Telegram Web Link
Daho

Amaliy o'quv kursimizning bitiruvchilari o'z loyihalarini bugun taqdim qilishdi. Oxirgi bir oylik mustaqil izlanish davomida ular OpenAI sun'iy intellektlaridan foydalanangan holda IELTS insholarini tekshirib beradigan bot va websayt qilishdi.

Toshkent vaqti bilan 22:00 da videoni YouTubeda ko'rishingiz mumkin:
🔗 Link

Qilgan loyihalarini quyidagi havolalar orqali ko'rishingiz mumkin:
1. Breakfast
2. Essay Analyzer
3. Essay Analyzer API

#daho

Telegram | YouTube | Linkedin
The Standard Community a'zosi Mabrouk Mahdi do'stimiz "Null ga Kulib Qoy!" - nomli kitob yozibtilar. Yaqinda Germaniyadan bu kitobni qabul qilib oldim.

Qiziq ma'lumotlarni ulashib boraman. Kuzatib borayotgan bo'lsangiz, bilasizki kanal informativ, biroz #humor qo'shilishi foydadan holi bo'lmaydi.

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
Yangi guruh ochishimni so'rab yozishyapti. Agar yetarlicha qiziqish bo'lsa, yana bir guruh ochishim mumkin. Izohlarda fikringizni qoldiring, qatnashmoqchimisiz yoki qatnashmoqchi bo'lgan tanishlaringiz bormi?

P.S. Har 4 oyda bir guruh ochyapman. Hozir yangisiga qo'shilishning fursati
Qabul
.NET dasturchi bo'lish uchun bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Yuqorida ko'rib turgan roadmap bo'yicha shogirdlar olyapman.

Bu 6 oylik amaliy kursni bitirib kuchli .NET dasturchi bo'lib yetishib chiqasiz. Sizga g'oya berilganda mahsulot darajasigacha olib chiqishni o'rgataman. Kursni bitirib open-source loyihalari yoki Tarteeb loyihasida biz o'rgatganlarimiz bo'yicha tajriba to'plagan bollarni ishga ham taklif qilamiz.

Bitiruvchilar natijalarini ko'rish uchun ushbu link ustiga bosing.

📞 Qabul va qo'shimcha savollar uchun @Azam_Amonov ga murojaat qiling.

P.S. The Standard bepul o'rgatiladi va bu bo'limga to'g'ridan-to'gri yozilish mumkin emas

#school #news

Telegram | YouTube | Linkedin
Dasturlashni endi o'rganmoqchiman, maslahat bering.

Aslida, ko'pchilik dasturchilar bunday savollardan qochishadi, buni o'ta abstrakt sanashar balki. Lekin, mani ham birinchi bergan savolim shu bo'lgan. O'shanda meni birinchi dasturlashdagi Ustozim chiroyli tushuntirmaganlarida, bu yo'ldagi safarim boshqacha bo'lar edi.

Shuning uchun, qisqa va lo'nda javob berishga harakat qilaman. Avvalo, tabriklayman!
Bu sohada ko'p narsa o'rganishingiz mumkin. Ko'p narsani esa - bir dasturlash tilidan boshlang. Qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar boshlang, sodda dasturlar tuzadigan darajaga chiqing. Sodda dastur - oddiy ma'lumotni bazaga saqlay olish - bu yetarli.

- "Qaysi tilni o'rganay?" - deysizmi.
Qaysi tilni o'rganish uchun resurs (ustoz, video-darsli va hokazo) ko'p bo'lsa shuni o'rganing. Birinchi tilingiz butun umr ishlatadigan til bo'lishi shart emas. Shuning uchun qaysi tilni tanlasangiz ham yutqazmaysiz. Faqat, o'rganishingiz muhim.

#faq

Telegram | YouTube | Linkedin
Qanday qilib ishga kirishga yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lay?

Real loyiha tuzing. Instagram yoki telegram loyihalarini o'zingiz tuzishga harakat qiling. Bunday loyihalar yaratish davomida siz ko'plab muammolarga duch kelasiz. Bu muammolarni hal qilishingiz sizni ish-bozoridagi o'rningizni ko'taradi.

Yodingizdan chiqmasin, siz kod yozish uchun emas, balki muammoni hal qilish uchun haq to'lanasiz.

#faq

Telegram | YouTube | Linkedin
LGTM

Bu so'z nima ma'noni anglatadi, deb o'ylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring

#ITalk
LGTM - Looks Good To Me

GTG - Good To Go

NVM - Never Mind

P.S. - Postscript

Bu so'zlarni har kun PR tekshirayotganda ishlatamiz. Bilib qoyganingiz foydadan holi bo'lmaydi.


#ITalk
SharpStyles

C# tili yordamida CSS yozish mumkinligini eshitganmisiz? SharpStyles kutubxonasi aynan buni imkonini beradi.

Bugun 2 ta ish ochildi. Open-source loyihalarida ishlamoqchi bo'lganlar bo'lsa, ko'rib chiqishlarini taklif qilaman:

FEATURE: Support Webkit CSS Properties
MINOR FIX: Converting of Hex Values into CSS Values Are Wrong

Real-loyihada o'zingizni sinab ko'ring.

P.S. SharpStyles haqida dars
P.S. 2 Tajriba olmoqchi bo'lgan Junior do'stingizga bu imkoniyatlarni ulashing.

#OSS

Telegram | YouTube | Linkedin
Passive Aggressive

Muloyimlikga o'ralgan jahl. "AyTi" yo'nalishida bunday munosabat keng tarqalgan, ayniqsa g'arb firmalari bilan ishlasangiz bunga guvoh bo'lishingiz mumkin. O'ylashimcha, onlayn uchrashuv davomida ekranga jahl qilishdan ko'ra, ba'zi biznes egalari yoki jamoa yetakchilari (lead) bu usuldan foydalanishadi. Masalan:

- Sizga KATTAKON rahmat. Bu ishni yakunladingiz.... VANIHOYAT!
- Hammasi yaxshimi? Biz kutgandan orqaga qolayotgandek ko'rinasan?
- Kecha yozgan kodingni uxlamasdan to'g'rilab chiqdik tuni bilan. Iltimos, keyingi safar ehtiyotkor bo'l.

Aslini olganda bu kabi munosabat zararli tuyulmaydi. Lekin, bu turdagi agressiya sizning ma'naviy salomatlingiz uchun zararli. Takroriy bunday holatlar ma'naviy charchoqga olib keladi va "burnout" ga sabab bo'lishi mumkin.

P.S. Sizda bo'lgan passive agressive holatlarni yozib qoldiring
#tips

Telegram | YouTube | Linkedin
Bugun deyarli 200K foydalanuvchisi bo'lgan bir nuget kutubxonasi uchun bir PR ochdim.

Qo'rqinchlisi shundaki, men qilgan o'zgarish boshqalarning ishlab turgan loyihasini buzishi mumkin. Lekin, bunga amin emasmiz. Nega? Chunki hali Acceptance test yozilmagan. Unit test esa buni kafolatlay olmaydi.

Siz Acceptance test haqida eshitganmisiz?


#interview
Tajriba Kerakmi?

Open-source loyihalarida yana bir imkoniyat ochildi.

EFxceptions kutubxonasining ba'zi xatoliklarni boshqarish mexanizmida kamchilik bor ekan.

To'g'rilash uchun ushbu havolani o'qib chiqing va yechimingizni taklif qiling

#portfolio

Telegram | YouTube | Linkedin
Open Technology Group kompaniyasida Junior .NET Dasturchi lavozimi uchun ish o'rni ochilibti.

🔗 Ish Beruvchi Sahifasi

#job

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashni o'rganish qiyin. Lekin, bu sohada kirib olganingizdan keyin yuqorida ko'rsatilgandek ishlarni qilish oz bo'lsada zavq beradi.

P.S. Aytgancha siz ham Visual Studioda shunday ishlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz, YouTube darslarimni ko'rib chiqing

#productivity

Telegram | YouTube | Linkedin
Jismoniy sog'liq

Oldin bir postimizda aytganimizdek, kuchli dasturchi nafaqat aqlan, balki jismonan ham kuchli bo'lishi kerak. Dasturlash sohasiga kirayotgan ekansiz, bularni yaxshi bilishingiz kerak.

Ko'p ekran qarshisida o'tirish davomida:
- Ko'zingizda
- Belingizda
- Bilaklaringizda
og'riq paydo bo'lishi mumkin. Va har doim bundan qo'rqib, xasta bo'lib qolmaslik uchun harakat qilishingiz kerak. Quyida o'zim amal qiladigan ba'zi ishlarni tavsiya qilaman:

- Doimiy ko'z doktori nazoratida bo'ling. Men sun'iy ko'z yosh ishlataman. O'zbekistonda hech topa olmagandim, afsuski. Bizda vitamin va ba'zi dorilar bilan boyitilgan ko'z dorilari bor ekan.

- Doimiy sport bilan shug'ullaning. 1 oydirki haftada bir ot-minish sportiga qatnayman. Belimdagi og'riqlar sezilarli darajada kamaydi.

- Kunlik badantarbiya qiling va shahringizdagi yashillik ko'p bo'lgan yerlarda kamida 1 soat aylaning. Ko'zingizdagi va tanangizdagi kunlik charchoqni chiqarishda bundan samarali usul yo'q, menimcha.

- Ko'p suv iching. Kunlik 1.5 litr suv ichishga harakat qilaman. Aslida bundan ko'proq ichishni tavsiya qilishadi.

- Ortiqcha vazndan qutuling va hech qachon alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilmang.

Har birimizga bu sohada o'n yillar davomida ishlab, har qanday "kasb kasalligidan" uzoqda bo'lishni tilab qolaman.

P.S. Siz sog'lom dasturchi bo'lish uchun nima qilasiz?

#productivity

Telegram | YouTube | Linkedin
$17 000

Bu pul endi o'rganayotgan dasturchilar uchun juda katta tuyulishi mumkin. Lekin, aslida bu pulni barchasi 1 yil ichida faqatgina serverlarga ketadi.

MVP bo'lganim
sabab, Azure $17 000 grant bergan va bu pulning deyarli yarmini 6 oy ichida ishlatib bo'ldim. Eng qizig'i birgina tarteeb loyihasi azure orqali ishlaydi.

- "To'g'ri resurslardan foydalanmayapsizlar?" - deyishingiz mumkin.

Aslida, har qanday resursning eng arzon tarifini ishlatamiz. Xo'sh, nega unda bunchalik ko'p pul ketyapti? Chunki, enterprise loyihalar tuzish doimo qimmat bo'lgan. Shuning uchun ham startup olamida yuz minglab dollar investitsiyalar kiritiladi. Dasturchilar, serverlar va kompyuterlar bu pulning katta qismini olib qoyadi.

#azure

Telegram | YouTube | Linkedin
Fikringni Bildir!

Tarteeb School da CashOverflow deb nomlangan loyiha qilgan edik. Dasturchilar oyliklari va ishlagan kompaniyalari haqida ma'lumot beradigan loyiha edi. Bugun Sharh loyihasi haqida o'rgandim. Biz boshlagan ishning mukammal namoyondasi bo'libti.

Onlayn darslarimiz haqida bitiruvchilarning fikrlarini shu yerda saqlab borishga qaror qildim.

Ushbu havola orqali o'tib biz haqimizda fikringizni yozib qoldiring.

P.S. YouTubedagi darslarimiz ham Tarteeb School miqyosida qilnayotgan ishlandandir.
Yo'q, muammoni hal qilishga urunmang
Yohud, texnologiyalarni aql bilan ishlating.

Ish e'lon shartlarida o'nlab texnologiyalarni ko'rishingiz mumkin. Tabiiyki, malakali kadr bo'lish uchun texnologiyalarni birin-ketin o'rganishni boshlaysiz.

Misol qilib Redisni olaylik. Bu dasturingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan kesh xotira. Bizning Tarteeb loyihamizda endi Redis ishlatishni boshladik, chunki bu texnologiya hal qiladigan muammoga endi duch keldik.

Aslida, texnologiyalar haqida yuqoridagidek nima qilishini bilsangiz kifoya.

"Unda qanday ishga kiramiz?" - deb o'ylayotgandirsiz.
- Loyiha tuzing. "Todo app" bo'lsa ham, backend va frontendini tuzib chiqing, uni github va serverga joylab, o'zingiz har kuni ishlata oladigan darajaga keltiring.

Bu jarayonda ko'plab muammolarga duch kelasiz va muammolaringizga texnologiyalar yechim sifatida kelishni boshlaydi.

P.S. Microservice arxitekturasi ham shunday. Endi o'rganayotganlar, aytinglarchi, microservice yozishni ham o'rganyapsizlarmi?

#tips

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/28 19:00:44
Back to Top
HTML Embed Code: