Telegram Web Link
"Thank you Elbek for bringing beasts to the team"
- Hassan Habib

Hozir 2 haftalik ish muhokamasi bo'lyapti (Sprint Retrospective) va Ustoz Hassan Habib ishga olgan bizning shogirdlar haqida shunday dedilar. Kutilgan natijadan 2 barobardan ziyod natija ko'rsatishdi.

P.S. Lekin, bunday natija qilish uchun yillar davomida jamoadan bir kun ham uzoqlashishmadi.
.NET for Mac

Mac foydalanuvchilari uchun .NET loyihalarini tuzish video-qo'llanmalarini chiqarishni boshladik. Jamoamizda duch kelgan eng katta muammo bu skype ishlatayotganda ekran ko'rsatish ishlamasligi.

Bu muammoni A'zam Amonov ushbu videoda hal qilib ko'rsatganlar.
Dasturlashda ham xashar qilish mumkin ekan-mi?

Biz kodi ochiq loyiha tuzdik = Xashar qilib loyiha tuzdik

Telegram | YouTube | Linkedin
🤔 Hmm, qiziq!

Sun'iy intellektning bu kamchiligi nima deb atalar ekan?!

Galyutsiyantsiyani bilaman - yo'q ma'lumotlarni to'qib javob berishi. Teskari javob qaytarishni nima deb atashadi, siz bilasizmi?
Kodning Oson O'qilishi

If shartlari ichida o'zgaruvchi/funksiya bo'lishi tavsiya qilinadi. Chunki, shartning o'zi o'qiyotgan inson uchun biznes mantiqni yetkazishi qiyin. Agar armiya yoshi nomli o'zgaruvchi bo'lmaganda bu dastur armiya yoshini hisoblayotganini bilishingiz qiyin bo'lar edi.

#tips

Telegram | YouTube | Linkedin
GitFyle

Bu kodiga ko'ra dasturchining unumdorligi va darajasini hisoblaydigan loyiha. 3 yil oldin Hassan Habib ning (deyarli) barcha videolarini ko'rib bo'lib ish so'rab yozganimda, u paytda kodi yopiq bo'lgan GitFyle loyihasiga qo'shgan edilar. Bir yilga yaqin vaqt haftada 5 kun 3 soatlar chamasi ushbu loyihaga hissa qo'shdim va katta tajriba orttirdim.

Hozirda ushbu loyihani open-source ko'rinishda qayta yozib chiqayotgan ekanlar.

Agar sabr qilib, ushbu loyihaga hissa qo'sha olsangiz 1 yildan keyin o'zingizni keyingi darajada tasavvur qilavering.

P.S. Ushbu imkoniyatni tajriba ilinjida yurgan do'stingizga ulashing.

#job

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy Loyiha No. 13

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Yuqoridagi kabi yulduzchani harakatga keltiradigan sodda console loyihasi tuzing. Ko'rsatilganidek, chegaralar ham qoyishiniz mumkin.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
Mohirdev

Kecha @mohirdev ga borgan edim va hayit sovg'alari bilan kutib olishdi. Jamoada korparativ madaniyat juda yaxshi.

Leap Academy asoschisi Behzod aka bilan ham tanishdim.

Aytgancha, .NET kursimga mohirdevda ham o'qishingiz mumkinligini bilarmidingiz?
Open Source

Ish tajribasi izlab yurganlarga yuborib qoying:
MAJOR FIX: Library Adds 

 as New Line

#portfolio

Telegram | YouTube | Linkedin
Tree shaking

Tree shaking is a term commonly used within a JavaScript context to describe the removal of dead code.

P.S. JS o'rganmayapman. Faqat shu termini qiziq tuyulgani uchun share qilmoqchi bo'ldim : )

Telegram | YouTube | Linkedin
Bugun productionga bir loyihamiz chiqishi kerak edi. Lekin, serverda loyiha g'alati ishlayapti. Mening local kompyuterimda esa hammasi joyida.

"It works on my machine" - deb yozganimda o'sha mashur meme ni yashayotganimni sezib qoldim.

Sizda ham shunaqa bo'lib turadimi? Qaysi meme larni boshingizdan kechirgansiz.
Yaxshi imkoniyat
Loyiha

Mana shu bola aytishicha loyiha qilibti. Loyiha juda sodda bo'lsa ham muammo topish, qiziquvchilar topish va loyiha (lar) yaratish, uni deploy qilish va shunga o'xshash barcha qadamlarni bosib o'tgan.

Hammaga shunday dasturlashni o'rganishni tavsiya qilaman.

Do'stimiz frontni o'rganaymi, backendni mi deb bosh qotirib vaqt sarflamagan. Menda shu muammo bor. Qanday hal qilsam bo'ladi degan. Bu yo'lda, telegram bot ham vebsayt ham backend ham tuzgan.

Bozorga shunday izlanuvchan, muammoga yechim topadigan dasturchilar kerak. Texnologiyani yod olgan "zukko"lar emas. Chunki texnlogiya eskiradi - muammoni hal qilish doimo kerak bo'lgan ko'nikma!
Excited to announce that I was selected as Microsoft MVP for the second year straight!

Last year, we have used dedicated 17 000 USD Azure grant for teaching and deploying enterprise level applications using .NET and Azure. More exciting news to come. Stay tuned!

Special thanks to Hassan Rezk Habib, Nodirxon Abdumurodov and many more amazing developers for their continous support and collaboration!

#MVPBuzz
Visual Studioda quyidagi kalitlar nima vazifa bajaradi?

Ctrl + R + R (method yoki o'zgaruvchi ustiga bosilsa)
Ctrl + F12 (method ustiga bosilsa)
F12 (method ustiga bosilsa)

#productivity
Crowdstrike 🍈 Tushurdi

Bu 80 milliard dollar deb baholangan dunyodagi xavfsizlik dasturlarini ta'minlovchi kompaniya. Kecha qilgan o'zgarishlari butun dunyo bo'yicha Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarni buzib qoydi. Ya'ni, barcha Windows kompyuterlarida blue screen of death kuzatildi.

Har bir komyuterni qo'lda birma-bir tuzatib chiqish kerak bo'lar ekan. Tasavvur qiling, butun dunyo bo'yicha aeroport, kasalxona, maktav va universitetlardagi ish to'xtab qolishi birgina kompaniyani deb bo'lsa?!

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Apple marketingni ustasi
K8S

Kubernetes o'rganishingiz kerakmi? Ko'p ish yerlarida Docker va K8S ishlatiladi va, o'ylashingiz mumkinki, Junior sifatida CV uchun zo'r g'oya bo'ladi deb.

Bu savolga batafsil javob berilgan bir web sahifa ko'rib qoldim. Sizlar bilan ham ulashmoqchiman:

https://doineedkubernetes.com

Telegram | YouTube | Linkedin
Video darslarim haqida

Yuqorida bir do'stimiz videolarimiz haqida iliq fikr qoldiribtilar. Yaqin oylarda juda katta bilim bazasini sizlar bilan ulashishni niyat qilganmiz. Endilikda videolarimizni o'zimizni platformada chiqarishni reja qilganmiz.

Blazorda buni Open-Source loyiha ham qilishimiz mumkin. Agar bu mavzu qiziq bo'lsa, izohlarda muhokama qilishimiz mumkin.

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/26 00:03:01
Back to Top
HTML Embed Code: