Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📤 SAVOL: Avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan noturar obektlar "Uzkad" tizimiga necha kunda òtkaziladi va to'lovi qancha miqdorda bo'ladi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga ko'ra, "Uzkad" integratsion tizimiga kiritish noturar obyektning maydonidan kelib chiqib, 5-25 ish kuni etib belgilangan va obyektning faqat o'zgartirish kiritilgan qismigagina to'lov undiriladi.

◼️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish muddati 2 ish kunini tashkil etib, avval ro'yxatdan o'tgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘lsa, bepul amalga oshiriladi.

👔Ma'lumot uchun: Noturar obyektlarni "Uzkad" tizimiga o'tkazishda kadastr pasportini shakllantirish hamda unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kompozit xizmati joriy etilganligini ma'lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

◼️ Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi.

◼️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQShning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

◼️ Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

◼️ Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

◼️ Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

◼️ Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

◼️ Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

◼️ Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

◼️ Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

◼️ Endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi.

◼️ Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

◼️ Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi.

◼️ Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

◼️ “Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

◼️ Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.

◼️ Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlar ham bor.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jizzax viloyatida sayyor qabul


⭐️🌟 Ayni damda, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Jizzax viloyatining Do'stlik tumanida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish maqsadida sayyor qabuli bo'lib o'tmoqda.

📃 Sayyor qabulda tashkilot rahbari tomonidan yig'ilgan tuman aholisining savol va muammolari yuzma-yuz tinglanib,  har bir murojaat ijrosi yuzasidan viloyatning tizim mutasaddilariga qat'iy topshiriqlar berib, ijrosi ta'minlanishi yuzasidan aniq muddatlar belgilanmoqda.

◼️Hozirgacha qabulga yig'ilgan 32 nafar fuqarolardan 20 dan oshiq murojaatlar ko'rib chiqildi. Sayyor qabul haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌏 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora…
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o'tkazildi.

◼️ Tarbiyasi og‘ir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi bo‘ladi.

◼️ Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

◼️ Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi.

◼️ Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi. Bu orqali vakant o‘rinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.

◼️ Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

◼️ So‘ng davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi. So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

◼️ Shuningdek, yoshlar ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish tashabbuslari ilgari surildi.

◼️ Yig‘ilish yakunida Prezidentimiz yoshlarga ko‘maklashish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish – eng xayrli ishligini ta’kidladi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  24-28- iyun kunlari  jami  1 659 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/18 14:29:15
Back to Top
HTML Embed Code: