Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasi bo'lim
boshlig'i" Turon" fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga qabul qilindi

🌏 Xalqaro “Turon” fanlar akademiyasi ilmiy-texnika, qishloq xo'jaligi, kimyo sanoati va ilm fan rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan davlat arboblarini haqiqiy va faxriy a’zoligiga qabul qilish faoliyatini olib boradi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Arxiv ishi nazorati bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor Barot Axmedov ham kuni kecha Xalqaro "Turon" fanlar akademiyasi a’zoligiga munosib deb topildi hamda Akademik ilmiy unvoni, Akademiyaning 10 yilligi sharafiga ta’sis etilgan oltin medali hamda Akademik medali bilan taqdirlandi.

🇺🇿 Akademiya a’zoligiga qabul qilingan bir necha Davlat arboblari qatorida Davlat kadastrlari palatasi xodimining ham a’zo ekanligi katta faxr. Hamkasbimiz, Akademik Barot Axmedovga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #akademiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

30-iyun - Yoshlar kuni


🌱 Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishidir. Zero, yoshlar bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

🌏 Prezidentimiz tomonidan 2024-yilning - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinishi ham yoshlarimizning mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli sezilarli ekanligining e’tirofi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📊 2023-yil ma'lumotlariga ko'ra, respublika bo‘yicha 14-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar soni 9 654 351 kishi tashkil etgan. Ya'ni jami aholining 26,8 foizini yoshlar tashkil etmoqda.

💐 Bugungi kun munosabati bilan respublikamizning barcha yoshlarini muborakbod etib, muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda faollik ko'rsatishlarini tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-iyuldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:


⚜️ Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ "Shaffof qurilish" tizimida yordamchi pudrat tashkilotlari ro'yxatga olinadi.
👉 Batafsil

⚜️ "Ijtimoiy himoya" AT da moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarning hisobi yuritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim shaharlarda suv ta'minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim kasallikka chalinganlar bepul davolanishadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasida respublika bo‘yicha xozirgi kungi xolatda jami xodimlar soni 5 924 nafar bo‘lsa, shundan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlar soni 2 040 nafar, ya’ni jami xodimlarning 29%ini tashkil qiladi.

🌟Ular sohamiz rivojida o'z izlanishlari, yangidan-yangi g'oya hamda takliflari bilan katta hissalarini qo'shmoqdalar. Bugun ana shunday yosh, shijoatli hamda o‘z kasbini ustasi bo‘lgan kadastrchi yoshlarimizning biri haqida xikoya qilamiz.

🌐 Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar filialida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

🖥 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Jizzax viloyatining Do'stlik tumanida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish maqsadida sayyor qabuli o'tkazilgandi.

▶️ Mazkur sayyot qabul Jizzax MTRKning "Diyor Yangiliklari" dasturida keng yoritildi. Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning jamoatchilik bilan aloqalari

🌟 Muntazam ravishda Davlat kadastrlari palatasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tizimdagi yangiliklar keng yoritilgan holda aholiga etkazib kelinmoqda. Bundan tashqari har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etmoqdamiz.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2024 yil iyun oyida kelib tushgan murojaatlarga bildirilgan rasmiy munosabatlar tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇬🇷 Gretsiyada kadastr tizimi

📃 Gretsiyada kadastr hujjatiga ega bo'lmoqchi bo'lgan shaxslarga ko'rsatilishi kerak bo'lgan xizmatlar quyidagi toifalarga bo'linadi:

"☺️" toifasi hayotiy hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun arizalarni topshirish va elektron shaklda berilishi mumkin bo'lmagan sertifikatlar va nusxalarni berishni o'z ichiga oladi.

"😅" toifa sertifikatlari ko'chirmalar va nusxalarni olishni o'z ichiga oladi.

"🔤" toifasi Qonunga muvofiq garov shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun arizalar berishni, shuningdek shartnomalar yoki ularga qo'shimchalarning nusxalarini berish va rasmiylashtirishni o'z ichiga oladi.

🇬🇷 Gretsiya kadastriga quyidagi vazifalar yuklangan:

🔤 Kadastr hujjatlarini yuritish va yangilash;
🔤 topografik ma'lumotlarni to'plash, yangilash va saqlash;
🔤 geodezik materiallarni yaratish va boshqarish uchun zarur bo'lgan tizimlarni loyihalash, ishlab chiqish, tashkil etish, ulardan foydalanish va boshqarish;
🔤 raqamli geofazoviy ma'lumotlar bazalarini tashkil etish va yuritish.

◼️Kadastrda qidiruv, yer registrlaridan farqli o'laroq, ma'lum bir obyekt va uning joylashgan joyi uchun amalga oshiriladi. Kadastrdagi har bir obyektga 12 xonali noyob kod beriladi.

🇬🇷 Gretsiyaning yer reyestri va kadastridan ko'chirmalardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:

◾️ ko'chmas mulk huquqlarini tasdiqlash;
◾️ mulk haqida ma'lumot olish;
◾️ qarzni undirish uchun;
◾️ Gretsiyaning turli sohalarida ko'chmas mulk narxlarini tahlil qilish boshqa tijorat va tahliliy maqsadlar uchun.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbiy bilimlarni mustahkamlash yo'lida

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari davom etmoqda.

🗓 24-28-iyun kunlari "Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish" hamda "Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash" yo'nalishlari bo'yicha malaka oshirgan hududiy boshqarma xodimlari uchun yakuniy test sinovlari o'tkazildi.

📃 Shuningdek, hafta so'nggiga qadar Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish yo'nalishi bo'yicha navbatdagi guruh xodimlari uchun ham test sinovlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

◼️1-5-iyul kunlari esa kadastr muhandislari uchun keyingi guruh malaka o'quv kurslari boshlab yuborilgan. O'quv dasturi va mutaxassislarga berilayotgan kasbiy ko'nikma va bilimlar haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Poytaxtda kadastr filialining yangi binosi ochildi

⭐️🌟 Bugun Yangihayot tumani aholisi va tuman kadastrchilari uchun quvonchli kun bo'ldi. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot tumani bo'limi va filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💠 Tantanali ochilish marosida Kadastr agentligi direktori o'rinbosari A.Abdullayev, hamda Yangihayot tumani hokimi H.Inag'omov va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, tizim mutasaddilari ishtirok etishdi.

🫥 Yangihayot tuman kadastrchilari avval o'z faoliyatlarini ijara asosidagi binoda olib borayotganlari bir qancha qiyinchiliklar tug'dirib kelayotgan edi. Ushbu yangi bino esa barcha zamon talablariga javob beruvchi, yangi texnologiyalar bilan jihozlangan bo'lib, xodimlarning kelgusi faoliyati va aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar uchun barcha imkoniyat va qulayliklar yaratilgani quvonarli holat.

➡️ Yangi bino haqida batafsil yana ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/18 11:54:36
Back to Top
HTML Embed Code: