Telegram Web Link
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🇺🇿 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida:

▫️O'zbekiston 24 telekanalida;
▫️Nurafshon TV telekanalida;
▫️Sirdaryo MTRK telekanalida;
▫️Surxondaryo MTRK telekanalida;

🇺🇿Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida joriy yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o'tkazilgan matbuot anjumanlari haqida:

▫️O'zbekiston24 telekanalida;
▫️Nasaf TV telekanalida;
▫️Nurafshon TV telekanalida;
▫️Andijon MTRK telekanalida;
▫️Xorazm MTRK telekanalida;
▫️Surxondaryo MTRK telekanalida;
▫️Samarqand MTRK telekanalida;
▫️Qaraqalpaqstan MTRK telekanalida;
▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️Farg'ona MTRK telekanalida;
▫️Taraqqiyot TV telekanalida;
▫️“UzReport” axborot agentligi rasmiy saytida;
▫️Qaraqalpaqstan xabar agentligi saytida;
▫️1-UzA maqolasida;
▫️2-UzA maqolasida;
▫️3-UzA maqolasida;
▫️4-UzA maqolasida;
▫️Nazorat.uz telegram kanalida;
▫️Ochun.uz saytida;
▫️Hurfikr.uz telegram kanalida;
▫️"Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida;
▫️"Qashqadaryo" gazetasi rasmiy veb-saytida;
▫️"Vodiy1uz" telegram kanalida;
▫️"Surxon tongi" gazetasi rasmiy saytida;
▫️"Diyor24" telegram kanalida;
▫️"Jizzaxnews" telegram kanalida;
▫️"Zarnews" rasmiy saytida;
▫️"Markaz24" maqolasida;

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar:

▫️Navoiy MTRK telekanalida;
▫️"Sirdaryo-live.uz" rasmiy veb-saytida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  26- iyul-2-avgust kunlari  jami  1 580ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʼyobga chiqarish va boʼsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori ijrosi

➡️ Tafsilotlar "O’zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturi lavhasida.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman, shahar filiali mutaxassislari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko‘rish, fuqarolarga kadastr sohasida huquqiy tushunchalar berish maqsadida soha xodimlari tomonidan   "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

▫️Andijon viloyati 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Tashkilotimizga taalluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun foydali bo‘ladigan mazkur loyihamizning navbatdagi soni ham eng dolzarb savollar sirasiga kiruvchi murojaat hisoblanadi.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ "Menga tegishli bino-inshootni xususiylashtirib bering, - deya bizga ko'p bora murojaat qilishadi. Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat yer kadastri

⭐️🌟Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.

🇺🇿 Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.

◼️Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari:

- mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
- fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
- yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
- yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - halokatga eltuvchi yo'l


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi mutaxassislari tomonidan xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasligi to'g'risida muntazam ravishda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

▫️Surxondaryo viloyati 1,
2, 3
▫️Andijon viloyati 1, 2,
▫️Toshkent viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududim haqida ma'lumot
- Qashqadaryo viloyati

🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmatining ushbu yangi loyihasida respublikamizning har bir hududi haqida eng muhim ma'lumotlarni jamlangan.

📊Yuqoridagi infografika orqali 🇺🇿  Qashqadaryo viloyati hududi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari
hududlarda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganilmoqda.

🇺🇿 O'rganish davonida muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan uchrashib huquqiy tushunchalar berildi. Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyani to'xtatish mumkin

◼️Pora olish va berishda qanday javobgarliklar belgilangan?

👆 Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'ling.

#DavKadastrPalata #аока #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublika bo’ylab hududiy boshqarmalarning xo'jalik ishlari o'rganilmoqda


🇺🇿 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik ta'minoti va xo'jalik faoliyatini o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

◼️Jumladan, Navoiy viloyatining shahar hamda tumanlarida o’rganish ishlari o'tkazildi. Xususan, G’ozg’on shahrida olib borilgan o'rganishlar natijasi bo'yicha ko'rsatmalar berildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar hokimining birinchi o'rinbosari N.Zoirov bilan kelishuvlarga erishildi.

◼️ Ushbu o'rganish ishlari rejaga ko'ra Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida davom ettiriladi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 PREZIDENT TOMONIDAN “OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IMZOLANDI

🔰 Qonunga koʻra, fuqarolar quyidagi koʻchmas mulklarni oʻz nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy oʻtkazib olishi mumkin:

◼️2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib oʻzboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

◼️2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda koʻrsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

◼️“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

◼️2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

◼️bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

◼️kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

◼️davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

◼️hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Koʻchmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

◾️yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan boʻlishi;
◾️yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
◾️yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi;
◾️muhofaza zonasida, sugʻoriladigan yerda joylashmaganligi;
◾️bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud boʻlsa);
◾️har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).

❗️ Qonun 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 PREZIDENT TOMONIDAN “OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IMZOLANDI 🔰 Qonunga koʻra, fuqarolar quyidagi…
🇺🇿 Qonunga koʻra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

◾️1998-yil 1-iyulgacha egallangan boʻlsa – 0,24 gektargacha;

◾️1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan boʻlsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo boʻlmasa, dehqon xoʻjaligi yoki tomorqa xoʻjaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

🗂 Huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

Toʻplangan hujjatlarning toʻliqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.

📝 Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.

✔️ Xabarnoma asosida bir martalik toʻlovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).

⚡️ Qonunga koʻra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi:

◼️Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln soʻm);

◼️Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln soʻm);

◼️viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming soʻm);

◼️boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm);

◼️qolgan hollarda bir martalik toʻlov tegishli hududdagi oʻrtacha auksion bahosi miqdorida toʻlanadi.

Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yigʻim toʻlagan shaxslar toʻlovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения».

#Mirziyoyev #qonun #yer #tanolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/09/30 23:29:21
Back to Top
HTML Embed Code: