Telegram Web Link
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

✏️test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGIDA KORRUPSIYAGA O'RIN YO'Q!

Ma'lumki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sentyabr oyidan boshlab chet tili va umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo'yicha test sinovlari boshlanadi.

❇️ Agentlik tomonidan barcha turdagi test sinovlari shaffoflik va adolatlilik prinsiplari asosida o‘tkazilib, jarayonlar toʻliq videokameralarga yozib olinadi, tekshiriladi va saqlanadi.

📝Shunday ekan, barcha talabgorlardan (o'qituvchilar, talabalar, abituriyentlar, o'quvchilar) test sinovlarida faqat o'z bilimiga ishongan holda ishtirok etishi, taqiqlangan vositalarni olib kirmasligi, turli hil aldov yo'liga kirib firibgarlarning tuzog'iga tushib qolmasligini so'rab qolamiz.

☝️Agarda test sinovlari bilan bog'liq firibgarlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz quyidagi raqamlarga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.

☎️ Bog‘lanish manbalari:

Bosh Prokuratura
:
🔸 Ishonch telefoni: (71) 232-10-07;
🔸 Koll-markaz: 1007 (qisqa raqam).

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
🔹 Ishonch telefoni: (71) 202 04 02 (431);
🔹 Koll-markaz: 1253 (qisqa raqam).

Bilim va malakalarni baholash agentligi:
👉 Ishonch telefoni: (95) 199-19-14;
👉 Xolis fuqaro: uzbmb.uz/page/reception;
👉 Elektron pochta: [email protected];
👉 Telegram-bot: @bba_antikor_bot.

BBA_Qashqadaryo
#Ovozli_chat
Chet tilining gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Ovozli_chat   #Chet tili   #Gapirish

2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (1-qism).

Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Ovozli_chat   #Chet tili   #Gapirish

2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (2-qism).

Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat   #Chet tili   #Gapirish

2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (videotaqdimot).

Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi foqmati.rar
420.2 KB
#Chet tili   #Gapirish

2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatga oid ma'lumotlar.

Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 22-sentabr (yakshanba) kuni Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani kimyo, biologiya havolalari orqali yuklab olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.

❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.

👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 Bugun 23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 9,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 12 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 23–27-sentabr, 2–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan aprobatsiya sinovlari o‘tkazildi

📆
2024-yil 22-sentabr Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati aprobatsiyadan o‘tkazildi.

📌 Aprobatsiya sinovida jami 1 004 nafar talabgor ishtirok etdi.

Aprobatsiya sinovi natijalari mutaxassislar tomonidan ilmiy tahlil qilinadi va tahlil natijalaridan biologiya, kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formatini amaliyotga joriy etishda foydalaniladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 23:38:14
Back to Top
HTML Embed Code: