Surish vs surmaslik
Oldingi postda tanlov narxi degan tushuncha haqida yozgan edim. Bugun ana shu tanlov narxi tushunchasi bo'yicha chetga ketish va ketmaslikni ijobiy va salbiy tomonlariga to'xtalamiz.
Mening auditoriyam asosan tibbiyot odamlari. Shuning uchun vaziyatga imkon qadar aniqlik bilan qarash maqsadida fikr eksperimenti o'tkazamiz. Bundagi misol tibbiyot instituti talabasini o'qishni tamomlab Germaniyaga yoki AQShga ketishi va u yerda mutaxassislik darajasiga erishishi misolida keltiramiz.
Surish ijobiy jihatlari
- $$
- ota-onasi, aka-ukasi va ular farzandlariga yordam bera olishi
- zamonaviy tibbiyot bilan ishlash imkoniyati
- xalqaro tajribaga ega bo'lish imkoniyati
- haqiqiy ilmiy izlanish bilan shug'ullana olishi
- ish beruvchi tomonidan qadrlanishi (boshliqdan hech qachon so'kish eshitmasligi)
- farzandlariga ko'proq vaqt ajratishga imkoniyati bo'lishi
- farzandlar sifatli ta'limi kafolatlanganligi
- farzandlarni kelajakdagi ishidan havotirda bo'lmasligi
- to'y qilish tashvishidan qutula olish imkoniyati
- shaxsiy rivojlanishga kengroq imkoniyatlar
- sayohat qilishga kengroq imkoniyatlar
- o'z tajribasi bilan o'rtoqlasha olishi (shu jumladan o'zbek tilida)
- erkinlikni kengroq his qila olishi
- ...
Surish salbiy jihatlari
- ota-onadan uzoqda bo'lishi
- do'stlardan uzoqda bo'lishi
- farzand tarbiyasidagi havotirlar
- e'tiqod borasidagi havotirlar
- ...
Surmaslik ijobiy jihatlari
- ota-ona yonida bo'lishi
- jamiyat bir qismi bo'lish hissi
- farzand tarbiyasidan unchalik havotirga tushmasligi
- e'tiqod borasidagi havotirlar yo'qligi
- xalq xizmatida bo'lishi
- ...
Surmaslik salbiy jihatlari
- bitirgandan keyin poliklinikada UASH bo'lib ishlashga mahkumligi
- mutaxassis bo'lish imkoniyatlari cheklanganligi
- moddiy kamchiliklar his qilishi
- farm sanoatga qul bo'lish havfi
- topayotgan puli halol ekanligiga shubha qilishi
- farzandlariga vaqt ajratish imkoni cheklanganligi
- erkinlik hissi yo'qligi
- boshliqdan so'kish eshitish
- komfortda yashashi
- ...
Ko'rib turganingizdek fikrlar to'liq emas. Sizningcha yana qanday + va - jihatlari bor?

Angela Merkel va o’zbek shifokori
Angela Merkel, siyosiy maydondan ketgunicha dunyoning eng qudratli ayoli deb tan olingan inson. U Germaniya yurtboshisi bo’lib xizmat qildi. Oladigan oyligi bo’yicha dunyoning eng yaxshi to’lanadigan liderlar qatoriga kiritilar edi. Har oyda 35 000 € atrofida oylik olar edi.*
O’tgan kuni bir do’stim bilan gaplashdim. U Germaniyada oftalmolog. Praxisga ega. Praxis bu klinika. Xususiy klinika emas, davlat tomonidan yordam qilinadigan klinika. Huddi bizdagi xususiy klinikalar kabi ishlaydi, ammo mijozlar kelishini davlat ta’minlaydi. Ya’ni mijoz ortidan quvishga ehtiyoj yo’q. Mutaxassis vazifasi bemorlarni ko’rish va davolash. Klinikani yurgizishga ham javobgar. Undagi ishchilarga (reception, yordamchi hodimlar va hok) oylik to’lashga, klinika binosi uchun ijara to’lash va hokazolarga javobgar. Har bir ko’rilgan bemor uchun davlat pul to’laydi.
Germaniyada mutaxassis shifokor imkoniyatlari ancha keng. Oftalmolog sifatida bir oyda 30 000€ topish mumkin. Bu operatsiya qilmagan holda. Agar operatsiya qilsa oyiga 40 000€ dan ko’proq topish mumkin.**
Bu postni o’qib fikr bildiruvchilarni uch guruhga ajratish mumkin bo’ladi. Biri bizning jamiyatda shifokorlar qadri haqida gapiradi va negativ munosabatda bo’ladi. Ikkinchisi esa shifokor maqsadi pul topish bo’lmasligi, xalq xizmatida bo’lishi haqida gapiradi. Uchinchisi esa o’ziga xulosa chiqaradi va indamasdan harakatini qiladi.
Nega Merkel haqida yozdim? Shunchaki hozirgi kunda institutni bitirish arafasida turgan yosh o’zbek talabasini fokusni bir joyga qo’yib aniq maqsad bilan harakat qilsa 7-8 yildan keyin qanday imkoniyatlarga erishishi mumkinligi haqida yaqqol misol qilish uchun.
Yana bir qo’shimcha sifatida shuni aytish mumkin. Bu raqamlar kuniga 8 soat (8 dan 4 gacha), haftasiga 5 kun ishlagandagi ko’rsatkich. Merkel haftasiga 40 soatdan ko’p ishlagan bo’lsa kerak.
Hukumat rahbaridan ko’ra ko’proq oylik topish mumkin ekanligi haqidagi fikrni ayrimlar aslo hazm qila olmaydi. Ammo qora jentra olishni hayotdagi asosiy maqsadiga aylantirish hech qanday savol tug’dirmaydi.
Harakat qilgan odam esa nafaqat bu fikrni hazm qila oladi, balki Merkeldan ko’proq oylik topa oladi.
Hammaga salomatlik tilab.
Bek Olimjon
04.04.23
Norvegiya

Men din, e'tiqod kabi mavzularda post yozishga o'zimni haqli deb hisoblamayman. Agar kamchiligi bo'lsa to'g'rilashingizni so'rayman.
Meni har doim hayron qoldiradigan narsa g'arb davlatlarida dinga qarshilik katta va unga amal qilishga qarshiliklar bor degan fikrlar shakllangan. Men hozirgacha yashagan, ishlagan, tashrif buyurgan Yevropa, Amerika, Afrika davlatlari yoki Hindistonda bunga asos ko'rmadim.
Maqolani yozishdan maqsad ko'pchilik orasidagi "G'arbda dinga qarshilik katta" degan noto'g'ri ma'lumotlarni asossiz ekanligini aytish va asl vaziyat qanday ekanligi haqida aniqlik kiritish.
Bugun vodiydagi bir do'stim bilan telefonda gaplashdim. Ramazon haqida so'radi, bu yerda namoz masalasi qanday ekanligi haqida so'radi. Vaziyatni aytsam ishonmagandek bo'ldi. Shunda do'stimdan uning ishxonasidan 5km perimetrda nechta masjid borligi haqida so'radim. Aytishicha 1 dona. Tushunsa bo'ladi, markaziy shaharda emas, bir tumanda yashaydi.
Men Oslo shahridagi ishxonamga eng yaqin ikkitasini aniq bilaman. Oslo markazidan 15-18 daqiqali masofa ichida kamida 10 ta masjid borligini aniq bilaman. Shuni aytsam unga ham ishonmagandek bo'ldi. Ha mayli deb suhbatni davom ettirdik.
Suhbat davom etib yaqinda mediada e'tiborlarga sabab bo'lgan bir voqeani aytib berdim. Voqea to'g'ri yoki noto'g'ri degan xulosa qilganimcha yo'q. O'qib bo'lgach xulosani o'zingiz berasiz.
Oslodan 30 minut tashqarida joylashgan Drammen degan shaharcha bor. Avval yashaganman o'sha shaharchada. Drammenda yaxshi akademik litsey bor. Bitiruvchilari yaxshi universitetlarga ko'p kiradi, ayniqsa kirish qiyin bo'lgan tibbiyot yo'nalishiga yaxshi tayyorlaydi o'quvchilarni. Tartibni yaxshi ushlaydi deyishadi.
Bu yil Ramazon oyi kirgan vaqtda o'sha litsey o'quvchilari orasida namoz o'qishga e'tibori kuchayganligi aytilmoqda. O'quvchilar peshin vaqtida darsdan turib chiqib ketib yoki tanaffus vaqtida peshin sabab darsga kechroq kelish holatlari kuzatilgan ekan. Bu holat dars jarayoniga xalaqit berganligi sabab maktab direktori barcha maktab o'quvchilariga darsdan namoz uchun chiqib ketsa NB (darsda yo'q degani) qo'yishini aytgan. O'ylab qaralsa shaxsiy ish sabab darsdan chiqib ketsa yoki kech kelsa bu holatda o'qituvchi NB qo'yishga haqlidek. Ammo...
Bu holat litseydagi musulmon o'quvchilar orasida qattiq noroziliklarga sabab bo'lgan. O'quvchilar direktorga qarshilik bildirishgan. O'quvchilar asosiy argumentlaridan biri "Nega men hojat yoki boshqa sabab darsdan chiqishim mumkinu, lekin namozga chiqa olmasligim kerak?". Mantiqiy yondashuv 😊
Muammoni ehtiroslarga berilmagan holda, ma'qul yechim topish maqsadida maktab direktori va o'quvchilar hamjamiyati uchrashuv o'tkazadi. Hamjamiyat boshlig'i Petter ismli bir o'quvchi, ya'ni musulmon emas. Xullas kelishuvga erishiladi. Yechim sifatida o'quvchilarni uchinchi va to'rtinchi soatlar orasidagi tanaffus vaqtida namoz o'qishlari barcha uchun eng optimal deb topiladi. Shunda dars vaqtida peshin kirib qolsa birdaniga 5-6 ta o'quvchi o'rnidan turib darsxonani tark etishiga ehtiyoj bo'lmaydi. Chunki 20 ta o'quvchisi bor sinfdan 5 ta o'quvchi birdaniga tashqariga chiqib ketsa dars buzilishi tabiiy hol.
Maktab direktori uzr so'radi. Petterni aytishicha bunga sabab direktor davlat konstitutsiyasi va bolalar konvensiyasida yozilgan qonunga qarshi chiqqan ekan. Direktorni bunday qilishga qonuniy haqqi yo'q ekan. Har bir talaba darsga 15 minutgacha kech qolib kelsa unga NB qo'yilmasligi kerak ekan.
Endi haligi o'quvchilar bizga maktabda namozxona qurib berishlari kerak degan talab bilan chiqishmoqda. Bunga javob sifatida hattoki musulmonlar soni ko'p bo'lgan boshqa davlatlarda ham bolalar maktabida alohida namozxona yoki masjid yo'q degan qarshi fikrlar keltirishmoqda. Debat davom etyapti.
O'sha litseyda tahminan 1300 ta o'quvchilari bor ekan. Shulardan 325 tachasi musulmonlar ekan. (maqolaga manba)
Men ishlaydigan universitet va kasalxonalarda ibodatxonalar mavjud va barcha uchun ochiq. Bu borada kasalxonalardagi yondashuv bir oz o'zgacha. Bu haqida esa boshqa postlarda endi.
Bek Olimjon
05.04.23

Xulosa chiqarishdagi yondashuvlar
Kecha bolamni uxlatgani olib chiqqanda bitta podcast eshitib qoldim. Keyin muallif yozgan kitob bor ekan, shuni o’qishga qiziqib ko’rdim. Kitob kundalik hayotimizda turli xulosa va qaror qabul qilishimiz asoslari haqida yozilgan ekan.
Muallifga ko’ra asosan odamlarni xulosa va qaror qabul qilishiga qarab asosan 3 turga bo’lish mumkin ekan. Tushunganim va chiqargan xulosalarimni yozib qo’ydim va shu yerda ulashay dedim. Har bir turga misollar keltirish o’quvchi o’ziga havola.
1. Olomon fikridan kelib chiqqan holda xulosa chiqarishimiz va qaror qabul qilishimiz.
Har birimizda o’zimizni jamiyat bir qismi sifatida his qilishimizga ehtiyoj yuqori. Bu bizga tarixan singgan hissiyot va tushuncha. Chunki o’zimizni olomon bir qismi sifatida his qilishimiz bizga xavfsizlik hissini beradi. Bunda xulosalarimiz va qarorlarimiz asli to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligidan ko’ra olomon fikri ustunlik qiladi. Xulosalarimiz boshqalar xulosasiga asoslangan bo’ladi. Boshqalar fikrini biz uchun muhim ekanligi ham shundan kelib chiqadi.
2. Har bir vaziyatni oq va qoraga ajratgan holda xulosa chiqarishimiz
Har qanday vaziyatga baho berishda oldindan mavjud bo’lgan fikr va xulosalarga asoslangan holda yondashuv. Bunday yondashuv oson va miyani tanqidiy fikrlashga chorlamaydi. Qarshi argumentlarni qabul qilgisi kelmaydi. Aslida barchasi oq va qora emasligini, ba’zan vaziyat kulrang bo’lishi mumkin ekanligini ham inobatga olmaydi. Bunda ”men bilaman va men haqman” degan yondashuv bo’ladi. Ba’zan bu ma’naviy jihatdan boshqalarga nisbatan ”moral superiority” ya’ni ma’naviy ustunlik hissini keltirib chiqaradi.
3. Vaziyatni atroflicha o’rganib, kerakli ma’lumotlarni olib, tanqidiy yondashgan holda xulosa chiqarish. Ya’ni tafakkur etgan holda bir xulosaga kelishimiz. Bunda eng avvalo ”xulosam to’g’ri ekanligini men qayerdan bilaman?” degan savol bilan yondashish. Biror bir dastlabki xulosaga kelganda ana shu xulosani inkor etuvchi qarshi fikrlarni keltira olish. Agar qarshi fikrlar bo’lmasa bu haqida ma’lumot topishga harakat qilib ko’rish. Bu bizni fikrlashga undaydi. Natijada bir tomonlama xulosa chiqarish oldini oladi. Qaror qabul qilishdagi xatolarimiz kamayishiga sabab bo’ladi. Muammo shuki buni miya xohlamaydi. Chunki bu energiya talab etadi. Miya esa energiya sarflashni xohlamaydi. Shuning uchun doim oson yo’lni tanlashga harakat qiladi.
Energiyada muammo yo’q aslida. Bitta chiroyli osh bilan orqasidan achchiq ko’k choy juda ko’p fikrlar uchun yoqilg’i, sifatli energiya manbai 😊
Bek Olimjon
06.04.23

O’zgarish muhim
Yaqinda yangi ishga o’tdim. Norvegiyada Akershus universitet klinikasiga katta oftalmolog konsultant (ing. senior consultant, nor. overlege, nem. Oberarzt) ishiga taklif etishdi.
Ko’p o’ylab o’tirmadim va taklifni qabul qildim. Avvalgi ishlayotgan klinikamdagi ishni 50% ga qisqartirgan holda yangi ishni qabul qildim.
Bu yurtlarda davlat klinikalari xususiylarga nisbatan kamroq maosh to’laydi, shunday bo’lsada xususiydagi ish o’rniga buni qabul qildim.
Sababi oddiy - o’zgarish muhim.
Inson o’zi turgan vaziyatni o’zgartirmasa rivojlanmaydi.
Rivojlanish uchun komfort zonadan chiqish zarur.
O’zgarishdan boshqa hech narsa doimiy emas.
O’zgarishlar oldini olib bo’lmaydigan hodisalar, rivojlanish esa bizning tanlovimiz.
O’zgarmay turib maqsadlarga erishib bo’lmaydi.
O’zgarish oson emas, miya va tana uni hohlamaydi. Ammo o’zgarish zarur.
Qiyinchiliklarsiz rivojlanish bo’lmaydi.
Bir joyda qotib qolmaslik uchun o’zgarish muhim.
Rivojlanish uchun avval fikrlar o’zgarishi kerak.
Bek Olimjon
08.04.23

Odatda boshqalar iqtibosini bu kanalda yozmayman, ammo istisnolar bo’lishi kerak.
Bir olim inson bor. Ismi Hamza Yusuf. Shu insondan bir iqtibosni tarjima qilgan holda qo’ygim keldi. Tarjima to’liq bo’lmasligi mumkin. Ingliz tili bilmaydiganlarga mazmunan tarjima. Biladiganlarga esa originali post oxirida. Tushunib, maza qilib fikr yuritishlari mumkin.
«Odamlar sizga: «sen o’zgaribsan» deyishadi. Xudo haqqi umid qilamanki sen o’zgargansan. Chunki men butun xayotim davomida bir xil inson bo’lishni xohlamayman. Men o’sishni, kengayishni xohlayman. Chunki jonzotlar o’zgaradi, joni bo’lmagan narsalar o’zgarmaydi. O’lik narsalar o’zgarmaydi. Va yurak hayotga boy bo’lishi zarur, o’zgarishi zarur, harakatda bo’lishi, o’sishi zarur. Uning bilimi o’sib borishi zarur.»
……………………………………….
«People say to you, ‘you’ve changed’, or something like that, well, I hope, for the sake of God, that you have changed, because I don’t want to be the same person all my life. I want to be growing, I want to be expanding. I want to be changing. Because animate things change, inanimate things don’t change. Dead things don’t change. And the heart should be alive, it should be changing, it should be moving, it should be growing, its knowledge should be expanding.- Hamza Yusuf»

Juda og’riqli masalalardan biri
Tibbiyotda eskirgan, samarasiz va ayrim holatlarda zararli usullar bilan ishlash oqibatida qanchalar katta muammolarga duch kelayotganimizni ko’pchilik tushunmaydi afsuski.
Opam o’z boshidan o’tkazganlarini uchinchi shaxs nomidan yozgan. O’ta achinarli xol 😔😞😥

Forwarded from Pediatr Nur Olimovna
Tug’ruqxonalarda oila yaqinlari kerakmi?
Assalomu alaykum qadrli obunachilar.
Hozirgi vaqtda yangi tuqqan ayollar qo'llab quvvatlash qanchalik muhtoj bo'lmoqda.
Kasbim taqozosi bilan tug'ruqxonalarda bo'lar ekanman, u yerda oila a'zolari umuman kiritilmasligi, faqat pulli xonalargagina kiritilishi mumkinligini ko'rdim, ayollarga amaliy va ruhiy madadni esa hamshiralar, afsus yetarli bera olmayapti.
Masalan birinchi farzandini tuqqan ayol bu 19-20 yosh atrofidagi qizlar ekanligini hisobga olgan holda ular bola parvarishi haqida umuman tushunchaga ega emas. Ular tug'ruq vaqtidagi stressni unutmagan holda bolaga yaxshi qaray olmayotgani tufayli orttirgan stressi ularda tug'ruqdan keyingi depressiyaning kuchayishiga olib kelmoqda.
Pulli xonalarda oilasidan yaqin insoni (onasi, opasi) bilan birga bo'lgan onalar har tomondan madad olmoqdalar, ayniqsa onaning parvarishida ham katta yordam bermoqdalar.
Men u ayollar bilan suhbatlashganimda o'z yaqini yordam berayotgan ayollar kayfiyati balandligi, hotirjamligi darhol bilindi.
Tug'ruqxonalarda 3-4 kun atrofida yotadi xolos, deb o'ylarsiz balki, lekin ayol va bolasi uchun birinchi 5 kunda berilgan madad ularning salomatligiga juda katta ijobiy yordam beradi. Ayniqsa turli muammoli tug'ruqlarda hamshiralar madadi umuman yetarli bo'lmaydi.
Qadri obunachilar, yaqinlaringizga madad bo'lish yo'llarini qidiring, ayniqsa, tyg'ruqxona mutassadilari alohida xonalarni ko'paytirib, bir nafar tajribali va mehribon oila a'zolarining yordam berishiga qarshilik qilmasligi onalik va bolalik muammolarini bartaraf qiladi deb o'ylayman.
Ho'sh bu haqda siz nima deb o'ylaysiz?
Pediatr Nur Olimovna

Onam bilan aksar o’zbek yoshlarini nega ilm olishga harakat qilmasliklari haqida gaplashib qoldik.
Onam aytadi: ”Shuncha imkoniyatdan nega foydalanishmas ekana bular? Bir maqsadni qilib, ozgina sabr qilib, chalg’imasdan 2-3 yil o’qisa butun kelajagini qura olish imkoniyati bor bularda. Ammo qo’lidan telefon tushmaydi. Yarim soat o’tirib o’qishga toqati yo’qligiga hayronsan.”
Menda hech qanday argument yo’q bu fikrlarga. Fikriga qo’shilgan holda ”E nimasini aytasiz aya! Siz faqat atrofingizdagi 5-6 tasini ko’ryapsiz xolos. Bu muammoni minglab yoshlarda bor ekanligini ko’rsangiz edi. Shuncha imkoniyat. 400 yil umr berilgandek hotirjam ko’pchilik.” deyman xolos.
Keyin mendan ko’p so’raladigan savollardan birini aytib bersam, ”Tovbaa” deb ho’rsinib qo’ydi.
Savol umumiy ma’nosi ”Meni yoshim 22 da, til o’rganishga yoki chetga chiqishga yoki kompyuter o’rganishga va yana qandaydir yangi ko’nikma yoki bilim olishga kech qolmadimmi?”
Onam o’sha kuni oyog’im ozgina og’riyapti, bugun o’qishim bor kun deydi.
Onam haftasiga 3 kun o’quv markaziga boradi. Yoshi 73 da.
Bek Olimjon
21.04.23

Onamdan kitob tavsiya
O’tgan haftadagi suhbatdan
Onam: ”Bolam men bitta kitob o’qiyappan. Zo’r kitob ekan. Siz ham o’qisez bo’larkan”
Men: ”Nima haqida ekan, aya?”
Onam: ”Kitob o’rganish ilmi haqida ekan. Berilgan ma’lumotlar aslida oddiy, lekin ko’pchilik o’rganish davomida umuman e’tibor bermaydigan jihatlar haqida ekan. Misol uchun kitobda
Ilm olishda nimalarga e’tibor berish kerak, maqsadni qanday qo’yish kerak, nimani birinchi o’rganish kerak, o’qishni qanday rejalashtirish kerak, ustozni qanday tanlash kerak, bilim olishni yaxshilash uchun qanday ovqatlar yeyish kerak kabi mavzular oson tilda yozilgan ekan.”
Butun zamonaviy bloggeru-vloggerlar, biznes trenerlaru-kouchlar tirikchiligi haqida ekanu bu kitob dedim 😁
Men bir necha yillar oldin ko’zim tushgan edi bu kitobga. Uncha e’tibor bermagan ekanman. 1947-yilda chop etilgan kichikkina kitob, ingliz tilidagisi tahminan 50 varaqdan iborat. O’qib chiqdim o’tgan kuni. Haqiqatdan ham yaxshi yozilgan. Onam tavsiya qilyaptimi demak yaxshi kitobligi aniq. O’qimasdan ham tavsiya qilvorsam bo’lar edi aslida 😊
Kitob muallifi Imom Al-Zarnujiy. Kitobni o’zbekchaga ”Ilm olish sirlari” deb tarjima qilingan ekan.
Inglizcha nomi ”Instruction of the Student: The Method of Learning”.
O’zbekchasini Asaxiy kitoblaridan sotib olsa bo’lar ekan. Mana bu link orqali, narhi 2 ta katta somsa puli.
Kitobda somsa yeyishni bilim olishga qanday ta’sir qilishi haqida ham yozilgan 😊

Bu post men oddiy shifokor uchun tekin biznes maktab haqida
Biroz tarix, biroz hikoya, biroz kundalik kuzatuv va bitta muvaffaqiyatli tadbirkor haqida.
Men hozir ishlayotgan Oslodagi klinika 2018-yil yakunida ishga tushgan edi. Klinika binosi sotib olinishi, chizmalari, rejalashtirish, jihozlash kabi jarayonlarda bevosita ishtirok etgandim. Klinika tayyor bo’lishi uchun binosini sotib olish bilan hisoblaganda 1 million dollarcha ketgan edi.
75 metr kvadratdan iborat, 2 ta oftalmolog xonasi bor. Haftasiga 200 ta atrofida bemor qabul qilinadi. Ehtiyoj kattaligi uchun joy kichiklik qilayotgan edi.
Maqsadi katta asoschilar yanada o’sish maqsadida klinikaga investitsiya jalb qilishdi. 5 yoshga kirmagan klinika 10 million dollarga baholandi. Katta natija. Bu narhga sotib olmoqchi bo’lganlar ham topildi. Ammo sotilmadi. Kengaytirish maqsadida investorlarni tanlab olindi. Taxminan 2 million dollarcha pul bilan kirib kelishdi investorlar.
Ana shu investorlar ichida eng ko’p pul tikkan, 40 yoshli bittasi bor.
U yigitni ohirgi 5 yilda erishgan natijasi hayron qoladigan darajada. Bir nechta bizneslarga asos solgan. Norvegiyada yangi bizneslarga investitsiya qilish bo’yicha top o’rinda turadigan investitsiya kompaniyasi asoschilaridan biri.
U bola 2015-yilda asos solgan bitta kompaniya 550 ta ishchisi bilan yiliga 50 million dollar ”oborot” qilyapti. O’sha korxonasini 70% qismini 2019-yilda «sir saqlangan miqdordagi narh»ga xalqaro gigant bitta firmaga sotgan. Orqavarotdagi gaplarga ko’ra 20 million dollar bo’lgan o’sha «sirli kelishuv».
Hammasiga o’z mehnati bilan erishgan. Ya’ni otasidan qolmagan biznes ma’nosida.
Xullas, kallali va katta harfli millioner yigit.
Bizni klinikaga investor bo’lib kelganidan beri ancha yaqindan ishlayappiz shu bola bilan. O’zi bir oy bo’lgani yo’q kelganiga. Keliboq jarayonlarni o’rganishni boshladi. O’zini biznes egasidek tutgani yo’q. O’rganishga bo’lgan chanqog’ini ko’rib hayron qolasan kishi. Sizdagi bor ma’lumotni machalkadek shimvoladi. Bitta savolni qaytarib so’ramaydi. Klinika hodimlarini o’ta hurmat qiladi. Eshigimni taqqillatib kiradi deng. 😊 Savol bersam maylimi deydi haligi aka.
Bir oydan beri hammadan oldin keladi va hammadan keyin ketadi. Ishdan keyin velosipedida boshqa uchrashuvlariga ketadi.
Tinmay izlanyapti. Maqsadi klinikani kengaytirish. Biror marta na siyosat haqida, na boshqa ijtimoiy masalalarda gapirganini eshitmadim. Fokus lazer. Mendan qanday qilib shifokorlarni jalb qilishimiz mumkinligi haqida, ularni qanday ushlab qolishimiz haqida so’raydi.
Nima deydi deng? ”Kerak bo’lsa kiringni yuvdirib berish, mashinangni moyka qilib berish, velosipedingni ustaga olib berish, aytgan kiyimingni zakaz qilib olib kelib berish haqida ham o’ylayappan. Chunki sizlar shifokor sifatida kundalik mayda masalalarga bosh qotirib, vaqt sarflashingiz kerak emas” deydi.
Postni o’qiyotgan odam uchun ertakdagidek eshitiladigan gaplar 😁
Xullas haligi aka, tepada aytganimdek klinikadagi ish jarayonlarni o’rganishni boshladi. Bu uchun bir oydan beri sekretar bo’lib ishlayapti aka. Bemorlarni qabul qiladi, telefonlarga javob beradi, xat yuboradi, qabul qiladi, ”iltimoslarimizni” (buyruqlarimizni) muammosiz bajaradi.
Sekretar akadan ko’p narsa o’rganyappan.
Bunday tadbirkorlar bilan ishlovirsam ajo’mas mengayam yuqsa 😁
Bek Olimjon
29.04.23

Telegramda qaroqchi bo’lmang
Post ijtimoiy tarmoqlarda kuzatiladigan men odobsizlik deb hisoblaydigan xislat haqida.
Ko’p kanallarda qayta-qayta kuzatiladigan bir xolat haqida yozmoqchiman. Obunachilar hurmatini qozongan bir odam o’z kanalida bilim va tajribalariga asoslanib post yozadi. Postdagi izohlar ichida postga umuman aloqasi bo’lmagan savollar yoki fikrlar yozishadi.
Misol uchun meni o’zimda kuzatiladigan holat. Pul haqida post yozsang, qanday qilib ingliz tili o’rganish haqida maslahat so’raladi. Men tanigan va bilgan kanal yuritadiganlarda ham har kuni kuzatiladigan holat.
Undan ham yomonrog’i izohlarda postga umuman aloqasi bo’lmagan mavzuda gap ochiladi va butun e’tiborni olib qochishadi. Uzundan-uzoq muhokama boshlanib ketadi. Urush-janjalga, haqoratlarga sabab bo’ladi ba’zan. Bunday odamlarni ”postlar qaroqchisi” deyiladi. (Ingliz tilida thread hijacking degan ibora bor). Xullas yaxshi xislat emas.
Undan tashqari obunachisi ko’p odamlar post qo’ysa izohlarda o’z kanalini reklama qiladiganlar bo’ladi.
”O’zbekistonni sevaman deganlar bo’lsa bitta layk bo’sin, bioga qaravorilar, kanalga obuna bo’linglar” kabi so’zlar bo’ladi. Bunday yondashuvga bizni qishloqda zo’r ibora boru, aytgani ozgina uyatliroqda 😊
Keyin boshqalar postini o’z kanaliga qayta post qiladiganlar ham ko’p. Maqsad yaxshi albatta. Foydali ma’lumot ulashay deyishadi. Ammo siz qiziqqan mavzudagi kanallarga sizning obunachilaringiz ham allaqachon obuna bo’lgan bo’lishini unutmaslik kerak deyman. Mayli qayta post qiling, lekin o’z fikringizni bildiring. Mayli tanqidiy bo’lsin, mayli ijobiy bo’lsin, o’z fikringizni bildiring. O’zi eng yaxshisi qanchalik oddiy tuyulmasin o’z fikr va xulosalaringizni yozing. Obunachilar soni muhim emas. Blogingizni o’zingiz, ukalaringiz yoki kelajakda farzandlar uchun yozing.
Xullas qaroqchilik qilmaslikka chaqiraman. Hammaga barakali tun tilab.
Bek Olimjon
30.04.23

Internetda manqurt bo’lmaslik haqida
Bizning e’tiborimiz va vaqtimizni pullashadi. E’tiborimiz orqali bizdan foydalanishga harakat qilishadi. Butun boshli reklama dunyosi bizni e’tiborimizni tortishga, vaqtimizni va oqibatda pulimizni olishga asoslangan.
Inson miyasi minglab yillar davomida o’zini xatardan himoya qilishga asoslangan. Shuning uchun ham kelajakka nisbatan pessimistik qaraydiganlar ko’proq uchraydi.
Xatar bu inson hissiyotlarini tez uyg’otadi. Shuning uchun ham yomon xabar tez tarqaladi.
Bizning bu xislatimizdan o’z biznesi yoki egoistik maqsadlarida foydalanuvchilar juda ko’p.
Afsuski biror ma’lumot yoki xabarni eshitsak va u xabar bizning bugunimiz va kelajagimiz uchun muhim bo’lsa, uni atroflicha o’rganishga harakat qilmaymiz. Bizga kerak bo’lmagan, na foydasi, na zarari bor mavzu uchun soatlab vaqtimizni, umrimizni sarflashga rozimiz.
Internetda har qanday ma’lumotga ishonib ketaveradigan, manbasini, hujjatini surishtirmaydigan, o’zi fikr qilmaydigan manqurt bo’lib qolmaslikka harakat qilish muhim.
Umid qilamanki yaqin kelajakda internet deganda faqat telegram, facebook, instagram yoki youtube ni tushunadiganlar soni kamayadi. Internetni bilimlar makoni sifatida foydalanuvchi, eng muhimi tanqidiy yondashgan holda bir nechta manbalardan ma’lumot qidirib, o’zi erkin xulosa chiqaruvchilar soni ortishiga ishonaman.
Bilaman bu o’ta optimistik qarash. Shunday bo’lsada, biror mavzu manbasi haqida fikr yuritadiganlardan ko’ra, u mavzu haqida fikr bildirgan shaxslarni muhokama qiladiganlar kamayishidan umidim bor.
Optimistlik muhim!
Bek Olimjon
06.05.23

Yana tug'ruqxona haqida
Assalomu alaykum qadrli obunachilar!
O'tgan safar tug'ruqdan keyin ayolni qo'llab quvvatlash haqidagi postimga qancha-qancha ayollar o'z kechinmalarini aytishdiki, bu negativ kechinmalar ularni bir umr tark etmasa kerak. Bunday holatlarda, ayollar tug'ruqdan keyingi depressiyani boshidan o'tkazgan bo’ladi.
Baxtga qarshi, bu muammo borgan sari ko'paymoqda va ona va bola munosabatiga jiddiy ta'sir qilmoqda.
Biz doim chet el tibbiyoti bilan o'z tibbiyotimizni solishtirar ekanmiz, ulardan tajriba olib o'tganish maqsadimiz bo'ladi.
Yaqinda eng yaqin insonim, ya'ni qizim Norvegiya tug'ruqxonasida nabiramni dunyoga keltirdi.
U juda ham o'z kechinmalaridan havotirda va qo'rquvda edi, hatto yaqinlarining daldalari ham uncha ta'sir qilmadi.
Lekin tez orada uning quvnoq va hotirjam ovozi diqqatimni tortdi.
Uning aytishicha, tug'ruqdan keyin doya bir soatlar chamasi qizim bilan suhbatlashibdi.
Doya tug'ruqning qanday kechgani haqida va qanday muammolar tahdid solganini sodda qilib tushuntiribdi va qizimga "sen juda yaxshi harakat qilding, dovyurak ayol ekansan, hatto farzanding ham sabr bilan o'zini yaxshi tutdi. Sen o'z hissiyotlaringni ko'proq o'rtoqlashgin va shunda sen yengil tortasan, agar bizga aytmoqchi bo'lsang, biz seni xohlagan vaqtingda tinglashimiz mumkin" degan so'zlarni aytibdi.
U qizimning qo'llarini siqibdi va bizga yordam berganing uchun senga rahmat debdi. Yana u ikkinchi tug'ruq bunday bo'lmaydi deb ta'kidlabdi.
Qizim bundan juda ta'sirlandi va o'zini ancha tetik va xursand sezdi.
Afsuski, tug'ruqdan keyingi depressiyani oldini olish va ko'krak suti bilan boqishni qo'llab quvvatlash haqida protokollar bizning yurtimizda ham bor, lekin...
Tug'ruqni olib borgan doya tug'ruqdan keyin ayollar bilan bu tarzda gaplashishi kerakligini o'z kasbini sevgan doyalarimiz va kelajakda xususiy tug'ruqxona tashkil qilmoqchi bolgan insonlar yoki tibbiyot talabalarining bilishini muhim deb o'yladim.
Hurmat bilan,

Bugun Norvegiya yangiliklarida bir qiziq narsa o’qib qoldim.
Sizlarga ham ulashay dedim.
Norvegiya bosh vaziri Jonas Stoere degan odam bor. Prezident emas. Qirollik bo’lgani uchun prezident yo’q. Qirol siyosiy kuchga ega emas.
Jonas Stoere Oslo shahridagi qimmat mahallada yashaydi. Mahalladagi boshqa boylar bilan birga uylarini tashqi fasadiga o’zgartirish kiritishmoqchi, qo’shimcha qurilish qilishmoqchi bo’lishgan.
Bu yerda qurilish qilish uchun hokimiyatdan ruhsat olish kerak.
Xullas bosh vazir va qo’shnilar hokimiyatdan rasman ruhsat so’rashgan. Hokimiyat esa rad javobi bergan 😁
Bugun jurnalistlarga shahar hokimiyati qaroridan shikoyat qilib gapiryapti bosh vazir.
Nima deydi deng: «Mahallada yo’lni narigi tomonidagi uylarda qurilishga ruhsat bor, biz tomonimizdagi uylarda qurilish qilishingizga esa ruhsat yo’q. Ahmoqlik bu» deydi.
Shahar hokimiyati keltirgan vaaji shuki haligi mahalla Oslo shahri uchun tarixiy qiymat va qadrga ega emish. O’sha mahalladagilar o’z uyi binosida har qanday o’zgartirishlar kiritishdan oldin hokimiyatdan ruhsat so’rashi shart emish endi.
Boshida bunday narsalarni o’qisam o’zimni chimchilab qo’yar edim… Ertakka o’xshaydi.
manba
Bek Olimjon
Oslo,
11.05.23

Bilim qadri
Postni har kim o’z vaziyatidan kelib chiqqan holda tushunadi. Kim uchundir ishonarsiz eshitilishi mumkin, kim uchundir bilim olishga kuch bo’ladi. Men keyingisidan umidvorman.
Kecha ishdan keyin bir uchrashuvga taklif etilgan edim. Oldingi postdagi aytib o’tilgan mahalladagi bir tadbirkor shifokor uyida edi uchrashuv. Telefonda gaplashganimizda maslahatli ish bor, o’tirib gaplashaylik degan edi.
Bordim. Hamkasbim juda iliq kutib oldi. Chiroyli va did bilan ishlov berilgan hovli. Tashqarida o’tirdik. Ro’paramizda 1996-yil chiqqan klassik Porsche 911 , yonida Audi E-tron, orqasida Tesla Model X. Chiroyli kofe olib keldi.
Maqsadga o’tishdan oldin ozgina tarixini gapirib berdi.
Xullas u bundan 4 yilcha avval bir start-up boshlagan. Start-up masofaviy tibbiyot bilan ishlaydi. Ko’z kasalligi bor bemorlarni rasmlariga asoslangan holda masofadan turib diagnoz qo’yish va davolashni yo’lga qo’ygan. Start-upga COVID vaqtida talab ancha oshgan va ish yaxshi bo’lgan. Bir yilda 500 ming dollar + bilan chiqqan. Bu yill 2,5 million tushum bo’lishi kutilmoqda ekan.
Natija yaxshi bo’lgani uchun investorlar qiziqish bildirgan. Bir yilcha oldin start-up qayta baholanishdan o’tgan. Baholovchilar anchagina konservativ yondashgani uchun haligi start-up qiymatini 10 million dollar deb baho berishgan. Buni arzon ekanligini ko’rgan 3-4 ta investor 2 millioncha investitsiya bilan kirib kelgan. Keyingi 3-4 yilda firma qiymati 50 millionga ko’tarilishi prognoz qilingan.
Endi haligi start-up kengayishi kerak bo’lgan. Haligi hamkasbim oldin hammasini o’zi boshqargan bo’lsa, endi rasman bosh direktor tanlanishi kerak bo’lgan. Bitta tajribali, lekin 40 yoshga kirmagan akani ishga olgan. Haligi aka maxsulotni nafaqat Norvegiya bozorida sotilishini, balki Yevropani boshqa 3 ta yirik davlatlarida sotilishini ham yo’lga qo’ygan.
Talab katta, ish qizg’in, bozor yaxshi, tushum zo’r. Maqsad kengayish. Bosh direktor yoniga bosh boshqaruvchi ham olishgan. Marketing va savdo bo’limi qurilgan. Yaxshigina jamoa tuzilgan. Zo’r natijalarga erishgan investorlar maslahatchi sifatida ishlashyapti. Masofadan turib ishlash ucuhn 10 ga yaqin oftalmologlarni ishga olishgan.
Endi ularga davolash ishlari bo’yicha bir inson kerak. Uni inglizchasini CMO - Chief Medical Officer deyiladi, o’zbekchada aytganda bosh shifokor. Ana shu bosh shifokorlik rolini menga taklif etish uchun maslahatga chaqirgan ekan.
Ayni vaqtda qaysi klinikalarda ishlayotganimni biladi. Norvegiya kichkina davlat. Ko’p oftalmologlar bir-birini taniydi.
Hamkasbim taklifi hozirgi klinikamdan qancha topayotgan bo’lsam undan ko’proq to’lashi bo’ldi. Miqdor haqida so’z ochilmadi. Asosiy urg’uni meni ishxonaga kelishim shart emasligi va ish tartibimni o’zim belgilay olishimni aytdi. Masofadan turib ishlashga 100% imkon borligini aytdi. Haftasiga 5 kun emas, hech bo’lmasa 2 kun vaqt ajrata olsam ham hursand bo’lishini aytdi. Yaxshilab o’ylab ko’rishimni va hozir javob berishim shart emasligini aytdi.
Taklif o’z kuchida turipti. Muhimi uni qancha $$$ ekanligi emas.
Eng muhimi hamkasbimni suhbat oxirida aytgan mana bu gapi bo’ldi: ”Bek, sen bizga keraksan, seni biliming bizga kerak. Bu loyiha orqali minglab odamlarga yordamimiz tegishiga ishonaman. Bunga sen hissa qo’shishingni xohlayman”.
Bir do’stim aytar edi: ”It feels good to be needed” (taxminiy ma’nosi ”o’zingni kerak ekanligingni his qilish juda yoqimli”).
Bilim olish muhim. U qadrlanadi. Qadrlovchilar albatta topiladi. Boshqa makondan topilar, lekin albatta topiladi.
Muhimi bilim olishdan to’xtamaslik, maqsad sari harakatda davom etish.
Bek Olimjon
13.05.23
Oslo