Telegram Web Link
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-sentabr - Xalqaro turizm kuni

🌎Xalqaro turizm kuni - Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta'sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi.

🇺🇿 Yurtimizga 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 248,2 ming nafarga ya'ni 9,6 % ga oshganligi mamlakatimizda turizm sohasida sezilarli darajada o'sish bo'layotganidan dalolat beradi. Joriy yilning 5 oyi davomida quyidagi davlatlar fuqarolarining tashrifi amalga oshirilgan:

◼️Tojikiston – 871,5 ming nafar;
◼️Qirg'iziston – 857 ming nafar;
◼️Qozog'iston – 498,2 ming nafar;
◼️Rossiya – 289,6 ming nafar;
◼️Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
◼️Turkiya – 42,1 ming nafar;
◼️Hindiston – 23,2 ming nafar;
◼️Xitoy – 22,8 ming nafar;
◼️Italiya – 15,3 ming nafar;
◼️Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
◼️Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar

💐 Shu o'rinda, barcha turizm sohasi xodimlarini hamda fuqarolarimizni ushbu bayram bilan samimiy qutlaymiz. Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlar soni yanada ko'payaverishini hamda O'zbekiston iqtisodiyotida turizmning tutgan o'rni yanada yuqori bo'laverishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga jamoatchilik guruhlari
ko'maklashishi tartibi qanday?


🇺🇿 Xalq deputatlari tuman-shahar Kengashlarining qarorlari bilan hududiy fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish birliklari bo‘yicha yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga ko‘maklashish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.

🫥 Jamoatchilik guruhi tarkibiga tegishli saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman-shahar Kengashi deputati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi hamda har yuzta oiladan kamida bir nafardan fuqaro kiritiladi.

Jamoatchilik guruhlari:


◼️yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘ida aniqlangan qonun buzilishlari hollari yuzasidan vakolatli davlat organlari xabardor qilinishini ta’minlaydi;

◼️yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish asoslari va tartibi yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;

◼️avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirilgan ma’lumotlarni kuzatib boradi, zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlar bilan tanishishda fuqarolarga ko‘maklashadi;

◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari loyihalarining muhokamasida ishtirok etadi.

Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ 937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi orasida yangi Qonun targ'iboti


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi materiallarni aholiga huquqiy tushunchalar bergan holda tarqatish ishlari davom etmoqda.

◼️Navbatdagi tadbirlar quyidagi hududiy boshqarmalar filiallarida amalga oshirildi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

▶️ Siz ham ushbu Qonun haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz mazkur videoni to'liq tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #huquqiy_targ_ibot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☯️ QAYTMA ALOQA

Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma'lumot va postlarimiz Sizga foydali va manzur bo'lishi uchun fikringizni bilishga qiziqdik! Bosqichli so'rovnomamizda faol ishtirok eting! QAYSI MATBUOT TADBIRLARIMIZ SIZGA FOYDALIROQ BO‘LMOQDA?
Anonymous Poll
21%
Matbuot anjumani
47%
Ochiq muloqot
22%
Audiomuloqot
13%
Brifing
16%
Intervyular
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni targ'iboti:

▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️"TTV" telekanalida;
▫️"Vodiy1.uz" telegram kanalida;

🇺🇿 Hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida:

▫️Buxoro MTRK telekanalida;
▫️"Nuqtainazar.uz" maqolasida;

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar:

▫️Jizzax MTRK telekanalida;
▫️Qashqadaryo MTRK telekanalida;
▫️"Mahalla" telekanalida;
▫️"Nurafshon tv" telekanalida;
▫️"Diyor yangiliklari" ko'rsatuvida;
▫️"O'zbekiston 24" radiokanalida;
▫️"Grand" radiosida;
▫️UzA maqolasida;
▫️"Jizzax ovozi" gazetasida;

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 23-27- sentabrda  jami  1 324 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda namunaviy idoraviy arxiv faoliyati

🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan “2024-yil Davlat kadastrlari palatasida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

▶️ Navbatdagi videorolik orqali Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi Yozyavon tuman filialidagi  "Namunali arxiv" faoliyati bo'yicha bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #namunali_arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🌐 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

▶️ Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati Bo‘ston tuman filialida faoliyat olib borayotgan "Yosh kadastrchi" haqida hikoya qilamiz.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar ro'yxatdan o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yoshlar ishlari agentligi xususiy o'quv markazlarining reytingini tuzadi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat xaridlari tizimida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag'batlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️
Nogironlik tumanlararo va tuman(shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.
👉 Batafsil

⚜️
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqsiz muhit yaratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qo'shimcha litsenziya talablari joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Parranda go'shtini olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha imtiyoz bekor qilinadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududim haqida ma'lumot
- Toshkent shahri

🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmatining ushbu yangi loyihasida respublikamizning har bir hududi haqida eng muhim ma'lumotlarni jamlangan.

📊Yuqoridagi infografika orqali 🇺🇿Toshkent shahri hududi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaatchi keltirgan noaniq maʼlumotlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

◼️Qonunchilikka koʻra, Geodeziya va kartografiya faoliyati ish turlari bilan shugʻullanishga daʼvogar yuridik shaxs quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Bunda:
- geodezik oʻlchov vasitalari mavjudligi va ularni metrologik davlat qiyoslovidan oʻtganlik sertifikatlari;
- bir nafar geodeziya, kartografiya va kadastr mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotli va shu yoʻnalish boʻyicha bir yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassisi mavjud boʻlishi.
Yuqoridagi maʼlumotlarga asosan, Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatkanlik xaqida habarnoma qabul qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu Tasdiqnoma orqali yuridik shaxs geodeziya va kartografiya yoʻnalishlarida tanlangan ish turlariga asosan faoliyat yuritadi. (VMning 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori, 22-ilova).

◼️Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shaxodatnomasiga ega boʻlish uchun, talabgor belgilangan tartibda mutaxassiligi hamda malaka talablariga mos kelgan taqdirda oʻrnatilgan tartibda malaka imtihoni topshiradi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar malaka shahodatnomasini qoʻlga kiritib, uy-joy fondiga oid koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan kadastr yigʻmajildini shakllantirish vakolatini qoʻlga kiritadilar. Bunda kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shugʻullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki oʻz faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs boʻlishi belgilangan. (VM535-son qarorining 5v-ilovasi, PQ 4913-son, 2-band, VM 411-sonli qaror, 2-bandi, VM-389-son 3-ilova,2-bandi.)

🌟 Hurmatli yurtdoshlar, soha yuzasidan murojaatlar va masalalar boyicha Davlat kadastrlari palatasi jamoatchilikka doimo ochiq ekanligini bildiramiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 07:32:01
Back to Top
HTML Embed Code: