Telegram Web Link
Yulduzli osmon

Qachon oxirgi martta yulduzlarni tomosha qilgandingiz?
StackOverflow

StackOverflow har yili so'rovnoma o'tkazadi. 2024 yil natijalari e'lon qilinibti. Agar qiziq ma'lumot o'qib qolsangiz izohlarda ulashishni unutmang.
Video Platform

41 ta kamida 1 soatlik video-darslar yozib qoyilgan. Ularni YouTubega emas, o'zimizning veb-sahifaga qoymoqchiman. Buni yaratishga esa vaqtim yetmayapti. Agar siz ushbu loyihani qilib portfoliongizni kuchaytirmoqchi bo'lsangiz, quyidagi sahifalarni yarating:

1. Videolarni ro'yxati sahifasi
2. Video ko'rish sahifasi

Loyiha YouTubedan videoni olib ko'rsatsin. 1 hafta ichida ushbu loyihani qila olgan kishi bilan ishlaymiz va loyihalarini minglab birodarlarimizga bilim ulashish uchun foydalanishga topshiramiz.

P.S. Agar ushbu loyihani qilmoqchi bo'lsangiz, 1 haftdadan keyin ushbu post izohida shunchaki tayyor loyiha linkini tashlang.
Platform

Mana shunday loyiha bo'lyapti birinchi versiyasi.

Manimcha yomon emas. Nima deysiz?
Google Tang Ahvolda

Kuni kecha AQSH Monopoliyaga Qarshi Kurashish Birlashmasi Google qidiruv tizimini monopoliyashtirganlikda ayblab, sudda yutib chiqdi. Bu qanday bo'ldi ekan? - deysizmi.

Google barcha brouzerga egalik qiladigan kompaniyalarga, jumladan Apple, yillik pul ajratadi. Buni evaziga u kompaniyalar qidiruv tizimi sifatida Google tizimidan foydalanishadi. Qidiruv tizimi qancha ko'p ishlatilsha, shuncha sifat oshib boradi. Hozirgi kunga kelib, boshqa kompaniyalar tizimlari rivojlana olishi uchun mijozlarga ega bo'la olishmaydi, chunki barcha kompaniyalar Google bilan hamkorlikni yo'lga qoyishgan.

Kelasi 2 3 yilda bu muammoni hal qilish ustida ishlar olib boriladi va aytib o'tilgan hamkorliklar qayta ko'rib chiqilib, erkin bozor tamoyillari asosida ish yuritishga yo'l ochib beriladi.

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
CleanMock

Standard hamjamiyati Moq kutubxonasiga o'xshagan loyiha ustida ish boshlashyapti. Ishga kirishda muammo bo'layotgan bo'lsa, mana siz uchun tayyor imkoniyat. Ham ko'p yillik tajribali dasturchilar qo'l ostida ishlaysiz, ham portfoliongizni open-source loyihasi orqali boyitasiz.

GitHub Repo
Discord Community

#oss

Telegram | YouTube | Linkedin
Learn .NET

.NET ni o'rganish uchun bitta mana shu vebsayt endi yetarli. Darslar, vazifa va mavzuga doir qo'shimcha resurslar hammasi bir joyda.

https://learn.net.uz

Bu siz uchun tayyorlagan resurslarimizning atigi 10%, loyiha sizlarga ma'qul kelganidan so'ng qolgan materiallarni ham qo'shib boramiz. O'ylaymanki, .NET o'rganuvchilari uchun juda manfaatli loyihani taqdim qilyapmiz.

P.S. Ushbu vebsaytni do'stlaringiz bilan ulashing!

#csharp

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Learn .NET

https://learn.net.uz - ga quyidagi yangi darsliklar qo‘shildi.

- CLR Basics
- IL & JIT Compilation
- IL Verification & FCL


Ushbu mavzular biz yozgan kodlar qurilma bilan qanday muloqot qilishini tushunishga va bizning dasturimizni yanada mukammal bo‘lishiga yordam beradi

Post muallifi: A'zam Amonov

P.S. Darslar haqidagi fikringizni izohlarga qoldirishni hamda ushbu darslarni do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang.

Telegram | YouTube | Linkedin
Ekranga nima chiqadi? Xato beradimi yoki?
https://learn.net.uz HTTP protokolidan HTTPS protokoliga o‘tkazildi.

Bu juda kichik yoki sezilmas o‘zgarish bo‘lib ko‘ringani bilan juda katta ahamiyatga ega o‘zgarish. Sabab esa bu xavflilikdir.

Yuqoridagi HTTP va HTTPS so‘zlarini to‘liqroq yoritadigan bo‘lsak.
Hypertext Transfer Protocol hamda Hypertext Transfer Protocol Secure so‘zlarini o‘qishimiz mumkin. Ayni Secure so‘zi esa siz foydalanayotgan sayt xavfsiz ekanligini bildiradi.

Post muallifi: A'zam Amonov

P.S.  Agarda xato va kamchiliklarni ko‘rsangiz ular haqida, agarda takliflaringiz bo‘lsa ular haqida ham o‘z fikrlaringizni yozib qoldiring.

P.S. 2 HTTP vs HTTPS
https://learn.net.uz -ga OOP asoslari mavzusi qo‘shildi.

- Classes
- OOP-ning asosiy ustuni
- QA
- CRUD amallari
- Coding Practice

Ushbu yuqoridagi mavzular video darsliklar, amaliy vazifalar, qo‘shimcha maqolalar hamda qo‘llanmalardan iborat.

P. S. Hozirda darsliklarni ko‘rish imkoniyati faqatgina saytda berilgan havola orqali mavjud. Uning shunday qolgani yaxshimi yoki to‘qliq ochiq holatda bo‘lgani?
NVIDIA Boshlig'i

Nvidia Corporation Amerikada asos solingan texnologiya kompaniyasi. Jensen Huang kompaniya asoschilaridan hisoblanadi va hozirda CEO bo'lib ishlab kelmoqda. U kishining Likendin profillariga e'tibor bersangiz 1978-yildan 1983-yilgacha idish-tovoq yuvuchi, ovqat tashuvchi va ofitsiant bo'lib ishlaganlarini ham ish tajribasi bo'limida kiritib qoyganlar.

Bunday platformalarda va CV da "ish tajribasi" bo'limi to'ldirayotganda asosiy sohangizdan tashqari qilingan ishlarni yozmaslik tavsiya qilinadi. Nima deb o'ylaysiz, NVIDIA dek kompaniyalarga asos solgan insonlar uchun bunday qoidalarga istisno qilish mumkinmi?

Telegram | YouTube | Linkedin
Kunefe

Turkiyada yashagan paytimda 6 oy yeb ko'rish haqida o'ylab ham ko'rmagan edim. Lekin, bir tatib ko'rganimdan so'ng, har 3 kunda bir yeydigan tansiq shirinlikka aylandi men uchun.

Yaqinda O'zbekistonda ham yeb ko'rdim. Lekin, u ta'mni topa olmadim. To'g'risini aytadigan bo'lsam, Ankarada ham faqat 1 joydan yer edik.

Marhamat, videoni ko'rishingiz mumkin.

Telegram | YouTube | Linkedin
Mustaqillik 🇺🇿

Yurtimizda mustaqillik bayrami keng nishonlanmoqda. Avvalambor, hammamizga ushbu kun qutlug' bo'lsin!

Kanalimni kuzatar ekansiz, har biringizni shaxsiy mustaqillikka erishishga chorlayman. Bu nima degani? Qaysidir kompaniya yoki shaxsga 100% bog'lanib qolmang. Doimo izlanishda va yangi tanishlar orttirish ilinjida bo'ling.

Hali ishga kirmaganlar uchun bu kimdir ish berishini kutib turmay orzuyingizdagi loyihani tuzishni boshlash demakdir. Ishlab turganlar uchun ishdan tashqari 1 soat shaxsiy rivojlanish va o'sishga vaqt ajratish demakdir. Bilimi va tajribasiga ishonganlar uchun esa o'z biznesini qurish demakdir.

To'g'ri - bu oson emas. Lekin, qo'shimcha qilgan kichik izlanishlarimiz bizni shaxsiy mustaqillikka yetaklaydi.

#tips

Telegram | YouTube | Linkedin
y ning qiymati nima?
Principles and Design Patterns.

Darslarning yangi bo‘limi qo‘shildi. Ushbu bo‘lim 12 darsdan iborat va asosiy qismini SOLID asoslari tashkil qiladi.  SOLID dasturlashning asosiy tamoyillarini o‘z ichiga oladi va bularni bilish sizning dasturlash sohasidagi ham amaliy, ham nazariy bilimlaringizni bildiradi. Shunday holatlar ham borki, siz ushbu tamoyillarni ishlatib turib ham bilmasligingiz mumkin yoki aksincha bo‘lishi mumkin.  Yangi qo‘shilgan darslar davomida esa  siz ham amaliy, ham nazariy tomondan bilimga ega bo‘lasiz.

https://learn.net.uz

P.S Bilim olishdan charchamang.

Post muallifi: A'zam Amonov
SEO

https://learn.net.uz web-sahifamiz Google ning 4-sahifasi chiqyapti, ".NET Darslarni" deb so'rov berilsa.

Shu sahifani birinchilardan bo'lib chiqishi uchun nima qilishimiz kerak deb o'ylaysiz?

Yana bir savol: loyihamiz doimiy ishlashi uchun undan moliyaviy foyda ko'rishimiz kerak. Buni hozircha 2 yo'lini ko'ryapman:
1. Tashrif buyuruvchilardan tirikchilik.uz orqali "donate" qilishga havola berib qoyish
2. Yandex Ads orqali reklamalarni yoqib qo'yish.

Ikkala usul haqida ham fikrlaringiz va hisob-kitoblaringiz bo'lsa va shuni izohlarda, yozib qoldirsangiz xursand bo'lar edik.

P.S. O'zi loyihaga kirib ko'rdingizmi? Darslar yoqyaptimi?

Telegram | YouTube | Linkedin
Advanced Darslar Learn .NET da!

Ushbu bo‘lim 7 ta qismdan, video darsliklar, C# via CLR kitobidan, mavzular hamda savollar to‘plamidan iborat.
Mavzular anchayin ahamiyatli hisblanadi ulardan.
- Primitiv, Value va Reference ma’lumot turlari.
- Asinxron dasturlash.
- Interfeyslar.

Qolganlarini esa o‘zingiz https://learn.net.uz ga kirib ko‘rishingiz mumkin.

P.S Bilim olishdan charchamang.

Post muallifi: A'zam Amonov

Telegram | YouTube | Linkedin
Barcha darslar qo‘shildi!

Darsliklarning oxirgi .NET Advance bo‘limi qo‘shib bo‘lindi. Endilikda darslarni boshidan oxirigacha tartib bilan ko‘rib chiqishingiz, o‘zingizga mos bo‘lgan bo‘limdan davom ettirishingiz mumkin.

Bundan tashqari darsliklar guruhiga qo‘shilish uchun hamda muammo va kamchiliklarni ko‘rganda ular haqida xabar berish uchun ham havola qoldirildi.

To‘liq tanishib chiqish va fikr bildirish uchun https://learn.net.uz ga kirib ko‘ring.

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/26 01:03:55
Back to Top
HTML Embed Code: