Kundalik vaqtim taqsimoti haqida post
https://bekolimjon.com/blog/2023/08/14/vaqtimni-qanday-reja-qilishim-haqida/

Bek Olimjon - - balki foydasi tegar...
Vaqtimni qanday reja qilishim haqida - Bek Olimjon
Time management - biz gapirishni yaxshi ko’radigan, bilishni xohlaydigan ammo amal qilmaydigan ko’nikmalardan biri. Qanday qilib vaqtni unumli taqsimlash mumkin savoli ko’pchilik uchun muhim. Men ham bu haqida o’qib o’rganishga harakat qilganman. Men uchun…
Safardan qaytmoqdaman. Venezia aeroportida 5 soatcha vaqtim bor. Miya charchagansan, yaxshi uxlamagansan, youtube ko’rib vaqt o’tkazgin deydi. Youtube ko’rgim kelyapti, ammo o’qishni reja qilgan kitoblardan birini boshlamoqchiman. Maqsad kitobni o’qib tugatish. Ungacha YouTube ko’rish yo’q.
Kitob o’qiydigan qismi (mundarija, adabiyotlar ro’yhatidan tashqari) 198 bet ekan. Tez o’qish bilan emas, oddiy tezlikda o’qiyman.
Sanab ko’rdim, har bir betida 200-220 ta so’z bor ekan. Bir daqiqada o’rtacha tezlik 250-300 ta so’z o’qisa bo’ladi.
198 x 220 = 43 560
43 560 : 250 = 174 daqiqa
174 : 60 = 2 soat 54 minut
Postdan maqsad nima? Uch soatda bitta kitob o’qib tugatish aslida katta ish emasligini yetkazish.

”Men qila olmayman” deyish bu sun’iy chegara qo’yish
Kecha kitob o’qishni youtube ko’rishdan ustun ekanligini targ’ib etuvchi post qo’ygan edim. Unda 200 betli kitobni bir o’tirishda o’qib tugatish mumkinligini yozgan edim. Men izohlarni o’qib anchagina hayron qoldim. Negadir bitta kichik kitobni bir o’tirishda o’qib tugatishni ilojsiz yoki juda mushkul vazifa deb o’ylaydiganlar men o’ylagandan ko’ra anchagina ko’p ekan. Bu qandaydir super kuch emasligini, qandaydir texnikasiz, shunchaki o’rtacha tezlikda kitob o’qish ekanligini qayta-qayta ta’kidlasam ham bunga ishonmaganlar bo’ldi.
Tushunish muhim shunchaki o’qish emas, eslab qolish muhim, miya soatlab ishlay olmaydi, buni iloji yo’q kabi izohlardan bir nechta bo’ldi. Endi bir postni o’qiganlar ichida fikr bildiruvchilar 1-2% tashkil etishini hisobga olsak, bitta kitobni bir o’tirishda o’qishga ishonmaydiganlar anchagina ekanligini tushunish mumkin.
Azizlar, bir necha soatlab o’tirib kitob o’qish, aqliy mehnat qilish iloji bor, tarixda va hozirgi zamonda bunday qilayotganlar millionlab bor. Buni ilojsiz deb qarash kerak emas. Bundaylar atrofimizda ko’p.
Tarixda birinchi marta Antarktikada to’liq Ironman tugatgan bir yigit bor. Ironman bu 3 sport turini o’z ichiga oladi: 3,8 km suzish, 180km velosipedda yurish va 42,2km yugurish. Hammasi birin-ketin. Bu yigit ismi Anders Hoffman, daniyalik, yoshi 23 edi. Hech qanday sportchi emas u. Biznes sohasida o’qigan. 2 yil tayyorgarlikdan so’ng Antarktikada mana shuni tugata oldi. Antarktika haqida ozgina tasavvur. U yer muz va qor. Harorat -90 gacha tushadi, shamol esa 50 dan 250km/s. Ana shu joyda okeanda 4kmcha suzish, undan keyin qor ustida 180km velosipedda yurish va undan keyin 42,2km yugurishni uddalay oldi shu yigit. Andersni bir gapi bor: ”Limitations are perceptions”, taxminiy tarjimasi ”oldimizga qo’yadigan chegaralar faqat kallamizda xolos”.
Roger Bannister degan inson bo’lgan. U 1954 yilgacha 1 milni (1600metr) 4 daqiqa ichida yugurish aslo iloji yo’q degan ishoncha bo’lgan. Bannister 1954-yili tarixda birinchi marta 1 milni 4 daqiqa ichida yugurgan. Hozirgacha bu rekordni 2000 ga yaqin odam takrorlagan.
Eluid Kipchoge tarixda birinchi marta marafonni 2 soatdan kam vaqtda tugatdi.
Elon Musk tarixda birinchi marta osmondan raketalarni qayta yerga qo’ndirib yana qayta uchirdi.
Isaak Asimov 500 dan ortiq kitob yozgan.
Bu ro’yhatni davom ettirish mumkin. Islom olamida esa bundaylar juda ko’p. Mana shunday insonlar miyamiz kuchli ekani, uni uzoq muddat ishlay olishi va ko’p narsalarga qodir ekanligiga yaqqol misol. Hammasi ”endi ular boshqachada, men unday bo’la olmayman, men bitta kitobni tugata olmayman” deyishdan boshlanadi.
Miya uzoq ishlay olmaydi deydiganlar uchun isbot. Tili arab tili bo’lmagan, o’qiyatgan narsasini tushunmaydigan 8-10 yoshli qori va qoriya bolalar bor. 6-8 yoshda yoshda diqqat qanchalik tarqoq bo’ladi, bola qanchalik o’yinqaroq bo’ladi? Nafaqat o’qish, balki tovushma-tovush yodlashmoqda. Bundaylar minglab. Ular qandaydir geniy emas.
Bunga ham bahona topishadi baribir. Bolalikda eslab qolish oson degan. ”Iloji yo’q” degan infeksiyadan qutulish vaqti allaqachon kelgan azizlar. Siz iloji yo’q desangiz boshqalar sizni xato ekanligingizni qayta-qayta isbotlashmoqda. Qaysarlik qilishni to’xtatib, fikringizni o’zgartirish vaqti keldi.
Bek Olimjon
17.08.23
Norvegiya

Bir ukamiz bor, vodiydan. Andijonda tibbiyot institutini tamomlaganiga 2 yildan oshdi. Uni talabalik paytidan taniyman. Ko’p qatori maslahat so’ragan. Oftalmologiyaga qiziqishi borligini aytgan edi. Ammo atrofidagilari bundan qaytargan edi. Uzbda operatsiya qilishni o’rgana olmasang oddiy poliklinikada ishlaysan deyishgan edi. Mendan oftalmologiya tanlasammi yoki boshqa soha tanlaymi deb maslahat so’ragan edi.
Men hamma qatori ingliz tili o’rganing degan edim. Yo’q bo’lib ketdi. Oradan bir necha oy o’tdi, menga IELTS sertifikatini yubordi. 7,0 olgan edi.
Institutni bitirdi, oftalmologiyada davom etmoqchi bo’ldi. Endi nima qilay deb maslahat so’radi. Endi nemis tili o’rganing dedim. Germaniyadagi imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlarni berdim. Yana yo’q bo’lib ketdi. Oradan bir necha oy o’tdi yana. Keyin nemis tilidan B1 sertifikati rasmini yubordi, oradan bir muddat o’tib B2 sertifikat olganini aytdi. Germaniyaga ketishga harakat qilayotganini aytdi. Qiyinchiliklari bo’ldi. Viza chiqmagan, ish topilmagan va hok.
Oradan yarim yilcha vaqt o’tdi shekilli. Keyin Germaniyaga kelgani haqida yozdi. Ish topishga qiynalayotgani haqida yozdi. Bir necha bor intervyulardan yiqilganini aytdi. Men harakat qilishdan to’xtamasligini, niyyatni yaxshi qilib, qattiq mehnatda davom etishini aytdim.
O’tgan kuni yana yozipti. Bir universitet klinikasi uni oftalmolog assistenti qilib ishga olishga tayyor ekanligini aytgan. Unga bemor ko’rishga ruhsat bergan, operatsiyaga olib kirgan. Qattiq hurmat qilgan holda Germaniyada oftalmolog bo’lishi uchun yordam berishlarini aytgan. Albatta maosh berishadi.
Oradan yana bir necha oy o’tadi va u menga yana yozadi. Endigi safar litsenziya olgani haqida yozadi. Undan keyin mutaxassislik qiladi. Keyin praksisga ega bo’ladi agar hohlasa.
Germaniya prezidentidan ko’ra ko’proq maosh olishni boshlaydi. Atrofidagilarga, oilasiga, ota-onasiga yordam berishni boshlaydi. Jamiyatga, insoniyatga manfaati tegishni boshlaydi. Bu uchun yana 5-6 yil muddat kerak xolos.
Sizga shuni aytishim mumkin, u yigit men bilan aloqaga chiqqaniga hali 3 yil bo’lmadi. Unga 3 yil oldin ”sen oddiy poliklinika vrachi bo’lasan” deb past nazar bilan qarashgan. Oradan 3 yil o’tdi, yana 5 yil kerak xolos. O’shanda dunyodagi eng yaxshi klinikalardan birida mutaxassis bo’lib ishlashni boshlaydi.
Bunday hamyurtlardan men bilgan va bilmagani bir qancha.
Sizchi? Siz haliyam rus tili o’rganaymi yo ingliz tili deb ikkilanyapsizmi?
Bek Olimjon
20.08.23

Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Ustozni so’roqqa tutish haqida
(poyezddagi pala-partish fikrlar 😊)
Quyidagi fikrni ko’p sohalarda qo’llash mumkin. Men tibbiyotda bilim olish misolida yozmoqchiman.
Tibbiyotni o’rganish kasallik haqida nafaqat nazariy bilimga, balki amaliy ko’nikmalarga ham ega bo’lishni talab etadi. Shuning uchun ko’p davlatlarda tibbiyotni o’rganish ustoz-shogird ko’rinishida tashkil etilgan.
Ustoz kim? Ustoz bu siz o’rganayotgan sohada bilim olishni sizdan avvalroq boshlagan, sizdan ko’ra ko’proq tajribaga ega bo’lgan va o’z bilganini o’rgatishga tayyor inson. Hech qaysi sohada, ayniqsa tibbiyot sohasida, hech kim hamma narsani bilmaydi. Har qanday bilimli va tajribali insonni ham bilmagan narsalari juda ko’p.
Ustoz hamma narsani biladi deyish har doim ham to’g’ri emas. Ustozni savolga tutish bu ham shogird uchun, ham ustoz uchun muhim. Ustozni gapi-gap deb, aytilgan gapni savolga tutmasdan, unga ko’r-ko’rona ergash, shogirdni puxta va atroflicha bilim olishini ta’minlamaydi. Aksincha u shogirdni erkin fikrlash qobiliyatini chegaralaydi. Ustozni esa kamtarlikdan uzoqlashishiga xizmat qiladi.
Sizga shogird sifatida ustoz tomonidan biror fikr bildirilsayu, siz unga to’liq tushunmasangiz yoki uni noto’g’ri deb o’ylasangiz, hurmat qilgan holda, tushuntirib berishini iltimos qiling. Insonga savol berishda yoki tanqid qilishda avval ijobiy tomonini eslatib, keyin savol berish vaziyatni ancha yumshatadi va savol salbiy ohangda chiqmaydi.
Misol uchun siz quyidagi vaziaytdasiz. Bemorda virus infeksiya bor. Aytaylik qish paytida grip deb taxmin qilinayotgan holat. Bemorda isitma, burun oqishi va tomoqda og’riq bor. Siz ustoz deb oldida bilim olaman deb yurgan inson shu bemorga qarsillatib antibiotik yozib berdi.
Sizda ikkita yo’l bor. Biri ustoz nima desa shu deb davom ettiraverish va ikkinchisi hamma ham xato qiladi, nega ustoz gripga antibiotik yozib berdi yoki men bilmagan qismi bormikin deb ustozni savolga tutish. Vaziyatni yumshoq holatda, asabiylashuvga sabab bo’lmaydigan holatda olib borish uchun savolni quyidagi ohangda berish mumkin deb o’ylayman.
”Ustoz, bu bemorga berilgan dorilarni to’liq tushunmagandekman. Burunga sprey berdingiz, bu nafas olishini yengillashtiradi va bemor tez tuzaladi. Isitmasini tushirishga parasetamol berdingiz. E’tiborsiz bo’ldim shekilli negadir seftriakson buyurganimizga tushunmay qoldim. Iltimos tushuntirib bering shuni.”
Bunday vaziyatda ustozda bir necha xil javob bo’lishi mumkin:
1. Baqirish va so’kish. Bu degani ego juda balandligidan darak. Bunday odamlardan uzoqroq yurgan ma’qul.
2. Nega seftriakson yozganini asoslab berish. Bu fikrini asoslab bera olishidan darak. Bunday odamlar fikrlaydigan odamlar.
3. Xatosini tan olish va sizga rahmat aytish. Bunday insonlar atrofida ko’proq yurish kerak.
4. Sizningcha ustoz yana qanday yo’l tutishi mumkin?

Rivojlanish uchun eng birinchi navbatda muhitni o'zgartirish kerak.
Yangi til o'rganish uchun, o'sha tilni o'rganayotganlar bilan birga vaqt o'tkazish muhim.
Bilimli bo'lish uchun, bilimli insonlar bilan ko'proq vaqt o'tkazish kerak.
Bir ishni ustasi bo'lish uchun, professionallar bilan suhbatlashish muhim.
Ko'p pul topish uchun, ko'p pul topadiganlar fikriga quloq solish kerak. Ular qanday fikrlashini tahlil qilish kerak.
Muhitni o'zgartirmasak hech narsa o'zgarmaydi.
Muhitni o'zgartirmasak telegramda kanallar dodasi, Instagramda reels, Youtubedagi storieslardan boshimizni ko'tara olmay yuraveramiz.
Vaqt esa o'tib boraveradi. Orzular orzuligicha qolib ketaveradi.

O'zbekiston aholisining 53% qismi, 19 million inson 25 yoshgacha bo'lganlarni tashkil etadi.
Juda katta potensial, katta ish kuchi.
Sanoat, turizm yoki boshqa sohalar bilan aholining bu qadar katta qismini ish bilan ta'minlash imkonsiz masala.
Har bir inson katta yutuqlarga erishishdan oldin, avval o'zi, keyin oilasi, keyin yaqin atrofidagilar moddiy va ma'naviy holatini yaxshilashga harakat qilishi muhim.
99% ehtimol bilan siz ana o'sha 19 milliontadan bittasisiz.
Qanday qilib moddiy holatni yaxshilash mumkin? Bilim orqali. Ma'naviy holatni esa bilim bo'lmasa moddiy boylik bilan yaxshilab bo'lmasligi aniq.
Xo'sh nima qilish kerak?
Bilim olish kerak.
Yaxshi xabar shuki, bilim narhi butun insoniyat tarixida hozirgidek arzon bo'lmagan.
Hozir chet qishloqda qorong'i xonada, ko'rpani ichiga kirvolib telegram ko'rayotgan 15 yoshli bolaning zamonaviy bilimlarni olishga bo'lgan imkoniyati bundan 70 yil oldingi dunyoning eng boy insonidagi imkoniyatlardan ko'ra ko'proq.
Quyidagi ikkita narsani o'rganish sizning va atrofingizdagilar kelajagini ijobiy tomonga tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin.
- Mustaqil bilim olishni o'rganish
- Ingliz tilini o'rganish
Qanday soha tanlashni, nima ish qilishni, kimga shogird tushish va hokazolar haqida bosh qotirishni to'xtatib mana shu ikkita narsaga asosiy e'tiborni qaratish muhim deyman. Agar siz ingliz tili bilgan inson sifatida mustaqil bilim olishni bilsangiz 90% sohalarda jamiyatning yuqori 10% qismiga bemalol chiqa olasiz.
Nega ingliz tili? Sababi hozirgi kunda zamonaviy bilimlar ingliz tilida. Qachonlardir fransuz tilida bo'lgan, yana qachonlardir arab, fors tillarida. Siz bilan biz o'lgunimizcha ingliz tili fan va rivojlanish sifatida dominant bo'lib qoladi.
Nega mustaqil bilim olishni bilish muhim. Chunki zamonaviy bilimlarni sizga berishlarini kutish kerak emas endi. Avvallari universitetga borish, ma'ruzani tinglash, darsga qatnashish va hokazolar kerak edi. Bugun unday emas, hammasi internetda tekinga bor.
Shovqinga berilmaslik muhim. O'zingiz fikringiz bo'lishi muhim. Mustaqil bo'lishga harakat qilish muhim. Boshqadan yordam kutmaslikni o'rganish muhim. Bilimli bo'lish muhim.
Bek Olimjon
27.10.23

Pechka yoqish va bolalar o’limi
Tibbiyotda ”uy ichi havosi ifloslanishi” (indoor pollution) degan tushuncha bor.
Dunyoda 2,4 milliard odam uy ichida ochiq olovda o’tin, dizel, ko’mir, tappi kabilarni ishlatish orqali kun kechiradi.
Bunday yoqilg’i turlari zaharlanishdan tashqari pnevmoniya kabi kasalliklarga sabab bo’ladi.
Har yili 3,2 million odam aynan mana shu muammolar sababli o’ladi.
Shular ichida kamida 250 mingtasi 5 yoshga to’lmagan bolalar.
Kattalarda astma, yurak infarktni va hokazo kasalliklarga sabab bo’ladigan omil bu.
Nega Uzb kabi davlatlarda qishda ”shamollash” kabi kasalliklar ko’p uchraydi. Sabablaridan biri uy ichki havosini zaharlanishi. Zaharli tutundan nafas olish.
Ohirgi vaqtlarda g’arb davlatlarida parafinli shag’amni insonga zararli ekanligi tushunib yetildi va uni o’rniga ko’p restoranlarda sun’iy shag’am ishlatilmoqda (LED lampochkali).
Indoor pollution jiddiy muammo. Yechimi nima uni? Toza yoqilg’i turlariga o’tish. Uning yechimi esa avval jamiyat iqtisodiy holatini, keyin esa ma’naviy holatini yaxshilash.
Hozirgi kundagi o’rtacha odam uchun o’z iqtisodiy holatini yaxshilashning yagona usuli bu bilim olish.
Oldingi postda ham yozdim. Uzb aholisining 19 milliontasi 25 yoshgacha bo’lganlar. Bular aksariyati uchun iqtisodiy holatni yaxshilash yo’li ish kuchi yetishmayotgan davlatlarga borib ishlash va o’qish. Imkonini qilib miyani ishlatib pul topadigan sohaga, agar buni imkoni bo’lmasa muskulni ishlatib pul topadigan sohalarga borish zarur. Miyani ishlatadigan sohalarda ehtiyoj katta, raqobat esa kamroq.
Avval inson o’zini o’zgartirishi kerak, keyin oilasini o’zgartirishga harakat qilishi kerak.
Inson hayotidan maqsadi o’zi va atrofdagilarni keraksiz azoblanishdan qutqarishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Bek Olimjon,
29.10.23

Mana bu turdagi xabarlarni o’qish insonni doim hursand qiladi. Bekorga yashamayotganliginga shukur qilasan. Zamonaviy ilm tili muhim azizlar.
”Assalomu alaykum, Ustoz yaxshimisiz?
Uzr vaqtingizni ozgina olaman, rozi bo‘lasiz.
Esingizda bo‘lsa UASH bo‘lib yurgan vaqtlarim (2016-2019yillar) IELTS olib magistraturaga kirish haqida maslahat bergandiz. Aytganizi qildim, natija zo‘r bo‘ldi - hayotim ancha tartibga tushdi. TTA magistraturani oxirgi yili (2022) til sertifikatini yangilab PhD doktaranturaga topshirib ilmiy yo‘nalishni davom ettirish va grand yutib oftalmoxirurgiyani mustahkamlash uchun chet elga borish haqida tayinlagandiz. Aytilganlarni barchasini aniq hadaf sog‘ niyyat bilan bajardim. Hozir inshoolloh TTA tayanch doktorantiman, ayni paytda Dehlida grand asosida vitreoretinal va katarakta xirurgiyasidan amaliyotda yuribman. Menga bergan bebaho maslahatlaringiz va bilimlaringiz uchun Sizga kattakon raxmat sog‘ bo‘ling.
Yo‘q bo‘lib ketganimni sababi seryozniy topshiriqlar berib tashlagandizda🙈😊😅
Hurmat bilan …”

Oftalmologiya sohasidagilar yoki unga qiziquvchilar uchun o’zbek tilida video darslar.
Oftalmolog Uzb Youtube kanaliga mana bu link orqali o’tish mumkin yoki Youtubeda Oftalmolog Uz deb qidirish orqali topish mumkin.
Maqsadimiz oftalmologiya bo’yicha mutaxassis bo’lmoqchi bo’lganlar uchun video darslar qilib borish. Balki foydasi tegar…

Onkologik bemorlarga palliativ davo ko'rsatish bo'yicha yechilishi kerak bo'lgan bir qator muammolar bor. Shulardan biri bunday bemorlar umrining ohirgi kunlarini og'riqlari kamaytirilgan holda, yaqinlari oldida o'tkazish va jon berish imkonini beradigan hospis tashkil etilishi. Oson ish emas. Shunday bo'lsada bir necha yillardan beri do'stim Yahyo Ziyaev bunga erishishga harakat qilyapti. Men doim rahmat aytganman va hurmatim cheksiz.
Ushbu maqola ancha ta'sirchan yozilgan. O'qishni tavsiya qilaman.
https://www.gazeta.uz/ru/2023/11/08/cancer/

Газета.uz
Сухая смерть. Как умирают онкологические больные в Узбекистане и почему государство обязано поддержать их жизнь
Рак в Узбекистане — приговор на потусторонние муки. Он обнажает язвы общества, медицины, государства и семьи. Залечить их поможет открытие хосписа, но оно переносится четыре года. Что терпят больные и их близкие и как государству на этом фоне обрести человеческое…
Kanal kuzatuvchilari ko'pchiligi xabari bor. Men Oslo universitetida Associate Professor (5 ta kam professor degani) bo'lib ishlayman. Bu ish faoliyati tibbiyot instituti talabalariga dars berishdan tashqari ilmiy ish bilan shug'ullanishni o'z ichiga oladi.
Bu hafta ichida xalqaro miqyosda yana 2 ta maqolamiz chop etildi. Shu bilan pubmedda chiqqan maqolalar soni 15 ta bo'ldi. Nega 15 soni muhim?
Sababi Norvegiyada to'liq professor bo'lish uchun eng kamida 15 ta maqola xalqaro darajadagi yuqori sifatli jurnallarda (misol uchun Nature group) chop etilgan bo'lishi talab etiladi. Undan tashqari nomzoddan pedagogik va boshqaruvchilik tajribasi ham talab etiladi. Bular hammasi bor endi. Professor bo'lish yoki bo'lmaslik shunchaki tanlov xolos endi.
Men Norvegiyaga kelganimga 8 yil bo'ldi. 8 yil oldin farrosh va ofitsiant bo'lib ishlayotgan edim. Bugun esa professor bo'lishga haqdorman. 36 yoshda Yevropa universitetlaridan birida professorlikka nomzod bo'lish oson ish emas. Ammo ilojsiz ham emas.
Bundan 10 yilcha avval menga "Sen ilmiy ish nima ekanligini bilasanmi o'zi kallavaram? Baloni ham bilmaysan" deganlar ham bo'lgan. Bundaylar har doim bo'ladi.
Bu postdan maqsad maqtanish emas azizlar. Maqsadim imkoniyatlar borligini bildirish va xolis niyat va qattiq mehnat bilan ko'p narsaga erisha olish mumkinligini bilidirish.
Oson emas azizlar, agar oson bo'lganida hamma qilgan bo'lar edi. Ammo ilojsiz ham emas.
Bek Olimjon
10.11.23
Norvegya

Hozir Stockholmga ketyapman. Bir konferensiyada ko’z to’r pardasi kasalliklari bo’yicha 50 tacha mutaxassisga dars o’tgani.
Meni samolyotda maza qiladigan mashg’ulotlarimdan biri bu kitob o’qish. (Yana bittasi uxlash 😁)
Negadir miya tinchlanadi samolyotda. Chalg’ituvchi omillar yo’q. Sen ta’sir qila oladigan omillar ham deyarli yo’q. Joyingda o’tirishga majbursan 😊
Atayin samolyot wi-fi tizimiga ulanmayman.
«O’qishim kerak» ro’yhatdagi kitoblardan 2 tasini oldim hozir: Dopamine Nation va Talking to Strangers.
Sayohat muhim. Qisqa bo’lsa ham. Hattoki qo’shni shaharga bo’lsa ham. Sayohat odamni fikrlashga undaydi.
PS. Aytganday. Elon Musk va Lex Fridman ohirgi podcasti 🔥🦾

Bugun Stockholm aeroportiga bir akamiz tashlab qo’ydi. Mashinadan ryukzagimni olishga yordam berganda «Voyvo’, bu sumka o’zizdanam og’irku!» deydi 😁
Sababi sumkamda 3 tomli kitob bor edi. Ryan’s Retina - to’r parda kasalliklari bilan ishlaydiganlar uchun eng zo’r kitoblardan. Balki eng yaxshisi.
Otamdan olgan o’gitlardan biri bu «haqiqiy bilim uchun investitsiya qilish kerak, kitobni pulga olganingdan keyin uni o’qishing kerak, aks holda kitob haqqi ado qilinmagan bo’ladi»
600$ ga tushdi kitob 😁