Telegram Web Link
elon-laugh.gif
16.3 MB
Raqobat

Yuqorida Elon Muskdan BYD haqida so'rashganda, kulib, "ularni mashinalarini o'zi ko'rganmisiz" - deya masxara qilgan. Hozir BYD dunyoda 1-elektro-mobil ishlab chiqaruvchisi.

Steven Ballmer (microsoft direktorlaridan) birinchi IPhone chiqganida: "Biz millionlab windows phone sotamiz. IPhone juda qimmat va klaviaturasi yo'q. Bu odamlarga yoqmaydi" - degan edi. Bugun, windows phone haqida ko'pchilik bilmaydi ham, IPhone esa bozorda hukmronlik qiladi.

O'ylashimcha, mening pulim va bizneslarim bor deb boshqalarga past nazar bilan qarash kerak emas. Doimiy ilm olib, dasturlarimiz kliyetlari bilan doimiy aloqada bo'lib jamiyat muammolariga yangi va kutilmagan yechimlarni taqdim etishimiz kerak. Zero, bu soha g'aflatda qolganlarni va yosh (junior) dasturchilarni nazarga ilmaganlarni kutilmagan va tez fursatda o'yindan chetlashtiradi.

P.S. Yaqinda Mark Zuckerberg ham Apple`ning VisionPro`sini uning Meta Quest 2 sidan o'ta olmasligini aytib chiqdi. Apple VR/AR sohasida topga chiqa oladimi?
Daho

O'zbek .NET hamjamiyatiga katta hissa qo'shib kelayotgan kuchli dasturchilardan biri - Wahid Ustoz. Dasturimda rate limiting qo'shayotgan edim va u bu mavzudagi darslarini ko'rib qoldim. Hatto, murakkab mavzularni ham tushunarli yetkaza olganlar.

YouTube va Telegram kanallariga obuna bo'lishni tavsiya qilaman. Qanchalik ko'p dasturchi obuna bo'lib, savol so'rashsa, shunchalik tajriba va bilimlaridan hamjamiyatimiz bahramand bo'ladi.

#daho

Telegram | YouTube | Linkedin
Haqiqiy junior "gubka"dek bo'lishi kerak.

Bu haqda ushbu maqolada gapirib o'tdim.
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum.

Sardor og'aning takliflariga binoan so’rovnoma tashkil etayapmiz.
Bu so'rovnomadan maqsad O’zbek axborot texnologiyalari segmentidagi yetakchi mutaxassislarni aniqlash va ommaga e'lon qilish.

So’rovnomani to'ldirish uchun quyidagi havolaga o'ting.
https://forms.gle/qkDwmeM2MCzR1Hny5

@UzGeeksCommunity
Daho

Mabrouk Mahdhi MVP bo'ldi! Standard Communityning muhim a'zolaridan biri Microsoft Most Valuable Professional unvoni bilan taqdirlandi.

Oramizda MVP bo'lish uchun harakat qilayotgan do'stlarimiz ko'p. Mabroukning ba'zi qilgan ishlarini aytib o'tmoqchiman, balki kimgadir manfaatli bo'lishi mumkin. Bular albatta men bilgan sanoqlilari:

1. Laughing at Null kitobi muallifi
2. Mediumda 100 ga yaqin maqolalar muallifi
3. Nugetga chiqarilgan o'nlab kutubxonalar yaratuvchisi
4. Bir necha Open-source loyihalariga hissa qo'shgan dasturchi
5. Hamjamiyatda aktiv mentor va maslahat berishdan bosh tortmaydigan oq-ko'ngil inson

Ishonchim komilki, yuqorida sanab o'tilganlar jamiyatga manfaat berish uchun qilingan ishlardir va ulardan ko'zlangan maqsad faqatgina MVP bo'lish emas, balki keyinchalik undanda yuqoriroq martalablarga yuksalishdir.

Siz ham MVP unvonini maqsad qilib qolmang. Undan yuqori cho'qqilarni ko'zlang va atrofingizdagilar uchun chin dildan harakat qiling.

#daho

Telegram | YouTube | Linkedin
The-Standard hamjamiyati logitipi ishlab chiqildi.

Sizningcha chiroylimi? Nimani anglatadi?
Skype

Biz Tarteeb loyihasini ham, o'quv kursini ham Skype orqali boshqaramiz. Nima uchun?

1. Chat yaratish mumkin (bepul)
2. Chatda sifatli va cheksiz video-uchrashuv qilish mumkin
3. Video-uchrashuvni yozib olish mumkin. Chatda saqlanadi.

Manimcha oddiygina shu uchchala imkoniyatni hali birorta messenjer bera olmaydi. Teams, Telegram va boshqalarini sinab ko'rdik. Lekin, shu uchchala imkoniyatni sodda va sifatli usulda hech qaysi bera olmadi.

Siz o'quv kursingizda qaysi platformada ishlaysiz?

P.S. Loom kabi qisqa video yozish imkoniyati qo'shilibti. Bu qilgan yaxshiliklari uchun maqtab qoyish kerak deb hisobladim.

Telegram | YouTube | Linkedin
Dora AI

Yangi sun'iy intellekt endilikda aytganingizga ko'ra, vebsayt yaratib berar ekan. Hozirda Tarteeb School uchun landing page yaratyapti.

Ba'zi asosiy imkoniyatlari:
1. Figmadan vebsayt yaratish
2. 3D modelga ko'ra vebsayt yaratish
3. Kiritilgan matnga ko'ra vebsayt yaratish

Natijani tayyor bo'lganda ulashamiz.

#ai

Telegram | YouTube | Linkedin
DoraAI`ning "Mahorati"

Yuqorida ko'rib turgan rasmlaringiz yangi sun'iy intellekt chizib bergan natijalardir. O'ylashimcha, hali bu texnlogiya rivojlanib murakkab CRM, ERP sistemalari yarata olguncha ancha vaqt bor.

Tushunaman, turli landing sahifalar yarata olish imkoniyati tez orada yaxshilanishi mumkin. Lekin, frontend dasturchilarni ham dizaynerlarni ham landing sahifalar ishlarining juda kichik qismini tashkil qiladi.

Murakkab biznes holatlarini sun'iy intellektga tushuntira olish esa kamdan-kam loyiha menejerlarini qo'lidan keladi.

Shuning uchun - gazini bosaveringlar

P.S. NVIDIAning boshlig'i ham "ingliz tilining o'zi yangi dasturlash tiliga aylanadi. Dasturlashni o'rganish kerakmas", - dedi. Ko'ramiz, bu ish amalga oshguncha qancha vaqt ketar ekan.

#ai

Telegram
| YouTube | Linkedin
🗓 Bugun soat 18:00 Threading haqida dars efirga uzatiladi.

🔗 26-Dars
Email

Shubhali va noodatiy ko'ringan xatlarni/havolalarni ochmang. Ishxona bergan email bo'lsin, shaxsiy telegram yoki linkedin accountingizda bo'lsin, yuqoridagidek xatlar kompyuteringiz nazoratini olib/buzib qoyishlariga asos bo'ladi.

Xattoki, amazon.com bilan аmazon.com ham bir xil tekst emas. Izohlarda ikki stringni farqini ayta olasizmi?

Telegram
| YouTube | Linkedin
Microsoft For Startups

Microsoft for Startups konkursiga Tarteeb loyihasi bilan ariza topshirgan edim. Qabul qilindik!

Bu nimani anglatadi:
1. Azure AI va boshqa ko'plab xizmatlar uchun $150 000 dan ortiq kredit olish
2. Github, Visual Studio va boshqa Microsoft loyihalari uchun Enterprise subscription olish
3. Microsoft hamkorlaridan qo'llab-quvvatlash va mentorlik olish imkoniyatini beradi.

Kunlik ishim, Tarteeb loyihasi va Tarteeb School haqida postlar yozadigan bo'lsam, sizga qiziq bo'ladimi?

Telegram | YouTube | Linkedin
🗓 Kecha Threading haqida 2-dars efirga uzatildi

🔗 27-Dars
💻 Sharpist AI Hakaton!

Microsoft va Sun'iy Intellekt texnlogiyalaridan foydalangan holda loyiha tuzish sharti bo'lgan hakatonni o'tkazib yubormang.

🗓 Sana: Aprel 19-21, 2024
📍 Manzil: Onlayn

Ro'yxatdan o'ting : mdcuzbekistan.com
Telegram Kanal : @sharpist2024

P.S. Qabul 5-Aprelda yopiladi.

Telegram | YouTube | Linkedin
Open Source - RESTFulSense

Open source loyihalariga hissa qo'shishda davom etyapman. HTTP so'rovlari bilan ishlashni osonlashtiradigan RESTFulSense kutubxonasiga byte[] turidagi ma'lumotlar qabul qilIsh imkoniyatini qo'shib qoydim.

Ushbu link orqali PR ni ko'rib chiqishingiz mumkin.

#OSS

Telegram | YouTube | Linkedin
🗓 Bugun 16:00 da Async/Await haqida dars efirga uzatiladi.

🔗 28-Dars
Chiroyli qilish maqsadida, yechimni aylanib o'tish!

Kecha ochgan PRimda ternary operatorga moslash uchun hech nima qaytarmaydigan, faqatgina validatsiya qilib exception qaytaradigan metodni oxirida null qaytarib qoygan edim.

Lekin, bu kodni texnologiyaga moslash bo'lib qoldi. Ya'ni ternary operator ishlata olish uchun (chiroyli deb o'ylab), kodimni sifatsiz qilib qoydim.

Ochiq-oydin null qiymat qaytarish tavsiya etilmaydi.

Yangilangan kodni ko'rish uchun, ushbu link ustidaga bosing.

#OSS

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/06/25 06:15:58
Back to Top
HTML Embed Code: