat qilgan, lekin u ilmiy asosda aniqlangan aniq diagnostik mezonlarga ega emas.

⚪️1980-yilda DSM-III qo‘llanmasi chiqishi bilan "nevroz" atamasi tashxis sifatida chiqarib tashlandi. Sababi, atama juda umumiy bo‘lib, ruhiy buzilishlarni ilmiy asosda tasniflash va davolash uchun yaroqsiz edi.

🧠Haqiqattan ham, nevroz bu juda keng manoni ifodalovchi jumla hisoblanadi va bu jumla o’rniga hozirda aniq simptomlar bilan tavsiflanadigan xavotir buzilishlari, depressiv buzilishlar, panik buzilishlar, obsessiv-kompulsiv buzilishlar, ovqatlanish buzilishlari(anoreksiya, bulimiya) nomlari bilan ayriladi. Ya'ni hozirgi vaqtda nevroz atamasi psixopatologiya, psixologik buzilish jumlalari bilan deyarli bir xil ma'noli jumla hisoblanadi.

🟡Hayotiy bir misol bilan izohlaydigan bo'lsak siz qattiq betob bo'lib shifokorga bordingiz va shifokorning sizda kasallik mavjud deya umumiy va tushunarsiz javob berishi, ruhiy salomatlik sohasi mutaxasislarining sizda nevroz bor deyishi bir xil hisoblanadi.

🤔 Hozirgi vaqtda psixiatrik tashxislashda DSM-5 (Ruhiy buzilishlar uchun Diagnostik va Statistik Qo‘llanma, 5-nashri) va MKB-11 (Xalqaro Kasalliklar Tasnifi, 11-nashri) ishlatiladi. Ushbu manbalarda "nevroz" atamasi mavjud emas, chunki nevroz ilmiy jihatdan aniq va o‘lchanadigan diagnostik mezonlarga ega emas.

🎚️ Bemorlar va mutaxassislar uchun aniq tashxis – muvaffaqiyatli davolashning asosidir. Shuning uchun zamonaviy diagnostika yondashuvlariga e'tibor qaratish kerak.
———————————————
✍️ Klinik psixolog
👤 Elchin Tolibov

🕊 https://www.tg-me.com/Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/04/14 19:38:47
Back to Top
HTML Embed Code: